Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.15K subscribers
11K photos
900 videos
6 files
2.64K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
⚡️Farovon maktab zamonaviy rahbarlar boshqaruvida

Bugun Guliston shahridagi Prezident maktabida “Direktorlar kengashi” tomonidan maktab direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun “Farovon maktab — zamonaviy rahbarlar boshqaruvida” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar zamonaviy liderlarni kashf etish, ularning liderlik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib 120 ga yaqin rahbar xodimlar ishtirok etdi.

Seminar davomida rahbarlik faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida olib borish, bugungi rahbar qanday bo’lishi kerak, zamonaviy ta’limga qanday samarali erishish mumkinligi haqidagi mavzularda ma’lumotlar berildi.

Seminarda ishtirokchilar guruhlarga bo‘lingan holda interfaol usullarda o’z bilim malakalarini oshirdilar. Seminar-treninglarda ta’lim va tarbiya sifatini yanada oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash jarayonlarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.

📲 Rasmiy sahifalarimiz:👇
💬 Telegram | 🌐 Facebook
🌐 YouTube  | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ertalabki_saflanish_

AMIR TEMUR ILM-FAN VA BUNYODKORLIK HOMIYSI

Amir Temur ko‘plab mashhur muarrixlar ta’kidlaganidek, ilmning qadriga yetadigan, uni rivojlantirishga astoydil bel bog‘lagan, dunyoning yetuk olimlari, tarixchilari bilan bemalol suhbatlasha oladigan donishmand hukmdor edi. Ilm-fanga qiziqish Amir Temurning bolalik chog‘larida oilasidan boshlangan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

⚡️Bugun Guliston shahridagi Prezident maktabida ertalabki saflanish maktabning tarix fani o'qituvchisi Farhod Markaboyevning tashabbusi bilan aynan buyuk bobokalonimiz tavallud ayyomiga bag'ishlanib, ustoz hamda o'quvchilar tomonidan Amir Temurning hayoti, amalga oshirgan buyuk ishlari ayniqsa, ilmga bo'lgan e'tibori xususida bir qator qiziqarli, shu bilan birga ibratli ma'lumotlar berildi.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#bizning_shunday_õquvchilarimiz_bor
#bizning_faxrimiz
#Guliston_Prezident_maktabi

  Guliston shahridagi Prezident maktabi bitiruvchilari xorijiy universitetlardan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda

11-sinf o'quvchisi Yandasheva Zilola Ulug'bek qizi dunyoning yetakchi universitetlaridan umumiy 520000 $ miqdorida GRANT sohibi bo‘lib turibdi.

🔸 The university OF Arizona - $19,000
🔸University of Kentucky
🔸Suffolk University - $20,000
🔸Colorado state university
🔸Wingate university - $27,000
🔸Canisius university - $20,000
🔸Clarkson University - $40,000
🔸American Universiy in Bulgaria - EUR 3930

Shu bilan birga IELTSdan 7,5 ballni qo'lga kiritgan.

💫O‘quvchimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklab, kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi
Prezident maktabi, Urganch, Guliston shaharlari, Chinoz tumani ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati bitiruvchilari xalqaro universitetlariga oʻqishga kirdi.

7-aprel - Butunjahon salomatlik kuni doirasida
Termiz, Fargʻona shaharlaridagi Prezident maktablari, Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sport tadbirlari tashkil etildi.

Buxoro shahridagi Prezident maktabida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining dasturlari boʻyicha seminar-treninglar
boshlandi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlariga
koʻmaklashdi.

Abdulla Oripov va Ogahiy nomidagi ijod maktablari oʻquvchilari xalqaro adabiy tanlovda gʻolib boʻldi.

Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida “Jadidlar” burchagi
tashkil etildi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Turon Fanlar Akademiyasi akademigi seminar-trening
o‘tkazdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi va Sherobod, Bekobod tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida kitob marafonlari tashkil etildi.

Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyi rahbariyati va kursantlari bilan uchrashuv
boʻlib oʻtdi.

Sergeli, Jarqo’rg’on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari IELTS sertifikatiga ega boʻldi.

Olmazor, Jondor, Qorovulbozor, Vobkent, Jarqo’rg’on, Qiziriq, Quyi Chirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikat oldi.

Buxoro, Quyi Chirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Oltinsoy, Mirzaobod tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida favqulodda vaziyatlar boʻyicha amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

Shirin shahar ixtisoslashtirilgan maktabi va Guliston davlat pedagogika instituti oʻrtasida memorandum
imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Sohibqiron_tavalludining_688_yilligi
#art_club_

⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabi Art to'garagi a'zolari Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Buyuk Amir Temur avlodiman!" shiori ostida rasmlar tanlovi e'lon qilishdi.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram