Farg‘ona viloyati maktabgacha va maktab ta'limi |Ijtimoiy tarmoqdagi yangiliklar ️
1.59K subscribers
11.4K photos
1.34K videos
166 files
4.68K links
✔️ Ta'limga oid qaror va qonunlar
✔️ Ijtimoiy yangiliklar
✔️ Ta'lim yangiliklari

@Alek1111 - Lavha joylash
Download Telegram
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar boʼyicha oʼrinbosarlari bilan ZOOM videokonferentsaloqa orqali boʼlib oʼtgan yigʼilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qoʼyildi.

Jumladan vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumtaʼlim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish  zarurligini taʼkidladi.

Аyni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʼquvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn taʼlim tizimiga oʼtkazish masalasini koʼrib chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasida “Ta’lim sifatini oshirish–Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir”, deb takidlab o‘tganlariday , 2023- yil yanvar oyida Farg‘ona shahar 30-umumiy o‘rta  ta'lim maktabida  ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha maktab direktori S.Mahmudova tashabbusi bilan, barcha fan o‘qituvchilari tamonidan o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi.

Rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari tamonidan Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozorovning “Yaponiya ta’lim tizimining strukturasi” mavzusida qilgan ma’ruzani o‘rganish uchun fan o‘qituvchilari tamonidan o‘quv seminari o‘tkazildi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tomonidan “Zamonaviy jamiyat uchun zamonaviy ta’lim” mavzusida tayyorlangan slaydi seminar ishtirokchilariga taqdim qilindi.

Qizg‘in munozaralarda uzoq yillik tajribaga ega va mahoratli ustozlarning fikrlari tinglandi, har bir fan o‘qituvchisi  o‘z oldiga aniq choralar belgilab oldi.

https://t.iss.one/FargonaviloyatXTB
#Psixologik_xizmat

Dang‘ara tumani 26-umumiy o‘rta ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi V. Tuychiyeva tomonidan pedagog xodimlar o‘rtasida "Siz baxtlisiz" nomli trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

Maqsad: Jamoaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etish.

https://t.iss.one/FargonaviloyatXTB
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli o‘quvchilar!

Zamonaviy kasblarni onlayn tarzda hamda o'z ona tilingizda mutlaqo bepul o'rganishni istaysizmi?


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada sizga yaqindan ko‘mak beradi.

Vazirlikning 30 dan ortiq zamonaviy kasblarni o‘zida jamlagan Milliy taʼlim resurslari Youtube kanalidagi videodarslar yoki Maktab.uz onlayn ta’lim platformasidagi 800 dan ortiq videodarslar bu yo'lda bilimingizni boyitishga yordam beradi.

O‘z yo‘lingizni bugun to‘g‘ri tanlashingiz kelajakdagi muvaffaqiyatingizni ta'minlaydi.

Yurtimiz siz kabi zamonaviy bilimlarga ega yoshlar bilan albatta, taraqqiy topishiga ishonaman!


Maktabgacha
va maktab taʼlimi vaziri
Hilola Umarova
Фарғона вилояти мактаблари ва мактабгача таълим муассасаларида қишки таътил 22 январга қадар узайтирилди

Маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг таълим соҳасидаги ваколатларига асосланиб, вилоят ҳудудида совуқ об-ҳаво шароити сақланиб қолаётганидан келиб чиқиб, Фарғона вилоятидаги 975 та умумтаълим мактабларида, Президент, ижод ва ихтисослаштирилган мактабларда ҳамда барча мактабгача таълим муассасаларида қишки таътил 22 январга қадар қайта узайтирилди.

Ўқув машғулотлари 23 январь, душанба кунидан бошланади.

Вилоятдаги барча таълим муассасалари раҳбарлари ҳамда соҳа мутасаддилари ушбу муддатдан келиб чиққан ҳолда тайёргарлик ишларини олиб боришмоқда. Ўқув машғулотлари бошланишига қадар совуқ натижасида муассасаларда юзага келган носозликларни тўлақонли бартараф этиш ишлари ташкил этилади.

23 январга қадар вилоят секторлари ишчи гуруҳлари вилоятдаги шаҳар ва туманлардаги барча умумтаълим мактабларида ҳамда мактабгача таълим ташкилотларида машғулотларни бошлашга тайёрлик ҳолатини бевосита ўрганиб чиқиши белгиланди.

Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
Farg‘ona viloyati hokimligi ko‘magi bilan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ta’lim muassasalarining qish mavsumida issiqlik ta’minoti bilan barqaror ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni jarayonda maktablardagi ma’nan eskirgan issiqlik tizimini yangilash, eski va samarasiz ishlaydigan isitish qozonlarini energiya tejamkor isitish qozonlariga almashtirishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Xususan, joriy yilgi qishki mavsumda ham bevosita viloyat hokimligi tomonidan ajratilgan salkam 6,4 milliard so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga 490 dona isitish qozonlari yangilash rejalashtirilgandi.

Yurtimizda anomal sovuq havo bo‘layotgan shu kunlarda viloyatdagi 100 dan ortiq ta’lim muassasalarning eski istish qozonlari o‘rniga 254 dona zamonaviy, qulay energiya tejamkor bo‘lgan zamonaviyi isitish qozonlari urnatildi.

Shu kunlarda ishlar navbatli tashkillanib, jarayonlar qizg‘in davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
.