"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.49K subscribers
3.87K photos
661 videos
3 files
1.74K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Ислом Каримов номидаги Илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасига ташрифи чоғида Биринчи Президент музейини ташкил этиш ишлари билан ҳам танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе посещения Научно-просветительского комплекса имени Ислама Каримова также ознакомился с ходом работ по созданию музея Первого Президента.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialidagi yaratilgan yangi imkoniyatlar

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filialining "104" avariyaviy dispetcherlik xizmati ish faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida filial tassarufidagi tuman gaz ta'minoti bo'limlarini markazlashgan holda zoom platformasi orqali onlayn 24/7 ish rejimida, markaziy dispetcherlik xodimlari bilan o‘zraro bog‘lanish imkoniyati yaratildi.

Endlikda xodimlar kelib tushayotgan murojaatlarni ratsiyalar orqali yo‘naltirmaydi aksincha, markazlashgan holda ish faoliyatini olib borishmoqda. Bu esa ish sifatini yanada tezkor oshirish bilan bir qatorda murojaatlarni tumanlar kesimida yo‘naltirish uchun yengillik yaratdi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Ta'mirlash ishlari tufayli ertaga Yangihayot tumanining ba'zi mahallalarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi

Yangihayot tumani "Yangidarxon" MFY hududidan o‘tgan o‘rta bosim D-76mmli yer usti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli joriy yilning 31-yanvar kuni soat 10:00dan 17:00ga qadar "Yangidarxon" MFY joylashgan Navro‘z ko‘chasi va 4-9 tor Navro‘z ko‘chalaridagi jami 209 ta uy xo'jaliklarida hamda hududdagi 9 ta ulgurji iste'molchilarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'rayd.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.
Ta'mirlash ishlari sababli ertaga Sergeli tumanining ba'zi mahallalarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to'xtatiladi

Sergeli tumani "Xonobodtepa" MFY, Dadaxodjayeva ko‘chasidan o‘tgan yer osti D-57mmli o‘rta bosim gaz quvurini metro qurilishi hududidan boshqa xavfsiz joyga ko‘chirilishi tufayli joriy yilning 31-yanvar kuni soat 10:00dan 15:00ga qadar "Xonobod", "Xonobodtepa" va "Xontepa" mahallalaridagi jami 580 ta uy xo'jaliklarida hamda hududdagi 15 ta ulgurji iste'molchilarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'rayd.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olmazor tumani aholisini tabiiy gaz bilan bir me'yorda ta'minlash borasida qilinayotgan amaliy ishlar haqidagi lavha — Toshkent telekanalining "Poytaxt" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
Video
Anomal sovuq havo harorati kuzatilgan davrda Poytaxtimiz aholisiga bir me’yorda uzluksiz tabiiy gazni yetkazib berish uchun gaz ta'minoti filiali tomonidan qator choralar ko'rildi.

Ta'kidlash lozim, ba'zi hududlarda yuzaga kelgan muammolar o'z vaqtida o'rganildi, hal etildi.
Xususan, navbatdan tashqari jami 3.5 ming km gaz tarmoqlari maxsus uskunalar yordamida texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan yer usti 2.1 ming km hamda 1.4 ming km yer osti gaz tarmoqlari tekshirildi. Texnik ko‘rik natijasida aniqlangan avariya holatlari zudlik bilan bartaraf etildi. 3 050 dona gaz taqsimlash punktlarida rejim sozlash ishlari amalga oshirildi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali tomonidan joylarda 14 ta avariya brigadalari tashkil etilib, 16 ta maxsus avtotransport va 19 ta payvandlash uskunalari bilan ta’minlandi hamda zarur ehtiyot qismlar zahirasi yaratildi.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining 1 214 nafardan iborat jamoasi tun-u kun samarali mehnat qilmoqda. Bugungi kunda joylardagi muhandis-texnik xodimlar guruhi navbatchilik asosida 24/7 ish rejimida ishlamoqda.

Iste’molchilarga tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar quyidagilar:
1. Chilonzor tumani “Beshqo‘rg‘on” mahallasidagi o‘rta bosimli, diametri 76 mmli bo‘lgan gaz quvuri diametri 108 mmli gaz quvuriga almashtirildi. Natijada hududidagi 8 ta gaz maromlash qurilmalarida gaz bosimining bir me'yorda yetkazilishi ta'minlandi. Bugun 628 ta yerli xonadonlarda gaz bosimining yaxshilanishiga erishildi.

2. Sergeli tumani "Eski Jaloyir" mahallasi aholisiga tabiiy gazni yaxshilash maqsadida "Sergelitumangaz" gaz ta'minoti bo‘limi tomonidan diametri 114 mm yuqori bosimli, uzunligi 2km 100m bo‘lgan gaz quvurlari tortilib, 2 ta yuqori va o‘rta bosimli gaz maromlash qurilmalari o‘rnatildi.

3. Mirzo Ulug'bek tumani Karnoq ko‘chasiga, Yashnobod tumani Maftunquli ko‘chasidan 500 metr D-108 mm o‘rta bosim gaz quvuri qurilib, halqalandi. Natijada hududdagi "Oltin tepa" MFYning 3 500 dan ortiq aholi xonadonlarida tabiiy gaz yetkazib berish yaxshilandi.

4. Uchtepa tumani “Nayman” mahallasi hududida joylashgan tabiiy gaz o‘tkazuvchanligi kichik bo‘lgan RDBK-1.25 rusumli gaz maromlash qurilmasi RDUK-100 rusumli gaz maromlash qurilmasiga almashtirildi. Natijada 1000 ta aholi xonadonlarini gaz ta’minoti yaxshilandi.

5. Yunsobod tumanidagi “Bobodehqon” mahallasidagi 800 ta yerlik xonadonlarda gaz bosimini yaxshilash uchun D-219 mm bo‘lgan 400 metr gaz quvuri qurilib, mavjud o‘rta bosim gaz quvuriga halqalandi.

6. Olmazor tumani "Kalonova" mavzesi "Chamanbog‘" mahallasida d-57mmli bo‘lgan uzunligi 500 metr gaz quvurlari qo‘shimcha ravishda tortish ishlar amalga oshirildi. Natijada 8 ta ko‘p qavatli uyda istiqomat qilayotgan 328 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz bosimi yaxshilandi. Bu kabi ishlar poytaxtning boshqa hududlarida ham davom etmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli iste'molchi, is gazidan  zaharlanishning oldini olish uchun gaz jihozlaringizni texnik va profilaktik ko'rikdan o'tkazishni unutmang!

Sizga kòrsatilgan xizmat turlari elektron ravishda ma'lumotlar bazasida saqlanadi.

Xavfsizlikni ta'minlash o'z qo'limizda!

"Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Chilonzor tumani iste'molchilaridan gaz bosimi pastligi masalasida murojaat tarqaldi.

“Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari murojaatlarni joyiga chiqib o‘rganishdi. Iste’molchilarning uyidagi gaz jihozlari va hududdagi gaz taqsimlash shoxobchalari qayta ko‘rikdan o‘tkazildi.

Hozirda Chilonzor tumanining barcha tabiiy gaz iste'molchilariga tabiiy gaz uzluksiz va bir me'yorda "Chilonzortumangaz" gaz ta'minoti bo'limi tomonidan yetkazilmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Orzuyingiz sarobga aylanishiga aslo yo‘l qo‘ymang!!!

Bino va inshootlarni qurishda gaz quvurlarining xavfsiz hududlarda, belgilangan masofada bo‘lishiga ahamiyat qarating. Gaz xo‘jaligi qoidalariga rioya qiling!

“Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati

https://t.iss.one/AO_Hududgaztaminot
"Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali rasmiy munosabati

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirobod tumani "Afrosiyob" MFY, Yoqub Kolos ko'chasi 10-uyda yashovchi tabiiy gaz iste'molchilaridan
gaz bosimi pastligi masalasida murojaat tarqaldi.

“Mirobodtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganildi. Aniqlangan muammolar joyida bartaraf etildi. Hududdagi gaz taqsimlash qurilmalari qayta ko‘rikdan o‘tkazildi va texnik sozlash ishlari amalga oshirildi.

Hozirda iste'molchilarga tabiiy gaz uzluksiz va bir me'yorda yetkazilmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati