Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
845 subscribers
6.65K photos
572 videos
18 files
2.06K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Zulfiya_108_yilligi
#ijodiy_tanlov
#Ibrat_maktabi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida taniqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligini keng nishonlash maqsadida “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi.

✍️ Tanlovda yo'nalishlar bo'yicha bizning maktabimiz o'quvchilar ham qatnashishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra videorolik yo'nalishi bo'yicha Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ifora Olimjonova 🥉3-o‘rin sohibi bo'di (video rolik»).
___
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook
Forwarded from Rustam Karimjonov
“Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi” tanlovi o‘tkaziladi.

Talabalarga - 15 mln. so’m va
O’quvchilarga - 6 mln. so’m mukofot puli beriladi.

Ushbu tanlovda:
🟢TATU va uning filiallaridan jami 28 nafar;
🟢INHA dan 5 nafar;
🟢Amity dan 5 nafar;
🟢ITPU dan 3 nafar talaba hamda
🟢TATU huzuridagi texnikum va akademik litseylarining 1 nafardan o’quvchilari tanlov g’olibi etib saralab olinadi.

🎓 Bu yil stipendiantlar uchun kvotalar soni deyarli 2 barobar oshirilgan bo’lib, stipendiantlarni saralashda yuqori talablar belgilanmoqda.

🗓 Batafsil ma’lumot hamda tanlov Nizomi: 👉 Raqamli texnologiyalar vazirligining telegram sahifasida.

📢 Barcha talaba va o’quvchilarga ulashing, hammada imkoniyat bor, harakatni hozirdan boshlang.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 📌📌

📌“KITOBXONLIK FESTIVALI”

➡️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali"ga start berilganligini e'lon qiladi.

☯️ Ushbu festival doirasida quyidagi kitobxonlik koʻrik-tanlovlari tashkil etiladi va oʻtkaziladi:

“Eng kitobxon maktab”
“Eng  faol kitobxon oʻquvchi”
“Ijodkor bolalar”
“Eng kitobxon oila”
“Eng faol kutubxonachi”

🤳Festival davomida “Kitobxonlik haftaligi”, “Kitob sovgʻa qil va maʼnaviyat ulash” kitob aksiyalari, viktorinalar, shoir va yozuvchilar bilan ijodiy uchrashuvlar, konferensiyalar, maktab kutubxonachilari uchun oʻquv-seminarlar, kitob koʻrgazmasi va davra suhbatlari, sayillar, konsertlar,  sayrtomosha va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

👋Barcha kitobxonlarni ushbu festivalga chorlab qolamiz!

😀Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʻalar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovgʻalari topshiriladi.

➡️ Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#8_mart

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni!

✍️Mamlakatimizning ijtimoiy va siyosiy hayotida ayollarning o‘rnini va nufuzini mustahkamlash, hayotning har bir sohasida ular erishgan muvaffaqiyatlarni baholashga bag‘ishlangan.

🌿Shu bois har joriy yilning 04-mart kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Ayolga ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos oliyjanob qadriyat” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” ni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida 7-sinf onalarini ma’naviy tadbirga taklif etildi.

💐Tadbir 7-sinf rahbari M. Boqixonova va tarbiyachi-pedagog M. Po‘latovlar boshchiligida o‘tkazilib unda onalarni tarannum etuvchi qo‘shiqlar, she’rlar, bellashuvlar va onalar bilan qiziqarli oyinlar tashkil etildi.

🌷Barcha mo‘tabar ayollarimizni kirib kelayotgan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni! ” bayrami bilan tabriklaymiz!

👉🏻Telegram
#Ibrat_maktabi
#8_mart

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni!

✍️04.03.2023-yil kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida noodatiy onalar yig‘ilishi tashkil etildi.

💐 Bo‘lib o‘tgan yig‘lishda onalar dastlab farzandlari qay darajada bilim olayotganini ko‘rish maqsadida rus, ingliz va fransuz tillari darslarini kuzatishdi. Shundan so‘ng onalar uchun ma’naviy tadbir tashkil etildi. Noodatiy onalar yig’ilishi yakunida maktab psixologi tomonidan onalarga farzand tarbiyasi nomli trening tashkil etdi. Yakunda 7-sinf rahbari M. Boqixonova va tarbiyachi-pedagog M. Po‘latovlar onalar bilan o‘zaro fikr almashdilar.

🌷Barcha mo‘tabar ayollarimizni kirib kelayotgan 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni! ” bayrami bilan tabriklaymiz!

👉🏻Telegram