Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
644 subscribers
5.17K photos
506 videos
18 files
1.69K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Namangandagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

"Barkamol avlod" sport majmuasi markaziy arenasida tashkil etilgan imtihonda viloyatdagi umumiy o’rta ta’lim maktablarining 575 nafar 6-sinfni tamomlagan o’quvchilar ishtirok etdi. Imtihon jarayonlari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi mutaxassislari tomonidan kuzatib borilib, munosib baholab borildi. 85 daqiqa vaqt ajratilgan uchinchi bosqichda o’quvchilar ingliz tili fanidan 20 ta, ona-tili va adabiyot fanidan 15 ta, mantiqiy fikrlashni aniqlash bo’yicha 15 test topshiriqlarini bajardilar. Mazkur ijod maktabiga 2023-2024 o’quv yili uchun 7-sinfga 40 ta kvota berilgan.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#barkamol_avlod

🏢 Ixtisoslashgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlarining 3-bosqich — TEST sinovlari o‘tkazildi.

📍 Test joriy yilning 30-iyul kuni soat 8:00 dan Namangan viloyat “Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.

✍️ Bu bosqichda o‘quvchi-talabgorlar TEST sinovlari: ingliz tili fanidan 20 test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 test hamda intelektual qobilyat darajasi (IQ) bo‘yicha 15 testlarni topshirishdi.

Eslatib o'tamiz: TEST sinovlari natijalari agentlik veb sahifasida e'lon qilinadi.

Youtube FullHD
____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#imtihon_2023
#barkamol_avlod
#jarayon_foto

Is’hoqxon Ibrat nomidagi
ijod maktabida
3-bosqich TEST sinovlari

FOTO LAVHALAR

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Grand
#Jugendkurse

✍️ Avval xabar berganimizdek Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari 2023 yilning mart oyida Germaniyadagi Goethe instituti tashabbusi bilan „Schulen: Partner der Zukunft“ (PASCH) tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib Germaniyaga sayohat uchun yozgi yoshlar oromgohiga (Jugendkurse in Deutschland) grant yutib olishgan edi.Ushbu loyiha asosida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi G‘ulomjonov Azizbek Germaniyaning Weimar shahriga 10 kunlik "Bizning kelajagimiz" mavzusidagi yozgi kurslarda ishtirok etib 31- avgust kuni O‘zbekistonga qaytib keldi.

🇩🇪 Bugungi kunda 8-sinf o‘quvchisi Samijonova Feruzabonu va 10-sinf o‘quvchisi Mansuraliyev Hasanboylar ustozlari Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi nemis tili fani o‘qituvchisi Dilafruz Isaqova rahbarligida Germaniyaga yozgi “Jugendkurs” da sayohat qilishmoqda va nemis tilida o‘z bilim malakalarini oshirishmoqda. Yozgi kurslar 2023-yilning 30-iyulidan 20-avgustgacha bo‘lib o‘tadi.
#Ajdodlar_merosi
#Motivatsiya

"Umuman, biz jadidchilik harakati, ma'rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma'naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab yetadi".

Shavkat Mirziyoyev

*