#RASMIY
#MUNOSABAT
🔰Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi aholi murojaatlariga o'z vaqtida belgilangan tartibda, rasmiy munosabat bildirib kelmoqda.
🔰Ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan O’zbekiston Mehmonxonasining orqa tomonida daraxt keslishi bilan bog’liq holat haqida e’lon qilingan murojaatga asosan o’rganish ishlari olib borildi. Olib borilgan o’rganishlar natijasida yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzildagi daraxt tabiiy omillar ta’sirida kasallanib qurib qolganligi qayd etilib, inson hayotiga nisbatan jiddiy ziyon yetkazish ehtimoli borligi bois tegishli xulosa asosida hujjatlar rasmiylashtirilganligi ma’lum bo’ldi.
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati
https://t.iss.one/Ecopoytaxt
Facebook | Instagram | Web site | You Tube
#RASMIY
#MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani Buyuk Ipak Yo’li kochasida daraxt kesilishi bilan bog’liq holat to’g’risida e’lon qilingan foto materialga asosan holat voqea joyida mutasaddilar ishtirokida o’rganildi.
O’rganishlar natijasida, yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzilda fuqaro tomonidan bir dona chinor daraxtni tepa qismidan noqonuniy ravishda kesish holati aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv olib borilib, ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan MJtK ning 79-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi belgilandi. Mazkur jarayon qayta sodir etilmasligi uchun tushuntirish ishlari olib borildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube

Forwarded from Issiqlik ta'minoti
#MUNOSABAT
“Veolia Energy Tashkent” МЧЖ ХК, жорий йил 23 август куни NOVA24 телеграм каналида тарқалган "Буюк Ипак Йўли" метро бекатида сув тошиши" ифодаланган видеолавҳа юзасидан қуйидагиларни маълум қилади.
Жорий йил 23 август куни “Veolia Energy Tashkent” МЧЖ ХК томонидан 2022-2023 йилларда иситиш мавсумига сифатли тайёргарлик кўриш мақсадида 1-ИМ қозонхонасининг амал қилиш ҳудудида иссиқлик қувурларининг механик чидамлилиги ва зичлилиги (юқори босимда) синовдан ўтказилди.
Олдидан келишилган жадвал асосида ўтказилган синов жараёнида 1-ИМга уланган "Буюк Ипак Йўли" метро бекати яқинидаги иссиқлик тармоғида авария содир бўлди, натижада ер ости метро бекатининг деворидан иссиқ сув тошиб чиқиши кузатилди.
Корхона ходимлари томонидан авария ҳолати юзага келган метро бекати ҳудудидаги сув тошиши тўхтатилди.
Ҳозирда аварияни зудлик билан бартараф этиш чоралари кўрилмоқда.
“Veolia Energy Tashkent” МЧЖ ХК, юзага келган ноқулайликлар учун узр сўрайди.
👉 VeoliaEnergyTashkent_matbuot
👉 toshissiqquvvati_matbuot

“Veolia Energy Tashkent” МЧЖ ХК томонидан 2022-2023 йилларда иситиш мавсумига сифатли тайёргарлик кўриш мақсадида жорий йил 13 сентябр куни 1-ИМ қозонхонасининг амал қилиш ҳудудида иссиқлик қувурларининг механик чидамлилиги ва зичлилиги (юқори босимда) синовдан ўтказилди.
Тасдиқланган жадвал асосида ўтказилган синов жараёнида Муҳаммад Юсуф кўчасидан ўтган диаметри 500мм бўлган иссиқлик тармоғида авария содир бўлди, натижада ер остидан иссиқ сув отилиб чиқиши кузатилди.
Ҳозирда иссиқ сув чиқиши тўхтатилиб, махсус техникалар ёрдамида аварияни зудлик билан бартараф этиш чоралари кўрилмоқда.

❇️Sir emas, poytaxtimiz Toshkent shahrida ham ba’zi bir fuqarolarimiz tomonidan daraxtlarning tag qismigacha beton qilish holatlari hamon kuzatilmoqda. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida davlat inspektorlari tomonidan muntazam ravishda tushuntirish, targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilayapti.
❇️Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumani Feruza mahalla fuqarolari yig’ini hududida daraxtlarning tag qismini betonlab ketilganligi to’g’risida xabar e’lon qilingan edi.
❇️Tuman Ekologiya bo’limi davlat inspektorlari tomonidan holat zudlik bilan nazoratga olinib, joyiga chiqib o’rganish ishlari olib borildi. Olib borilgan ishlar davomida hududga mas’ul tashkilot vakillari jalb etilgan holda yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzildagi daraxtlarning tag qismidagi beton qoplamalar olib tashlanib, holat ijobiy bartaraf etildi.
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati

#Munosabat
Toshkent shahridagi lotoklarning o‘rtacha diametri 300 mmga teng. Ular yog‘ingarchilik suvlarini kollektorlar va kanallarga yetkazadi.
2-aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik natijasida 20 mm yomg‘ir yog‘di va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy meʼyorning yaʼni 60 mmning uchdan bir qismiga teng.
Lotoklar bir paytning o‘zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo‘ljallanmagani bois, shahrimizdagi bir necha manzilgohlarda suv to‘planishi kuzatildi.
Bu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va uning tuman boshqarmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari va 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb etilib, 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etildi.
Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

❤2
#MUNOSABAT
📌 Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi 253-uyning 2-kirish yo‘lagida joylashgan lift bilan bog‘liq holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat inspeksiyasi, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi, hokimlik hamda mazkur ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Uyut komfort kommunal” boshqaruv servis kompaniyasi vakillaridan tashkil topgan ishchi guruh holatni voqea joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Unga ko‘ra ko‘tarish qurilmasi belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi va foydalanishga qabul qilinmaganligi aniqlandi. Shuningdek, liftda tegishli tartibda davriy sinov ishlari amalga oshirilmagan. Mazkur liftga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus tashkilot bilan shartnoma tuzilmagan hamda liftni soz holatda saqlash, uni bexatar ishlatish bo‘yicha javobgar shaxs tayinlanmagan.
2020-yilda ishlab chiqarilgan, ko‘tarish og‘irligi 1 000 kg bo‘lgan lift qurilmasiga belgilangan tartibda texnik xizmat ko‘rsatilmaganligi sababli shaxta kabinasi eshiklarining kontaktlari bo‘shab qolgan. Ushbu lift harakatda vaqtida kimdir liftning tashqi eshiklarini qo‘l yordamida ochishga uringan. Natijada xavfsizlik moslamasi ishga tushgan va lift o‘zini-o‘zi to‘xtatish vazifasini bajara boshlagan.
O‘rganish davomida lift tushib ketmagani, aksincha tegishli xavfsizlik qurilmasi ishga tushgan holda to‘xtagani aniqlandi. Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan liftdagi kamchiliklarni bartaraf etish va voqea tafsilotlarini chuqur o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. Hodisadan hech kim jabrlanmagan.
🔴Eslatib o‘tamiz, liftlarda mana shunday holatlarning oldini olish maqsadida joriy yilning avgust oyidan boshlab Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ro‘yxatga olinmagan lift uskunalarini foydalanishga qabul qilish to‘xtatilgan.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Web| Instagram|Facebook|Telegram|

👍2😐2
#munosabat
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida respublikadagi metan zapravkalarida ish vaqti soat tonggi 6:00 dan soat 15:00 ga qadar cheklanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda “Hududgazta’minot” AJ shuni ma’lum qiladiki, mamlakatimizda havo haroratining sovib borishi tufayli aholi orasida tabiiy gazga talab birmuncha oshdi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi iste’molining ko‘payishiga, pirovardida, gaz bosimining sezilarli pasayishiga olib keldi.
Qolaversa, 7 – 16-dekabr kunlari oralig‘ida kutilayotgan (8 dekabrda 0 daraja, 12-dekabrda -16 daraja) sovuq ob-havo sharoitida ham gaz bosimining pasayishi kutilyapti. Shundan kelib chiqib, aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida metan zapravkalari ishlash vaqtini cheklash choralari ko‘rilmoqda. Rejaga muvofiq, metan zapravkalari soat 6:00 dan soat 15:00 ga qadar ishlaydi.
Mazkur vaqtinchalik cheklov aholi iste’molchilari hamda ijtimoiy obyektlarni tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash maqsadida ayni paytgacha respublikamizning barcha hududida kiritildi.
Iste’molchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaziyat barqarorlashgunga qadar tejamkorlikka rioya qilishlarini so‘raymiz.
AGTKSHlar faoliyatida o‘zgarishlar kuzatilsa, qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Energetika vazirligi Axborot xizmati,
“Hududgazta’minot” AJ Matbuot xizmati.
@Hokimiyat_MirzoUlugbek

👍2