#Bobolar_izidan
#Ozarboyjonga
💥💥💥 Shok xabar! Navoiy bobomiz tirik ekan 🎉🎉🎉
Va nihoyat Navoiy bobomizni Bokudan topdik. Sensatsion xabarni oʻqishdan oldin kanalga obuna boʻlishni unutmang!😂😂😂
Ashinaqa videolar uchardi Youtubeʼda. Ozarboyjon rassomi Navai Metin bilan tanishib, beixtiyor oʻsha hazilni esladim.
Navai Metin 1961-yili Ozarboyjon gʻarbidagi Qazax rayonida tugʻilgan. Aytishicha, otasi Alisher Navoiy nomidagi kolxoz raisi boʻlgan. Adabiyotga, ulugʻ shoirga hurmatan oʻgʻliga shunday ism bergan.
Oʻzbekistonda Alisherlar koʻp. Beruniylar ham yoʻq emas. Biroq Navai ismini birinchi eshitishim. Yana deng, qardosh oʻlkada bizning bobomiz sharafiga qoʻyilgan boʻlsa🤩
🗄 Farrux Jabborbek

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍19👏6😁2👎1
Farrux Jabborbek
#hayot Erkakka qiymatni ayol beradi. Ramiz Ravshan 🗄 Farrux Jabborbek
#Bobolar_izidan
#Ozarboyjonga
Ramiz Ravshan bilan uchrashish ozarboyjon ziyolilari uchun ham oson emas ekan. Kimga aytsak, yelka qisadi. Uchrashuv uyushtirishni vaʼda qilolmayman, deydi. Lekin shoir oʻzbek muxlislariga yoʻq deya olmadi (Ozarboyjonda ko‘proq mashhurmanmi yo O‘zbekistonda, deb lutf qildi). Bir soatga deb kelib, toʻrt soat suhbat qurdi. Keyin yana boshqa tadbirga borishi kerak ekan, bormaydigan boʻldi. Sheʼr oʻqildi, savol soʻraldi, javob aytildi.
Bir mahalliy jurnalist fursatdan foydalanib, ayol haqida sal bepisandroqmi-yey, yengil-yelpiroqmi-yey, xullas, sariq matbuot savolini bergan edi, Ramiz Ravshan kameradan yuz oʻgirib, biz tomonga qarab gapira ketdi. Xulosa shuki, erkakka qiymatni ayol beradi.

👍13🔥4
#jurnal
Toshkent, 2025
“Til va adabiyot ta’limi” jurnalining ilk soni 1958-yili chop etilgan. Qariyb 70 yillik taxlamlarini varaqlab, har davrning o‘zgacha nafasini sezamiz. Ko‘z o‘ngimizdan bir necha evrilishlar o‘tadi: “Русский язык и литература в узбекской школе”, “Преподавание языка и литературы”, keyinroq jurnal nomiga “Language and Literature Teaching” qo‘shilgan. Tabiiyki, mazmun-mundarija zamonasiga qarab o‘zgarib turgan.
Hozir 1958-yil emas, 1988-yil ham emas… Nima demoqchi bo‘lganimizni yarim asrlik sodiq mushtariylarimiz yaxshi anglaydi. Til, adabiyot, ta’lim yo‘nalishida mana shunday jurnal chiqarish uchun millat, davlat va albatta, jurnalistikamiz, tahririyat ijodiy jamoasi muayyan yo‘lni bosib o‘tishi kerak edi. Bugun biz “Til va adabiyot ta’limi” jurnali tarixida yangi bir sahifa ochar ekanmiz, nashrga asos solgan, qadamma-qadam rivojlantirib kelgan, iqtisodiy qiyin vaziyatlarda faoliyati to‘xtab qolmasligi uchun kurashgan ustozlarni ehtirom bilan yodga olamiz.
Jurnal o‘zining 70 yillik an’analarini davom ettiribgina qolmay, o‘zbek matbuoti yutuqlariga vorislik qilishga intiladi. Hozir safi tobora siyraklashib borayotgan milliy nashrlarimizning asriy tajribasi shunchaki yo‘qlikka yuz tutishiga tomoshabin bo‘lish yaramaydi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Qodiriy, Ibrohim Rahim, Asqad Muxtor, Vahob Ro‘zimatov, Ra’no Tolipova, Mahmud Sa’diy, Erkin A’zam, Xayriddin Sulton, Xurshid Do‘stmuhammad, Nurulloh Muhammad Raufxon, Halim Said va boshqa ustoz muharrirlarning mo‘tabar yo‘li uzilib qolmasligi kerak.
Millatning birligi va borligini bildiradigan – tili va adabiyotidir. Ta’lim esa bu borada bardavomlikni ta’minlaydi. Millat – qon emas, gen emas. Millat bu – g‘oya, mafkura. Xalq har qayerda yashashi mumkin. Millat esa til va adabiyotda yashaydi. Til tarixni aks ettiradi. Tafakkurni ifodalaydi. Muloqot yaratadi: faqat tiriklar orasida emas, ajdodlar bilan ham. Kelajak avlodlarga eng muhim kodlarni qoldiradi. Adabiyot – til obidalaridir, ko‘ngil obidalari. Arslonxonning Buxoroda qurgan Kalon minorasi har qancha baland bo‘lmasin, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni shuhrati yetgan joylardan ko‘rinmaydi.
Til deganda faqat ona tili nazarda tutilmaydi, albatta. Jahon bilan ham til topishish kerak. Ammo bordi-keldilar, oldi-berdilar asnosida o‘zlikni yo‘qotib qo‘ymaslik masala. Millatning qalbi omon bo‘lsin. Bu sharafli vazifa ziyolilar zimmasida: zalvarli mas’uliyat shoir, yozuvchi, olim va jurnalistdan ortib muallimlar yelkasiga tushadi. “Til va adabiyot ta’limi” jurnalining ushbu qutlug‘ yo‘lda Sizlarga bir hammolchalik yordami tegsa, ijodiy jamoa ko‘zlagan maqsadiga yetgan bo‘ladi.
“Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2025-yil 1-soniga kirishso‘z

👍14🔥7💯3❤1
#folklor #hayot
Kambagʻalning yarimta noni bor, koʻnglida gumoni bor. Annamdan eshitgan edim. Koʻp karra.
Kambagʻal bitta non topib, yarmini kechqurun bolalari bilan boʻlishib yebdi. Qolganini u yerga yashiribdi, bu yerga yashiribdi, oxiri qoʻyniga solib yotibdi.
Baribir koʻngli joyiga tushmabdi. Ertalabgacha yarimta nonni saqlashga koʻzi yetmay (oʻziga, bolalariga ishonmagan; kechasi birov soʻrab kelishi ham bor; zamon algʻov-dalgʻov: amaldori – qaroqchi, qaroqchisi – taptortmas), xullas, har tomonini oʻylab, oxiri oila aʼzolarini uygʻotib, yarimta nonni boʻlishib yeb qoʻya qolibdilar.
Ertagacha xudo poshsho, tishini bergan rizqini ham beradi, degan-da.

😭6❤5👍5🔥3
#ehson #hisobot
Shoir Yo‘ldosh Eshbek uchun shu paytgacha yig‘ilgan jami summa 103 957 712 so‘m bo’ldi.
Jumladan, "Akademnashr" ehsonga deb ajratgan 690 ta "Turk she’riyati antologiyasi" kitobidan 145 ta sotildi.
Yo‘ldosh aka Istanbulda muolaja olib qaytdi. Ko‘z nurini hozirgi darajada saqlash uchun davolanishni Toshkentda davom ettiryapti.
Tadbirkor Marat Hamdamov sentabr oyida ikki xonali uy berishni va’da qilgan. Shoirni oilasi bilan birga yangi xonadonga ko‘chirib olsak, marra bizniki!
Aytgancha, kimda imkon bo‘lsa, kitob sotishga yordam qilinglar🙏
🗄 Farrux Jabborbek
Shoir Yo‘ldosh Eshbek uchun shu paytgacha yig‘ilgan jami summa 103 957 712 so‘m bo’ldi.
Jumladan, "Akademnashr" ehsonga deb ajratgan 690 ta "Turk she’riyati antologiyasi" kitobidan 145 ta sotildi.
Yo‘ldosh aka Istanbulda muolaja olib qaytdi. Ko‘z nurini hozirgi darajada saqlash uchun davolanishni Toshkentda davom ettiryapti.
Tadbirkor Marat Hamdamov sentabr oyida ikki xonali uy berishni va’da qilgan. Shoirni oilasi bilan birga yangi xonadonga ko‘chirib olsak, marra bizniki!
Aytgancha, kimda imkon bo‘lsa, kitob sotishga yordam qilinglar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍9🔥5
#folklor #maqol #hayot
Chaynaganing emas, yutganing oʻzingniki.
Ogʻzidagi oshini oldiraverib, oxiri asrlarga tatigulik xulosasini shu maqolga mujassam etgan elimiz.
Ayniqsa, mustaqillikning ilk yillarida hammasi algʻov-dalgʻov boʻlib, beqarorlik hukm surganida koʻp eslanardi shu naql. Bolalik xotiralarimdan, qulogʻimda qolgan gaplardan tikladim. Shunchun ifodasi biroz gʻalizdek ham tuyulyapti.
Ertangi kunga ishonchsizlik bogʻlarning qurib bitishiga olib keldi (birgina misol). Chunki ekkan niholi hosil bergunicha yer oʻzida qolishiga ishonmay qoʻygan xalq.
Hokimiyat kaptarxona misoli: biri uchib, biri qoʻnadi. Kelgan kas borki, optimallashtirish bahonasida yerlarni tortib olib, qayta pullaydi. Hokim "bechora"larga olis tumanlarda shundan boshqa resurs ham yoʻq sotgani. Gavjumroq hudud rahbarlari bozorni avval yoqib, so‘ngra qurib, soqqa qiladi.
Faqat daraxtzor bogʻlar emas, mazojan kadrzor bogʻlar, mutaxassiszor bogʻlar ham qurib bitayozdi. ...-zor, ...-zor, ...-zor boʻldik. Yaʼni oʻzaksiz qoldik, faqat qoʻshimchalar bilan yolg‘iz qoldik. Qoʻshimchalar oʻzaklik daʼvo qildi.
Tizimlar barbod oʻldi. Yangilari tuzilmadi, tizilmadi. Chunki chaynaganing ham birovniki, faqat yutganing oʻzingniki, degan maqol umummilliy shiorga aylandi.
Faqat bugunni oʻylaydigan, faqat bugun ochko ishlashni koʻzlaydigan taktiklarga kunimiz qoldi. Strateglar esa uquvsiz, ogʻirkarvon degan bahonada safimizdan haydaldi. Ular ekkan bogʻlar meva berganida egasini eslamadik. Avvalosi, oʻzi mansabdan ketgach, yaratgan tizimlarini ham agʻdar-toʻntar qildik. Obroʻ oldingi rahbarga ketmasin, dedik. Bizning ham yakkam-dukkam ogʻochlarimiz meva tugishga ulgurmadi, bizdan keyingilar boltaladi.
Uzoq muddatli loyihalarni boshlashga odam ikkilanadi. Chunki hech kim kafolat boʻlolmaydi, rahbaring ham, rahbaringning rahbari ham. Aslida shaxslarga bogʻlanib qolish beqarorlikning bosh sababidir.
Yangi rahbar sohaga kirishib olguncha ikki yil ketadi. Muammolarni tizimli oʻrganib, zaruriy oʻzgarishlarni boshlaguncha fursat bermaymiz. Shunchun yangi kelgan rahbar birdan avrani astar, astarni avra qilib oʻzini koʻrsatgisi keladi. Bor tizimning ham titi-pitisini chiqarib tashlaydi. Lekin oʻzi yangi tizim yaratishga ulgurmay, yo koʻtarilib ketadi (qisqa muddatli akrivatik usullari ochko olib kelsa), yoki urilib ketadi (soqqa bilan qoʻlga tushib qolsa). Keyin kelganining qismati ham shu...
Gap choʻzildi. Mavzu tugamadi...

😭5👍4🔥4❤2
#tahrir
o‘z ichiga oladi ❎
qamrab oladi✅
✏️ o‘z ichiga oladi – butkul xato deb ham bo‘lmaydi-yu, nimasi bilandir o‘zbekcha emasligi sezilib turibdi. Qamramoq, qamrab olmoq fe’llarini ishlatgan yaxshiroq. O‘zim 100 dan 95 holatda shunday yo‘l tutaman. Taxminan 5 foiz holatda esa "ichiga oladi", "o‘z ichiga oladi" ifodasini qoldiraman, teginmayman.
🗄 Farrux Jabborbek
o‘z ichiga oladi ❎
qamrab oladi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥4❤1
Forwarded from Suhrob Ziyo
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#matbuotchilar_kuni
Ustoz Mahmud Sa'diydan jurnalistika va jurnalist vijdoni haqida fikrlar.
Ustoz "Adabiyot va san'at"da ishlagan paytlari yonlariga borganimizda olgan ekanman. Tasodifan topib oldim. O‘shanda ular bilan birga ishlash tushimga ham kirmagan edi...
Davomi bor.
@suhrob_ziyo1

🔥4❤2👍2💯1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farrux Jabborbek
#tahrir #savol Qaysi biri toʻgʻri? ⚫️ Vyetnam 🔴 Vietnam 🟢 Vetnam
#tahrir
Oʻzbek kiril alifbosidagi Вьетнам soʻzini oʻzbek lotin alifbosiga aylantirsak, qoidaga koʻra Vyetnam deb yozish kerak boʻladi (adashmasam).
Soʻz boshida ikki undosh kelishi tilimiz tabiatiga zid. Talaffuzni ham qiyinlashtiradi. Shu bois Vetnam deb yozishni maʼqullab kelar edim.
Soʻzning aslini va ingliz tilidagi ifodasini oʻrganib, Vietnam deb qabul qilganimiz yaxshi ekan, degan toʻxtamga keldim.
Bu mening shaxsiy fikrim, kim bilandir bahslashib qolsangiz, t.iss.one/Farrux_Jabborbek kanali Siz uchun huquqiy asos boʻlolmaydi🙂.
Shunisi ham borki, koʻpchilik Vietnam deb yozishga odatlansa, nazariyachilar qoidalarni oʻzgartirishi ehtimoldan xoli emas.

👍1🔥1💯1🤝1
#jurnal
Boshkentimiz o‘rtasida Alisher Navoiy haykali turibdi. Qiblaga qarab. Aslida 1991-yili shimolga yuzlangan holda o‘rnatilgan. Oliy Majlis oldidagi maydonda, hazrat haykali poyida Navro‘z, Mustaqillik bayramlari nishonlangan. Amir Alisher hamisha saltanat tashvishlari bilan ovora bo‘lib, haj ziyoratiga borolmagani ramzi o‘laroq, Adiblar xiyoboni barpo etilayotgan payti haykal g‘arb tomonga o‘girib qo‘yilgan. Hozir gap bu haqda emas.
Alisher Navoiy bizdan doim yuksakda, uni ko‘rish uchun yuqoriga qarash kerak bo‘ladi. Shunda o‘z-o‘zidan qomatimiz rostlanadi. Gavdani sal ortga tashlab, kerilamiz ham. Ulug‘ siymoga biroz tikilib, keyin gumbaz ichidagi shohbaytni o‘qiymiz: Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘, // Yor o‘ling bir-biring‘izgakim, erur yorlig‘ ish. Buyuk ajdodlarning hatto haykali ham bizni qaddimizni tiklashga majbur qilgani yaxshi. Biroq hozir gap bu haqda emas.
Milliy davlatchiligimiz cho‘qqisi Amir Temur saltanati deb olinsa, bu davr zirvasining ilmiy cho‘qqisi – Mirzo Ulug‘bek, ijodiy cho‘qqisi – Alisher Navoiy, siyosiy-harbiy cho‘qqisi (Sohibqironning o‘zidan so‘ng, albatta) – Bobur Mirzo, desak adashmaymiz. Lekin shunisi ham borki, milliy iftixorlar qanchalik qadimiy bo‘lsa, millatning keyingi asrlarda shunchalik cho‘kib borganini bildiradi. Hozir gap bu haqda emas.
Inson bu dunyoga kelib, faqat Alisher Navoiy asarlarini mutolaa qilsa kifoya. Maktabda Alisher Navoiy ijodi barcha adiblar o‘rnida o‘qitilsa maqsadga muvofiq (koshki, eplay olsak). Shu taxlit his-hayajonli chaqiriqlarga kattagina chegirma bilan qarashga o‘rganishimiz kerak. To‘g‘ri, lof bo‘lmasa, gap bo‘lmaydi. Lekin shaxsga sig‘inish halokatlidir muqarrar: barcha sohada, ayniqsa, ijodiy, adabiy, ma’naviy jabhada.
Alisher Navoiyni qanchalik osmonga chiqarib qo‘ysak, o‘zimizdan shunchalik uzoqlashtiramiz ham. Qo‘l yetmas mevaga, tushunib bo‘lmas dahoga aylanadi. Keyin bolalarda tushkunlik boshlanadi: baribir tishim o‘tmaydi, baribir unday bo‘lolmayman. Chunki muallimi ham Navoiyni anglamaydi. Chunki muallimi ham ushmundoq tarbiyalangan: maktabda, litseyda, universitetda. Shu bilan masala yopiladi, tushunishga urinib ham ko‘rilmaydi.
Ruh tinimsiz shakl izlaydi. Mos shakl topdimi, o‘sha ondayoq yana yangi shakl qidira ketadi. Natijada adabiyot va san’atda izlanishlar, yangilanishlar to‘xtamaydi. Garchi mohiyat o‘zgarmasa-da, ifoda turfalanib turadi. Shu ma’noda Alisher Navoiyni mutlaqlashtirish bizni turg‘unlikka olib boradi. Bu esa taraqqiyot tabiatiga zid. Daqqi, dogma olimlar, mubolag‘ago‘y ijodkorlarga quloq solmang.
Navoiy qancha buyuk bo‘lmasin, o‘zbek adabiyoti faqat uning ijodidan iborat emas.
Yaqin davrdan misol olsak, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Usmon Azim milliy she’riyatimizni baland pardalarga ko‘tardi. Ammo endi hech kim she’r yozmasa ham bo‘laveradi, deyilgani yo‘q. Hozir ayrim yosh qalamkashlar 40-50 yil burun ustozlar bitib ketgan gaplarni qayta qofiyaga tizib olqish olib yuribdi. Chunki bugungi o‘quvchiga baribir bugungi ifoda kerak. Bugungi kitobxonga bugunning navoiysi kerak (avvalgilarni o‘qish shart emas, degan xulosa chiqarib olinmasin tag‘in).
Xalqimiz o‘tmishida Amir Temur saltanatiday buyuk, yirik va qudratli davlat bo‘lmagani aniq. Biroq milliy davlatchiligimiz cho‘qqisi – mustaqil O‘zbekistondir (bu hecham qizil gap emas). Xuddi shunday, o‘zbek adabiyoti cho‘qqisiga qarash uchun hadeb ortga o‘girilib bo‘ynimiz og‘rimasin. Olg‘a intilish kerak. Alisher Navoiy biz uchun devor emas, narvon bo‘lsin. Gap shu haqda!

⚡3❤3😱2💯2👍1👏1
#maqola
"XXI asr" gazetasining 2025-yil 24-iyuldagi 29 (1131)-sonida Bobolar izidan" ruknida "Ozarboyjonga safar: shaxslar va g‘oyalar" sarlavhali maqolam chiqdi.
Iqtibos:
“Biz ham ma’nan shahidmiz! Ichdan shahidmiz!” deganida Umid muallimning shoir yuragi haqida o‘ylab qoldim.
U 1961 yili Fuzuliy rayonida tug‘ilgan. 1982–1987 yillari Moskvadagi Adabiyot instituti poeziya bo‘limida tahsil olgan. So‘ng Ozarboyjon Yozuvchilar ittifoqi nashri – “Adabiyot va injasan’at” gazetasiga ishga kiradi.
Mamlakatda alg‘ov-dalg‘ovli kunlar boshlanib, millatga shoirdan ko‘ra jangchi ko‘proq zarur bo‘lib qoladi. Vatan sendan qon, jon so‘raganida “gul”ga “bulbul”ni qofiya qilib yurish yarashmaydi...

🔥6👍4❤3⚡1
#fikr
Aslida hammasi boshqacha boʻlishi kerakligini bilib, lekin teskarisini qilib ishlash va yashashdan ogʻiri boʻlmasa kerak.

😭18👍5💯4❤3
#folklor
Ichan qal'ada o‘tgan "Asrlar sadosi" festivalida "Chavqi" ansamblining chiqishlariga, xususan, g'ayrioddiy ohanglari va jadal harakatli raqslariga sehrlanib qolgan edim. Tomirlarimda qadimiy bobolar ruhi uyg‘ongandek bo‘lgan.
Konsert tugagach, sahna ortiga o‘tsam, ularni chet elliklar o‘rab olibdi. Biri qo‘yib, biri savolga tutadi. Kiyimlarini ushlab ko‘radi. Birga suratga tushadi. Menga navbat ham yetmadi. Birgina savolimga javob oldim. Qayerniki? Bulung‘urniki!
O‘n olti imperiya qurgan turkiylarning harbiy merosi haqida ko‘p yoziladi. Lekin harbiy marshlari to‘g‘risida pichoqqa ilinadigan ma'lumot eshitmaganman. Musiqashunoslar bir-ikkita namuna keltirishdi, ularda shiddat sezilmagani bois ichim ilimadi.
Shu yili ko‘klam Abbos aka bilan gurungda birdan "Chavqi"ni esladim. Aytaylik, Amir Temur qo‘shinining harbiy qo‘shiqlari qayoqqa ketdi? Sohibqiron o‘limidan so‘ng yuz minglab lashkar parokanda bo‘lgan. Ayrim qismlari tarqatib yuborilgan. Ulardan bir guruhi Samarqand sharqidagi suvli, lalmi yerlarga o‘rnashgan. Ehtimol, oilasi bag‘riga qaytgan, dermiz.
Xullas, sobiq jangchilar endi chorvachilik, dehqonchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Poda boqadi. Qo‘sh haydaydi. Galagov yanchadi. Shuurda qolgan ohanglar mehnat qo‘shiqlariga aylanib boradi. Shu tariqa bugun biz juda maishiy mavzudagi aytimlarni folklor deb yuribmiz. Sobiq ittifoq davrida ham mehnatni ulug‘lash siyosati ortidan xalq og‘zaki ijodida mazkur motivlarga ortiqcha urg‘u berilgan.
Bulung‘ur baxshilar maktabi ham qahramonlik dostonlariga ixtisoslashgan ("botir qilib kuylagan"). Demak, bu elda jang san‘ati bilan aloqalar zich bog‘langan. Surishtirib ko‘rilsa, ehtimol, hozir ham hududdan harbiy soha vakillari ko‘p chiqar.
Alqissa, yovqur bobolar qo‘shig‘iga poda haydab yurishni to‘xtatishimiz kerak. Mana, eshitib ko‘ring 👉 "Chavqi" konsertining 3:26, 4:17, 4:54, 6:16 daqiqalarida, ayniqsa, seziladi ko‘hna ohanglar sehri.

YouTube
SAMARQAND "CHAVQI" FOLKLOR ETNOGRAFIK XALQ ANSAMBLI.
"ALPOMISH MEDIA"TAQDIM ETADI."YILBOSHI" "CHAVQI" FOLKLOR ETNOGRAFIK XALQ ANSAMBLI SAMARQAND VILOYATI BULUNG'UR TUMANI.BADIIY RAHBAR:SUVONQUL ABDUQODIROV (OLTIN FONDDAN)
#SAMARQAND_CHAVQI_FOLKLOR_
#SAMARQAND_CHAVQI_FOLKLOR_
👍6🔥2👏1💯1
Forwarded from OYINA.UZ
Ozarboyjonga ekspeditsiya: shaxslar va gʻoyalar
Safarimiz tahlikali vaziyatga toʻgʻri keldi. Ozarboyjonning janubiy qoʻshnisi Eron osmonida raketalar tutuni hali tarqamagan edi. Postsovet mamlakatlariga siyosiy bosim oʻtkazish uchun mehnat muhojirlariga zoʻravonlik qilinishiga koʻnikib qolingan. Odatda bunaqa nayranglarga yon beriladi, kuch tomoni gʻarazli niyatiga erishadi. Biroq Bokuning dadil javobi barchani shoshirib qoʻydi.
Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3984
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Instagram | X | YouTube

🔥5⚡2❤2👍2👏1
30.07.25.ilova.docx
42 KB
#til
Atamalar komissiyasi 40 ta xorijiy so‘zning o‘zbekcha muqobilini tasdiqladi.
Boʻnak (avans), muztogʻ (aysberg), havola (link), qumqogʻoz (najdak), oʻron (parol), yoʻlchiroq (svetofor), chorlov (chellenj) kabi soʻzlar anchadan beri qo‘llanib kelinayotgan edi. Shuning uchun ortiqcha eʼtiroz uygʻotmadi. Koʻpchilik ovozi bilan qabul qilindi.
Atamalar komissiyasi ishchi guruhi muhokamalarida baʼzi oʻz soʻzlarimiz taklif qilinganda hatto ziyolilarimizning oʻzlari ham sapchib tushdi. Nima uchun? Chunki muomalaga chuqur kirmagan, hali singishmagan.
Demak, biror soʻzni rasmiy tasdiqlatishga erishishdan oldin amaliyotda koʻp-koʻp ishlatishimiz kerak. Toki ko‘z-quloq ko‘niksin. Keyin huquqiy mustahkamlab qo‘yish oson ko‘chadi.

👍8
Qo‘y tavonolig‘ so‘zin, yod et ajal xorinki, bil
Pashshalar nishi qoshinda notavone besh emas.
(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 223-g‘azal, 3-bayt)
Nasriy bayoni: Juda qudratliman, deya daʼvo qilma, ajal tikonini esla. Bilki, hatto oddiy pashshaning nishi oldida bir notavondirsan.
Adabiy tilimizdagi so‘ngsiz bahs – pashsha va chivin borasida Alisher Navoiy qaysi tomondaligiga bir isbot🤣

😁12👍3😭1