Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.22K subscribers
12.1K photos
955 videos
6 files
2.86K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#ijod_maktablari
#Faxrimiz

Prezident ta'lim muassalari agentligi tasarrufidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi Azizbek Murodxo'jayev AQSHning nufuzli Arizona universitetiga o'qishga qabul qilindi.

🔹 Azizbekning qo'lga kiritgan grandlari miqdori 88 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

📊 Ma'lumot uchun, Arizona Universiteti AQSHning TOP-100 talik reytingidan o'rin olgan.
#Faxrimiz
#Prezident_maktablari

RUXSHONA LONDONGA SAYOHAT QILADI!

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi "Linguist" olimpiadasi g'olibi bo'ldi.

Xiva shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o'quvchisi Ruxshona Aminboyeva Xorijiy tillarni o'rganishni ommalshtirish agentligi tomonidan tashkil etilgan "Linguist" olimpiadasida ishtirok etib, faxrli 1-o'rinni 🥇qo'lga kiritdi.

✔️Ruxshona esdalik sovgʻalari bilan bir qatorda Londonga sayohat qilish imkoniyatini ham qo'lga kiritdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Faxrimiz

🔰"EL-YURT UMIDI" GRANTINI QO‘LGA KIRITGAN O‘QUVCHILARIMIZ

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab bitiruvchilari “El-yurt umidi” jamg‘armasini stipendiyasini qo‘lga kiritishmoqda

❇️Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Malika Ma’murjonova AQShning nufuzli universitetlarida o‘qish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasining “Jamg‘arma stipendianti” deb e‘tirof etildi.

❇️Xiva Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchilari AQShning nufuzli universitetlarida o‘qish uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasini qo‘lga kiritdi!
⭐️ Jahonabegim Madrahimova, Missuri universiteti, AQSH
⭐️ Islombek Abdullayev, Arizona universiteti, AQSH
⭐️ Nodirbek Sadullayev, Arizona State University, AQSH

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Faxrimiz
#bizning_shunday_õqituvchilarimiz_bor

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabining biologiya fani o‘qituvchisi Azamatov Rustam Alisherovich
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Huzuridagi Davlat Test Markazi Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatining B2 darajasiga ega bo‘ldi!🥳👏

Hurmatli Azamatov Rustam Alisherovich sizni ushbu muvaffaqiyat bilan maktab jamoasi nomidan samimiy tabriklab, kelgusidagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!


Guliston shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati.

Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/
#Faxrimiz
#bizning_shunday_õqiyuvchilarimiz_bor

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Valijonov Sunnatulla Ulug‘bekovich
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Huzuridagi Davlat Test Markazi Chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatining B1 darajasiga ega bo‘ldi!🥳👏

Hurmatli Valijonov Sunnatulla Ulug‘bekovich sizni ushbu muvaffaqiyat bilan maktab jamoasi nomidan samimiy tabriklab, kelgusidagi ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!


Guliston shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati.

Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram/
#faxrimiz

❇️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti faol talabalari hamda professor-o‘qituvchilari tomonidan Respublika miqyosidagi maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan “Qishki maktab” loyihasi ishtirokchilarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabi 9-"Blue" sinf o'quvchisi Farmonov Azizbek ham ushbu loyihada qatnashib, munosib taqdirlandi.👏👏🥳

Shuningdek, universitetda Karyera markazining ham ochilish marosimi o‘tkazilib, markaz ochilishida bir necha xalqaro kompaniyalarda ish tajribasiga ega mutaxassis ekspert Alisher Rustamov ishtirok etdi.

💫O‘quvchimizni ushbu yutug'i bilan tabriklab, kelgusidagi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!


Bizni kuzatishda davom eting
:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#faxrimiz_
#bizning_shunday_ustozlarimiz_bor

⚡️Guliston shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o'qituvchisi Hamza Xudoyorov "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi

💫Hurmatli ustoz, Sizni Guliston shahridagi Prezident maktabi jamoasi samimiy qutlaydi. Sizga mustahkam sog'lik, sharafli va mas'uliyatli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar, oilangizga esa tinchlik va farovonlik tilaydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📱
Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#faxrimiz_
#xalqaro_olimpiada
#Guliston_Prezident_maktabi

O'QUVCHIMIZ-SEAMO OLIMPIADASI G'OLIBI

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf o'quvchisi Muhammadjon Olimboyev Singapurda o’tkazilayotgan SEAMO olimpiadasi (18 ta davlatdan talabgor nomzodlar o'rtasida )da munosib ishtirok etib, kumush medalini qo'lga kiritdi.

⚜️Ushbu yutuq bilan o'quvchimizning ota-onasi hamda ustozlarini samimiy tabriklab, uning kelgusi o'qishlarida omad va yanada ulkan zafarlar tilab qolamiz.


Rasmiy sahifalarimiz:⬇️
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Prezident maktabi oʻquvchisi dunyo boʻyicha 14-oʻrinda turadigan Chikago universitetiga 100 foizlik grant asosida qabul qilindi

Tanishing Asilbek Ashurov, u Guliston shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi. Asilbek AQShning nufuzli Chikago universitetiga 420 000 AQSh dollar miqdoridagi toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

U Chikago universitetining toʻliq grantini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik oʻquvchi sifatida tarixga kirdi.

Aytish joizki, Chikago universiteti dunyodagi eng nufuzli oliygohlardan biri boʻlib, xalqaro miqyosda oʻzining ilmiy tadqiqotlari, yuqori sifatli taʼlimi va kuchli akademik anʼanalari bilan tanilgan.

QS “World University Rankings” va “Times Higher Education” kabi xalqaro reytinglarda Chikago universiteti doimiy ravishda eng yuqori oʻrinlarni egallab keladi. Hozirda ushbu universitet dunyo miqyosida 14-oʻrinda turadi.

Alohida aytib oʻtish kerakki, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Prezident maktablari bugun oʻz mevalarini bera boshladi.

Asilbek yagona misol emas. Oʻtgan yillar davomida Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354 000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan oʻqishga qabul qilingan. Maktabning yana bir bitiruvchisi Sayfullo Saidov dunyo reytingida 9-oʻrinda turuvchi “University College London” oliygohiga, shuningdek, dunyo QS reytingida 17-oʻrinda turadigan Prinston universitetiga 350 000 AQSh dollari miqdoridagi toʻliq grant asosida muddatidan oldin oʻqishga qabul qilingan. Qizlarimiz ham faol. Masalan, Namangan Prezident maktabining bitiruvchisi Goʻzal Haydarova hozirda Garvard universitetida toʻliq grant asosida taʼlim olmoqda.

Ushbu nufuzli universitetlar bitiruvchilari orasida taniqli olimlar, Nobel mukofoti sovrindorlari koʻpchilikni tashkil qiladi. Ajab emas, yillar oʻtib oʻquvchilarimiz ham ular orasidan joy olsa.

Fursatdan foydalanib, Asilbek, uning ota-onasi va taʼlim bergan ustozlarini bugungi yutuq bilan yana bir bor tabriklayman.

#xushxabar #faxrimiz #Prezident_maktablari

@hilola_umarova