Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#Tarixiy_sana
#Amir_Temur_688
Markaziy Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ davlat arbobi va sarkarda, fan va madaniyat homiysi sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida tug‘ilgan.
Amir Temur va temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda taʼlimga eʼtibor, ilm- fanga homiylik davlat siyosatiga aylandi. Barcha shaharlarda oliy taʼlim dargohlari madrasalar barpo etilib, oʻz davrining yetuk olimu ulamolari tolibi ilmlarga dars berishga jalb etilgan.
Temuriylar davri renessansi rivoji bevosita Amir Temur asos solgan ulkan saltanatda adolatli boshqaruv tizimi barpo etilganligi katta oʻrin tutgan. Amir Temur har qanday taraqqiyotning asosi sifatli taʼlim tizimi ekanligini chuqur anglagan edi. Shu sababli Sohibqiron birinchi galda taʼlim va tarbiyani toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, ilmli, maʼrifati shaxslarning jamiyatdagi mavqeyini koʻtarish yoʻlidan bordi. Ulkan saltanatning barcha shahar va yirik qishloqlarida koʻplab boshlangʻich maktablar barpo etildi.
Tarixiy manbalarning dalolat berishicha, Amir Temur va Temuriylar davrida oʻgʻil bola 4 yil, 4 oy va 4 kunlik boʻlganda maktabga berish anʼanasi amalda boʻlib, boshlangʻich taʼlim ulkan saltanatning barcha madaniy oʻlkalarini qamrab olgan edi.
O‘sha davrning asosiy ta’lim dargohlari bo‘lgan maktab va madrasalarga vaqf mulklari ajratish orqali ularni moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagan.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#9aprel_Amir_Temur_tavallud_kuni
✅Bugun buyuk sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun
Ulug‘ sarkarda davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik salohiyati, ilm-u fan, sanʼat va meʼmorchilikka oid qarashlari va amallari bilan dunyoga mashhur hamda buyuk davlat asoschisidir.
Ushbu kun munosabati bilan kuni kecha Guliston shahridagi Prezident maktabida o'quvchilarning buyuk bobokalonimiz hayoti haqidagi tushunchalarini kengaytirish, davlat tuzumi va uni boshqarishdagi mohiyati, kelajak avlodlarga qoldirgan merosi, tuzuklari haqida ma'lumotlarni yanada mustahkamlash, biz Amir Temurning avlodi va uning ezgu ishlari davomchisi ekanligimizni anglatish, qalblarda milliy iftixor tuyg‘usini yuksaltirish maqsadida "Adolat-barcha amallarimiz asosi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
✨Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram

#10_aprel_Abdulla_Qodiriy_tavallud_kuni
ABDULLA QODIRIY-O'ZBEK ROMANCHILIGI ASOSCHISI
⚡️Bugun Guliston shahridagi Prezident maktabida ertalabki saflanish vaqtidan unumli foydalangan holda ona tili va adabiyot fani o'qituvchilarining tashabbusi bilan O'zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 130 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
✅Maktabning 7-sinf o‘quvchilari tomonidan A.Qodiriy hayoti va ijodiga doir qiziqarli hamda foydali ma’lumotlar berilib, she’rlaridan namunalar aytildi. Ayniqsa “Mehrobdan chayon” asaridan sahnalashtirilgan kichik parcha hamda adibning uy-muzeyiga virtual sayohat barchaga birdek manzur bo'ldi.