IT Education Association
1.1K subscribers
331 photos
122 videos
234 links
🏢 Non-governmental non-profit organization focused on the development of education in the field of information and communication technologies
📝 [email protected]
☎️ +99877 707-66-00
☎️ +99877 707-00-66
☎️ +99890 037-99-29
Download Telegram
Hurmatli Vatanimiz himoyachilari!

IT ta'lim Uyushmasi Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 33-yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etadi.

Sizlarga har doim kuchli hamda qat’iyatli bo‘lib qolishingizni, o‘z kuchingizga ishonishingiz, har qanday vaziyatda barcha muammolarni mohirona hal eta olishingizni tilaymiz.

Mustahkam sog‘lik, uzoq umr hamda oilaviy hotirjamlik, boshlagan ishlaringizda omad va zafarlar yor bo‘lsin!

Siz bizning tayanchimiz, himoyamiz va g‘ururimiz ekanligingizni unutmang. Mardlik va jasorat bayrami sanalgan — Vatan himoyachilari kuni yana bir bor muborak bo‘lsin!
Jamoamizga xush kelibsiz!

IT ta’lim Uyushma tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini rivojlantirish” loyihasi doirasida jurnalist Fotima O‘ktamova bilan Mehnat shartnomasi imzolandi.

Fotima O‘ktamova — Buyrak yetishmovchiligi xastaligi tufayli doimiy ravishda gemodializ qabul qiladi (Gemodializ - bu Sun’iy buyrak apparati yordamida o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligini davolash).

Farg‘onada istiqomat qilayotgan Fotima O‘ktamova Loyiha doirasida masofadan ishlash imkoniyatini berib, ular bilan Mehnat shartnomasini imzoladik.

Fotima O‘ktamova 2-guruh nogironi bo‘lishiga qaramay juda harakatchan ekanliklarini ilk kunning o‘zida ko‘rsatdilar, o‘z hududlarida nogironligi bor AyTi bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni topib, ular bilan IT soxasining imkoniyatlari haqida materiallar tayyorlashga kirishib ketdilar.

Xullas shunaqa qilib, Fotima O‘ktamova Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan IT ta’lim Uyushmasi NNTga ajratilgan O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va raqamli ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan Grant loyihasining bir qismiga aylandi.

Mazkur Loyiha kelajakda yoshlarning IT savodxonligini oshirish, malaka oshirish imkoniyatlarini yaratish, shuningdek, qishloqlarda yashovchi yoshlar va ayollarni ish bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Loyihaning dastlabki bosqichida hududlarda IT savodxonligi va ko‘nikmalari bo‘shliqlarini tahlil qilish, bunda maqsadli auditoriya sifatida yoshlar, qishloq aholisi, ayollar va qizlar, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar qamrab olinadi.

Fotima O‘ktamova bilan hamkorlikdagi faoliyatimiz samarali va hamma uchun manfaatli bo‘ladi deb umid qilamiz.

Agar atrofingizda Fotima opaning qahramonlariga aylanishi mumkin bo‘lgan IT bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar bo‘lsa biz bilan bo‘lishing. Biz IT’ning cheksiz imkoniyatlari barcha uchunligini ko‘rsatmoqchimiz.
Forwarded from Digital.uz
🆕 Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ajoyib yangilik!

📝 Subsidiyalar uchun ariza qabul qilish yana boshlandi!

📱 Nogironligi bo‘lgan shaxslar my.gov.uz portali orqali mutlaqo bepul tarzda onlayn ariza topshirib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha subsidiya olishlari mumkin:

💬 Asbob-uskuna va mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya: Endi ish faoliyatingizni boshlash yoki davom ettirish uchun zarur bo‘lgan jihozlarni xarid qilishda davlatdan moddiy yordam olishingiz mumkin!

💬 Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya: O‘qish davrida yashash va transport xarajatlaringizni qoplash uchun subsidiya olish imkoniyati mavjud.

💬 O‘qish uchun to‘lov-kontraktni qoplash uchun subsidiya: Ta’lim olishdagi moliyaviy qiyinchiliklarni yengillashtirish maqsadida o‘qish uchun to‘lov-kontraktni qoplashga subsidiya ajratiladi.

▶️ Xizmatlardan foydalanish tartibi bilan videoqo‘llanmada batafsil tanishing:

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=AocDRCYCnlI

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IT ta’lim uyushmasi hamda "Real Soft" kompaniyasi o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

Mazkur memorandum Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining "O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini takomillashtirish." loyihasining tadqiqot bosqichi loyihasi doirasida hamkorlikni ko’zda tutadi.

Xabaringiz bor, IT ta’lim uyushmasi tomonidan Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi moliyaviy qo‘llab-quvvatlovida “O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini takomillashtirish” loyihasi doirasida O‘zbekistondagi IT-ta’lim infratuzilmasini mustahkamlash, aholining hozirgi raqamli savodxonlik va malakasini o‘rganish, shuningdek, IT va raqamli texnologiyalar sohasidagi mehnat bozorining talab va taklif tendensiyalarini tahlil qilishga qaratilgan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Memorandum:

🟢IT sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish uchun texnik vositalar va dasturiy ta’minotni taqdim etish;

🟢joriy tendensiyalarni chuqur tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va tahliliy materiallar bilan almashish;

🟢raqamli platformalarni yaratish orqali "O‘zbekistonning raqamli landshafti: aholining AKT savodxonligi va AKT kompetentligini o‘rganishga qaratilgan.

Shuningdek, tomonlar AKT sohasida mehnat bozorida talab va taklifni tahlil qilish" sotsiologik tadqiqotini o‘tkazish: ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish uchun raqamli vositalarni ishlab chiqish va joriy etish kabi vazifalarni birgalikda hal etishga kelishib oldilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Masofadan turib ishlash jismoniy imkoniyati cheklangan odamlar uchun ko‘pincha yagona imkoniyat sanaladi. Raqamli kasblarning tarqalishi ular uchun mehnat bozori eshiklarini ochib, texnologiyalar ularga ishlash jarayonida yordam beradi.

Marg’ilonlik 14 yoshli Muhammadumar Ibrohimjonov orqa miya churrasi tashxisi billan tugílganligi sababli mustaqil harakatlanish imkoniga ega emas, lekin shunga qaramay Muhammadumar onasi ko’magida Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar Markaziga qatnab AyTi sohasini o’rganmoqda.

Ushbu shu soha uning kelajakka bo’lgan umidini uyg’otib, hayotga bo’lgan ishtiyoqi oshirmoqda.

U ayni vaqtda modellashtirish, dizayn yo'nalishlarida bilimlarini mustahkamlab, bo‘sh vaqtida ingliz tilini ham o‘rganishga jiddiy kirishgan. Uning kelgusidagi maqsadi raqamli imkoniyatlardan foydalangan holda Amerika, Korea kabi davlatlarida masofadan faoliyat yuritish.

Mazkur lavha Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining "O‘zbekistonda IT va raqamli ta’lim landshaftini takomillashtirish" loyihasining tadqiqot bosqichi doirasida Fotima Mansurova tomonidan tayyorlandi.
Forwarded from Rustam Karimjonov
👁 Xalqaro bozorda eng yuqori maosh to'lanayotgan va talabi yuqori bo'lgan IT sohasi kasblari tahlili bilan tanishamiz!

🗂 AQSH bozorida talab yuqori bo'lgan top 5 ta IT kasblar va bo'sh ish o'rinlari:

🟢 Data Analyst 27 ming bo'sh ish o‘rni, 60,000 - $120,000 (o'rtacha yillik daromad);
🟢 Network Engineer 20 ming bo'sh ish o‘rni, $60,000 - $144,000 (o'rtacha yillik daromad);
🟢 IT Project Manager 18,6 ming bo'sh ish o‘rni, $84,000 - $180,000 (o'rtacha yillik daromad);
🟢 Data Scientist 16,2 ming bo'sh ish o‘rni, $84,000 - $180,000 (o'rtacha yillik daromad);
🟢 Data Engineer14,3 ming bo'sh ish o‘rni, $72,000 - $144,000 (o'rtacha yillik daromad);
🇺🇿 O‘zbekiston bozorida talab yuqori top 5 ta IT kasblar va bo'sh ish o'rinlari:

🟢 Backend Developer 400 ta bo'sh ish o‘rni, $12,000 - $36,000 (o'rtacha yillik daromad);
🟢 Frontend Developer 300 ta bo'sh ish o‘rni, $10,000 - $24,000 (o'rtacha yillik daromad);
🟢IT project Manager200 ta bo'sh ish o‘rni, $18,000 - $54,000 (o'rtacha yillik daromad);
🟢DevOps Engineer150 ta bo'sh ish o‘rni, $18,000 - $54,000 (o'rtacha yillik daromad);
🟢Data Engineer120 ta bo'sh ish o‘rni, $26,400 - $40,800 (o'rtacha yillik daromad);
👥 Xalqaro hamda mahalliy bozorda talabi yuqori bo'lgan, daromadi zo'r bo'lgan ishda ishlash uchun qanday bilim, ko'nikma va IT tehnologiyalarni o'zlashtirsh kerakligi bo'yicha xalqaro ekspert va kompaniyalar tavsiyalari quyidagicha:
💻 SQL;
💻Business Intelligence platformalari (Power BI, Tableau);
💻 R va Python – Data analiz va modellash uchun dasturlash tillari;
💻 Cloud Data platformalari – Snowflake, AWS, Azure tehnologiyalarni o'rganish;
💻Chet tillari, loyihalarni boshqarish, muloqot qilish kabi ko'nikmalarni o'rganish.

➡️ Mazkur bilim, ko'nikma va texnologiyalarni Uzbekcoder.uz platformasiga joylashtirilgan BEPUL resurslardan foydalangan holda o'zlashtirishingiz mumkin.

📌 IT mehnat bozorida talabi yuqori bo'lgan kasblar va yo'nalishlar to'g'risidagi ma'lumotlarni real vaqt rejimida ko'rib turish imkoniyatini yaratgan "MAAB innovation" kompaniyasiga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz!

❤️ Evropa, Korea, Yaponiya va boshqa davlatlarida IT sohasidagi mavjud ish o'rinlari haqida ma'lumotga ega bo'lish uchun ushbu - ❤️ @rkarimjonov sahifaga ulaning.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hatto bloger Bobur Mansurov ham kasbini o‘zgartirib, aytishnik bo‘lishga qaror qilibdi, siz hali ham kim bo‘lsam ekan deb o‘ylab o‘tiribsizmi😀

Agar siz ham IT sohasini bepul o’rganib, o’qish davridayoq ish taklifini olishni istasangiz, bunday imkoniyatni Sizga poytaxtimizda o’z ishini boshlagan School 21 ta'lim muassasasi taqdim etadi.

Bu yerda siz talabgir kasb, bepul ta’lim, kafolatlangan amaliyot va 24/7 tartibidagi erkin jadval bilan o‘qish paytida majburiy stajirovkadan o‘tib o‘z yo‘nalishingiz bo‘yicha ishlash imkoniga ega bo’lasiz.

School 21 ishtirokchilarining 100 foizi amaliyotga chiqadi, va ularning 95 foizi bugungi kunda doimiy ish takliflarini olishgan.

School 21 bu:

✔️ Toshkent va Samarqandda kechayu kunduz ochiq bo‘lgan kampuslar
✔️ Mobil dasturlashdan Data Sciencegacha bo‘lgan dolzarb yo‘nalishlar
✔️ Har bir bosqichda sizni qo‘llab-quvvatlaydigan kuchli jamoa
✔️ Soft va Hard ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi o‘ziga xos Peer-to-Peer metodologiyasi

🖥 Birinchi qadamni tashlashga tayyormisiz?

27-yanvar kuni bir vaqtning o‘zida ikkita shaharda «hovuzlar» boshlanadi:
🌟 Samarqand
🌟 Toshkent
Hujjatlar 22-yanvargacha qabul qilinadi.

👉 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish: 21-school.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahridagi Yangi bog‘ mahallasida yashovchi 19 yoshli Hikmatullo Madaliyev bugungi lavhamiz qahramoni.

U bolalikdan oyog‘idagi nuqsoni sababli tushkunlikda, o'zini tengdoshlaridan ajralib qolgan his bilan yashagan. Keyinchalik Hikmatillo IT sohasini o'rganish orqali xalqaro maydonda daromad topish imkoniyatidan xabar topib, bor fikrini sohada eng kuchli mutaxassis bo'lishga qaratdi.

Ana shu maqsadda Hikmatillo Marg‘ilon shahridagi raqamli texnologiyalar markaziga kelib Ayti sohasini o‘rgana boshladi.Dastlab mobil telefonlari, turli komyuter o‘yinlarini qanday yaratilishiga qiziqqan Hikmatillo keyinchalik odamlarga manfaat keltiruvchi loyihalar yaratish haqida o‘ylay boshladi.

Undagi intilish, shijoatni ko‘rgan ustozlari Hikmatulloni ushbu markazni o‘ziga ishda olib qolishdi hamda sohada salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyat va qulayliklarni yaratib berishdi.

Ayni vaqtda qahramonimiz o‘zi faoliyat yuritayotgan markazda o‘z ustida Ayti sohasidagi mahoratini oshirib, bu jarayonda AyTi sohasiga kirib kelayotgan yoshlarni yangi va zamonaviy loyihalarni amalga oshirishga ruhlantirib kelmoqda.

Qahramonimiz bilan intervyuni ushbu lavhada tomosha qilishingiz mumkin

Mazkur lavha Shvetsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining "O‘zbekistonda IT va raqamdi ta’lim landshaftinp takomillashtirish" loyihasining tadqiqot bosqichi doirasida tayyorlandi.
#Qiziqarli_fakt

Amazonning ilk faoliyati garajda boshlangani haqida bilarmidingiz?

Amazon'ni yaratishdan oldin Jeff Bezos D.E. Shaw investitsiya kompaniyasida ishlagan va tez orada vitse-prezident lavozimiga ko‘tarilgan. Bir kuni u internet bozori yiliga 2300% o‘sayotganini bilib qoladi va ushbu imkoniyatdan foydalanishga qaror qiladi. U yuqori maoshli ishini tashlab, onlayn kitob do‘koni g‘oyasini amalga oshirishga kirishadi.

🚚 Amazonning ilk faoliyati garajda boshlangan. Bezos kichik jamoasi bilan birga buyurtmalarni shaxsan o‘zi qadoqlab, pochta bo‘limiga eltib bergan. Uning ofis stoli oddiy yog‘och eshikdan yasalgan.

⚡️ Bugungi kunda Amazon dunyodagi eng yirik onlayn savdo kompaniyasiga aylangan, Jeff Bezos esa dunyoning eng boy insonlaridan biri sanaladi. Uning hikoyasi millionlab insonlarni o‘z g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida xavf-xatarni yengishga ilhomlantiradi.

Xulosa: Orzu sari yurish jasorati, hatto ular xavfli bo‘lib tuyulsa ham, nafaqat hayotingizni, balki atrofingizdagi dunyoni ham o‘zgartirishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT Ladies Uzbekistan
Hurmatli AyTi sohasidagi xonimlar!

Biz sizni Sohaara kompaniyasining istiqbolli asoschisi va taniqli xalqaro korporativ moliya va fintech mutaxassisi Xadicha Xartit bilan ekskluziv onlayn tadbirga taklif qilishdan mamnunmiz!

🟢Sohaara - bu inson hayotining, xususan, ayollar hayotining haqiqiy yaxlit yechimlariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan innovatsion platformadir. U to‘liq kunlik ish, frilanserlik va tadbirkorlikni ko‘nikmalarni rivojlantirish bilan birlashtiradi, odamlarga maqsad va qoniqish bilan to‘ldirilgan hayotni qurishga imkon beradi. Ushbu tadbir davomida Xadicha o‘zining bebaho tushunchalari va tajribasi bilan o‘rtoqlashadi, qanday qilib original fikrlash, moslashuvchanlik, o‘sish tafakkuri va qoniqish asosida karyera yaratish mumkinligini ochib beradi.

Uchrashuvda sizni nimalar kutmoqda?

Bu shunchaki onlayn suhbat emas. Bu hayotingizdagi ish, o‘sish va muvaffaqiyat haqida qanday o‘ylashimizni qayta ko‘rib chiqayotgan kashfiyotchidan o‘rganish imkoniyatidir. Siz doimo o‘zgarib turadigan professional muhit va uning hayotingizga qanday ta’sir qilishi bilan tanishish uchun amaliy maslahatlar bilan qurollangan holda ilhomlanasiz.

📅 Sana: 30-yanvar, payshanba
Vaqti: 15:00 - 16:00
📍 Joyi: Onlayn (https://calendar.app.google/4MU7bzzxMpcXPcRe6)
💬 Tili: Ingliz tili

Nima uchun qatnashishingiz kerak?

Kasbiy o‘sishni shaxsiy qoniqish bilan uyg‘unlashtirishni o‘rganasiz.
Muvaffaqiyatga erishish uchun amaliy strategiyalarni qo‘lga kiritasiz.
Xadichaning hayot yo‘li va uning dunyoda katta ta’sir ko‘rsatishga bo‘lgan ishtiyoqi sizni ilhomlantiradi.

Karyerangiz va kelajagingizga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan ushbu uchrashuvni o’tkazib yubormang!

📝 Tadbirda ishtirok etish uchun bu yerda ro‘yxatdan o‘ting: https://docs.google.com/forms/d/1IXAag8XTsRROMcU2SxWOhBvPIsJQVSQhrxoLNjJgZ5s/edit
U yerda ko‘rishguncha — keling, salohiyatingizni birgalikda kashf etaylik! 🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IT Ladies Uzbekistan
IT Education Association
Hurmatli AyTi sohasidagi xonimlar! Biz sizni Sohaara kompaniyasining istiqbolli asoschisi va taniqli xalqaro korporativ moliya va fintech mutaxassisi Xadicha Xartit bilan ekskluziv onlayn tadbirga taklif qilishdan mamnunmiz! 🟢Sohaara - bu inson hayotining…
Dear IT Ladies! 🌟

We are thrilled to invite you to an exclusive online event with Khadija Khartit, the visionary founder of Sohaara and an accomplished international corporate finance and. fintech expert! 🌍

Sohaara is an innovative platform, which emerged from the needs for real holistic solutions to real human lives, particularly women’s lives. It combines full-time jobs, freelancing, and entrepreneurship with skill development, empowering people to build lives filled with purpose and satisfaction. During this event, Khadija will share her invaluable insights and experience, unveiling how you can create a career rooted in original thinking, flexibility, growth mindset, and fulfillment.

What to expect?

This isn’t just another online talk. It’s a chance to learn from a trailblazer who’s redefining the way we think about work, growth, and success immersed in your life. You’ll leave inspired, armed with practical advice to navigate the ever-changing professional landscape and how it impacts your life.

📅 Date: Thursday, January 30
Time: 3:00 PM - 4:00 PM
📍 Where: Online (https://calendar.app.google/4MU7bzzxMpcXPcRe6)
💬 Language: English

Why attend?

• Learn how to integrate career growth with personal satisfaction.
• Get actionable strategies for thriving in today’s dynamic phygital world.
• Be inspired by Khadija’s journey and her passion for creating meaningful large impact in the world.

Don’t miss out on this powerful session that could change the way you view your career and future!

📌 Register here: https://docs.google.com/forms/d/1IXAag8XTsRROMcU2SxWOhBvPIsJQVSQhrxoLNjJgZ5s/edit

See you there — let’s unlock your potential together! 🌟
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM