Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.16K subscribers
11K photos
898 videos
6 files
2.63K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#ishchi_guruh
#sport_maktablari

TIZIMDAGI SPORT MAKTABLARI FAOLIYATI YAQINDAN OʻRGANILMOQDA

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘ldi.

Ishchi guruh tomonidan mazkur sport maktablarida o‘quvchi-sportchilarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv-mashq jarayonlari tanqidiy-tahliliy o‘rganilib, mas’ullarga tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunda Bahodir Jalolov nomidagi sport maktabida 140 ta, Oksana Chusovitina nomidagi sport maktabida 139 ta sportchi-o‘quvchi ta’lim olmoqda.

A.Ubbiyev mas’ullar bilan muloqotda yosh bokschi va gimnastikachilarni texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish, ayni jarayonga ilg‘or tajribalar, eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish lozimligini alohida ta’kidladi.

O‘rganish doirasida Agentlik direktori sportchi-o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning o‘quv-mashq jarayonlarini, ustoz-murabbiylari haqidagi fikrlari, kelgusidagi orzu-maqsadlari bilan qiziqdi.

Shuningdek, A.Ubbiyev yoshlar bilan muloqotda davlatimiz rahbari boshchiligida sport sohasida olib borilayotgan islohotlar samarasida Vatanimiz jahonga ko‘plab sport yulduzlarini taqdim qilayotgani, Olimpiya o‘yinlaridagi shohsupalar, jahon chempionatlaridagi g‘alabalarning barchasi O‘zbekiston sportining yuksak salohiyatini namoyish etayotganini ta’kidlab, kelgusida sportchi-o‘quvchilarimiz yurtimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishiga tilak bildirdi.

Agentlik direktori boshchiligida tizimdagi maktablar faoliyatini joyiga borib o‘rganish ishlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#ishchi_guruh
#uchinchi_kun
#Qoraqalpogʻiston

AGENTLIK RAHBARIYATINING MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining oʻrinbosari Sevara Shakirova boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib turibdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi, Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi, Nukus tuman va Nukus shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filialida o‘quvchilarning sifatli ta'lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar hamda dars jarayonlari oʻrganildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchilarga ilmiy-pedagogik faoliyatlarini samarali tashkil etish, o‘z bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini yanada kengaytirish borasida amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, masʼullarga oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yoshlar_korrupsiyaga_yõq_deydi
#Aksil_korrupsiya

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabida Zamonaviy dizayn va Art to‘garagi a‘zolari ishtirokida Aksil korrupsiya haftaligi doirasida "Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi"
shiori ostida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. O‘quvchilar ushbu tanlovda faol ishtirok etishdi.

💫Shuningdek, sinf soatlari, ertalabki saflanish hamda dars mashg‘ulotlari davomida ham o‘quvchilarga Korrupsiya va uning oqibatlari to‘g‘risida atroflicha ma‘lumotlar berildi
.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram