Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
652 subscribers
4.92K photos
499 videos
18 files
1.65K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Infografika

Bugungi kunda qancha o‘quvchi-yoshlar "Barkamol avlod" bolalar maktablarida tahsil olayotganligi haqida infografikada batafsil tanishishingiz mumkin.

❗️Ma'lumotlar 31.07.2023 holatiga ko’ra taqdim etilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Bilasizmi

📹 Aqlli kolonka tanlashni o‘rgatamiz! (video)

Til o‘rgatadigan kolonkalar haqida eshitganmisiz?

Yandeks aqlli stansiyalarining hali siz bilmagan xususiyatlari hamda narxlari haqida batafsil ma’lumot olishni istasangiz, videoni diqqat bilan tomosha qiling!

🌐 Batafsil: https://ict.xabar.uz/uz/hg4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi ta’lim tizimi umumta’lim maktablariga ham joriy etiladi
#uzbekiston24

🔔 Ayni paytda umumta’lim maktablari pedagog xodimlari uchun o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasini targ‘ib qilish, yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy etish, yangi o‘quv yilida ta’lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash yuzasidan muhim vazifalarni belgilab olish bo‘yicha o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu treninglar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi, Respublika ta’lim markazining malakali mutaxassislari hamda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarning trener-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi.

➡️ Eslatib o‘tamiz, o‘quv-seminarlar joriy yilning 15-17-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlarda, 22-24-avgust kunlari tuman va shaharlarda, 28-29-avgust kunlari esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bilasizmi

❗️Nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarida tahsil olgan yoshlarga ustama to'lanadi

Batafsil infografikada👆

Demak, zoʻr oʻqigan top OTMlarga kira oladi va kelagakda koʻp baraka topadi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayonot

🔻 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara 200 dan ortiq asarlari audio holatiga keltirilib, Kitob.uz platformasiga joylandi.
 
💻 Ushbu elektron kutubxonada 5 nomdagi qardosh tillarda yaratilgan audiokitoblar, 13 nomdagi maktab darsliklarining audio shakllari, umumiy 1060 ta audiokitoblar hamda 3225 ta elektron kitoblar mavjud.

🖥
Hozirgi kunda umumiy resurslar soni 4285 tani tashkil etadi.

💻Mazkur portalning qulayliklari:👇

➡️bolani chalg'ituvchi reklama va cheklovlarsiz kitoblarni o'qish va tinglash;
➡️adabiy janrlarning boy tanlovi;
➡️portaldan elektron va audio kitoblarni yuklab olib, ularni oflayn rejimda o‘qish imkoniyati;
➡️kitoblarni izlash qulayligi.

🌍 Ushbu saytdan bugungi kunda dunyoning 50 ta davlatida foydalanib kelinadi. Saytga kunlik tashriflar soni o‘rtacha 5000 tani tashkil etadi.

📲Vaqtingizni tejang, Kitob.uz dan foydalaning! Kitob.uz – har vaqtda va har qayerda Sizning doimiy hamrohingiz!

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site|AudioErtak
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ibratli_suhbat

"ILM - ALLOHNING RAHMATIGA ERISHTIRADI!"
Ubaydulloh domla Abdullaev

...
elu-yurt taraqqiyotini ko‘zlab o‘zini dunyo ohirat-saodatini o‘ylab ilm olish yo‘lida himmat kamarini mahkam bog‘lab imtihonlarga puxta tayyorlanayotga aziz o‘quvchi-talabalarimiz o‘g‘il-qizlarimizga
...
Ilm istab, olloh-taoloning yo’lida halol pokiza o’zi uchum ham jamiyati uchun ham manfaatlar keltiradigan darajada xizmatlarga erishish uchun ILM olar ekan albatta o’zini o’zin qiynashligi birortasi ham zoya ketmaydi. Illo olloh subhanollohuvvataolo bunga o’sha talabalik davrida ulkan SAVOB-AJRlar yozilishi bilan birga uning natijasini ham, samarasini ham OLIY qilib berar ekan…
...
Biz mana shunday chanqoq yoshlarimizga yana ham ilmlariga ilm, ularni rag‘batlariga rag‘bat, qiziqishlariga qiziqish so’ragan holatda ularning barchalariga omad va zafar so‘raymiz va assalomu alaykum va rahmatulloh va barakatuh!

© O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Muslim.uz @muslimuzportal - rasmiy telegam sahifasidan olindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Markaziy studiya | Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4 yillik tajribalari
#my5tv

Bugungi kunda intellektual taraqqiyotni yuksaltirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida fan va ta’limni rivojlantirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash oldimizda turgan dolzarb va asosiy vazifalarimizdan hisoblanadi.

Hozirda Agentligimiz tarkibida iqtidorli va salohiyatli bolalarni aniqlash, ularni jahon andozalariga mos tarzda o‘qitishni ta’minlashga qaratilgan 205 ta maktab faoliyat yuritayotgan bo'lib, ulardan 14 tasi Prezident maktabi, 9 tasi ijod, 182 tasi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hisoblanadi.

▶️ "MY5" telekanali tomonidan ushbu maktablarning 4 yil davomida erishgan natijalari va ta'lim tizimi haqida Agentlik mas'ullari ishtirokida maxsus lavha tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️ Maktab o‘quvchilarning tug‘ma kasbiy qiziqishi, moyilligi va layoqatini aniqlash maqsadida “Kasbim-kelajagim” deb nomlangan yagona onlayn platforma yaratildi.

Mazkur platforma orqali umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari o‘zlarining qaysi kasb-hunarga moyilliklari va layoqatlari mavjudligini:

“Maqsadlarga intilish” testi,
“Tashkilotchilik qobilyatini aniqlash” testi,
“Kasb tiplarini aniqlash” metodikasi,
“Muloqotchanlik darajasini aniqlash” testi,
“O‘quvchilarning qiziqishlarini aniqlash” so‘rovnomasi,
“O‘quvchilarning qiziqishlari, qobilyatlari va intilishlarini aniqlash” metodikasi,
“Shaxs yo‘nalganligini aniqlash” metodikasi,
“O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini aniqshla” testi,
“Kasb tanlash motivini aniqlash” metodikasi,
“O‘quv motivatsiyasining yo‘nalganligini diagnostika qilish” metodikasi,
“Qiziqishlar xaritasi testlari orqali aniqlab olishlari mumkin bo‘ladi.

🔰 “Kasblar olami” rukni orqali kasblar to‘g‘risida rasm, matn (professiogramma, infografika) ko‘rinishida ma’lumot va axborotlar berib boruvchi 125 ta kasb bo‘yicha infografikalar joylashtirilgan.

✔️“Kasbni egallash” ruknida Respublikamizda mavjud oliy ta’lim muassasalari, akademik liseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib boriladi.

❗️Shu bilan bir qatorda, “Muvaffaqiyatga erishgan insonlar” ruknida o‘z qobiliyati bilan muvaffaqiyatga erishgan o‘quvchi-yoshlar va faxriy insonlarning kasbiy tajribalari aks ettirilgan videoroliklar joylashgan hamda “Psixologik maslahat” ruknida o‘quvchilar kelajakda aniq kasb egallashlari uchun psixologik maslaxatlar berib boriladi

“Tadbirkorlik” ruknida esa o‘quvchilarga o‘z tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun namunaviy biznes reja va qo‘llanmalar joylashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Oʻzbekistonda IT sohasining investitsion jozibadorligi New Yorkning mashhur Times Square maydonida namoyish etildi.

Yurtimizda bugungi kunda IT sohasining investitsion jozibadorligi tufayli mahalliy va xalqaro investorlarni faol ravishda oʻziga jalb qilayotgani juda quvonarli.

Soʻnggi yillarda IT Park rezidentligini olib, soliq va boshqa preferensiyalardan samarali foydalanayotgan IT kompaniyalar soni 1500 dan ortdi, shundan 350 ta xalqaro IT kompaniya mamlakatimizda faoliyatini muvaffaqiyatli yuritishi natijasida bu yilgi IT xizmatlar eksport hajmi $300 million dollardan oshishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan 2030-yilga qadar IT xizmatlar eksport hajmini 5 mlrd. dollarga yetkazish, mamlakatimizda IT sohasiga xorijiy hamda mahalliy investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro maydonda investitsion jozibadorlikni yanada oshirish sohamizning asosiy maqsadi va vazifasi etib belgilab berilgan.

AQShning dunyoga mashhur Nyu-York shahridagi Times Square maydonidagi billboard ekranida Oʻzbekistonning IT sohasining salohiyatini targʻib qiluvchi promo roliklar namoyish etildi.
Bunday targ'ibot tadbirlari albatta mamlakatimizning IT-salohiyatini yana bir bor xalqaro maydonda koʻrsatish va xorijiy investorlarni yurtimizga olib kelish uchun juda muhim hisoblanadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YouTube sahifamizda yangi video!

— Tasavvur qiling, sizda 5 oy vaqt bor. Koreys, xitoy, yapon tillaridan qaysi birini o‘rganishni xohlaysiz?
— Iye, bu uchalasi bir xil til emasmi...?

Sharq tillari ixlosmandlari uchun koreys tili ustozimiz — Muqaddas Taylanova bilan aynan shu savolga javob berdik.

Bundan tashqari video orqali koreys tilini qisqa muddatda o‘rganish haqida ham bilib olishingiz mumkin

▶️ Videoni soat 21:00 quyidagi havola orqali tomosha qiling!

🔗 Havola: https://youtu.be/17zfHFq49Xc

P. S. Koreyscha kinolarni ko‘p ko‘radigan yaqinlaringizga yuborib qo‘ying 😉

🔵 @ibratfarzandlari
Forwarded from Ibrat Farzandlari
Premyera boshlandi

▶️ Hoziroq tomosha qiling

P. S. Savollaringizni izohlar qismiga yozishingiz mumkin 😉
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgoh

⚡️25-30-avgust kunlari eng kutilgan Inklyuziv "Raqamli avlod IT oromgohi" bo'lib o'tadi🎊

Oromgohda:

1. Digital art;
2. Grafik dizayn;
3. Media;
4. No coding;
5. Start up
6. Robototexnika yo'nalishlari oflayn tartibda;
             ➖️        ➖️         ➖️
🔹️sun'iy intellekt
🔹️.Net
🔹️Python
🔹️ReactJs
🔹️ Web design yo'nalishlari bo'yicha darslar esa, onlayn bo'lib o'tadi🔥

‼️Eng faol ishtirokchilarni esa, sertifikat va qimmatbaho sovg'alar kutmoqda...

📍Ro'yxatdan o'tish uchun: online.raqamliavlod.uz

O'z imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#imtihon_natijalari_2023
#ijod_maktablari

🔔 IJOD MAKTABLARIGA O'TKAZILGAN IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

Imtihon natijalarini talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali aniqlashingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:


🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Kuzatuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalarini aniqlash uchun Agentlikning maxsus qo'shimcha telegrambotlari ishga tushurildi:

🤖 @natijalar_2023_6_bot
🤖 @natijalar_2023_7_bot
🤖 @natijalar_2023_8_bot
🤖 @natijalar_2023_9_bot
🤖 @natijalar_2023_10_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#ijod_maktablari

📝 IJOD MAKTABLARIGA APELLATSIYAGA ARIZA BERISH TARTIBI

📌 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

⚪️
HAVOLA

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ogoh_boʻling

❗️Agentligimiz tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga farzandlari hujjat topshirgan ota-onalar diqqatiga

Farzandingizning qayta imtihon topshirishi mumkinligi va ularni o'qishga kiritib qo'yishni va'da qilib sizga aloqaga chiqayotgan turli firibgarlarning yolg'on xabarlariga ishonmang!

🙅‍♂ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi birorta maktabga qayta imtihon o'tkazilmaydi.

❗️Aldanib qolmang. Hech qaysi maktabga imtihonlar qayta o'tkazilmaydi.

📞 Agar shunday va'dalar berayotgan firibgarlarga duch kelsangiz zudlik bilan Agentlikning 1206 qisqa raqamiga yoki +998712074048 ishonch telefoniga hamda https://t.iss.one/piimasavollar_bot iga murojaat qilishingizni so'raymiz.

❗️Qanday savollaringiz bo'lsa Agentlikning qabul jarayonlari bo'yicha maxsus tashkil qilingan 1206 qisqa raqami orqali rasmiy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM