Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi |Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar ️
1.61K subscribers
11.4K photos
1.33K videos
166 files
4.65K links
✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar
✔️ Ijtimoiy yangiliklar
✔️ Ta'lim yangiliklari

@Alek1111 - Lavha joylash
Download Telegram
O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-son Qarori hamda Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 31-maydagi 178-son buyrug‘ida umumta’lim maktablarini keng polosali Internet tarmog‘iga ulash dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda xalq ta’limi tizimida Yagona “Elektron ta’lim” tarmog‘ini joriy etish vazifasi berilgan.

Shuningdek, barcha umumta’lim maktablarda Internet tarmog‘idan samarali foydalanish hamda Internet tarmog‘i muntazam ishlashini nazorat qilish maqasdida viloyatdagi umumta’lim maktablarga marshrutizator (Mikrotik) qurilmalari o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Farg'ona viloyat xalq ta'limi boshqarmasining “Bolam kasal bo‘lib qolgach, ishdan javob so‘radim, ammo...” mazmunda  ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarga
    RASMIY MUNOSABATI


Ushbu ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabar viloyat xalq ta'limi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o‘rganildi.

Mazkur xabarda mavhum o‘qituvchi tomonidan “Qo‘qon shahrida o‘qituvchilik qilaman. Havo sovuq, maktab ham. Bog‘chalar ishlagani yo‘q. Har kuni ishga soat 9 da borib, 16 da qaytamiz. Hamma o‘qituvchilar bir xonada "obogrevatel" yoqib o‘tiribmiz.
Bolam kasal bo‘lib qolgach, ishdan ketmoqchi edim, javob so‘rasam, tekshiruv kelsa maoshingiz kesiladi, deb qo‘yishmadi. Ishchi guruh tekshirib yuribdi ekan.
Sovuq sharoitni hisobga olishsa bo‘ladi-ku...”
deya iddao qilgan.

O‘rganish jrayonida mazkur xabardagi vajlar o‘z tasdig‘ini topmadi.

Qolaversa, ta’lim muassasasida faoliyat olib borayotganlar tomonidan joylardagi ta’lim tashkilotlariga, jumladan, viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga ham O‘zbekiston Respublikasining mehnatga oid qonunchilik talablarining buzilganligi yuzasidan murojaat qilinmaganlgini ma’lum qilamiz.

Shunday bo‘lsa-da, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan joriy yilda o‘tkazilayotgan onlayin yig‘ilishlarda (bunda viloyat xal ta’limi boshqarmasi tizimidagi barcha ta’lim tashkilotlari rahbarlari qatnashmoqdalar) mehnat munosabatlari, tomonlar haq-huquqlari, majburiy mehnatga jalb qilmaslik va mehnat intizomi xususida keng tushunchalar ham berib kelinmoqda.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Fargʻona viloyat xalq taʼlimi boshqarmasining “Yana majburiy mehnatmi? Margʻilondagi maktabda oʻqituvchilar taʼlimdan boshqa ishga jalb etilgani aytilmoqda” mazmunda  ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabarga
         RASMIY MUNOSABATI


Ushbu ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan xabar viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda atroflicha  oʻrganildi.

Mazkur xabarda nomaʼlum shaxs  tomonidan “Margʻilon shahar 7-maktabdan murojaat yoʻllayapmiz. Bugun 20-yanvar kuni maktab erkaklari majburiy ishga jalb qilindi. Yorilib ketgan isitish quvurlarini bolgarkada kesib, uni tozalash vazifasi yuklatildi” deb iddao qilingan.

Oʻrganish jrayonida mazkur xabardagi vajlar oʻz tasdigʻini topmadi.

Margʻilon shaharidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabida  joriy yilda 1728 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda.

Ularga 98 nafar oʻqutuvchilar saboq berib kelmoqda. Shundan 18 nafari erkak oʻqituvchilardir.

Oʻrganish doirasida maktab mutasaddilari va muallimlar hamda ijtimoiy tarmoqda rasmlari joylashtirilgan oʻqituvchilar bilan suhbatlashildi.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 16-yanvar kuni maktabni uchinchi chorakka tayyorlash uchun harakatlar davom ettirilgan.

Maktabning boshlangʻich sinflar oʻquv binosida issiqlik harorati talab darajasida boʻlmaganligi bois, yollanma payvandchi ustalar tomonidan zanglab, teshilib qolgan qoʻlbola yasalgan istish quvurlarini kesib, maktab hovlisiga qoʻyishgan. Ustalardan rahbariyat issiqlik tizimini tezroq faollashtirishlarini soʻrashgan.

Ustalar yaroqsiz temirlarni omborga joylashtirishga ulgurishmagan.

Tushlikdan qaytayotgan maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi A.Yu va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi D.R oʻzaro kelishib, pala-partish yotgan temir quvurlarni bir chetga olib qoʻyishgan. Bu ishni ular oʻz xohishlari bilan amalga oshirganlari maʼlum boʻldi.
Jarayon ishtirokchilari bilan suhbatlashganda, bir ogʻiz soʻramasdan ularning nomlaridan oʻzboshimchalik bilan surʼatlarini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirib, notoʻgri murojaat yuborganlardan oʻta norozi ekanliklarini bildirishgan.

Maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi A.Yu shu maktabni bitirgaligini, oliy maʼlumotli boʻlib, oʻz maktabida salkam 15 yildan buyon ishlashini bildirib, anomal ob-havo — sovuq kunlarda oʻz ixtiyori bilan nooʻrin yotgan 3-4 dona temir quvurlarni olib qoʻyishini kimsalar tomonidan majburiy mehnat deb bong urishini tushuna olmaganligini aytdi.

Shuningdek, maktab rahbariyati tomonidan oʻqituvchilarni majburiy boshqa ishlarni bajarish vajlari ham oʻz tasdigʻini topmaganligini maʼlum qilamiz.

Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati.
Ustozlar tajribasini oshirish, ularning namunali ishlarini ommalashtirish maqsadida respublika miqyosida qator tanlovlar tashkil etilmoqda.

Shulardan ommalashtirish.uz platformasidan ayni kungacha 20000 ga yaqin ustozlar ro‘yxatdan o‘tib, hozirda Respublika bo‘yicha 2000 ga yaqin ishlar ommalashtirishga ko‘rib chiqish uchun yuborildi.

Buvayda tumanidagi 2-VIDUMI kimyo fani o‘qituvchisi Shavkatjon Xudoyberdiyevning ommalashtirish uchun taqdim etgan "Bu ajoyib sulfat kislota" deb nomlangan dars ishlanmasi ko‘pchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Darsda o‘quvchilar rol o‘ynashlari jarayonida mavzuning ochib berilishi juda qiziqarli aks ettirilgan.

Ushbu o‘qituvchinining o‘quvchisi o‘tgan o‘quv yilida Mendeleyev xalqaro olimpiadasida “Bronza” medal olgan edi, ustozining tayyorlagan ishini ko‘rib, bu bejiz emasligiga guvoh bo‘lasiz.

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
.
DUNYONING SAKKIZINCHI MO‘JIZASI

Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati,  yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir.
Shavkat Mirziyoyev.
Bu dunyoda aziz ne’matlar ko‘p, lekin ularning orasida eng azizlaridan biri kitobdir.

Qaysi bir xalqda kitobxonlik ommaviy tus olgan bo‘lsa, o‘sha xalqning kelajagi porloq, omadi olam oshgan.

“Tasavvur qiling, tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz. Polotnolardagi ranglarni, odamlarning qiyofasini ko‘zingiz bilan ko‘rib, hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling, musiqa tinglayapsiz. Cholg‘u ohanglari, xonandaning ovozini qulog‘ingiz bilan eshitib, hayajonga tushasiz, endi tasavvur qiling, kitob o‘qiyapsiz. Oq qog‘ozda qora chiziqlar-harflardan bo‘lak hech qanaqa rang yo‘q. hech kim kuy ham chalmaydi. Ammo asarni o‘qishga kirishishingiz bilan ko‘z o‘ngingizda rangin manzaralar paydo bo‘ladi. Qulog‘ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. O‘zingiz bilmagan holda qattiq hayajonga tushasiz… Hech shubhasiz, badiiy adabiyot – dunyodagi sakkizinchi mo‘jiza!”, degan edi xalq yozuchisi O‘tkir Hoshimov.
Sakkinchi mo‘jiza sifatida e’tirof etiladigan kitob inson qalbining chinakam hamrohi, aql va fikr qayrog‘idir.

Bilasizmi, eng qadimgi kitoblar qachon va nimadan yaratilgan? Yer yuzidagi ilk kitoblar qadimgi Ossuriya va Bobilda loydan yaratilgan ekan.

Qadimgi Misrda esa kitob matnlari tosh taxtalarga bitilgan.

Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”.

Yurtboshimiz tomonidan ta’limga katta e’tibor qaratilmoqda, xususan, 2023-yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim” yili deb e’lon qilindi. Prezidentning ta’kidlashicha, ta’lim sifatini oshirish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to‘g‘ri yo‘lidir: “Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek, “Zakovat bor joyda ulug‘lik bo‘ladi, bilim bor joyda buyuklik bo‘ladi”.

Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta’lim dargohlariga borib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan ko‘proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz zarur”.

Biz o‘qituvchilar bundan qattiq ruhlandik. Ta’til davrida maktabimizda 3 ta shart asosida “Kitobxon o‘qituvchi” tanlovini tashkilladik: 1-shart – shoir va yozuvchilarning hayot va ijodiga doir tezkor savol-javob shaklida; 2-shart esa – “Eng yaxshi badiiy asar tahlili”; 3-shart “Eng ko‘p kitob o‘qigan o‘qituvchi” deb nomlandi.

Xulosa o‘rnida, kitob har qanday bilimnig joni va yuragidir, har qanday fanning ibtidosidir.

Mardonbek Xolmatov,
Quvasoy shahar 1-IDUM o‘qituvchisi.


Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 21 yanvar, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Yo‘llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
23-yanvardan barcha maktablarda lll chorak boshlanadi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan 23-yanvardan barcha hududlarda III chorak darslari boshlanishini ma’lum qiladi.

Bunda issiqlik ta’minotida muammosi bo’lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o’qishni vaqtincha masofadan olib borishlariga ruxsat etiladi.

Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi.

Yuqorida keltirilgan masalalar yuzasidan murojaatlaringizni
@xtv_nazorat_bot orqali yuborishingiz mumkin.
C 23 января во всех школах начнется III четверть

Министерство дошкольного и школьного образования доводит до вашего сведения, что с 23 января в школах начинается III четверть.

При этом школам, имеющим проблемы с теплоснабжением, до улучшения ситуации разрешается временно вести дистанционное обучение.

О том, какие школы будут временно на дистанционном обучение, родители будут уведомлены напрямую через каналы социальных сетей регионов и школ.

Обращения по вышеуказанным вопросам
можно отправить через @xtv_nazorat_bot.
👆Rasmiy bayonot

Xabaringiz bor, yurtimizda havo haroratining keskin pasayib ketishi munosabati bilan viloyati hokimligining tegishli qaroriga muvofiq viloyatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til joriy yilning 22-yanvar kuniga qadar uzaytirilgan edi.

Farg‘ona viloyat hokimining mazkur qaroriga asosan, 23-yanvar kunidan viloyatimizdagi jami 954 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarining barchasida o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy tarzda  boshlanganini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.
Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 31-maydagi 178-sonli buyrugʻiga asosan umumtaʼlim maktablarini keng polosali internet tarmogʻiga ulash dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda xalq taʼlimi tizimida Yagona “Elektron taʼlim” tarmogʻini joriy etish vazifasi belgilangan.

O'zbekiston tumani xalq ta'limi bo'limiga qarashli barcha umumtalim maktablarida ham internet tarmog'ining uzluksizligini nazorat qilish uchun mikrotik qurilmalari o'rnatilmoqda.

Tuman xalq ta'limi bo‘limi ta'limni raqamlashtirish bo'limi tomonidan mikrotik qurilmalari haqida va undan qanday foydalanish kerakligi to'g'risida maktablardagi informatika o'qituvchilariga keng tushunchalar berilmoqda.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.
Farg‘ona shahridagi 40-ixtisoslashgan umumiy o‘rta ta'lim maktabida 1089 nafar o‘quvchilar ta'lim va tarbiya olmoqdalar.

Viloyatimizning barcha maktablari singari mazkur muassasada ham dars mashg‘ulotlari an'anaviy tarzda boshlandi.

Dars jarayonlari to'liq bir navbatda tashkillangan bo'lib, darsdan keyin o‘quvchilar fanlar bo‘yicha qo'shimcha mashg'ulotlarda fanlar kesimida shug‘ullanmoqdalar.

Ta'lim muassasasining dars xonalaridagi o‘rtacha harorat 18-20 darajani tashkil etmoqda.

Maktabda o‘quvchilar davomati esa 96.5 foizni tashkil etdi.

O‘quvchilar kayfiyati yuqoriligi ustozlarning quvonchiga sabab bo‘ldi.

Farg‘ona viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati.