Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Oquvchilar_ijodidan

🇩🇪 Germaniyaning "Raven Cage Zine" jurnalining 2023-yil avgust 82-sonida maktabimizning 10-B sinf oʻquvchisi Ifora Olimjonovaning "Next time" nomli sheʼri ingliz tilida nashrdan chiqdi.
Raven Cage — elektron ko'rinishdagi (PDF) har oyda chiquvchi ijodkorlarning halqaro jurnali.

📝 Ushbu she'rda o'quvchi o'z vaqtida baxtni, orzularni his etishni, agar qorong'ulik, qish, baxtsizlik davri bo'lsa albatta keyingisi yorug'lik, bahor va baxt vaqti kelishini ingliz tilida she'riy talqinda ifoda etgan.

👏 Ijodkor o'quvchimizning o'qish va ijodiga yangi marralar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#darslar

DARSLAR BOSHLANDI / Die Unterrichte sind begonnen...

🏢 Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil qilindi.

Eslatib o'tamiz, maktabimizda darslar mustaqillik darsidan boshlandi.

🔰 Darslarni malakali pedagog-ustozlar o'tishmoqda. Fotolavhalarda bir smenada tashkil etilgan ta’lim fanlaridan nemis tili, o’zbek adabiyoti, informatika va tarix fanlari sinf xonalarida.

___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | 2026-yilda O‘zbekiston xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi
#uzbekiston24

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz a'zolari Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida yurtimiz tarixidagi ilk medallarini qo‘lga kiritishdi.

G‘olib o‘quvchilarimiz:
Dilyorbek Valijonov - Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Dilshodbek Xo‘jayev - Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📖 Celebrating International Literacy Day! Knowledge is power and reading lights the way. 🌟 Thrilled to share that USAID has added over 130 Uzbek language leveled readers for our kids on the Bloom Online Library. Let's nurture young minds with stories! 📘💫 #UzbekStories #EmpowerWithLiteracy

https://bloomlibrary.org/UEEP[Uzbek]-Collections
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📖 Bugun Xalqaro savodxonlik kunini birgalikda nishonlaylik! Bilim - bu kuch va o'qish yo'lni yoritadi. 🌟Ushbu kun munosabati bilan AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) Bloom onlayn kutubxonasiga bolajonlar uchun 130 dan ortiq o‘zbek tiliga tarjima qilingan adabiyotlarni qo‘shgani haqida mamnuniyat bilan habar beramiz. Keling, yosh onglarni hikoyalar bilan boyitaylik!

Kitoblarni shu yerda bepul o‘qishingiz mumkun: https://bloomlibrary.org/UEEP[Uzbek]-Collections
Xo‘sh, tayyormisiz? 🤩🥳

📣 "Birinchi qo'ng'iroq" munosabati bilan Ziyo Forum uzoq kutilgan “Ziyolilar” loyihasi- 100 ta eng yaxshi maktab sardorlari tanlovini e’lon qiladi 🏆📚

👉Tanlovda ishtirok etish uchun telegram bot orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://t.iss.one/ZiyolilarschoolBot
"Zamin Creative" loyihasi doirasida Qarshi, Toshkent, Andijon va Nukusdagi inklyuziv ijod studiyalariga uchinchi qabul o‘tkazilmoqda. O‘qitish bir nechta yo‘nalish: media, dizayn va teatr san’ati bo‘yicha olib boriladi.

"Zamin Creative"da 20 sentyabrga qadar shu yerda ro‘yxatdan o‘tgan yoshi 15 dan 18 gacha bo‘lgan o‘smirlar tanlov asosida ishtirok etishlari mumkin.
__

В рамках проекта Zamin Creative проводится третий набор в инклюзивные творческие студии в Карши, Ташкенте, Андижане и Нукусе. Обучение будет проводиться по нескольким направлениям: медиа, дизайн и театральное искусство.

Стать участником Zamin Creative на конкурсной основе могут подростки от 15 до 18 лет, зарегистрировавшись до 20 сентября здесь.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️MAKTABNING ICHKI TARTIB QOIDALARIGA KO‘RA OTA-ONALAR QUYIDAGI TALABLARGA RIOYA QILISHLARI KERAK

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246-son buyrug‘iga ko'ra ota-onalarga quyidagi talablar belgilangan.


- ta’lim muassasasi ichki tartib qoidalari bilan tanishish;

- o‘qituvchi sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi, dars jarayonlarida aralashmasliklari, pedagoglarni haqorat qilmasliklari;

- farzandini dars jarayonida ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini nazorat qilish;

- farzandini darslarga to‘liq qatnashishini (davomat) hamda fanlar bo‘yicha ish daftarlari va ta’lim olishi uchun zarur bo‘lgan boshqa barcha jihozlar bilan ta’minlash;

- farzandini muassasaga darslik, o‘quv qurollari bilan kelishini ta’minlash;

- farzandining ta’lim olishiga to‘sqinlik qilmaslik, uning ta’lim muassasasiga o‘z vaqtida kelishi, darsdan keyin farzandini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;

- sinf rahbari va fan o‘qituvchilari bilan farzandining xulqi va davomati yuzasidan aloqada bo‘lish;

- farzandi darslarga kelmay qolishi mumkin bo‘lgan paytlarda ta’lim muassasasiga (sinf rahbariga) uning sabablarini bildirgan holda ma’lum qiladi;

- ta’lim muassasasining taklifiga asosan muassasada o‘tkaziladigan ota-onalar yig‘ilishi, suhbat va turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etish.

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/uqituvchiga_hujjat
#Ibrat_maktabi
#Kengash

🏢 Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida navbatdagi pedagogik kengash 2023-yil 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Kengashda 2023/2024-o‘quv yilida amalga oshirilgan reja, vazifa hamda maqsadlar belgilab kelishib olindi. Sifatli ta’lim sari o‘quvchilarga reja asosida bilim berish, olimpiada, milliy va xorijiy sertifikatlar olishga tayyorlab borish hamda tanlov va grantlarga ularni ko’nikmalarini oshirib borishni asosiy maqsad qilib belgilandi.

🙋‍♂️ Bundan tashqari maktab ustavi, tartib-qoidalarga amal qilish hamda o‘quvchilarni ham amal qilishlarini ta’minlashga kelishib olindi. Maktab jamoatchiligi erkin ovoz asosida saylab olindi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram