Frontend
3.67K subscribers
405 photos
58 videos
24 files
382 links
Barchasi Frontend dasturlash haqida!

- So'nggi yangiliklar
- Eng yaxshi resurslar
- Intervyu savol - javoblar

Vakansiyalar: @frontendVacancy

Reklama va hamkorlik: @chapaniDev
Download Telegram
#statistics #github #developers


📊 GitHub Octoverse 2025 hisobotining eng muhim qismlari

Asosiy o'sish ko'rsatkichlari:
- Har soniyada 1 ta yangi dasturchi: 36 milliondan ko'p akkaunt ochilgan, umumiy dasturchilar soni 180+ mln.
- Oylik 43,2 million pull request birlashtirilgan (+23% o'tgan yilga nisbatan)
- 986 million commit yuborilgan
- Daqiqasiga 230 yangi repository yaratilmoqda

AI odatiy ish rejimiga aylandi
- Yangi dasturchilarning 80% i birinchi haftadayoq GitHub Copilot-dan foydalanishni boshlashgan
- 1,1 million ochiq repository LLM SDK-dan foydalanadi
- AI loyihalariga hiss qo'shadiganlar soni 200 minggacha yetdi

Dasturlash tillarida inqilob
- TypeScript 2025 avgustda birinchi marta Python va JavaScript-dan o'tib ketdi GitHub-da eng keng tarqalgan til bo'ldi (~2,6 million dasturchi)
- TypeScript 1 milliondan ortiq yangi dasturchi jalb etdi

Global rivojlanish: Hindiston yetakchi
- Hindistondan 2025-yilda 5,2 million dasturchi qo'shilgan
- 2030-yilga qadar 57,5 million dasturchiga erishish prognozi - har uch yangi dasturchidan biri hindistonlik bo'ladi

Manba: GitHub Octoverse 2025

@frontend
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3