Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
13.6K subscribers
36.5K photos
5.81K videos
68 files
14K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
#jarayon
#ijodkor_bolalar_tatilda

🧑‍🎨 "IJODKOR BOLALAR TA'TILDA" shiori ostida g'izg'in jarayonlar davom etmoqda.

Ta’til mobaynida o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni to‘garaklarga bo‘lgan qiziqtirishlarini oshirish maqsadida Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tuman "Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Ijodkor bolalar ta’tilda” shiori ostida turli musobaqa, ko'rik-tanlov va ochiq mashg'ulotlar o'tkazildi.

🎨 Jumladan, joriy yilning 9-noyabr kuni Tasviriy san'at to'garak a'zolari o'rtasida rasmlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

🌟 Ko'rgazmada o'quvchi-yoshlar o'zlarining erkin mavzudagi ijodiy ishlari bilan faol qatnashdilar.

🌝 Bizni kuzatishda davom eting, qizg'in jarayonlar hali oldinda.

Telegram | Facebook | Instagram
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

NOSOZLIKLAR TEZKOR BARTARAF ETILMOQDA
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🛠 Mirzo Ulug`bek tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

🛠 Jumladan, tumanning «Amir Temur» mahalla fuqarolar yig'ini hamda Bo`z bozor hududlarida joylashgan TP-1156, TP-927 hamda TP-1361-sonli transformator punktlaridan chiquvchi quvvati 6 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmoqlaridagi nosozlikni bartaraf etish ishlari bajarildi.

🛠 Bundan tashqari, kelib tushayotgan murojaatlarning har biri tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan to’liq nazoratga olinib yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK

⚡️ «IQTIDOR» MAHALLASIGA YANGI TAYANCHLAR O'RNATILMOQDA

🛠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-408 sonli qaroriga asosan, Mirzo Ulug`bek tumanining «Iqtidor» mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, hududga 50 dan ortiq tayanchlar o’rnatilishi, 3 km uzunlikda yangi SIP rusumidagi elektr uzatish kabel tarmoqlari qurish ishlari rejalashtirilgan bo`lib, ayni vaqtda ishlar yakuniga yetkazilmoqda.

🛠 Loyihaga ko’ra mazkur hududga yangi elektr uzatish tarmoq tortish uchun zarur tayanchlarni o'rnatish ishlari bajarilmoqda.

🛠 Bundan tashqari loyiha asosida mahalla hududiga 1 dona yangi transformator punkti o‘rnatilib, montaj qilish ishlari olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Toshkent shahar» filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

⚡️"CHIMYON"DAGI TRANSFORMATOR MUKAMMAL TA'MIRLANDI

🛠Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🛠 Jumladan, tumanning "Chimyon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan TP-2353-sonli hamda TP-1576-sonli transformator punktlarida ta’mirlash ishlari bajarildi.

🛠 Ta'mirlash jarayonida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

"IQTIDOR" HAMDA "MILLIY BOG`" DA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktyabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qaroriga asosan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🛠 Xususan, Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning "Iqtidor" hamda "Milliy bog`" mahalla fuqarolar yig'ini hududlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, hududga olib kelingan 30 dona yangi temir–beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari bajarildi.

🛠 Ayni vaqtda, Toskent viloyatidan Mirzo Ulug'bek tuman hududiga “og'ir hudud” sifatida otkazilgan ushbu MFYlarning elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan bosqichma – bosqich olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

📺 Ayni vaqtda, "SEVIMLI" TV kanalining ijodkorlari tomonidan  Mirzo Ulug'bek TET xodimlari tomonidan tuman xududidagi "Oltintepa" MFYning Qarnoq hamda Childiturg'on ko'chalari hududidagi aholi iste'molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, hududda olib borilayotgan rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini tasvirga tushirish ishlari olib borilmoqda.

🎥Tasvirga olish jarayonidan fotolavhalar...


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TET

MIRZO ULUGBEKDA MAVSUMGA HOZIRLIK JADAL SURATLARDA DAVOM ETTIRILMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali hamda uning tasarrufidagi Mirzo Ulugёbek tuman elektr taʼminoti ishchi–xodimlari tomonidan mazkur tumanning qator MFY hududlarida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, mavjud elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini mukammal taʼmirdan chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.

🛠Ayni vaqtda, tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan tumanning «Sayram» MFY ning Sayram kochasi hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan taminlovchi TP-7132-sonli transformator punktida kamchiliklarni bartaraf etish hamda mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

🛠Bu bilan, 200 ga yaqin aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti tubdan yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
Photo
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TET

MUKAMMAL TA'MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Mirzo Ulug
bek tuman elektr ta’minoti mutaxasislari tomonidan tuman hududida belgilangan yillik reja-jadvali asosida joriy va mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

🛠 Xususan, tumanning «Uyg
onish» MFY hududini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi TP-652-sonli transformator punktida aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, me'yorda ishlash holati ta'minlanmoqda. Shuningdek, hududdagi turli quvvatdagi transformator punktlarida mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

🛠 Ta'kidlash joizki, ta'mirlash ishlarining o'z vaqtida olib borilishi elektr qurilmalari mustahkamligining oshishi, kelib chiqishi mumkin bo'lgan talofatli o'chishlarning oldini olishga xizmat qiladi.


@toshetk. @Hokimiyat_MirzoUlugbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TET

MIRZO ULUGBEKDA MAVSUMGA HOZIRLIK JADAL SURATLARDA DAVOM ETTIRILMOQDA

🛠 Mirzo Ulug’bek tuman elektr taʼminoti ishchi–xodimlari tomonidan kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, mavjud elektr uzatish tarmoqlari hamda transformator punktlarini mukammal taʼmirdan chiqarish ishlari amalga oshirilmoqda.

🛠«Uyg’onish» MFY hududidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan taminlovchi TP-2549-sonli transformator punktida kamchiliklarni bartaraf etish hamda mukammal taʼmirlash ishlari olib borildi.

🛠Bu bilan, 200 ga yaqin aholi isteʼmolchilarining elektr taʼminoti tubdan yanada yaxshilanishiga hamda elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda avariyali uzilishlarning oldini olishga erishiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
#JARAYON

Aholining kommunal sohaga oid murojaatlari asosida oʻrganish ishlari Mirzo Ulugʻbek tumani Markaz-1 mavzesi “Shahrisabz”mahallasida davom etdi.

“Ona zamin” uy-joy mulkdorlari shirkatining faoliyati aholi vakillarini qoniqtirmay keladi. Ta’kidlanishicha, mulkdorlarning murojaatlari bartaraf etilmaydi, xizmat koʻrsatish sifati ham yaxshi emas. Aholi zarur ta’mirlash ishlarini oʻzi bajarib kelmoqda.

Shirkat rahbari esa mulkdorlar majburiy badal toʻlovlarini vaqtida amalga oshirmayotgani, bu esa qator muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi.

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva shirkat faoliyati qoniqtirmasa, aholi oʻz xohishi bilan boshqa boshqaruv tashkilotiga oʻtish mumkinligini tushuntirib oʻtdi. Muzokaralar soʻngida aholi hamjihatlikda shirkat bilan murosaga keladigan, yoxud boshqa salohiyatli boshqaruv tashkilotiga oʻtiladigan boʻldi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|
#JARAYON

🏢 Ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, bunda aholini qiynayotgan har bir jihatni inobatga olish muhim ahamiyatga kasb etadi. Shu ma’noda joylarda ko‘p qavatli uylar, xususan, yerto‘la, tom va fasad qismlarni ta’mirlash, muhandislik tarmoqlarini yuvish va tekshiruvdan o‘tkazish, mavsumda kuzatilishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar izchillik bilan olib borilmoqda.

🏘 Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva bir necha hududlarda bo‘lib, boshqaruv tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi bilan suhbatlashib, ularning sohaga doir fikrlari bilan qiziqdi.

Dastlab vazir o‘rinbosari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Avayxon obod group” BSK tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Ahamityalisi, kompaniya aholi murojaatlariga asosan Qorasuv-2 mavzesi Shukur Burhonov nomidagi mahalla 38-son uy tutash hududida asfalt bilan qoplash ishlarini amalga oshirgan. Aholi esa sohadagi  bunday tub  o‘zgarishlardan xursand.

🖇 Shuningdek, kompaniyada boshqaruvida bo‘lgan bir necha uylarning yerto‘lasi davlat dasturi asosida to‘liq ta’mirlanib, topshirilgan. Vazir o‘rinbosari yerto‘lalarda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishar ekan, sifat va  qo‘shimcha servis xizmatlar sonini oshirishga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web | Instagram| Facebook |Telegram|
#jarayon
“Ijodkor” mahallasida ishlar qizg‘in pallaga kirdi

Xabaringiz bor tumandagi “Ijodkor” mahallasida “obod xonadon”, “obod ko‘cha”, “obod mahalla” mezonlari asosida qurilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Dastur doirasida hududda ikki qavatli uylardagi mavjud qo‘shimcha qurilmalar bartaraf etildi. Uylarning tom qismi kapital taʼmirdan chiqarilib, kirish yo‘laklariga beton qoplamalari qo‘yilmoqda.

Rekonstruksiya qilish jarayonlarida kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, kam taʼminlangan oilalarning uy-joylarini taʼmirlash ishlari ham olib borilmoqda. Shuningdek hududdagi oilalarning daromadlarini oshirish, bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish maqsadida mehnat yarmarkalari, salomatligini mustahkamlash uchun tibbiy ko‘riklar tashkil etib kelinmoqda.

Shu o‘rinda mazkur hududda olib borilayotgan ishlarda masʼullar va ishchi xodimlarning ham mehnatlarini eʼtirof etish zarur.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
#JARAYON

🏘 Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva aholi murojaatiga asosan poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumani Darxon dahasida boʻldi.

“Maxmudjan Muxtorov servis Partners” BSK boshqaruvida boʻlgan uydagi muammo yertoʻlada paydo boʻlayotgan suv bilan bogʻliq. Mazkur holatni keltirib chiqarayotgan muammoni bartaraf etishda tegishli tashkilotlarni jalb qilish lozimligi, aks holda koʻp kvartirali uyning texnik holatiga zarar yetishi mumkinligi ta’kidlandi. Ushbu muammoga yechim topish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ozoda Joʻrayeva shuningdek, boshqaruv tashkiloti ishchi-xodimlari bilan suhbatlashib, ularga ishda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shu bilan birga koʻp kvartirali uylarning kirish yoʻlaklarida amalga oshirilgan ishlar ham koʻzdan kechirildi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
Photo
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TET

DOIMO XAVFSIZ ISH TASHKIL ETISH LOZIM

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi barcha tuman elektr taʼminoti korxonalaridagi barcha tezkor brigada a’zolari har kuni, har bir ish kuni avvalida maxsus yo‘riqnomadan o‘tkaziladi.

Birgina qo‘pol xato turli baxtsiz hodisaga sabab bo‘lishi mumkin.

Bugun ham, kun avvalida Mirzo Ulug'bek tuman elektr ta’minoti bosh muhandisi Aziz Isroilov tomonidan ishchi-xodimlarni nafaqat ish kuni avvalida balki, har bir bajarilayotgan ish jarayoni boshlanishida ham texnika xavfsizlik qoidalariga so‘zsiz amal qilishliklari tushuntirilib, har bir xodim doimiy yo‘riqnomadan o‘tkazildi.

Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni esa muntazam Toshkent shahar filiali rahbariyati va Mustahkamlik texnika xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Zero, bularning barchasi sohada mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarimizning xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan
deyiladi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali Matbuot xizmati xabarida.
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
Photo
#Jarayon
#Mirzo_Ulugbek_TET

PODSTANTSIYA QUVVATI OSHIRILMOQDA

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan Mirzo Ulugbek tuman elektr taminoti tasarrufida bolgan «Botanika» podstаnsiyasiga 2 ta yangi quvvati 80 000 kVА boʼlgan zamonaviy kuch transformatorlari olib kelindi.

Ayni vaqtda, olib kelingan yangi yuqori kuchlanishli transformatorni o'rnatish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu loyiha yakuniga yetgazilgach, aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash bilan bir qatorda, qoshimcha 40 MVT elektr energiyasining zahirasi yaratilishiga erishiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan yana bir qator shu kabi yirik loyihalarni amalga oshirish ishlari davom etmoqda.
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TET

⚡️TRANSFORMATOR MUKAMMAL TA'MIRDAN CHIQARILDI

❄️🛠 Mirzo Ulug'bek tuman elektr ta'minoti mutaxassislari tomonidan tuman hududidagi iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, joylarda mukammal va joriy taʼmirlash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

❄️🛠 Xususan, tumanning «Geofizika» MFY hududidagi TP-4154-sonli transformator punkti mukammal ta'mirdan chiqarildi.

❄️🛠 Ta'mirlash jarayonida mutaxassislar tomonidan mazkur transformator punktini moy sathini rostlash, bo‘yoqlash, montaj qilish ishlari bajarildi.

❄️🛠 Hududlarda bu kabi ta'mirlash ishlari davom etmoqda
.



✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk