Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
646 subscribers
4.97K photos
502 videos
18 files
1.66K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Edelweiss
#yozgi_oromgoh

🇩🇪 Germaniya Federativ Respublikasining Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), O‘zbekistondagi Gyote-Instituti va Xorijdagi maktablar Markaziy boshqarmasi (ZFA) bilan hamkorlikda joriy yilning 03.07.2023-07.07.2023 sanalarida Kumushkondagi “Edelweiss” dam olish maskanida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Sommercamp Berufsorienierung” (Kasbga yo‘naltirish Yozgi oromgohi) seminar-treningi o‘tkazilmoqda.

Ibrat nomidagi ijod maktabidan ham 2 nafar o‘quvchilarimiz: 10-sinfda Umida va Islomjon hamda 1 nafar 9-sinfdan Fotima qatnashdilar.

Bunda o‘quvchilar Germaniyada Ausbildung (kasb-hunar) qilish, Universitetga ariza yozish, Motivational letter yozish kabilarni to‘liq o‘rganib kelishdi. U yerda arxitektura, san'at, IT sohalari bo‘yicha ham amaliy ishlar bajarib ko‘rishmoqda.

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook
Xalqaro oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi aʼzosi bilan suhbat.

Biror xorijiy (xalqaro) OTM yoki grant dasturiga hujjat topshirishni reja qilayotganlar uchun maxsus suhbat tashkillandi.

Suhbat mehmoni: Javlon Juraev, OSCE Akademiyasi katta oʻqituvchisi va qabul komissiyasi aʼzosi

Aynan grant ajratilishi uchun xalqaro talabalar hujjatlarini koʻrib chiquvchi mutaxassisdan maslahat va koʻrsatmalar olish imkoniga ega boʻlasiz.
Suhbatda:
– Xorijiy (xalqaro) OTM yoki grant dasturiga ariza topshirish jarayoni va bosqichlari
– Motivatsiya xati: yozish, nimalardan qochish kerak, xatda qabul komissiya eʼtiborini nimalar jalb qiladi;
– CV ahamiyati, tayyorlash boʻyicha tavsiyalar;
– Tavsiyanomaning kimlardan olinishi va yozilishi;
– Muvaffaqiyatli oʻtish;
– Qabul komissiyasi aʼzosining shaxsiy tajribasida uchragan muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz hujjatlarga misollar va b..
– Vaqti: 2023-yil 29-iyun, 21:00
– Joyi: @grantlar_namuna
SUHBATNI VIDEOSI
____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Kitobxonlik_tanlovi

“ENG ISTE’DODLI KITOBXON” ADABIY TANLOVI!

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til davrini foydali o‘tkazish maqsadida “Ta'tilda - kitob bilan” shiori ostida “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi o‘tkaziladi.

📚 “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi joriy yilning 5-iyul kunidan 28-iyul kuniga qadar Respublika bolalar kutubxonasining facebookdagi sahifasida bo‘lib o‘tadi.

📃 Tanlov nizomi bilan tanishing!

Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim;

🎁 Ushbu tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

📝 Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
The Illustrators Of The Future: Fantastika va ilmiy fantastika janridagi illustratsiyalar tanlovi; bosh sovrin – 5000 dollar!

Tanlov yiliga 4 marta (har chorakda bir marta) oʻtkaziladi. Tanlovda havaskor ijodkorlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– Har chorakda 3 nafar gʻolib aniqlanadi va ularning har biri 500 dollar mukofot bilan taqdirlanadi.
– Yil gʻolibi 5000 dollar bilan mukofotlanadi.

Hozir ochiq boʻlgan tanlovga ishlar 2023-yil 30-sentabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-illustrators-of-the-future-fantastika-va-ilmiy-fantastika-janridagi-illustratsiyalar-tanlovi/

@grantlar
"O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi

Ayni vaqtda O‘zbekiston Kinematografiya agentligining Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshlamoqda.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari Haftaligi doirasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda:

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova,

YUNISЕFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade,

TUM International tashkiloti boshqaruvchi direktori Friderike Hettinger,

Cambridge Assessment Markaziy Osiyo davlatlari uchun ta’lim xizmatlari departamenti direktori Stiv King,

Massachusets texnologiya instituti Ta’lim va innovatsiya departamenti direktori, J-WEL laboratoriyasi asoschisi Vijay Kumar,

Rossiya ta’lim akademiyasi Vitse-prezidenti, Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Vladimir Filippov,

“KEI Advanced, Inc. Kawaijuku-group” direktori Hiromitsu Sakata,

YUNISЕF Texnik Maslahatchisi Metyu Goldi-Skot ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from IT Park Uzbekistan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hakaton

📣 Sovrin jamg‘armasi $1 000 000 tashkil qiluvchi President Tech Award tanlovida ishtirok etishni xohlovchi startaplar diqqatiga!

🔴 Asosiy beshta yo‘nalish bo‘yicha arizalar qabul qilish yakunlandi, biroq sizda hali ham maxsus yo‘nalish – Hakatonga ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati borligini eslatib otamiz!

📆 Hakaton uchun roʻyxatdan oʻtish sentabrga qadar davom etadi, shuning uchun siz ushbu tanlovga tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etish uchun vaqtingiz bor. 💥

Eslatib o‘tamiz, Hakatonda O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, IT Park rezident kompaniyalarining IT-mutaxassislari bo‘lgan xorijliklar ham ishtirok etishlari mumkin.

📥 Ishtirok etish uchun awards.gov.uz havolasi orqali ariza topshirishingiz mumkin.

🕊 Barcha savollar bo‘yicha: @PresidentTechAward
__________

📣 Внимание стартаперам, желающим участвовать в конкурсе President Tech Award с призовым фондом $1 000 000!

🔴 Прием заявок на основные пять направлений завершен, но хотим напомнить, что у вас всё ещё есть возможность зарегистрироваться на специальное направление - Хакатон!

📆 Регистрация на Хакатон доступна до сентября, поэтому у вас есть время подготовиться и присоединиться к этому захватывающему соревнованию. 💥

Напоминаем, что в Хакатоне могут принять участие как граждане Узбекистана, так и иностранцы, которые являются IT-специалистами компаний-резидентов IT Park.

📥 Подать заявку на участие можно по ссылке: awards.gov.uz

🐦 По всем вопросам: @PresidentTechAward

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotoreportaj

Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi jarayonidan fotoreportaj.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#qabul_2023
#Ijod_maktablari

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 11- iyul kuni boshlanadi!

📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.

❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda bo‘lib, yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Xorijiy til yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).

Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI IJOD MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

😀 Ijod maktablarining 1-bosqich imtihonlari uchun ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

📝Talabgor uchun eslatma:

🪪 shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi.
https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi.
Imtihonga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan bir soat oldin kelish shart.

Quyidagi hollarda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va https://ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelgan talabgor imtihonga kiritilmaydi.
imtihon boshlanishi belgilangan vaqtdan kechikib kelgan talabgorlar imtihonga kiritilmaydi.

📶 Eslatib o'tamiz:

✏️Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi.

1⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM