"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
1.55K subscribers
3.89K photos
666 videos
3 files
1.75K links
"HUDUDGAZ POYTAXT" газ таъминоти филиалининг расмий каналига ҳуш келибсиз!
Download Telegram
Joyrlarda targ‘ibot ishlari davom etmoqda

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali va uning tuman bo'limlari, FVVning tuman bo'limlari bilan hamkorlikda Toshkent shahri bo'ylab is gazidan zaharlanishning oldini olish va tabiiy gazdan xavfsiz, oqilona foydalanish maqsadida tushuntirish ishlari olib borishmoqda.

Shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun yo'riqnoma, bukletlar tarqtilmoqda. Nafaqat aholi xonadonlari, balki gavjum joylar - bozorlar, dorixonalar, ovqatlanish joylarida ham targ'ibot ishlari olib borildi.

Bu kabi amaliy ishlardan asosiy maqsad - aholining xavfsizligini ta'minlash, mavsumni betalofot o'tkazish ekan, mavjud muammolar yuzaga kelsa soha xodimlari tomonidan o'z vaqtida bartaraf etilmoqda.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from "HUDUDGAZTA'MINOT" AJ
"Hududgaz Poytaxt" GTF xodimlari is gazidan zaharlanishning oldini olish va tabiiy gazdan xavfsiz, oqilona foydalanish maqsadida tushuntirish ishlari olib borishmoqda 

https://hududgaz.uz/news?id=4893
Hurmatli Toshkent shahar tadbirkorlari!

Anomal sovuq davrida elektr va tabiiy gaz taʼminotidagi uzilishlar natijasida tadbirkorlik subʼektlarida yuzaga kelgan salbiy oqibatlarni aniqlash va ularga yordam berish maqsadida, Toshkent shahar hokimligi tomonidan SO‘ROVNOMA o‘tkazilmoqda.

Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar, Sizdan ushbu so‘rovnomada ishtirok etib, vaziyatni to‘g‘ri baholab, qanday amaliy yordam muhimligi haqida fikr bildirishingizni so‘raymiz.

👉 So'rovnomaga o'tish.
___

Уважаемые предприниматели столицы!

Для выявления негативных последствий, возникших у субъектов предпринимательства из-за перебоев с подачей электроэнергии и природного газа в аномально холодный период и оказания им помощи хокимият Ташкента проводит ОПРОС.

Просим вас принять участие в опросе, адекватно оценить ситуацию и выразить мнение по поводу практической помощи, которая вам необходима.

👉 Пройти опрос.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site
"HUDUDGAZ POYTAXT" gaz ta‘minoti filiali
Photo
Taʼmirlash ishlari sababli Yangihayot, Sergeli, Chilonzor tumanlarining baʼzi mahallalarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatildi

Yangihayot tumani "Yangi Choshtepa" massiviga kirish joyida D-530mmli yer osti yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Uni bartaraf etish maqsadida joriy yilning 27 yanvar kuni soat 17:00 dan 20:00 gacha Yangihayot tumandagi «Choshtepa» MFY dagi 1 069 ta uy xo‘jaliklarida hamda «Yangi Choshtepa» MFY dagi 48 ta ko‘p qavatli uylardagi 3 745 ta xonadonlarda va 13 ta ulgurji isteʼmolchilarda;

Sergeli tumanidagi «Junariq» MFYdagi 745 ta uy xo‘jaliklarida hamda 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 120 ta xonadonlarda va 16 ta ulgurji isteʼmolchilarda;

Chilonzor tumanidagi 24 ta mahalladagi 9 500 ta uy xo‘jaliklarida hamda 440 ta ko‘p qavatli uylardagi 22 000 ta xonadonlarda va 24 ta mahalladagi barcha ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Taʼmirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ta'mirlash ishlari davom etmoqda

No comment

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Hurmatli iste'molchilar, Sergeli tumanidagi «Junariq» mahallasidagi 745 ta uy xo‘jaliklarida hamda 5 ta ko‘p qavatli uylardagi 120 ta xonadonlarda va 16 ta ulgurji isteʼmolchilarda;

Chilonzor tumanidagi 24 ta mahalladagi 9 500 ta uy xo‘jaliklarida hamda 440 ta ko‘p qavatli uylardagi 22 000 ta xonadonlarda va 24 ta mahalladagi barcha ulgurji isteʼmolchilarda tabiiy gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Sizlardan xonadonlaringizdagi gaz jihozlari va isitish qozonlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlaringizni so'rab qolamiz!

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Hurmatli iste'molchilar, Yangihayot tumandagi «Choshtepa» MFY dagi 1069 ta uy xo‘jaliklarida hamda «Yangi Choshtepa» MFY dagi 48 ta ko‘p qavatli uylardagi 3 745 ta xonadonlarida va 13 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Sizlardan xonadonlaringizdagi gaz jihozlari va isitish qozonlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlaringizni so'rab qolamiz!

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
Ta'mirlash ishlari sababli Chilonzor tumanining ba'zi joylarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi

Chilonzor tumani 10-mavze, 16-sonli ko‘p qavatli uy yonidan o‘tgan yer usti D-57mmli past bosim gaz quvuriga daraxt shoxi sinib tushganligi tufayli joriy yilning 30-yanvar kuni soat 15:00dan 17:00ga qadar 10-mavzeda joylashgan 4 ta ko‘p qavatli uylardagi 192 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so‘raydi.

"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati