IT-School Presidency | al-Khwarizmi
927 subscribers
892 photos
40 videos
13 files
399 links
🏢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Prezidentining matbuot kanali.

Sahifalarimiz:
@ictschooluz
@aksa_itschool
@presidencymedia
@gpa_itschool
@ict_library
@khwarizmi_insight

Savol va takliflar: @ispresidencybot
Download Telegram
#itschool #presidency #new_year #party

"New Year Party"ga taklif etamiz!


🎄 Yangi yil tobora yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 8-9-10-11-sinf o'quvchilari uchun "New Year Party" bayram kechasi tashkillashtirilmoqda.

☃️Ushbu kecha sizga unutilmas xotiralarni baxsh etishi shubhasiz. Tadbir davomida do'stlaringiz bilan "New Year quest" kabi turli-tuman o'yinlarda ishtirok etishingizga va eng muhimi yangi yil shukuhini do’stlar davrasida betakror taassurotlar ila o’tkazishingizga aminmiz!

🎉Tadbir 26-dekabr sanasida, soat 14:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi.

🎁Eslatib o'tamiz, tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #tabrik

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning IT-School Presidency jamoasi maktabimizning Ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o'rinbosari Fazliddin Ismoilovning tavallud ayyomlari bilan chin qalbdan muborakbod etadi.

Hurmatli Fazliddin Ismoilov, jamoamiz a'zolari sizga mustahkam sog'lik, uzoq umr va oilaviy baxt tilaydi. Maktabimiz rivoji uchun qilayotgan barcha ishlaringizda kuch va shijoat sizni aslo tark etmasin!


IT-School Presidency
#itschool #presidency #new_year #party

🎄Muhammad al-Xorazmiy maktabining 8-9-10-11-sinf o'quvchilari uchun 26-dekabr sanasida tashkillashtirilgan "New Year Party" bayram kechasining dasturini e'tiboringizga havola etamiz!

🎙14:00-14:30 - Ochilish marosimi
🎲14:30-15:30 - "New Year quest" va shu kabi ko'plab interaktiv o'yinlar
☕️15:30-16:00 - Coffee Break
🪩16:00-17:30 - Disco


🎭Agarda siz ham "New Year Party" da ishtirok etishni istasangiz, o'zingiz bilan bayram niqobini olib kelishingiz talab etiladi.

IT-School Presidency
🚀 New Year Party dagi hissiyotlaringizni izohlarda ulashing

IT-School Presidency
🗣 Diqqat! E’lon!

🏆 5-9-yanvar kunlari Digital Generation tomonidan o’tkazilayotgan “Raqamli Avlod 2024 (Qish)” cybersport yonalishi bo’yicha Dota2 o’yinida turnir tashkil qilinmoqda.

❗️Agar sizda bu o’yin bilan tajribangiz bo’lsa va maktabimiz nomi bilan turnirda qatnashishni istasangiz, to’liq ismingiz, sinfingiz va raqamingizni ushbu botga ga yozib qoldirishingizni so’rab qolamiz.

IT-School Presidency
#itschool #presidency #tabrik

🇺🇿14-yanvar - O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilgan hamda Vatan himoyachilari kuni!

🪖Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi barcha yutuqlarda Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida o‘z vazifasini sidqidildan ado etayotgan ming-minglab harbiylarimizning munosib hissasi bor.

🎖Yurtimiz himoyachilari, vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi uchun amalga oshirayotgan ishlaringizda sizlarga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Barchangizga sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor bo'lsin!

🎉Yurtimizda doim tinchlik va osoyishtalik hukm sursin! Bayramingiz muborak bo'lsin!


IT-School Presidency
#itschool #presidency

YANGI YILDA - YANGI LOYIHALAR

🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Shakirova Sevara Bahodirovna, ixtisoslik fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari Fazliddin Ismoilov va IT-School Presidency jamoasi 15-yanvar sanasida "Yangi yilda - yangi loyihalar" shiori ostida jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.

🗣️ Suhbat davomida IT-School Presidency jamoa a'zolari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan bir qator loyihalar bo'yicha hisobot topshirishdi, undan so'ng esa 2024-yilda yo'lga qo'yish rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishtirdi.🔗

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hey, Future Leaders! 👋

🚀 Welcome to Khwarizmi Insight - Where Opportunities Unfold!

Are you a student looking for a world of possibilities? Look no further! We are excited to introduce Khwarizmi Insight, your go-to hub for unlocking a wide range of opportunities, growth, and success.

🌟Here, you will find about:
- Volunteering Programs
- Summer Camps
- Olympiads
- Scholarships


🔍 Why Join?
Become part of a community dedicated to seize booming success. Subscribe now and access a world of golden opportunities ! 🚀

#OpportunityAwaits #StudentSuccess #KhwarizmiInsight

@khwarizmi_insight
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #EPAM #eKIDS

📣 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda EPAM e-KIDS dasturining "Unity 3D: Visual Novels" yo'nalishi bo'yicha tashkillashtirilgan mahorat darslarida ishtirok eting!

🎨 EPAMning e-KIDS dasturi yordamida siz vizual hikoyalar va multimedia yaratishni o'rganasiz. Darslar jarayonida ustozlarimizga savollar berib, o'zingizni qiziqtirgan sohani tanlang: ssenariy yozish, musiqa kompozitsiyasi, animatsiya yoki grafik dizayn.

📆 Sana: 27-yanvar
Vaqti: 12:00 dan 13:00 gacha
📍 Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

🧊Vizual hikoyalar va multimedia yaratish dunyosiga sho'ng'ish uchun ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Hoziroq roʻyxatdan oʻting 👈 va EPAMning e-KIDS dasturi bilan yangi marralarni zabt eting!
-
📣 Announcement: Join EPAM's e-KIDS Program Intro Session on "Unity 3D: Visual Novels" at Al-Khwarizmi School!

🎨Calling all students! Explore visual storytelling and multimedia creation with EPAM's e-KIDS program. Join us for an informative intro session on "Unity 3D: Visual Novels" and find out more about the upcoming course, ask questions to our mentors, discover your area of interest: scriptwriting, music composition, animation, or graphic design.

📆 Date: January 27th
Time: 12:00 AM - 13:00 PM
📍 Venue: Al-Khwarizmi School

🧊Don't miss out on this incredible opportunity to dive into the world of visual storytelling and multimedia creation. Register now 👈 and unleash your creativity with EPAM's e-KIDS program!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #tashkent #ps #SU #meeting

TARAQQIYOT BIRLIKDA❗️

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent shahridagi Prezident maktabi bilan 20-yanvar sanasida o'zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida uchrashuv tashkil qildi.

🎓Uchrashuv davomida ikki maktab prezidenti va ularning jamoalari o'rtasidagi faoliyati bo'yicha rejalashtirilgan loyihalar to'g'risida suhbat olib borildi. Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad tomonlar o'rtasidagi do'stlik a'loqalarini mustahkamlash hamda kelgusida ko'plab loyihalarni birgalikda amalga oshirishdir.

📌Bugungi uchrashuv ijobiy o'zgarishlar va ijodiy barkamollik sari qo'yilgan qadamlardan biri ekanligiga umid qilamiz!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#cyber #tournament

🎮 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kibersportning CS:2 yo'nalishi bo'yicha "Maktab kubogi" musobaqasini qarshi oling!

🏆Turnirda maktabimizning 8-11-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan 16 ta jamoa (har bir sinfdan 1tadan jamoa) "Maktab kubogi" uchun bellashadilar.

📍Bellashuvning birinchi o’yinlari 29-yanvar kuni soat 14:30da maktabimizning Cybersport xonasida bo'lib o'tadi.

📝Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting❗️

IT-School Presidency