#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB
📃 Savol: Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti qanday hollarda rasmiylashtiriladi?
✅ Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
💠 ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
💠 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
💠 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
💠 ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;
💠 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube