Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
682 subscribers
3.88K photos
160 videos
10 files
1.09K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Aziz bolajonlar!

Sizlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklayman! Yurtimizning har bir o‘g‘il-qizi tinch-osuda vatanda, ota-onasi bag‘rida, baxtiyor bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olishini tilayman.

Siz ko‘zimiz quvonchi, bizning ertamiz va hayotimiz mazmunisiz!
Sizning sifatli ta’lim olishingiz va o‘zingiz tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishingiz uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Mamlakatimizda Sizga, sizning qiziqishlaringiz, huquq va manfaatlaringizga alohida e’tibor qaratiladi. "Bola huquqlari" to‘g‘risidagi konvensiya ratifikasiya qilinishi, "Bola huquqlarining kafolatlari" to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, Bolalar ombudsmani institutini ta’sis etilishi buning yaqqol namunasi sifatida e’tirof etishimiz mumkun.

Qadrli bolajonlar, siz ertamiz egalarisiz, sizni barkamol inson etib tarbiyalash esa baxtli va farovon kelajagimiz kafolatidir.

Bayram muborak bo‘lsin, aziz bolajonlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli ta’lim sohasi fidoyilari!

Avvalo, barchangizni shukronalik, mehr-muruvvat, shodlik va xursandchilik ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman va sizlarga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, ushbu shukuhli kunlarda har bir vatandoshimiz oila a’zolari va yaqinlariga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirib o‘tadi. Qalbida ezgulik hissi mujassam har bir inson o‘zgalarga yaxshilik ulashishga oshiqadi.

Shu ma’noda Qurbon hayiti bugungi tinch va totuv kunlarimiz qadri, oilalarimiz totuvligi, dasturxonimiz to‘kinligi, turmushimiz farovonligini ko‘proq his qilishga undaydigan fayzli va barakotli ayyomdir.

Aziz vatandoshlar,

Barchangizni yana bir bor Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz hamyurtlar!

Barchangizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan chin dildan tabriklayman.

Yuksak faxr bilan aytishim lozim-ki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yurtimizda olib borilayotgan sohaga doir islohotlarni amaliyotga joriy etishda sizlarning o‘rningiz va ishtirokingiz juda katta. Yoshlarning ertangi porloq va baxtli hayotini ta’minlash, ularning bilimli, yurtimizga sodiq va fidoyi insonlar bo‘lib voyaga yetishida har biringiz munosib mehnat qilmoqdasiz.

O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga ilm cho‘qqilarini egallashlari, o‘zlarining aql-zakovatlari, ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

O‘quvchilarimiz esa o‘z navbatida jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirib, xalqaro olimpiadalarda yuqori o‘rinlarni egallab, yaratilayotgan imkoniyatlarga munosib javob qaytarishmoqda. Albatta, bu natijalarga islohotlar amali yo‘lida astoydil harakatlar sabab erishmoqdamiz.

Qadrli va fidoyi hamkasblar!

Sizlarni va siz orqali barcha oila a’zolaringizni eng ulug‘, eng aziz shodiyona — mustaqilligimizning 32 yilligi ayyomi bilan yana bir bor samimiy muborakbod etaman.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka tilayman. Yurtimiz taraqqiyoti va farzandlarimiz kamoloti yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli hamkasblar!

Har bir kun o‘qituvchi sha’niga sharaf qo‘shayotgan, ta’lim sifati, maktab masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan Yangi O‘zbekistonda siz bilan bir safda faoliyat olib borayotganimdan behad baxtiyorman.

Ustoz maqomi yanada ulug‘lanib, o‘qituvchi qadr-qimmatini yuksaltirish qonun bilan mustahkamlanayotgan shukuhli damlarda sizlarni bayram bilan qutlash menga cheksiz quvonch va iftixor bag‘ishlaydi.

Muhtaram muallimlar!

Siz har kuni millionlab bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berasiz, balki ularga o‘z farzandlaringizdan ziyoda mehr-muhabbat ulashib, mamlakatimiz ertangi egalarini kamolga yetkazasiz.

Sizning ko‘z o‘ngingizda kelajak qad rostlaydi, Siz ko‘rsatgan ma’rifat yo‘lingiz avlodlarni nurafshon manzillarga yetaklaydi. Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egasi bo‘lganingizning o‘zi taqdirning Sizga eng buyuk tortig‘i, Yaratganning siylovi desam yanglishmagan bo‘laman.

Ishonamanki, fidoyilik bilan yurtimizda ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqib, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, farzandlarimizni Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz.

Bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy qutlar ekanman, buyuk shoirning “muallim desalar meni qaniydi!” degan yuksak orzusi haqidagi mashhur satrlar xayolimdan o‘tyapti. Siz ana shunday buyuklar chinakam havas qiladigan maqomdasiz!

Bejiz jadid bobolarimiz ziyolilarni, o‘qituvchi-muallimlarni millat oydinlari deb atamagan. Siz navqiron nasllar ongu qalbini yoritib, ma’rifat ulashar ekansiz, jismingizga tuganmas kuch-quvvat, qalbingizga adoqsiz quvonch, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilayman!

Ustoz maqomi hamisha bugunidek sarbaland, bayramimiz boqiy bo‘lsin!

Ehtirom bilan,
Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.

Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!

O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.

Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri