Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.21K subscribers
12K photos
945 videos
6 files
2.83K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#ishchi_guruh
#Sirdaryo

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Sirdaryo viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Science
#Presidential_School_in_Gulistan

🏢Guliston shahridagi Prezident maktabi Science fani o‘qituvchisi Hinal Kalavadiya rahbarligida 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida "Koinot bo‘ylab sayohat"🪐☀️ mavzusida Science fanida o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llab, o‘zlari mustaqil ravishda qo‘l mehnati asosida mavzuga oid turli xil ko‘rgazmali qurollar, sohaga oid loyihalar taqdimotini namoyish etishdi.

🌈Taqdim etilgan proyektlar maxsus komissiya a‘zolari tomonidan munosib baholandi. Shuningdek o‘quvchilar, ushbu noodatiy dars mashg‘ulotida omma oldida erkin nutq so‘zlash, o‘z fikrini bayon qilish kabi qobiliyatlarini ham namoyish etishdi
.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram