Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
637 subscribers
5.48K photos
524 videos
18 files
1.77K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
❄️ Q O R X A T ❄️

Birinchi Qor muborak bo‘lsin!

🌨 Respublikamizning ko‘plab hududlarida birinchi qor yog‘moqda...

☃️ Avvalo sizni birinchi qor bilan tabriklayman. Sizga mustahkam sog‘liq, bitmas tuganmas boylik, chinorning umridek umr, sermazmun hayot, chiroyli baxt va savlatli taxt tilayman. Ilohim qalbingiz manashu ❄️ qor kabi oq va sof bo‘lishini, shu ❄️ qor kabi odamlarga aziz bo‘lishingizni tilab qolaman...

Birinchi qorning qadami qutlug‘ bo‘lsin! 🤲
_____________________________
"Ibrat izdoshlari" toʻgaragidan
Forwarded from Шохсанам
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi
#konstitutsiya

8-Dekabr - Bosh qomusimiz qabul qilingan kun

🏢 PTMA tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 8-"A" sinf .

~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Forwarded from Madina Abduhamidova
#ibrat_maktabi
#Bir_asar_tahlili

05.12.2022. Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining kutubxona mudirasi X.Raxmonjonova va tarbiyachi-pedagog M.Abduhamidova hamkorlikda 9"A" sinf oʻquvchilari oʻrtasida Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" asarining tahlili boʻyicha badiiy kecha oʻtkazildi shu jumladan maktabimiz kutubxonasiga yangi kelgan 73 nomdagi 360 dona badiiy kitoblar bilan ham oʻquvchilarga tanishtirib oʻtildi ular yangi asarlardan oʻqib mutola qilishdi. Badiiy kechada oʻquvchilar asar boʻyicha berilgan savollarga javoblar berishdi va bahs munozara tarzida qiziqarli oʻtkazildi.
#Ibrat_maktabi

Konstitutsiya

Asir kuni tundan farqi yo'q,
Tutqunlik-la ajal barobar.
O‘z huquqin bilmaslikdan-da,
Kelib chiqar turli balolar.

Zor bo‘lsa ham bir burda nonga,
Inson asli yaralgan baxtga.
O'z qadrini anglay olmasa,
Shohlar qanday chiqadi taxtga.

Bormasa ta’limga gar muhtojlar,
Ta’lim ham da’vosin bersa boy tomon,
Asl egalarsiz boshdagi tojlar,
Aylaydi u yurtning holini vayron.

Qay bog‘bonga yoqar bulbulsiz gulzor?
Kimga xush ko'rinar bulutsiz yomg'ir?
Dunyoga tirgakdir me’yor-u marom,
Olamda bir hissiz yashamoq og‘ir.

Shu sabab "Baxt" atadim o‘z qomusimni,
Erksizlikni haydovchi asl madhiya,
Huquqim, davlatimni panohda asrab,
Nurli kelajakdir KONSTITUTSIYA!!!

To‘ychiyeva Gulyora Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Jarayon: 8- A sinf o'quvchilari tarbiya fanini sahlanalashtirlgan ko'rinishda o'tishdi
#Ibrat_maktabi

O'zbekiston qomusi

Mustaqillik yog'dusi,o'zbegimning nomusi,
Azaldan qaddi buyuk hur vatanning orzusi.
Bolalar,qarilarning yuzidagi kulgusi,
Doim barhayot bo'lgin O'zbekiston qomusi!

Humosi ko'z qarog'i,har xonadon charog'i,
Shunday mustaqil yurtning madhiyasi,bayrog'i.
Jannatdek xur Vatanning ko'zidagi qarog'i,
Doim barhayot bo'lgin O'zbekiston qomusi!

Tomirimda rishtamsan,Vatandek farishtamsan,
Doimo aziz bo'lgan Olloh bergan ishqdansan.
Elparvar shu yurt uchun sotilmas kumushimsan,
Doim barhayot bo'lgin O'zbekiston qomusi!

Himmati baland o'zing,hurmatimning cheki yo'q,
Sening har bir farzanding qalbida hech kiri yo'q.
Gar sen bo'lsang abadiy,qalblarda g'am-g'ussa yo'q,
Doim barhayot bo'lgin O'zbekiston qomusi!

Rahimjonova Husnida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-"A"sinf o'quvchisi

~~~~~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
——————————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
#Konstitutsiyamizning_30_yilligi

PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING BIR QATOR XODIMLARI "O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 30 YILLIGI" ESDALIK NISHONLARI BILAN TAQDIRLANISHDI

Bugun Agentlik direktori Hilola Umarova tomonidan 4 nafar xodimga "O‘zbekiston konstisusiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni topshirildi.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Hilola Umarova barchani Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi bilan samimiy tabriklab, o'zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Shundan so'ng Prezident ta'lim muassasalari agentligining:

🔹Direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo'yicha maslahatchisi - E'zozxon Karimova,

🔹Yuridik bo'lim boshlig'i - Jamshid Shamshiyev,

🔹Tashkiliy nazorat va mirojaatlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i - Xasan Usmonov,

🔹Xodimlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i - Zamira Tog'ayeva taqdirlanishdi.

❗️Yuksak e'tirof muborak bo'lsin!

👇
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi
#konstitutsiya

Konstitutsiya baxtimiz qomusi.

🏢 PTMA tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9"B"-sinf oʻquvchilari hamda "audio vizual asarlari yaratish va qayta ishlash" to'garagi a'zolari tayyorlagan ijodiy video rolik.

📘 8-Dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlanadi.
~~~~~~~~~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
———————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |
Forwarded from Yoqubxon
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ibrat_maktabi
#konstitutsiya

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi.

🏢 PTMA tizimidagi Is`hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 10-sinf oʻquvchilari hamda "audio vizual asarlari yaratish va qayta ishlash" to'garagi a'zolari tayyorlagan ijodiy video rolik.

📘 8-Dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlanadi.
~~~~
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
———————
| Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook |