Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
640 subscribers
5.04K photos
506 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
Agentlik tizimidagi ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan qancha grant joyi ajratilgan?

2023/2024 o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablaridan eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlar uchun minimum 29 ta davlat grantlari ajratilgan.

⬆️ Ushbu infografika orqali ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun har bir ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha ajratilgan grant o‘rinlari soni bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

📊 Talabgorlar bir xil ball to‘plaganda ushbu grant o‘rinlari miqdori oshishi mumkin.

❗️Eslatib o‘tamiz, mazkur 100%li grant talabalarga 4 yilga beriladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Maktab o‘quvchilari uchun ajoyib yangilik!

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetida “Yozgi maktab” tashkil etildi. Mazkur “Yozgi maktab”ga maktablarning 9–11-sinf o‘quvchilari ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

👨‍🎓 Maktabga eng iste'dodli 30 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

“Yozgi maktab” davomida siz:
🔹bepul turar joy;
🔹bepul ovqat;
🔹loyiha davomida bepul transport;
🔹mahalliy hamda xorijiy kompaniya va tashkilotlarga sayohat;
🔹esdalik sovg‘alariga ega bo‘lasiz.

👉 Batafsil

❗️Faqatgina saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan, ingliz tilini biladigan 9,10 yoki 11-sinf o‘quvchilari maktabga qabul qilinadi.

📩 Ro‘yxatdan o‘tish

📌Yozgi maktab”ga ro‘yxatdan o‘tish 25-iyulga qadar davom etadi.

🔁 English

#summer_school #yozgi_maktab

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#qabul_2023
#barkamol_avlod

📣 DIQQAT, EʼLON 📣
📣 IS’HOQXON IBRAT NOMIDAGI IJOD MAKTABIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
🔈 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul imtihonlarining 3-bosqich — TEST sinovlari muddati belgilandi!

🏢Test joriy yilning 30-iyul kuni soat 8:00 dan Namangan viloyat “Barkamol avlod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi (talabgorlarga 85 daqiqa beriladi).

Imtihon 1-smenaga belgilangan.

☑️ Imtihon kuni, navbatingiz va ruxsatnomangizni chiqarib olish uchun ariza.piima.uz saytiga identifikatsiya hamda telefon raqamingizni kiritib yuklab olasiz.

📣Imtihonga olib kelinishi shart:

1️⃣ Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (asl nusxasi)
2️⃣ Imtihonga kirish ruxsatnomasi.

🙅Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📍Manzil: Namangan shahri Istiqlol ko‘chasi 4-uy.

📌Eslatma:
1. Birinchi va ikkinchi bosqichda qatnashgan talabgorlarning natijalaridan qat'iy nazar shu talabgorlar test sinovida ham qatnashishadilar.
2. TEST sinovlari: ingliz tili fanidan 20 test, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 test hamda intelektual qobilyat darajasi (IQ) bo‘yicha 15 test.
3. Talabgorlar imtihon o'tadigan joyga imtihon boshlanishidan bir yarim soat oldin kelishlari shart.
____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YouTubeda Ingliz tilida ommabop videolarni tayyorlash orqali qo‘shimcha daromad topishni Siz ham ushbu video orqali o’rganing!

Marg‘ilonda yashab YouTubedagi https://www.youtube.com/@engineericly kanali orqali oyiga minglab dollar daromad topayotgan Jahongirmirzo Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlanganini eshitib juda xursand bo‘ldim.

U kabi o‘zininig qiziqqan sohasi bo‘yicha ommabop video tayyorlay oladigan, lekin YouTube monetizatsiyasidan qanday foydalanishni bilmaydigan yoshlarimiz uchun oson videoqo‘llanma tayyorladik. Marhamat, ushbu videoni ijodkor yoshlar orasida kengroq tarqatinglar.

Monetizatsiya qilish uchun videolarni Ingliz tilida qilgan ma’qul, chunki dunyodagi eng ommabop kanallarning yarmidan ko‘pi aynan Ingliz tilida va ularning ijodkorlari yaxshigina daromad topishmoqda (albatta, O‘zbek tilidagi kontentga to‘lov qobiliyatiga ega ko‘ruvchilar ko‘payganidan keyin YouTube O‘zbek tiliga ham monetizatsiyani yoqib qolar, lekin Ingliz tilidagi bozor juda kattaligini hisobga olsak, aynan Ingliz tilida kontent tayyorlashni o‘rganaverish kerak).

IT Park rezidentlariga IT English hamda kreativ yo‘nalishlarda ham shug‘ullanishlariga imkoniyat berilishi bu kabi chet elga o‘zininig ijod mahsulotlarini export qiladigan yoshlarimiz imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

#raqamli_iqtisodiyot #kreativ_iqtisodiyot

https://www.facebook.com/watch/?v=1437714783727696
Forwarded from Digital.uz
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦🟦

⭕️ Talabalar va o'quvchilar yaqinroq keling!

⭕️ Sizlar kutgan yangilik Vazirlik stipendiyasiga hujjatlarni qabul qilishga start berildi.

⭕️Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan joriy yilning 15-avgust (soat 23:59 gacha) sanasiga qadar Vazirlik stipendiyasi tanloviga hujjatlar qabul qilinishini ma'lum qilamiz.

Eslatib o'tamiz, belgilangan ko'rsatkichlardan yuqori ballni qo'lga kiritib, stipendiya g'olibi bo'lgan talabalar 1 650 000 so'mdan, o'quvchilar esa 660 000 so'mdan har oylik stipendiyaga ega bo'ladilar.

🔰 Imkoniyatni boy bermang va hoziroq ariza topshiring!

Ariza topshirish uchun: it-istedod.uz

📥 Stipendiya haqida batafsil ma'lumot (NIZOM) – BU YERDA.

#digital
#stipendiya

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani

📣 24-iyul AOKAda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar:

Matbuot anjumani

🔹 Mavzu: Ixtisoslashtirilgan maktablarga joriy oʼquv yilida qabul va imtihon jarayonlari
🔹Vaqti: 12:00
🔹Ishtirok etadi: Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi mutasaddilari

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️«Kelajak kasblari» loyihasi orqali zamonaviy kasblarni o'rganish uchun 100%gacha grant yutib oling

«Najot Ta'lim» markazi dasturlash, grafik dizayn va SMM sohalarini o'rganmoqchi bo'lgan yigit-qizlar uchun «Kelajak kasblari» loyihasi orqali GRANT e'lon qiladi.

🇺🇿 Ta'lim grantida «Najot Ta'lim» Toshkent yoki Farg'ona filiallaridan birida o'qish niyati bo'lgan, "Kelajak kasblari" loyihasining talablariga mos yoshlar qatnashishi mumkin.

👉 Loyiha bilan tanishish va ID raqam olish bo'yicha yo'riqnoma

⚖️
Grantga qabul saralash orqali bo'lib o'tadi. Saralash jarayoni orqali zamonaviy kasblarni o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar uchun to'g'ri yo'nalish berish maqsad qilingan.

Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish bugun — 12-iyuldan boshlab 26-iyulgacha davom etadi. 16; 22; 23 va 30-iyul kunlari grant uchun kirish sinovlari bo'lib o'tadi.

❗️ Eslatma: ushbu imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarga grantda o'qishi uchun 6 oy davomida, tanlagan yo'nalishiga qarab “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida belgilangan mablagʻ to'lab beriladi.

👤 Grant kim uchun: Kelajak kasblari loyihasiga kiruvchi barcha uchun
🕐 Qabulning oxirgi kuni: 26-iyul
📆 Imtihon sanasi: 16; 22; 23 va 30-iyul
📍 Imtihon manzili: «Najot Ta'lim» Chilonzor va Farg'ona filiallari

📬 Grant uchun ro'yxatdan o'tish

@grantlar_namuna
#Ibrat_maktabi
#Grand
#Jugendkurse

✍️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari 2023 yilning mart oyida Germaniyadagi Goethe instituti tashabbusi bilan „Schulen: Partner der Zukunft“ (PASCH) tomonidan o‘tkazilgan tanlovda ishtirok etib Germaniyaga sayohat uchun yozgi yoshlar oromgohiga (Jugendkurse in Deutschland) grand yutib olishgan edi.

Bugungi kunda ushbu loyiha asosida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi G‘ulomjonov Azizbek Germaniyaning Weimar shahriga 10 kunlik "Bizning kelajagimiz" mavzusidagi yozgi kurslarda ishtirok etyapti
.

__
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook
📣 25-iyuldan 31-iyulga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘quv muassasalariga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi

AOKAda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori va mutasaddilari ishtirokidagi matbuot anjumanida qabul va imtihon jarayonlari haqida ma’lumot berildi:

✔️ Qayd etilishicha, joriy yilning 25-26-iyul kunlari Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga, 28-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, 30-iyul kuni Ijod maktablariga hamda 31-iyul kuni Prezident maktablari uchun 2-bosqich kirish imtihonlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari katta sig‘imli 58 ta yopiq binoda o‘tkazilishi belgilangan.

📂 Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun 56 745 ta hujjat, Ijod maktablariga 4 684 ta, hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga 142 212 ta hujjat, Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga jami 18 831 ta hujjat qabul qilingan.

❗️Hozirda maktablarda imtihonlarni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Batafsil

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Shveytsariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘quvchilarimiz yuksak natijalarni - 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu esa Davlatimiz tomonidan ilmli yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yuksak namunasi, deb bilaman.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 150 foizlik ustama oladi.

Fursatdan foydalanib, o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir aʼzosini ilm yo‘lidagi yana bir ulkan g‘alaba bilan muborakbod etaman. 

Aziz o‘quvchilar,
ilm olishdan, izlanishdan va Vatanimiz bayrog‘ini ilmingiz bilan balandlarga ko‘tarishdan aslo to‘xtamang.
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

✔️ Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariyada o‘tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

#Tashkent #26July #IChO_2023

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM