Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
12.8K subscribers
36.8K photos
5.88K videos
69 files
14.1K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#kadastr #rasmiy_munosabat
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

◻️2022 йил 14 майдаги Effect.uz сайтининг расмий телеграм каналида эълон қилинган, можароли видеонинг Мирзо Улуғбек туманидаги журналистик суриштируви бўйича Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармаси қуйидагиларни маълум қилади.

◻️Пойтахтимизнинг Мирзо Улуғбек тумани Тўртариқ кўчаси 283-уй-жой 29.05.2000 йилдаги 1025-сонли олди-сотди шартномасига ҳамда, 29.07.2008 йилдаги Мирзо Улуғбек тумани ҳокимининг 344-сонли қарорига асосан фуқаро Гаврилова Людмила Владимировна номига расмийлаштирилиб, мулк ҳуқуқида давлат рўйхатидан ўтказилган.

◻️ Фуқаро Гаврилова Татьяна Владимировна - тегишли бўлган Тўртариқ кўчаси 283-уй юридик хужжатга асосан 528.0 кв.м.га тенг уй-жойда жойлашганлиги билдирилади.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#RASMIY
#MUNOSABAT

🔰Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi aholi murojaatlariga o'z vaqtida belgilangan tartibda, rasmiy munosabat bildirib kelmoqda.

🔰Ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumanida joylashgan O’zbekiston Mehmonxonasining orqa tomonida daraxt keslishi bilan bog’liq holat haqida e’lon qilingan murojaatga asosan o’rganish ishlari olib borildi. Olib borilgan o’rganishlar natijasida yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzildagi daraxt tabiiy omillar ta’sirida kasallanib qurib qolganligi qayd etilib, inson hayotiga nisbatan jiddiy ziyon yetkazish ehtimoli borligi bois tegishli xulosa asosida hujjatlar rasmiylashtirilganligi ma’lum bo’ldi.

Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati
https://t.iss.one/Ecopoytaxt

Facebook | Instagram | Web site | You Tube
#RASMIY
#MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani Buyuk Ipak Yo’li kochasida daraxt kesilishi bilan bog’liq holat to’g’risida e’lon qilingan foto materialga asosan holat voqea joyida mutasaddilar ishtirokida o’rganildi.

O’rganishlar natijasida, yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzilda fuqaro tomonidan bir dona chinor daraxtni tepa qismidan noqonuniy ravishda kesish holati aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan surishtiruv olib borilib, ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan fuqaroga nisbatan MJtK ning 79-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima jazosi belgilandi. Mazkur jarayon qayta sodir etilmasligi uchun tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
#RASMIY
#MUNOSABAT

❇️Sir emas, poytaxtimiz Toshkent shahrida ham ba’zi bir fuqarolarimiz tomonidan daraxtlarning tag qismigacha beton qilish holatlari hamon kuzatilmoqda. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida davlat inspektorlari tomonidan muntazam ravishda tushuntirish, targ’ibot va tashviqot ishlari olib borilayapti.

❇️Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumani Feruza mahalla fuqarolari yig’ini hududida daraxtlarning tag qismini betonlab ketilganligi to’g’risida xabar e’lon qilingan edi.

❇️Tuman Ekologiya bo’limi davlat inspektorlari tomonidan holat zudlik bilan nazoratga olinib, joyiga chiqib o’rganish ishlari olib borildi. Olib borilgan ishlar davomida hududga mas’ul tashkilot vakillari jalb etilgan holda yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzildagi daraxtlarning tag qismidagi beton qoplamalar olib tashlanib, holat ijobiy bartaraf etildi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati
https://t.iss.one/Ecopoytaxt
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanining "Podshobog" hamda "Oltintepa" MFYlari (Dagestanskaya) hududidagi ko'p qavatli aholi yashash uylarida elektr taʼminotida uzilishlar boʻlayotgani haqida murojaat e'lon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning, 02-may kuni soat 10:30 da 35/6 kVli PS "Staraya Parkentskaya"dan chiquvchi TP-572-sonli transformator punktidan taʼminlanuvchi yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog‘ida qisqa tutashuv kelib chiqqan.

Natijada, ushbu hududda kuchlanish ortishi kuzatilgan va yuqorida ko'rsatilgan MFYlar hududidagi ko'p qavatli aholi yashash xonadonlarida qisqa fursatga elektr ta'minotidan uzilish sodir bo‘lgan. Tuman elektr ta’minoti tomonidan shu vaqtning o'zidayoq yuqori kuchlanishli kabel tarmog'ining shikastlangan qismi ta'mirlangandan so'ng soat 10:50da elektr energiyasi qayta tiklangan.

Ayni vaqtda, hudud elektr energiyasi bilan to'liq ta'minlangan.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
Forwarded from Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati (مُسلِمَة Muslima)
#rasmiy_maʼlumot

"Yutong" rusumli elektrobus va "Cobalt" rusumli yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan RASMIY MAʼLUMOT!

🔹Joriy yilning 6-iyun kuni soat 15:20 larda, Mirzo Ulug'bek tumanidagi “Do‘rmon yo‘li” va “G‘azalkent”ko‘chalari kesishmasi oldida 89-sonli “Qorasuv1-dahasi - Chorsu ASHB” yo‘nalishda harakatlanayotgan, “Yutong” rusumli, davlat raqami 01|362 NKA bo‘lgan elektrobus (haydovchi 31.01.1958 y.t., Lomanov Sergey Alekseyevich) Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan harakatlanib kelib, G‘azalkent ko‘chasiga chorrahadan chapga burilayotgan vaqtda, “Do‘rmon yo‘li” ko‘chasi bo‘ylab Tohir Malik ko‘chasi kesishmasi tomonga harakatlangan “Cobalt” rusumli, davlat raqami 01|L 126 OB bo‘lgan avtomobil (haydovchisi 2003 y.t. Yakubov Fazliddin Shodmon o‘g‘li) svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga harakatlanib kelib elektrobusning old yon qismiga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, mazkur yo'l-transport hodisasi oqibatida "Cobalt" rusmli yengil avtomobil haydovchisi (2003-y.t. Yakubov Fazliddin Shodmon o‘g‘li) voqea joyida vafot etgan hamda yonida bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez yordam mashinasida yuborilgan.

🔹Hozirda mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

📌Hurmatli haydovchilar! Yo’llarda harakatlanayotganingizda yo’l-harakati qoidalariga rioya qilishingizni va yo’llarda e’tiborli bo’lishingizni so’raymiz!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Web-site
#Rasmiy_munosabat

❗️ekolog.uz veb saytining Telegram messenjeridagi sahifasida, "М.Улуғбек тумани, Қорасув-1, “Дунё” ресторани яқинидаги дарахтларнинг атрофи сунъий майсазор билан қопланган" mazmunida e'lon qilingan murojaat yuzasidan munosabat.

🔰Ushbu holat Mirzo Ulug'bek tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi xodimlari hamda yuqorida ko'rsatilgan mas'ul tashkilot tomonidan o'rganib chiqildi.

🔰O'rganib chiqilgan ishlar natijasida, Qorasuv-1, "Dunyo" restorani yaqinida bo'lgan daraxtlarning tag qismidagi sun'iy chim qoplamalari Ekologiya xodimlari nazorat ostida olinib mas'ullar tomonidan olinib, murojaat ijobiy yechim topganligini ma'lum qilamiz.

📣 Ekologik vaziyatga befarq bo'lmagan ekofaollarimizga aloqa manzillarimiz:

☎️Qisqa raqam: 1157
📩 Bot manzili: 🍀https://t.iss.one/Ecopoytaxt_murojaat_bot

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram | Instagram | Facebook
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumani Bo'z 2-mavzesi, 15-16 sonli ko'p qavatli uylari qarshida bo'lgan daraxtlarning tepa qismini kesib tashlanishi bilan bog'liq holat to'g'risida e'lon qilingan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat.

Mazkur holat zudlik bilan Mirzo Ulug'bek tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi inspeksiyasi tomonidan nazoratga olinib, yuqorida ko'rsatib o'tilgan manzilda ayni vaqtda birlamchi o'rganish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur o'rganish ishlarining yakuniy natijalari bo'yicha jamoatchilikka qo'shimcha axborot taqdim etilishini bildiramiz.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani hududidagi transformator punktining kabel tarmog‘ida qisqa tutashuv bo`lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ma'lumki, havo haroratining sovib ketishi natijasida elektr energiyasiga bo'lgan talab ortib joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish qurilmalarida qisqa tutashuv holatlari yuzaga kelmoqda.

Xususan, bugun 3-mart kuni Mirzo Ulug'bek tumani «Olmachi» MFY hududidagi TP-295-sonli transformator punktidan chiquvchi iste’molchi tasarrufida bo'lgan 0,4 kVli elektr uzatish kabel tarmog‘ida yuklamaning ortib ketishi natijasida qisqa tutashuvida yong'in sodir bo'lgan. Transformator yonmagan.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tararrufidagi Mirzo Ulug'bek tuman elektr ta'minotining tezkor guruh xodimlari tomonidan avariyani bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilgan.

Ayni vaqtda, yuzaga kelgan nosozlikni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
🌐
https://t.iss.one/toshetk
#Rasmiy_munosabat

🗣Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug’bek tumani, TTZ-1, “Yuzrabot” MFYga qarashli 16-sonli aholi yashash xonadonlari yonida daraxtning tag qismini ochishmoqda mazmunida xabarlar e’lon qilindi.

Mazkur holat zudlik bilan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining Mirzo Ulug’bek tumani bo’limi mas’ullari tomonidan nazoratga olinib, yuqorida ko’rsatib o’tilgan manzilda o’rganish ishlari olib borildi.

💬O’rganishlar natijasida kovlanayotgan ushbu maydon Mirzo Ulug’bek tumani ekologiya bo’limi tomonidan tuproq bilan qayta to’ldirtirilib, ushbu hudud doimiy nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida e’lon qilingan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi noqonuniy qurilmalar haqidagi murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi inspektorlari o‘tkazgan yer nazorati tadbirida tumanning “Katta Yalang‘och ota” MFY, Feruza (Qodirova) ko‘chasidagi 1-uy oldida MCHJ tomonidan 25 kv.m. yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy konteyner o‘rnatib olinganligi aniqlangan.

⬜️ Shundan so‘ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni hamda noqonuniy qurilmalarni belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilgan.

⬜️ Biroq MCHJ rahbari davlat organining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli unga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi (jarima) qo‘llanilib, noqonuniy qurilmalarni buzish hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bo‘shatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi bilan murojaat etilgan.

⬜️ Shuningdek, “Yangi Kamolot” MFY, Feruza (Qodirova) ko‘chasidagi 22-uy yonida fuqaro tomonidan 12 kv.m. yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy konteyner o‘rnatilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish uchun ijaraga berilganligi aniqlangan.

⬜️ Mazkur holat yuzasidan ham yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaroga nisbatan 15 kunlik muddatda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilib, bugungi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Qorasuv 6-mavzesidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan uzilish sodir bolganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Joriy yilning, 20-aprel kuni Mirzo Ulug`bek tumaniga qarashli bo`lgan 110/10 kV bo`lgan «Qorasuv» podstansiyasidan ta`minlanuvchi quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli yer ostidan oʻtgan kabel tarmoqlarining shikastlanishi natijasida avariya holatida oʻchishlar kuzatilgan.

Natijada, tumanning Qorasuv 6-mavzesining «Avayxon» MFY hududida yashovchi aholi xonadonlari vaqtinchalik elektr energiyasida uzilish holatlari kuzatilgan.

Mirzo Ulug`bek TETning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan laboratoriya tekshiruv ishlari olib borilib, nosozlik bartaraf etilgan.

Ayni vaqtda hudud toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk