Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
13.6K subscribers
36.5K photos
5.8K videos
68 files
14K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
📌"Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasidagi sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar keng qamrovda tashkil etilmoqda.

⚡️Shu munosabat bilan joriy yilning 21-sentyabrda mahalladagi yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasida Yosh kitobxon tanlovi o’tkazildi.

📍Sho’rtepa MFY

#1_sektor
❗️КОНСТИТУЦИЯГА КЎРА ФУҚАРОЛАРНИНГ БУРЧЛАРИ

🟢 Барча фуқаролар Конституцияда белгилаб қўйилган бурчларини бажарадилар.

🟢 Фуқаролар Конституция ва қонунларга риоя этишга, бошқа инсонларнинг ҳуқуқлари, эркинликлари, шаъни ва қадр-қимматини ҳурмат қилишга мажбурдирлар.

🟢 Фуқаролар Ўзбекистон халқининг тарихий, маънавий, маданий, илмий ва табиий меросини асраб-авайлаши шарт. Тарихий, маънавий, маданий, илмий ва табиий мерос давлат томонидан муҳофаза қилинади.

🟢 Фуқаролар атроф табиий муҳитга эҳтиёткорона муносабатда бўлишга мажбурдирлар.

🟢 Фуқаролар қонун билан белгиланган солиқлар ва йиғимларни тўлаши шарт. Солиқ ва йиғимлар адолатли бўлиши ҳамда фуқароларнинг конституциявий ҳуқуқларини амалга оширишига тўсқинлик қилмаслиги керак.

🟢 Ўзбекистон Республикасини ҳимоя қилиш Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг бурчидир. Фуқаролар қонунда белгиланган тартибда ҳарбий ёки муқобил хизматни ўташга мажбурдирлар.

📄 Асос; Янги таҳрирдаги конституциянинг 11-боби

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahrimiz tumanlarida “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” dasturlari doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahallalarda markaziy va ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlarni tozalash va obodonlashtirish, eskirib, hayot va salomatlik uchun xavfli darajaga yetib kelgan bolalar maydonchalarini yangilash, ijtimoiy obyektlarning holati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasini tekshirish ishlari bajarilmoqda.

Toshkent shahar hokimligi va boshqa tegishli tashkilotlar mutasaddilaridan iborat ishchi guruh har kuni hududlarga chiqib, ishlarni ko‘zdan kechirmoqda. Tumanlar mutasaddilari tomonidan ishga loqaydlik va sovuqqonlik bilan yondashish oqibatida kuzatilayotgan kamchiliklar yuzasidan esa tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berib, nazoratni kuchaytirmoqda.

Bunday tashriflardan biri kuni kecha Mirzo Ulug’bek tumanining Habib Abdullayev mahallasida bo'lib o'tdi. U yerda to‘planib qolgan va olib ketilmagan chiqindilar, fuqarolar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurib olingan qurilmalar, aholiga noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar aniqlandi. Ushbu kamchiliklarni tez sur’atlarda bartaraf etishni ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi. Ijrosi esa qat’iy nazoratga olindi.

Shahrimiz mahallalarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
📌"Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasidagi sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar keng qamrovda tashkil etilmoqda.

⚡️Shu munosabat bilan joriy yilning 21-sentyabrda mahalladagi yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2-mavsumi doirasida Yosh kitobxon tanlovi o’tkazildi.

📍Avayxon MFY

#1_sektor
“Кимники? Кимники? Кимники?”. Нарса топиб олганда нима қилиш керак? 5 та муҳим маълумот

Бирор жойда (театр, дўкон, шифохона, транспорт) унутиб қолдирилган ҳамён ёки бошқа бир буюмни кўрганда нима қилиш керак? Уни олиб эгасини қидириш керакми? Ҳуқуқшуносларнинг фикрича, индамай ўтиб кетган маъқул. Чунки, эгасини топиб қайтариш ҳақида яхши ниятда бўлганда ҳам, топилмани олиб кетган шахсга нисбатан жиноий иш қўзғатилиш хавфи мавжуд. У ҳолда қандай йўл тутиш керак? Кимга мурожаат қилиш тўғри бўлади? Буюмни топиб олган одамга мукофот борми? 6 ой ичида эгаси топилмаса у топган одамники бўладими? hudud24.uz шулар ҳақида батафсил тушунтириш беради.

Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=20888

Каналга уланиш 👉 @hudud24official
#ELON

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTEMOLCHILARI!

Bugungi kunda poytaxt iste’molchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tizimidagi tuman elektr ta’minoti korxonalari qoshida elektr energiyasi ta’minoti bilan bogʻliq murojaatlarga tezkorlik bilan javob qaytarish uchun alohida telegram kanallari joriy etilgan.

Endilikda, Mirzo Ulug'bek tuman elektr taminoti korxonasining elektr energiyasi ta’minotidagi yangiliklar, xususan, avariya holatlari yuzasidan yoxud boshqa murojaatlar boʻyicha TET dispetcherlik xizmatlarida joriy etilgan quyidagi telegram
guruhiga ulanib hamda telefon raqamlari  orqali toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, vaziyatga oydinlik kiritish imkoniyati yanada kengaydi.

M. Ulugʻbek tumani  + (71) 267-58-15, 267-57-40, 267-58-24, 267-06-03;
   
Bundan tashqari respublika boʻyicha faoliyat yuritayotgan 1154 qisqa raqamli Call-markaziga qoʻngʻiroq qilib, shikoyat, murojaat va takliflaringizni ham yoʻllashingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz.

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
#Диққат
📞 Сиз учун керак бўлиши мумкин бўлган рақамлар рўйхати


* 101-ёнғин хизмати
•102-ички ишлар органлари;
•103-тез ёрдам хизмати;
•104-газ хизмати;
* 1050-қутқарув хизмати;
* 1001-об-ҳаво ҳақида маълумот олиш учун;
•1054- Call centr "Сувсоз";
•1069/ 78-140-19-19 - дори-дармонларни ёки дорихоналарни қидириш учун;
* 1009-барча ташкилотларнинг манзиллари, телефон рақамлари, иш жадвали, телефон кодлари, шаҳар индексларини тақдим этадиган алоқа хизмати
👇🏻👇🏻

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
#OB_HAVO

 ☀️ 22 - sentyabr haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍀 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🛣 22 sentyabr — Xalqaro avtomobilsiz kun

❗️Mazkur kunda aholiga shaxsiy avtomobillardan foydalanmaslik, imkon qadar piyoda yurish, jamoat transportlarida yoki velosiped va shunga o‘xshash salomatlik uchun foydali bo‘lgan transport vositalarida harakatlanish tavsiya etilgan.

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mirzo_Ulugbek_tumani
#Ijodkor_MFY
#Obod_xonadon_Obod_kócha_Obod_mahalla

Mirzo Ulug‘bek tumani "Ijodkor" mahallasida keng ko'lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
.

***
Работы по благоустройству ведутся в махаллии «Ижодкор» Мирзо-Улугбекского района.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
#JARAYON

Aholining kommunal sohaga oid murojaatlari asosida oʻrganish ishlari Mirzo Ulugʻbek tumani Markaz-1 mavzesi “Shahrisabz”mahallasida davom etdi.

“Ona zamin” uy-joy mulkdorlari shirkatining faoliyati aholi vakillarini qoniqtirmay keladi. Ta’kidlanishicha, mulkdorlarning murojaatlari bartaraf etilmaydi, xizmat koʻrsatish sifati ham yaxshi emas. Aholi zarur ta’mirlash ishlarini oʻzi bajarib kelmoqda.

Shirkat rahbari esa mulkdorlar majburiy badal toʻlovlarini vaqtida amalga oshirmayotgani, bu esa qator muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi.

Vazir oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva shirkat faoliyati qoniqtirmasa, aholi oʻz xohishi bilan boshqa boshqaruv tashkilotiga oʻtish mumkinligini tushuntirib oʻtdi. Muzokaralar soʻngida aholi hamjihatlikda shirkat bilan murosaga keladigan, yoxud boshqa salohiyatli boshqaruv tashkilotiga oʻtiladigan boʻldi.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇
|Web| Instagram|Facebook|Telegram| Youtube|