Xalqaro press klub
1.55K subscribers
9.84K photos
2.94K videos
35 files
4.2K links
Download Telegram
11-iyul kuni “Siyosat, huquq va media” munozara klubida “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Ushbu muloqot, 8-iyul kuni Qonunchilik palatasining yalpi majlisida birinchi o‘qishda ma’qullangan yangi loyihaning mazmunini keng jamoatchilikka yetkazish va tahlil qilishga qaratilgan boʻlib,qonun loyihasida yo‘llarni rejalashtirish, aholi fikrini inobatga olish, ekologik ta’sirni baholash, pulli yo‘llar tarmog‘i yaratish va investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari belgilanmoqda.

Shuningdek, transport harakati, yo‘l xizmatlari hamda kommunikatsiya tarmoqlari qurilishiga oid tartiblar takomillashtirilmoqda.

📱Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️XALQARO PRESS KLUBNING “ISLOHOTLAR JARAYONIDA XALQ MANFAATI USTUVOR” MAVZUSIDAGI SESSIYASI

Vazirlar Mahkamasining iste’molchilarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq qarori bilan nimalar o‘zgardi?

Ijtimoiy himoyaga ehtiyoji bo‘lgan oilalar uchun qanday imkoniyatlar beriladi?

Mahallalar uyushmasi, qolaversa “mahalla yettiligi” oldida qanday vazifalar turibdi?

📍Barcha savollarga javob bizning ko'rsatuvimizda!

📺Bugun, 18-iyul kuni soat 18:20 da "O'zbekiston 24" telekanalida tomosha qiling!

📱Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔸"Uzbekistan GTL" gaz sanoati korxonasida ishlab chiqarilayotgan gaz mahsulotlarning sifati qanday?

🔸Haqiqatan ham, Arktika-Antarktida sharoitiga dosh berib, muzlab qolmaydigan dizel "Uzbekistan GTL" zavodida ishlab chiqarilyaptimi?

🔸 Bu yil korxona gaz eksportidan qancha daromad olishi kutilyapti?

🔸 Afg'onistan dizelning sifatliligidan uni suv deb o'ylaganmi?

"Uzbekistan GTL" gaz sanoati majmuasidan tayyorlangan ushbu lavhamiz shu va shu kabi savollarga javob beradi. Albatta, ko'ring, bu juda qiziq!

🔹https://www.instagram.com/reel/DMQJL1dt8Se/?igsh=MWh1MHYyZ3N5bXd2ZQ==

📱Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3 yil deganda, nihoyat, Prezident Ilhom Aliyevga savol berdim!

Bugun Xankendi shahrida "Yolg‘on narrativlarni fosh qilish: dezinformasiyaga qarshi kurash" mavzusida uchinchi an’anaviy Media-forum boshlandi.

Media forumning ochilish marosimiga Ozarbayjon davlat rahbari Ilhom Aliyev tashrif buyurdi hamda ishtirokchilarni media sohasida yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan "Shusha global media forum" bilan qutladi.

Ushbu nufuzli tadbirda 50 ta davlatdan 150 dan ziyod xorijiy mehmonlar, 30 ta mamlakatdan Axborot agentliklari, 3 ta xalqaro tashkilot hamda 82 ta xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalari qatnashmoqda, shu jumladan, O'zbekiston nomidan Milliy media birlashmasi Boshqaruv raisi sifatida Ilhom Aliyevga o'z savolimni berdim. O'tgan yilda savol berolmagan edim.

Ma’lumot uchun: uch kunlik Media-forum doirasida bo‘lib o‘tadigan panel sessiyalarida –
Ta’sirni baholash: keng ko‘lamli dezinformasiyani tushunish;
Dezinformasiyalarga yanada barqaror jamiyatni qurish siyosati va tashabbuslar;
"Texnologiya va dezinformasiya";
Sun’iy intellektning reallik, OAV va dezinformasiyaga ta’siri: mediasavodxonlikni targ‘ib qilish;
Mintaqaviy ta’sir ko‘rstaish hamda OAV mavzulari yuzasidan keng muhokamalar olib boriladi.

Sherzodxon Qudratxo'ja

📱Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIZGA ERKINLIK BAXSH ETGAN INSON

https://telegra.ph/Bizga-erkinlik-baxsh-etgan-inson-07-24

O‘tgan hafta men Ozarbayjonda bo‘ldim va III Shusha Global Media Forumida ishtirok etdim. Bu nufuzli xalqaro tadbir ozod qilingan Qorabog‘ hududidagi Xonkendida tashkil etildi. Unda Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarining 52 mamlakatidan 30 ta yirik axborot agentligi va 80 dan ortiq mashhur ommaviy axborot vositalarining 150 ga yaqin rahbar va yetakchi jurnalistlari qatnashdi.
Forumning ochilish marosimida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdi hamda ishtirokchilarning savollariga javob berdi.

Meni ko'proq g‘ururlantirgan jihat — Ilhom Aliyev savollarga javob berishni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga nisbatan samimiy minnatdorchilik so‘zlari bilan boshlaganidir. To‘liq iqtibos quyidagicha:

“Biz uchun doim O‘zbekistonlik birodarlarimizning qo'llab-quvvatlovi, ko‘magini his qilish juda qadrli bo‘lgan. Bilasiz, Qorabog‘ni tiklashga birinchi hissa aynan O‘zbekiston tomonidan qo‘shilgan edi. Hurmatli Prezident Shavkat Miromonovich tashabbusi bilan Fuzuliy shahrida buyuk o‘zbek allomasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi 960 nafar o'quvchiga mo‘ljallangan maktab qurildi. Ushbu maktabni Shavkat Miromonovich bilan birga ochganmiz. Men, mana, atigi bir necha kun oldin yana Fuzuliyda bo‘ldim, maktabda hozirning o‘zida 500 dan ortiq bola tahsil olayotganini eshitdim. Holbuki, sobiq qochqinlarning Fuzuliyga qaytishi hali endi boshlanganiga qaramay, u yerda shunday ko‘p sonli bola o‘qiyapti. Biz bu yordamingizni juda qadrlaymiz. Bu O‘zbekiston Prezidentining chin dildan qilingan birodarlik yordami, Ozarbayjonning ozod etilgan hududlarini qayta tiklashdagi samimiy ko‘magidir.”
Eng e’tiborlisi shundaki, Ozarbayjon rahbari tomonidan bildirilgan minnatdorchilik so‘zlari dunyoning yetakchi axborot agentliklari, telekanallari, gazetalari va internet nashrlari vakillari ishtirokida aytildi hamda ko‘plab telekanallar tomonidan jonli efirda namoyish etildi.
Ilhom Aliyevning minnatdorchilik so‘zlari samimiy va yurakdan chiqqanini barchamiz yaqqol his qildik. Chunki aynan O‘zbekiston birinchi bo‘lib amaliy yordam ko‘rsatib, ozarbayjonliklar “o‘z yuragimiz va qalbimiz” deya ta’riflaydigan Qorabog‘ni tiklash ishlarida ishtirok etdi. Ayniqsa, bu yordam oddiy infratuzilmaga ega obyekt emas, aynan maktab qurilishi bo‘lgani ramziy ma’noga ega. Bu holat O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan ilgari surilgan Uchinchi Renessans g‘oyasi bilan uyg‘unlashib ketadi.

Men Qorabog‘da bo‘lganimda, beixtiyor O‘zbekiston va uning so‘nggi yillardagi tarixini esladim. Menimcha, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev xalq farovonligi yo‘lida qilgan ishlari bilan, allaqachon, tarixga kirdi.
2016-yildan buyon amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar orasida men bittasini alohida ta’kidlamoqchiman – bu “paxta qulligidan” ozod bo‘lishimizdir.

Tarixda shunday burilish nuqtalari bo‘ladiki, davlat rahbarlari jasorat va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, asrlar davomida insoniyatga azob bergan tuzumlarni barbod etadi. AQShda qullikni bekor qilish va Rossiyada krepostnoylikni tugatish bularning yaqqol namunasi bo‘la oladi.
O‘zbekiston ham o‘z tarixida kam bo‘lmagan darajadagi muhim burilishni boshidan kechirdi. Bu o‘zgarishlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qat’iyatli siyosati, ayniqsa, paxta terimida majburiy mehnatga barham berishga bo‘lgan irodasi bilan bog‘liq.

Avvallari har yil kuz fasli kirib kelishi bilan maktab va institutlar bo‘shab qolardi, esingizdami?
Mening yodimda, O’zbekiston Milliy universitetida kafedra mudiri bo’lib ishlagan davrimda fakultetimiz dekani ayol kishi bo’lgani sababli, o’qituvchi va talabalarni Jizzax viloyatining Zarbdor tumani paxta dalalariga olib borish mening zimmamga yuklanardi...


(Davomi yuqoridagi havola orqali)
———————————————

Sherzodxon Qudratxo'ja

📱Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan, xalq dardi bilan yashaydigan, xalq ishonchini oqlayotgan Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tavallud topgan kun.

2017-yilda Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan Xalqaro press klub nodavlat-notijorat tashkiloti sifatida axborot maydonida yangi davrni boshlab berdi. Matbuot erkinligi, jamiyatdagi muhim masalalarning ochiq muhokamasi va fuqarolik faolligini oshirish borasidagi islohotlar aynan ana shu platforma orqali keng jamoatchilikka yetkazilmoqda.

Ushbu muhim sana munosabati bilan Xalqaro press klub jamoasi Yurtboshimizga chin yurakdan:

– mustahkam sog‘lik,
– doimiy kuch-g‘ayrat,
– xonadonlariga fayz-u baraka,
– yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lida bosib o‘tayotgan mashaqqatli, ammo sharafli yo‘llarida ulkan zafarlar va davomli muvaffaqiyatlar tilaydi.

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, janob Prezident!
Yurt tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan ezgu ishlaringiz bardavom bo‘lsin!


📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🎉2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_taqdirimda

💊 Xalqaro press klubning “Qisqa yo‘l, katta qadamlar” loyihasi navbatdagi soni Tibbiyot sohasiga bag'ishlanadi


📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🎉1🤩1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_taqdirimda

🤝Xalqaro press klubning “Qisqa yo‘l, katta qadamlar” loyihasining navbatdagi sonida tashqi siyosiy irodaning namoyon bo'lishi va yaqin qo'shnichilikning qayta tiklanishi haqida so'z yuritamiz!

📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2😢1🙏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
STRATEGIK KUCH!

Majburiy mehnatdan ozod etilishimiz — bizga haqiqiy erkinlikni bag'ishladi.
———————————————

📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI O'ZBEKISTON — 8 YILLIK MEHNAT SAMARASI

Yangi O'zbekiston — yangi bunyodkorlik,
Yangi O'zbekiston — yangi islohotlar,
Yangi O'zbekiston — yangi imkoniyatlar,
Yangi O'zbekiston — yangi g'alabalar!
———————————————
📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_taqdirimda

💊 Xalqaro press klubning “Qisqa yo‘l, katta qadamlar” loyihasi navbatdagi soni Sport sohasiga bag'ishlanadi


📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Islohotlar_taqdirimda

📚 Xalqaro press klubning “Qisqa yo‘l, katta qadamlar” loyihasining ilk soni Ta'lim sohasi bo'yicha batafsil tomosha qiling!

📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eron pista yetishtirish va fors gilamlari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi.

📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
Янги Узбекистон №-153.pdf
2.3 MB
"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 29-iyuldagi 153-sonining 3-sahifasida Xalqaro press klub raisi Jaloliddin Usmonovning "MINTAQAVIY XAVFSIZLIK PARADIGMASI" nomli maqolasi e’lon qilindi

📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1🤩1🙏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xalqaro press klubning “Konsul bilan bir kun” loyihasi davom etadi!

📌Ko’rsatuvimizning bu galgi sonida Al-Quvayt shahridan gapiramiz!

🤝So’nggi yillarda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko’tarildi:

Siyosat;
Iqtisod;
Ta’lim;
Investitsiya;
Turizm sohalarida qator hamkorliklar olib borilmoqda.

‼️Ko’rsatuvimizni tomosha qiling va batafsil ma’lumotga ega bo’ling!

🔵Bugun, 1-avgust kuni, soat 9:35 da “Renessans” telekanalida tomosha qiling!

📱 Kanalga ulanish: https://t.iss.one/IPCUzbekistan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3🎉1🙏1