Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
922 subscribers
6.81K photos
590 videos
18 files
2.13K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Forwarded from ITSM
🧩 Siz uchun foydali va ommalashgan IT-dasturlari ro'yxati

💻 Bugungi kunda keng ommalashgan IT-dasturlari mavjud bo'lib, ulardan ba'zilari quyidagi ro'yxatda ko'rsatib o'tilgan:

↪️ Operatsion tizimlar: shaxsiy kompyuterlar uchun eng mashhur operatsion tizimlar -🌌 Windows OS, 💻 MacOS va 🐧Linux. Mobil qurilmalar uchun esa - 🥬Android va 🍏iOS hisoblanadi. Ushbu dasturlar texnik qurilmalar bilan ishonchli va qulay ishlashni ta'minlaydi hamda turli xil dasturlarni ishga tushirishga imkon beradi.

↪️ Ijtimoiy tarmoqlar: ✈️Telegram, 📒Facebook, 📷Instagram, 📘Twitter va 🖇 LinkedIn kabi platformalar millionlab faol foydalanuvchilarga ega bo'lib, muloqot qilish, kontent almashish, yangiliklarni bilish, bo'sh ish o'rinlarini topish va boshqa ko'plab foydali takliflarni taqdim etadi.

↪️ Bulutli hisoblash (облачные вычисления): 💳 Amazon Web Services (AWS), 💳 Microsoft Azure va 💳 Google Cloud Platform kabi bulutli hisoblash xizmatlari ma'lumotlarni saqlash va qayta ishlash, ilovalarni joylashtirish va dasturiy ta'minotni sinovdan o'tkazish uchun eng kuchli hisoblash resurslari va infratuzilmasiga kirish imkonini beradi.

↪️ Aloqa ilovalari: 📗WhatsApp, 📘 Skype, 📹 Zoom va 📞 Slack kabi platformalar matnli xabarlar, audio va video qo'ng'iroqlar, fayllarni almashish va virtual uchrashuvlar orqali muloqot qilish imkoniyatini beradi.

↪️ Elektron tijorat platformalar: 🚔Amazon, 🥝 Alibaba, 🛒 eBay va 💱 Shopify kabi veb-saytlar va ilovalar onlayn xarid qilish, mahsulot va xizmatlarni sotish, elektron tijoratni amalga oshirish bo'yicha qulay va ommalashgan platformalar hisoblanadi.

🔠 Bular bugungi kunda muvaffaqiyatli IT-dasturlarining bir nechta namunalari edi xolos.

🎁 Hozirda juda mashhur bo'lgan 📹 ZOOM platformasining o'zbekcha analogi, hattoki foydasi jihatidan kengroq imkoniyatlarga ega platforma haqida eshitganmisiz?

📍 Albatta, kanalimizni kuzatishda davom eting, navbatdagi yangiligimiz aynan ushbu platforma va uning imkoniyatlariga bag'ishlanadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ «Ibrat Farzandlari» bilan xorijiy tillarni mutlaqo bepul, oson va kreativ usulda oʻrganing!

Endi har bir til uchun alohida rasmiy telegram kanallar ochildi. Oʻrganayotgan tilingizning kanaliga qoʻshilishingiz mumkin. Darsliklar kanallarga yuklab boriladi.

🇬🇧 Ingliz tilini 0 dan oʻrganish

🇷🇺 Rus tilini 0 dan oʻrganish

🇺🇿 Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish

🇹🇷 Turk tilini 0 dan oʻrganish

🇩🇪 Nemis tilini 0 dan oʻrganish

🇪🇸 Ispan tilini 0 dan oʻrganish

🇮🇹 Italyan tilini 0 dan oʻrganish

🇫🇷 Fransuz tilini 0 dan oʻrganish

🇨🇳 Xitoy tilini 0 dan oʻrganish

🇯🇵 Yapon tilini 0 dan oʻrganish

🇹🇷 Turk tili so'zlashuv

🇰🇷 Koreys tilini 0 dan oʻrganish

🇸🇦 Arab tilini 0 dan oʻrganish

🇮🇳 Hindiy tilini 0 dan oʻrganish

🇬🇧 Ingliz tili so'zlashuv

🇬🇧 IELTS darslari

Yaqinlaringizga ham yuboring, yaxshilikka sherik boʻling. 😊

🚀 @ibratfarzandlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Motivatsiya
#El_yurt_umidi
#Stipendiatlarimiz

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiatlari.

👩‍🎓 Bu stipendiatlar orasida bizning ham 2 nafar bitiruvchilarimiz bor.
Ularning yutuqlari haqida avval habar bergan edik»

Siz yoshlardan umidimiz katta. Barchangizga omad yor boʻlsin!
______
"El-yurt umidi" Foundation rasmiy telegram kanalidan olindi - @elyurtumidifoundation
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Oquvchilar_ijodidan

📖 9-Sinf o'quchisi Shahzoda Abdullayevaning "Poliglot sifatida tanilmoqchiman" nomli maqolasi Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining "Bolalar dunyosi" jurnalining 2023-yil 28-avgustdagi 16-sonida chop etildi.

📝 Maqolada o'quvchi o'z ezgu orzulari bilan tengdoshlari bilan o'rtoqlashgan. U orzulari yo'lidagi to'siqlarni bosib o'tishda nimalarga e'tibor berish kerakligi va o'zidagi kuch-shijoatini bilim olishga sarflashini aytib o'tgan.

👏 Ijodkor o'quvchimizga ezgu niyatlari yo'lida zafarlar tilaymiz!
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Наманган мамлакатнинг йирик олий таълим ўчоғига айланмоқда (+видео)

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ташаббуси билан Наманганда Исоқхон тўра Ибрат номи билан аталувчи чет тиллари олий ўқув юрти ташкил этилганди. Бу йил унинг биринчи босқичини 448 нафар ёшлар тугаллади.

🎥https://youtu.be/XfbKcj4_x7I

📍https://uza.uz/posts/504478

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#seminar_trening

⚡️Jizzax viloyatidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Agentligimiz tizimidagi 9 ta ijod maktablarida faoliyat yuritayotgan rahbar va pedagog xodimlar uchun o‘quv-trening tashkil etildi.

Seminarning asosiy maqsadi, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanishini ta’minlashdan iboratdir.

O‘quv-treningda Ijod maktabi o‘quvchilari uchun nashr etilgan yangi darslik mohiyati, mezonlarga asoslangan baholash, milliy sertifikatga o‘quvchilarni tayyorlash, til ko‘nikmalarini rivojlantirish, loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish – amaliyotdan nazariyaga kabi mavzular yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Assalom alaykum hurmatli yurtdoshlar,
qadrli ustoz-pedagoglar, aziz o‘quvchi-talabalar!

Sizlarni eng qutlug' bayram - yurtimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklaymiz!
Sog'lik-salomatlik, baxtu-omad, ishlaringizda muvaffaqiyatlar doimo sizlarga hamroh bo'lsin!

🇺🇿 Yangi O'zbekistonda Ilm-fan va ta'limga qaratilayotgan e'tibor, oldinga qo'ygan marralarimiz nechog'lik buyuk ekanligidan dalolat berib turibdi.

🎓 Kelajak umidimiz bo'lgan qorako'z yoshlar! Ulug' muhaddis, olim ajdodimiz Imom Buxoriy "Ilmdan boshqa najot yoq' va bo'lmagay" deb aytgan purma'no so'zlari hamisha yuraklarimizda bo'lishi lozim. Sizlarni ilmli bo'lishingizda hissa qo'shish, baxtingizni ko'rish eng oliy maqsadimizdir.

💫 Barcha yurtdoshlarimizni yana bir bora mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Sog'lik, xotirjamlik va tinchlik aslo tark etmasin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!
Aziz Yurtdoshim!

🇺🇿 Barchangizni eng muhim va yorqin bayram – O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!
Bayram munosabati bilan eng samimiy va iliq tilaklarimizni qabul qiling!

💫 Mustaqillik kuni muborak bo’lsin!

Akmaljon Mo'minov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yangi_hayot_uchun
#Yangi_Oʻzbekiston_uchun

Aziz yurtdoshlar!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi jamoasi Sizlarni Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan muborakbod etadi.

Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayrami qutlug‘ bo‘lsin!

1 sentabr - jahon xaritasida mustaqil va suveren davlat, o‘z bayrog‘i, madhiyasi, gerbi kabi milliy ramzlariga, Davlat Qomusi - Konstitutsiyasiga ega, o‘zining qatʼiy maqsad yo‘li va porloq kelajak sari intiluvchan fuqarolariga ega - O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilgan kun!

Bu kun xalqimizning asriy orzusi amalga oshgan, ozodlik va hurlik nashidasi, ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklangan kundir!

Eng qadrli bayramlarimizdan biri bo‘lgan, Mustaqilligimizning 32 yillik shodiyonasi bilan xalqimizni muborak etamiz!

Vatanimiz hurligi, erkinligi va farovonligi, yurtimiz tinchligi hamda osmonimiz musaffoligi abadiy bo‘lsin!

Hurmat bilan, ITSM jamoasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik
#El_yurt_umidi_AQSH
#University_of_Missouri
#Stipendiatlarimiz

💫 Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlarining 🇺🇸 AQSHning Missuri universitetidan yo'llagan bayram tabriklari.

📍 Mizzou - University of Missouri Columbia | Columbia, MO 6521 | USA.

👩‍🎓 Bu stipendiatlar orasida bizning ham 2 nafar bitiruvchilarimiz: Mahmudxonova Dilobar va To‘ychiyeva Gulyoralar tabrik yo'llashgan.

📣 Ularning yutuqlari haqida avval habar bergan edik»

🇺🇿 "El-yurt umidi" jamg‘armasining Stipendidiatlar tabriklari - Stipendidiatlar tabriklari »
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Hurmatli xalq ta’limi tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!


Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.

Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!


Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!

Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
#Ibrat_maktabi
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Ozbekiston_uchun
#birinchi_qungiroq

🏢 Ixtisoslashgan ta'lim muassasalar agentligi tizimidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 🇺🇿 "Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!" shiori ostida 🔔 "Birinchi qoʻngʻiroq" tadbiri boʻlib oʻtdi.
___
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram