IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI ANGOR TUMAN IXTISOSLASHGAN MAKTABI
443 subscribers
10.2K photos
759 videos
82 files
2.55K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon
#Angor_IM

SURXONDARYO VILOYAT ISHONCH TELEVIDENIYASI.

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Angor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida fan, sport va ijod toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda.

🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatib boring 🔽
Telegram|Facebook|Instagram 
3👎1😱1
#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Shakirova Sevara Baxodirovna — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori o'rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2019-yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023-yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Sevara Shakirovaga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Pedkadr.tdi.uz
#Tanlov
#Ishga_taklif_etamiz

📣📣📣📣📣

FAN OLIMPIADALARI SOHASIGA QIZIQQAN MALAKALI KADRLAR DIQQATIGA!

⚡️ Fan olimpiadalari markazi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga ochiq tanlov e'lon qiladi.

Nomzodlarga qo'yiladigan asosiy talablar:

Kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lish (magistr yoki ilmiy daraja tanlovda ustunlik beradi);
Ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish (rasmiy sertifikatga ega bo‘lishi tanlovda ustunlik beradi);
Ta’lim sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi bo‘lishi;
Kompyuter savodxonligi va zamonaviy axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
Dasturlash yoki IT sohasidagi bilimlar — ustuvor afzallik sifatida baholanadi.

Sizni quyidagilar kutmoqda:
➡️Professional va ahil jamoa;
➡️Kasbiy o‘sish va rivojlanish uchun qulay muhit;
➡️Xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari.

🧠Agar siz yangilikka ochiq, kreativ fikrlaydigan va doimiy o‘z ustida ishlashga intiladigan mutaxassis bo‘lsangiz — bu imkoniyat aynan SIZ uchun!

📨Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlardan o‘z rezyumelarini @FOM_vakansiya_bot orqali yuborish so‘raladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi


Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, Shakirov Xasan Rustamovich — Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar “Yangi O‘zbekiston” universiteti moliyaviy va ma’muriy ishlar bo‘yicha prorektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Xasan Shakirov 2001-2016-yillarda Moliya vazirligida mas'ul lavozimlarda, 2016-2020-yillarda Tashqi ishlar vazirligida Moliya-iqtisod boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida Moliyalashtirish va rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2022-2024-yillarda esa Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Vazirlik jamoasi Xasan Shakirovga kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
#ishga_taklif

🔔 HURMATLI ZAMONAVIY INNOVATOR O‘QITUVCHILAR!

📚 Siz ham kelajak avlod tarbiyasida o‘zingizning innovatsion yondashuvingiz bilan yetakchi bo‘lishni istaysizmi?

🔍Unda siz bilan kelajak ta’limini birga quramiz!

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga fidoyi, ijodkor va zamonaviy fikrlovchi pedagoglarni ishga taklif etadi!

📆 Hujjatlar qabuli 1-iyuldan boshlanadi
🌐 Platforma: job.piima.uz

📝 Bizni tanlashingiz uchun 3 ta asos:

🎓Kasbiy o‘sish uchun cheksiz imkoniyatlar – xalqaro tajriba almashinuvi, innovatsion metodikalar, mentorlik va doimiy malaka oshirish kurslari;

🌍 Xalqaro miqyosda rivojlanish – IELTS, CEFR, SAT kabi sertifikatlarni olish va xorijiy mutaxassislar bilan ishlash imkoniyati;

📖 Ta’limda yangi davrga qadam – ilg‘or STEM, CLIL, IB, PISA dasturlari asosida darslarni tashkil etish imkoniyati.

📎Talab qilinadigan hujjatlar:

🪪 Pasport (shaxsni tasdiqlovchi hujjat);
🎓 Pedagogik yo‘nalishdagi bakalavr yoki magistr diplomi;
🧾Shaxsiy ma’lumotnoma (obyektivka);
📄IELTS / CEFR sertifikati (xorijiy til o‘qituvchilari uchun zarur, boshqa fan o‘qituvchilarida mavjud bo‘lsa).

👩‍🏫Biz qanday o‘qituvchini izlayapmiz?
🔹 Halol, faol va fidoyi;
🔹 O‘z fanini mukammal biladigan, zamonaviy metodikalarni qo‘llay oladigan;
🔹 Zamonaviy texnologiyalardan foydalana oladigan;
🔹 Yangi avlod bilan ishlashda yondashuvi zamonga mos, ochiq fikrli pedagog.

🗣Kelajak avlod tarbiyasida sizning o‘rningiz bor!
🌟 Endi sizning navbatingiz – zamonaviy o‘qituvchilikdagi yangi bosqichga qadam qo‘ying!

⚡️ Sizdek fidoyi ustozlar tanlovimizda ishtirok etishidan mamnunmiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Mansur Karimov
Assalomu alaykum!
https://ariza.piima.uz/qr/ID_RAQAMI
Yuqoridagi linkga ID raqamni kiritgan holda ruxsatnomani tezkor yuklab olish mumkin.
1
📖Vazir o‘rinbosari imtihonga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

🫥Xabaringiz bor, 6-iyuldan boshlab Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari start oladi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov bugun Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida mazkur imtihonlar o‘tkaziladigan manzillardagi tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.


🎓Ushbu hududlarda:
— Texnik jihozlarning ishlash holati,
— Sovutish tizimi xavfsizligi,
— Xonalar sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi,
— Oraliq nazorat va kuzatuv tizimlari — barchasi yaqindan o‘rganildi.


Jarayonlarning ochiqligi va adolatliligini ta’minlash, iqtidorli yoshlar uchun qulay, xolis muhit yaratish — asosiy maqsad sifatida belgilandi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3💊1
Harvard, Yale va Stanford kabi dunyoning top-100 universitetlarida o‘qishni xohlaysizmi?

⚡️ “Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qabul boshlandi!

💥Ushbu dastur O‘zbekistonning eng iqtidorli 1500 nafar o‘quvchsi uchun — 2 yil davomida top-100 oliygohlarga bepul tayyorgarlikni o'z ichiga oladi.

Mazkur dastur orqali siz:
🔹 xalqaro testlar (SAT, IELTS),
🔹 olimpiadalar,
🔹 grantlar,
🔹 eng nufuzli universitetlar yo‘lida professional tayyorgarlikdan o‘tishingiz mumkin.

📚 Kimlar ishtirok eta oladi?
9-sinfni tamomlab, 10-sinfga o'tgan iqtidorli o‘quvchilar.

📆 Arizalar 31-iyulgacha onlayn tarzda qabul qilinadi:
👉 ariza.piima.uz
👉 my.gov.uz

📚 Saralash quyidagilardan iborat:
1️⃣ Matematika va ingliz tilidan 40 tadan test - 80 ballgacha
2️⃣ Nomzodning fan olimpiadalaridagi natijalari - 20 ballgacha

📞 Savollar bo‘yicha:
🤖 @Piftuzbot
☎️ Call-markaz: 1206 yoki +998 78 1137789

🎯 O‘z imkoniyatingizni boy bermang!

🔁 English

#Prezident #milliydastur

Bizga qo'shiling
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Abdumalik
https://talimxabarlari.uz/36033/
10-sinf o‘quvchisi 6 ta fandan milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi
🔥9🎉1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan:

Xilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi;

Tamila Anvarovna Aliyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tibbiyotni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Timur Nuryigitovich Butunbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Nodira Jalalovna Xakimova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining sud tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sherzod Farxod o‘g‘li Ozodzoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tadbirkorlik loyihalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi;

Dilnoza Muradovna Ziyamuxamedova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi kotibiyati mudiri lavozimidan ozod etildi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
👎1
#Infografika

📖Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda sertifikatga ega bo‘lish ko‘rsatkichi tahlil qilindi

🫥2024–2025-o‘quv yilida Surxondaryo viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan 17 ta ixtisoslashtirilgan maktabda jami 7 ming 134 nafar 5–11-sinf o‘quvchilari tahsil oldi. O‘g‘il-qizlar ushbu o‘quv yili davomida umumiy hisobda 1 ming 563 ta milliy va xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishdi. Bu ta’lim sifati, ustozlarning mashaqqatli mehnati va o‘quvchilarning bilimga chanqoqligini ko‘rsatuvchi muhim mezon hisoblanadi.


🫥Sertifikatlar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• Xalqaro: IELTS, SAT, CEFR, TOPIK, JLPT
• Milliy: Davlat til sertifikati (C1, B2)


Maktablardagi sertifikatlar sonining o‘quvchilar soniga nisbatan ulushi bo‘yicha reyting tuzildi. Bu – ta’lim samaradorligini aniq ko‘rsatadigan ishonchli ko‘rsatkich.

🔝Yetakchi uchlik quyidagicha:

🥇 Termiz shahar 3-son ixtisoslashtirilgan maktab
– 266 nafar o‘quvchidan 112 nafari sertifikatga ega
– Umumiy ulushi: 42.11%

🥈 Termiz shahar 1-son IMI

– 460 nafar o‘quvchidan 192 tasi sertifikatli
– Ulushi: 41.74%


🥉 Qumqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
– 507 nafar o‘quvchidan 179 nafari sertifikat olgan
– Ulushi: 35.31%


Ushbu ko‘rsatkichlar asosida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarda ta’lim sifati barqaror o‘sib borayotgani, o‘quvchilarning xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lishi uchun barcha sharoitlar yaratilgani yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

📈Hududlar bo‘yicha to‘liq tahliliy jadval grafik rasmda ilova qilingan.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👎1
📣 RAHBAR XODIMLAR TANLOVI – II BOSQICHGA START BERILMOQDA!

Hurmatli nomzodlar!
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan e’lon qilingan rahbar xodimlar tanlovining ikkinchi — suhbat bosqichi joriy yilning 18-iyul sanasidan boshlab lavozimlar kesimida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🗂 Ushbu bosqichda nomzodlarning kasbiy tayyorgarligi, rahbarlik salohiyati va ta’lim sohasidagi amaliy tajribasi har tomonlama sinovdan o‘tkaziladi.

🟢 Suhbat jarayonida har bir nomzodga 3 ta savoldan iborat bilet taqdim etiladi. Savollar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘ladi:

kasbiy, tashkiliy, rahbarlik, moliyaviy, pedagogik va shaxsiy salohiyatni baholash;

ta’lim tizimi rivojiga qo‘shgan amaliy hissa, ilgari amalga oshirgan loyihalar va tashabbuslar;

xorijiy tilni bilish darajasi va amaliy qo‘llash ko‘nikmalari.

🗣Suhbat jarayoni nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalar, strategik fikrlash qobiliyati va innovatsion yondashuvlarni aniqlashga qaratilgan.

❗️Maktablar kesimida tanlovning 2-bosqichida ishtirok etadigan har bir nomzodga suhbat sanasi va vaqti yuzasidan xabar berilishini eslatib o‘tamiz.

💫 Ushbu tanlov — o‘z sohasida lider bo‘lishga intilayotgan, mas’uliyatli va tashabbuskor rahbar kadrlarga yo‘l ochadi.

✔️ Sizni ushbu muhim bosqichda ishtirok etishga tayyor turishingizni so‘raymiz va har biringizga omad tilaymiz!

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Forwarded from Segment.uz
❗️Ўқувчиларни мактабдан-мактабга кўчириш жараёни 1 августдан давом эттирилади

Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 1 июндаги 295-сон қарори билан тасдиқланган тегишли Маъмурий регламент асосида амалга оширилаётган ўқувчиларни бир мактабдан бошқасига кўчириш бўйича давлат хизмати жорий йилнинг 31 июлига қадар тўхтатилган эди.

Мазкур вақт оралиғида электрон платформа (erp.maktab.uz) орқали умумий ўрта таълим муассасаларини янги ўқув йилига ҳамда ўқувчиларни синфдан-синфга ўтказиш жараёни амалга оширилади.

Ўқувчиларни бир мактабдан бошқасига кўчириш бўйича давлат хизмати жорий йил 1 августдан давом эттирилади.

Telegram | Instagram | Facebook
1
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/

Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/ps1

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2025
#prezident_maktablari

❗️ AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

📝 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

✔️ TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

‼️Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.

📲Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📍Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

❗️Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Forwarded from Segment.uz
❗️Президент фармонига кўра:

Хорижий тиллар
бўйича камида С1 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро тан олинган сертификатни олганига 2 йилдан ошмаган ёшларга олис ва бориш қийин бўлган ҳудудларда чет тилларига ихтисослашган ўқув марказларини очиш учун фоизсиз ссуда берилади.

Бунда фоизсиз ссуда 6 ойлик имтиёзли давр билан 3 йил муддатга БҲМнинг 320 бараваригача миқдорда ажратилади.

Telegram | Instagram | Facebook
1
Forwarded from Segment.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янги Ўзбекистон бунёдкори — мамлакат 8 йилда

Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 68 ёшни қаршилади.

Telegram | Instagram | Facebook