Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
638 subscribers
5.45K photos
524 videos
18 files
1.77K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

AYOL MATONATI

(Zulfiyaxonimga)

So‘zlari quyoshdek nurlar sochadi,
Dillarga mehrning taftlari inar.
Ayolning yuragi dardin ochadi,
Tuyg‘ular tug‘yoni na to‘xtar, tinar.

Muhabbat, sadoqat, vafodan so‘zlar,
Misralar ko‘ngliga beradi taskin.
Yorining yo‘liga tikilgan ko‘zlar,
Umidin so‘ndirmay yashashga taxsin!

Ayollik sha’nini ko‘targan ko‘kka,
Matonat bobida beqiyos timsol.
Hayoti ibratga arzigay ko‘pga,
O‘zbekning onasi to‘lin oy misol.


Mashhura MO‘MINJONOVA,
Is'hoqxon
Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-“A” sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Zulfiya_vafo_timsoli
#Tanlov_natijalari

Xabaringiz bor Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarning o‘quvchilari uchun taniqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligini keng miqyosda nishonlash maqsadida “Zulfiya-vafo timsoli” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilgan edi.

Quvonarlisi tanlovda ijod maktablari qatori Is’hoqxon Ibrat nomlidagi ijod maktabi o‘quvchilari ham shoira ijodiga bag‘ishlangan tanlovda ishtirok etishdi. Natijalarga ko‘ra “Bir she’r tahlili (Zulfiya she’rlarini tahlil qilish)” yo‘nalishida Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o‘quvchisi Shoiraxon Abdumalikova 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

BAHOR NAFASI

Qish so‘nggida bahor nafasi,
Quyosh tafti zaminga qaytar.
Tor keladi ko‘krak qafasi,
Yurak yayrab qo‘shiqlar aytar.

Daraxtlarda kurtak, g‘unchalar
Kiprik qoqib, go‘yoki kular.
Ariqlar ham xursand shunchalar,
Ko‘k maysadan o‘smalar qo‘yar.

Sadoqatli do‘stimiz bahor,
Ham daraxtu giyoh gullatar.
Qushlar yana boshlashib alyor,
Subhidamdan dilni yayratar.


Mushtariybonu RAHIMJONOVA,
Ishoqxon
Ibrat nomidagi ijod
maktabi 8-“A” sinf o‘quvchisi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Bahor kelganidan beradi darak

Ochilganda tog‘da qizil lolalar,
O‘ynashib terishar sho‘x - sho‘x bolalar,
Qiz-juvon kuylasa alyor-yallalar,
Bahor kelganidan beradi darak.

Qaldirg’och qaytganda izlab quyoshni,
Quvonchga to‘ldirar qari-yu yoshni,
Ahil qilsa agar ikki dindoshni,
Ko‘klam kelganidan beradi darak.

Qaynasa qozonda totli sumalak,
Aylansa atrofda o‘ttiz hur malak,
Osmonda ko‘rinsa serrang kamalak,
Bahor kelganidan beradi darak.

Teng kunda aylansa quyoshi, mohi,
Gullardan egilsa daraxtlar shoxi,
Ayolu qizlar kiysa atlas-u shohi,
Ko‘klam kelganidan beradi darak.


Odina Rustamjonova
Is’hoqxon
Ibrat nomidagi ijod
maktabining 10- sinf o‘quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Besh_tashabbus
#sport

STOL TENNISI MUSOBAQASI

🏢 Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida 5 muhim tashabbus doirasida yoshlarni jismoniy chiniqtirish va ularning sport sohasida qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida stol tennisi musobaqasi qizlar va o'g'il bolalar kesimida tashkil etildi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#darslar

📖 Ijod maktabimizda 2024/2025-o‘quv yili uchun belgilangan navbatdagi ochiq darslar tahlili davom etmoqda.

👩‍🎓 SINF: 8-"A" sinf.
⚛️ FAN: Ona tili va adabiyot.
⛓️ INTEGRATSIYA: ingliz, rus, turk, fransuz, koreys, nemis tili.
🧾 MAVZU:
Daniyel Defoning "Robinzon Kruzo" asarining bugungi kundagi tarbiyaviy ahamiyati.
🗄
METODLAR:  5 kadr, Intervyu, Quvnoq pazllar, BBB.
🔰 O‘QITISH SHAKLI: Ma'ruza.
🧩 TASHKILLASH: Bahs-munozara (diskussiya) usuli.
🔗 TA'LIM VOSITALARI:  Didaktik tarqatma materiallar, interaktiv doska, asar kitobi. 
🎯 DARS MAQSADI: o'zbek va horijiy tillarda savol-javoblar orqali  erkin, tanqidiy fikrlash qobiliyatlari kuchaytirish, hulosa chiqarish ko'nikmalarini hosil qilish.  Bahs-munozara madaniyatini shakllantirish.  Asardan olgan taassurotlarini bayon eta olish.
FAN MAQSADI:  Fanga, jahon adabiyotiga qiziqishni oshirish. Ma'naviy yetuk, mustaqil fikrlay oladigan shaxslarni tarbiyalash.
👩‍🏫 USTOZ: Munavvarova Mohira
___
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Moychechak

Navbahor to‘yida,
Ariqlar bo‘yida,
Go‘zallik o‘yida
Yashnaydi moychechak.

Quyoshday charaqlar,
Oltinday yaraqlar,
Entikar yuraklar,
Go‘yo u kelinchak.

Tanhodir jamolda,
Tebranar shamolda,
Shirin bir xayolda
Uchadi halinchak.

Bolalar yayrashar,
Dastalab boylashar,
Ko‘klamga yarashar
Chiroyga boy chechak.


Nozima Abdulboqiyeva
Ishoqxon Ibrat nomidagi ijod
maktabi 8-“B” sinf o‘quvchisi.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

KAPALAK VA XONQIZI HAQIDA SHE’RIY ERTAK

Maydoni keng moychechakzorda,
Yashar ekan moviy kapalak.
Qanotlari gulga o‘xsharkan,
Yurar ekan doim jonsarak.

Gaplasharkan gullari bilan,
Do‘stim bo‘lsa meni ham, - deya,
Avaylardim, mehr berardim,
Quvontirib, g‘amini yeya.

Quyosh chiqqan kunlardan biri,
Moychechakdan xabar kelibdi.
Gulzor ichra qip-qizil mehmon,
Yuguribdi, hamda yelibdi.

Eshitiboq bizning kapalak,
Mehmon bilan tanishmoq uchun.
Shundayin tez uchib kelibdi,
Qanotiga yig‘ib bor kuchin.

Bir gulchaning ustiga qo‘nib,
Xonqizi zir titrar emish.
bu kenglikda adashdim – deya,
O‘z ichini tinmasdan yermish.

Kapalakjon asta u tomon,
Yaqinlashib, holin so‘rabdi.
Sovuqqotgan xonqizioyni,
Atrofini gullar o‘rabdi.

Ikkovlari suhbat qurishib,
Dugonalar bo‘lib olibdi.
va shu kundan ularning uyi,
Moychechakzor bo‘lib qolibdi.


Shaxzoda ABDULLAEVA,
Is’hoqxon
Ibrat nomidagi ijod
maktabi 10 –“A” sinf o‘quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Bahor

Olam ochib gulchiroy,
Misli yangi hilol oy,
To‘lib oqdi daryo, soy,
Keldi maftunkor bahor.

Gullar terdim men asta,
Onam uchun guldasta,
Kelajakka payvasta,
Keldi maftunkor bahor.

Olamga nur to‘ldirib,
Quvontirib, kuldirib,
Qalblarni inontirib,
Keldi maftunkor bahor.



Odina Rustamjonova
Is’hoqxon
Ibrat nomidagi ijod
maktabining 10- sinf o‘quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook
#Ibrat_maktabi
#Prezident_maktabi
#Zakovat

💐 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Ayolga hurmat” haftaligi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

💫 Intellektual o‘yinda agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi hamda Namangan shahridagi Prezident maktabi ayol ustozlari va o‘quvchi qizlaridan iborat jamoalar ishtirok etdilar.

🌺 Ko‘zlangan maqsad: xotin-qizlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish hamda ularning intellektual qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash, ikki maktab o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamkamlash.
___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram