Guliston shahridagi Prezident maktabi ⚡️ Presidential School in Gulistan
1.14K subscribers
11K photos
904 videos
6 files
2.65K links
Guliston shahridagi Prezident maktabi:
📌Prezident maktabiga qabul jarayonlari
📌Prezident maktabidagi yangiliklar
📌To‘garaklar faoliyatidan lavhalar
📌O‘quv jarayonidan lavhalar
📪Murojaat uchun: @GulistonPM_bot
☎️ 67-236-02-07
Download Telegram
#tayinlov

Guliston shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Xudaykulov Sherzod Uktamovich Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri buyrug‘i bilan Sirdaryo viloyati maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

💫Hurmatli Sherzod Uktamovich! Sizni ushbu mas‘uliyatli lavozimga tayinlanganingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusidagi ishlaringizda ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Bir ahil jamoada ishlash davomida Siz bizga jonkuyar, adolatli, halol va mehnatsevar rahbar sifatida barchamizga o‘rnak bo‘lib keldingiz! Kelgusidagi faoliyatimiz davomida ham Siz o‘rgatgan yo‘ldan yurgan holda Vatan ravnaqi uchun o‘zining munosib hissasini qo‘shadigan yoshlarni tarbiyalashga bor kuch-g‘ayratimiz bilan harakat qilamiz!

Bizga qilgan barcha yaxshi amallaringiz, adolatli va samimiy rahbar bo‘lganingiz uchun tashakkur!

Hurmat bilan Guliston shahridagi Prezident maktabi jamoasi
!

Telegram/Facebook/YouTube/ Instagram
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLANDI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tayinlov

AGENTLIK HUZURIDAGI FAN OLIMPIADALARI MARKAZIGA DIREKTOR TAYINLANDI

Agentlikning tegishli buyrug’iga ko‘ra, Toʻraboy Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi direktori etib tayinlandi.

T.Shermatov ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Toshkent shahridagi INHA universitetining uzluksiz taʼlim markazi fizika va matematika o‘qituvchisi, OʻzFA Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik ilmiy xodim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar T.Shermatov Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Taʼlim sifatini baholash va monitoring qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi T.Shermatovni tayinlov bilan qutlab, iqtidorli oʻgʻil-qizlarni yuzaga chiqarish yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube