Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#RaqamliAvlodQizlari
#InklyuzivITHaftalik

⚡️Juda ko'p yoshlarning xohish-istak va murojaatlariga binoan "Raqamli avlod qizlari inklyuziv IT haftaligi - 2023" Namangan shahrida start oldi.

Haftalik umumta'lim, ijod va Prezident maktab o'quvchilarini, mehribonlik uyi hamda zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilari va viloyatning faol qizlarini qamrab olgan🔥

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
#RaqamliAvlodQizlari
#InklyuzivITHaftalik
#NamanganPrezidentMaktabi

🔥 "Raqamli avlod Qizlari inklyuziv IT oromgohi - 2023"da
quyidagi yo'nalishlar bo'yicha
darslar bo'lib o'tmoqda:

Digital Art (raqamli san'at);
Web sayt yaratish (No coding);
Branding;
Start up (loyihalar bilan ishlash)

📍Eslatib o'tamiz, haftalik davomida
o'quvchilarimizdan
:
♦️ Alimirzayeva Munisaxon (9-sinf);
♦️ Rahimjonova Mohinur (9-sinf);
♦️ Mamayusupova Mubina (8-sinf);
♦️ Abdurazzaqova Gulbaxor (8-sinf);
♦️ Sattorova Diyoraxon (7-sinf);
♦️ Abduqodirova Parizoda (7-sinf);
♦️ Sulaymonova Iroda (7-sinf)
yo'nalishlar bo'yicha bilim va ko'nikmalar olishmoqda.
___
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Agar jismoniy mehnatdan qochmoqchi bo‘lsang, bilim o‘rgan”

IT sohasida ta’lim olib, bir necha yillik tajribaga ega, o‘z o‘rnini topgan, hozirda “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi”da bosh dasturchi sifatida ishlab kelayotgan bizning navbatdagi qahramonimiz — Odilxon Muxtorxojayev bo‘ladi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4404

Videoni 4K formatda YouTube kanalimizda tomosha qiling

#mitc
#muvaffaqiyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bormi?

Yangilanayotgan Konstitutsiyada ta’lim olish huquqlarga oid 9 ta eng muhim yangiliklar belgilanmoqda

1. Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

2. Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.

3. Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

4. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.

5. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.

6. Alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim va tarbiya ta’minlanadi.

7. Fuqarolar davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma’lumot olishga haqli.

8. Oliy ta’lim tashkilotlari akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

9. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi.
🎮 Sovrin jamg'armasi 332 million so'm Kibersport musobaqasiga Start berildi!

Musobaqa 5ta yo’nalishda bo’lib o’tadi:
🟢CS:GO
🟢DOTA2
🟢PUBG Mobile
🟢FIFA
🟢eFootball

O'zbekistondagi eng yirik "Uzbekistan Esport Championship" turnirida ishtirok eting!

Batafsil ma'lumot: IT Park telegram kanalida hamda www.cybergame.uz saytida.

Kibersportga qiziquvchi 16 yoshdan yuqori bo’lgan do’stlaringizga yuboring

Sovrin jamg'armasi 332 million so'm

#mitc #kibersport #yoshlar #IT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlodQizlari
#InklyuzivITHaftalik

💥 "Raqamli avlod qizlari inklyuziv IT haftaligi - 2023" doirasida tashkil etilgan dars jarayonlaridan REPORTAJ🔥

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

📣 PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR-3

Xorijning yetakchi OTMlariga kirish uchun "motivation letter" qanday yozilishini bilasizmi?

Bu insho turi nega kerakligi, ahamiyati haqida to'laqonli ma'lumotga ega emasmisiz?

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Аxborot xizmati tomonidan yo'lga qo'yilgan "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" ruknining navbatdagi sonida bu haqda batafsil ma'lumot berilmoqda.
____

👉Video Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi tomonidan tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from my.gov.uz
⚡️Aprel oyida boʻlib oʻtadigan chet tili imtihoni sanalari eʼlon qilindi

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 8-9-aprel kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa talabgorlar soni ko‘p bo‘lgani uchun 13-14-, 17-21-, 25-29-aprel va 1-5-may kunlari bo‘lib o‘tadi.

💻 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

📱Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

👩‍💻 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

❗️Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (12-may kuni) e’lon qilinadi.

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

“TATU - BARKAMOL AVLOD OPEN CHALLENGE” respublika koʻrik-tanlovi o'tkazilmoqda!

#Koʻrik_tanlov

▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “TATU - BARKAMOL AVLOD OPEN CHALLENGE” respublika koʻrik-tanlovi tashkil etilmoqda!

Koʻrik-tanlov aprel oyining uchinchi o‘n kunligidan boshlab, may oyining uchinchi o‘n kunligiga qadar o'tkaziladi.

Nizom bilan tanishish👈

➡️Koʻrik-tanlovda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Koʻrik-tanlov shartlari❗️

📌Koʻrik-tanlov Texnika, konstruktorlik va modellashtirish yo‘nalishida o'tkaziladi.

✔️Koʻrik-tanlovdan asosiy maqsad, Texnika, konstruktorlik va modellashtirish yo‘nalishini rivojlantirish, ularni yuqori bosqichga ko‘tarish va hamkorlik aloqalarini yaxshilashdan iborat.

🔊Barchani koʻrik-tanlovda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO INFORMATIKA OLIMPIADASIDA QATNASHADIGAN TERMA JAMOA A’ZOLARINI TAYYORLASH JARAYONIGA ILK BOR XALQARO TRENER JALB ETILDI.

Bugun poytaxtimizdagi IT Park binosida xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mas’ul xodimlari hamda polshalik mutaxassis Bartosz Kostka ishtirok etdi.

Informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayonlarini yanada kuchaytirish, terma jamoaning nufuzli musobaqadagi natijadorligini yaxshilash maqsadida xalqaro informatika olimpiadasi oltin medali sohibi, Polsha yoshlar informatika olimpiadasi bosh koordinatori Bartosz Kostka yurtimizga taklif qilindi.

Bartosz Kostka joriy yil Vengriyada o‘tkaziladigan olimpiada musobaqalariga yurtimiz terma jamoa a’zolarini puxta tayyorlash bilan birga, ularning imtihon jarayonlarida zarur bo‘ladigan ruhiy ko‘nikmalarini mustahkamlashda yordam beradi.

35-Xalqaro informatika olimpiadasi 2023-yil 28-avgustdan 4-sentyabr kuniga qadar Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tadi, unda 4 nafar O‘zbekistonlik yoshlardan iborat terma jamoamiz vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Ikki vazirlik hamkorligida tashkil qilingan mazkur jarayonda 10 kun davomida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan intellektual oromgoh majmuasida 12 nafar o‘quvchi olimpiadada ishtirok etish uchun xalqaro darajadagi trener tomonidan tayyorlanadi. Tayyorgarlik natijalariga kўра 4 nafar o‘qivchi saralab olinadi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘qivchilar oromgohga xalqaro va mahalliy trenerlar bilan birgalikda jo‘nab ketdilar.

#digitaltechnologies #uzbekistan #yoshlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent texnologiyalar universiteti faoliyatini boshladi

Ta'lim shakllari: kunduzgi va sirtqi.

Yo'nalishlar:

💻 Axborot texnologiyalari:
• Axborot tizimlari va texnologiyalari
• Kompyuter injiniringi
• Dasturiy injiniring

🤝 Biznes texnologiyalari:
• Iqtisodiyot
• Bank ishi va auditi
• Yurispudentsiya (Biznes huquqi)

💡 Ta'lim texnologiyalari:
• Psixologiya
• Texnologik ta'lim
• Boshlang'ich ta'lim

🌐 Til texnologiyalari:
• Xorijiy til va adabiyoti
• O'zbek tili va adabiyoti
• Ijtimoiy ish

📄 Litsenziya 062346-son, batafsil bu yerda

👉 Obuna bo'ling va qabulni o'tkazib yubormang: @ttu_uz
#RaqamliAvlodQizlari
#InklyuzivITHaftalik
#NamanganPrezidentMaktabi

"Zamin Education" loyihasi doirasida "Zamin" fondi va «Digital Generation Uzbekistan» NNM "Raqamli Avlod Qizlari – 2023" respublika inklyuziv IT-oromgohini o‘tkazdilar.

Tadbirda 72 nafar qiz ishtirok etdi. Ular besh kun davomida grafik va raqamli dizayn, veb-dasturlash bo‘yicha bilimlarini oshirdilar va tanlov dasturlarida qatnashdilar. So‘ng o‘z loyihalarini tanlovga taqdim etdilar.

IT-oromgoh ishtirokchilari mehmonlarga o‘z natijalari va yangi loyihalari haqida hikoya qilib berdilar.

Tanlovning "Digital Art" va "Veb-dizayn" yo‘nalishidagi g‘oliblar va sovrindorlar orasida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'quvchi qizlari ham bor. Ular mukofot va sovg'alar bilan taqdirlandilar!

"Veb-dizay" yo‘nalishidagi Mamayusupova Mubinaning (8-sinf) veb sayt loyiha ishi»
__
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook