Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
652 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Kitobsevar_millat

📚 Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida Namangan viloyati "Davr Davron" MCHJ bilan hamkorlikda "Kitobsevar millat" shiori ostida kitoblar savdo yarmarkasi tashkil etildi.

📖Kitob yarmarkasida oʻquvchi-yoshlar oʻzlari yoqtirgan badiiy va ilmiy adabiyotlarni harid qilishdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
👁‍🗨 Talablarga binoan navbatdagi IQ TEST!

📆 21-aprel kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

➡️ Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

⬇️ Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

❗️ Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

☸️ Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

⚙️ Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Aziz vatandoshlar, ustozlar, tengdhoshlar! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Alloh yurtimizni tinch, yanada obod va farovon, osmonimizni musaffo qilsin. Yurtimizni hasadgo‘ylar, yomon ko‘zlardan asrasin, ravnaqiga ravnaq, obro‘siga obro‘ qo‘shaversin.

Bu bayramning sharofati har bir uyga kirib borsin!

—-
Veb-dizayn to'garagi a'zosi Abduqodirova Parizoda (7-sinf) tayyorladi
Forwarded from Muslim.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Seni yana sog'inib kutamiz Ramazon!

Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати
Muslim.uz / @muslimuzportal / @Muftiy_Nuriddin_domla
@diniysavollar

#Ramazon #soginch
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Vatanimning konstitutsiyasi

Bir yuz yigirma sakkiz - tomirdagi qon,
Tinchlik, farovonlik har sahifasi.
Yurt uchun, xalq uchun bo'lmoqda qalqon,
Ulug' Vatanimning konstitutsiyasi!

Manfaat bobida millatga qondosh,
Istiqbolli kelajak intizomi bor.
Amalli harakat shiori bo'lgan,
Yurtimda doimo qonun ustuvor!

Aniq rejalar-u ulkan maqsadlar,
Uchinchi renessans oliy talabi.
Ta'limga katta kuch, yoshlarga imkon
Bugungi prezident, ijod maktabi!

Har soha satrida bo'lgan mujassam,
Bag'rikeng o'zbekning shonli g'ururi.
Shu sabab rivojin topmoqda Vatan,
Xalqimiz posboni - Oliy huquqim!

To‘ychiyeva Gulyora Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Qomusim - faxrim

Har jabhada qo‘llagandir yoshlarni,
Bepul ta’lim olar yurtning farzandi,
Keksalarni e’zozlagan qomus bu,
Konstitutsiyamiz hurlik kuychisi.

Prezident maktabi elning qanoti,
Ijod ta’limgohi madh etar yurtni.
Ixtisos maktablar ilmga ilhaq,
Bular kelajakning yorqin mujdasi.

Lojuvard samolar musaffo har dam,
Mehnatsevar kishin qo‘llaydi millat.
Elliginchi modda tasdiqlar buni,
O‘zbegimga mehnat qo‘shadi savlat.

Yangi O‘zbekiston yashnagin abad,
Chiroyinga chiroy qo‘shar keksa- yosh.
Har sohada ilg‘or bo‘lurmiz albat,
Buyuk qomusimiz bunda bo‘lar bosh!

Qurvonaliyeva Muhayyo Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

CHUST DO‘PPIM

Chustimning go‘zal ramzi -
Ko’hna do’ppim - Chust do‘ppim.
Kelar senga havasi
Har millat, el, xalq, do‘ppim!

Chaman kabi betakror
Oq guling, hilol oying.
Faxrim, g‘ururim do‘ppim,
Tengi yo‘q bu chiroying.

O‘zbekligim timsoli
Misolisan, Chust do‘ppim.
Mag‘rur tutgan har boshning
O‘zing ko‘rkisan, do‘ppim!

Ming tasanno chevarga,
Vatan, diyorsevarga,
O‘zligini saqlagan,
O‘zbek do‘ppiparvarga.

Olimjonova Ifora Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
Президент мактаблари имтиҳонларининг 2-босқичидан ўтолмаган ўқувчилар ихтисослаштирилган мактабларга имтиҳонсиз қабул қилинади

📍https://uza.uz/posts/476051

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o‘tolmagan o‘quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan ma’lumot berdi:

📑Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga
aniq fanlar yo‘nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishiga 7 –11-sinflarga, keyingi o‘quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.

📈 Har bir sinfga 24 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi.

📺 Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e’lon qilinadi.

👩🏻‍🏫 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

‼️Kirish imtihonlari natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.

➡️ Boshqa qo‘shimcha savollar yuzasidan quyidagi havolada batafsil tanishing
✍️✍️✍️✍️✍️

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ibrat_maktabi
#Besh_tashabbus_doirasida


🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi

📚9-“B”sinf o’quvchilari hamda tarbiyachi-pedagog D.To’raboyeva raxbarligida 25-aprel kuni Namangan viloyatidagi "NODIRABEGIM" nomidagi axborot - kutubxonasiga tashrif buyurib u erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi va kitoblar mutolaa qilishdi.

📕End yaxshi sovg’a nima ekanligi haqida haliyam o’ylayotgan bo’lsangiz,unda albatta kitob sovg’a qiling.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz:
|Web|Telegram|Youtube|Google|Facebook
Forwarded from Dilnoza Umarova 👨‍👩‍👧‍👦
#Ibrat_maktabi
#Besh_tashabbus
#Kitobxonlik

       Kitobxonlik

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 5 tashabbus boʻyicha ishlar.

✍️ Oʻquvchilarni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va beshta muhim tashabbusning 4-yoʻnalishi boʻyicha Tarbiyachi-pedagog M.Poʻlatov 7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida badiiy kitob mutolaasi oʻtkazdi.

📚Odil qaror yurtboshimizdan
Saboq boʻlsin beshta tashabbus
Ibrat boʻlib har doim bizga
Mayoq boʻlsin beshta tashabbus.

🧑‍🎓 oʻquvchilar badiiy kitob mutolaa qilish orqali dunyoqarashini oʻstirib bilimi ortib bormoqda.
__
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook