#Xavfsiz_bayram
#Mirzo_Ulugbek_tuman_FVB
Yangi yil archasini qanday bezatish kerak?
Yangi yil archasini uy sharoitida xona ichiga o‘rnatayotganda, uni bemalol ko‘chirish mumkunligiga va eshiklarni to‘sib qo‘ymasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Archani tez yonuvchan o‘yinchoqlar bilan bezatish, uning pastki qismini paxta bilan qoplash, yog‘ochni yonuvchi shamlar bilan bezatish aslo mumkin emas.
Mazkur qoidalar tabiiy shu bilan birga plastikdan yasalgan (sun’iy) archalarga ham birdek tegishli hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, plastikdan yasalgan (sun’iy) archalar yonganda o‘zidan juda ham zararli moddalar chiqaradi. Yonib turgan plastmassa tomchisi inson terisiga tushsa, hatto cho‘g‘ bo‘lgan ko‘mirdan ko‘ra ko‘proq ziyon yetkazishi mumkin.
Bayramdan keyin archani iloji boricha tezroq yig‘ib olish kerak. Plastikdan yasalgan (sun’iy) archani keyingi bayramgacha xavfsizroq joyga olib qo‘yish, tabiiy archani esa uy ichidan olib chiqish maqsadga muvofiq. Sababi, qurigan daraxt tez yonib ketish xavfi bor.
Elektr tokida ishlovchi o‘yinchoqlar bilan foydalanganda (girlyandalar) albatta sinchiklab tekshirish kerak. Birinchi navbatda, ularning izolyasiyasiga e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, bunday turdagi o‘yinchoqlar tegishli sertifikatga ega bo‘lgan ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Agar ularning yaroqlilik muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, u holda elektr tokida ishlovchi o‘yinchoqlar inson salomatligiga xavf tug‘diradi.
Ko‘pchilik yangi yil bayramiga mushaklar va boshqa pirotexnika vositalarini xarid qilishni istaydi. Ammo shuni yodda tutish lozimki, pirotexnika vositalaridan foydalanish nafaqat yong‘inni keltirib chiqaradi, balki og‘ir jarohatlarga ham sabab bo‘ladi.
Shuning uchun, yangi yil bayramida o‘zingiz va yaqinlaringizni, ayniqsa bolalarni turli ko‘ngilsiz hodisalardan asrash maqsadida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.
Mirzo Ulugbek tuman FVB

Telegraph
#Xavfsiz_bayram
Yangi yil archasini qanday bezatish kerak? Yangi yil archasini uy sharoitida xona ichiga o‘rnatayotganda, uni bemalol ko‘chirish mumkunligiga va eshiklarni to‘sib qo‘ymasligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Archani tez yonuvchan o‘yinchoqlar bilan bezatish…