Fan olimpiadalari markazi (FOM)
72.3K subscribers
4.54K photos
360 videos
843 files
2.55K links
🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi

Facebook: https://surl.li/uuaepu
Instagram: https://www.instagram.com/fan_olimpiadalari_markazi
Youtube: https://bit.ly/olimpdep
Download Telegram
#IOI_2025
#Opening_ceremony

Xalqaro Informatika Olimpiadasi – ochilish marosimi o‘tkazildi

📍Sukre, Boliviya

🏆Joriy yilda bo‘lib o‘tayotgan 37-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2025) ochilish marosimi yuksak darajada start oldi.

⚡️Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan iqtidorli yoshlar, shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoa vakillari ham qatnashmoqda.

💻Olimpiada imtihonlari sanasi:
🗓30-iyul va 1-avgust kunlari

📌Eslatib o‘tamiz:
2026-yilda bo‘lib o‘tadigan 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qilish sharafi O‘zbekistonga nasib etgan.

🫂 Ayni paytda Xalqaro Informatika olimpiadasi jarayonlarini o‘rganish, tashkiliy va texnik tajribalarni chuqur o‘zlashtirish maqsadida O'zbekiston delegatsiya ham Boliviyada bo‘lib turibdi.

🇺🇿O‘zbekistonlik yosh informatiklarimizga omad va zafarlar tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


GʻOLIBLAR TANTANALI KUTIB OLINDI

📍Dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etgan Xalqaro Iqtisod olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

📌Tadbirda Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, ustozlar, oila a’zolari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etib, gʻoliblarni samimiy tabrikladilar.

🇺🇿Terma jamoamiz a’zolari olimpiadada 2 ta medalni qoʻlga kiritib, O‘zbekiston yoshlarining iqtisod bo‘yicha global maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyon etdilar.

📊Statistik faktlar:
Olimpiada 2018-yilda Moskva shaharida ilk bor tashkil etilgan.
O‘zbekiston esa ushbu xalqaro olimpiadada 2024-yildan boshlab ishtirok etmoqda.


🎉 Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, yosh qahramonlar!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#IEO_2025

“Uxlagin endi, ko‘zing qizarib ketdi”, — desam, “Aya, ulgurmayman”, deydi.


- ©️Asliddin Boynazarovning onasi


Batafsil — videolavhada tomosha qiling.

📢Ma'lumot uchun:
O‘zbekiston Terma jamoasining a'zolari Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlari ishtirok etgan Xalqaro Iqtisod olimpiadasida katta muvaffaqiyatga erishdi.

🏆Terma jamoa a'zosi Asliddin Boynazarov kumush medal sohibiga aylandi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IOI_2025
#live



🏆Xalqaro Informatika Olimpiadasining 1-tur sinovlari boshlandi!

❗️Mazkur olimpiada ishtirokchilarining natijalarini ushbu havola orqali real vaqt rejimida kuzatib borishingiz mumkin.

🏆Bu nufuzli fan olimpiadasida jonbozlik bilan ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga chin dildan omad tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Closing_ceremony
#IGeO_2025

👍👍👍

IGeO: Gʻoliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazilmoqda!

⚡️Ayni paytda Tailandning Bangkok shahrida 21-Xalqaro Geografiya Olimpiadasining tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda!

➡️ Jarayonni real vaqt rejimida kuzatish

Terma jamoamiz a’zolariga omad tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zamonamiz_qahramoni

"Butun boshli "A" level iqtisod bo‘yicha kitobni 3 haftada o‘qib tugatdim. Lekin u kitob bir yil o‘qitilishi kerak edi"


-
©️Asliddin Boynazarov, IEO 2025 kumush medal sovrindori

Batafsil — videolavhada tomosha qiling.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan:

Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna — Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Taʼlim sohasida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.

Vazirlik jamoasi Eʼzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
iGeo 2025: O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi ilk medallar

📍Tailand, Bangkok

Joriy yilning 26-iyul — 1-avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan 21-Xalqaro Geografiya Olimpiadasi (iGeo) mamlakatimiz tarixida yangi sahifa ochdi. Olimpiadada 50 ga yaqin davlatdan kelgan 180 nafar eng iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.

🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi ushbu xalqaro olimpiadada ilk medallarni qo‘lga kiritdi. Ikki nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi bronza medali sohibiga aylandi.

Gʻoliblarimiz bilan tanishing:
🥉Mansurbek Tursunbayev - Namangan shahar 1-son IMI oʻquvchisi - Bronza medal
🥉Hamidullo Djurakulov - Samarqand tumani IMA IM oʻquvchisi - Bronza medal

📝2024-yili Terma jamoamiz vakillari ilk marotaba ishtirok etgan edi. Mazkur medallar Terma jamoamizning ilk medallari hisoblanadi. Shu bois bu yilgi natija — nafaqat geografiya fani, balki butun ta’lim sohasi uchun katta g‘alaba!


🌍iGeo — dunyo miqyosida eng bilimdon o‘quvchilarni birlashtiradigan xalqaro fan olimpiadasi bo‘lib, unda ishtirokchilar geografiya bo‘yicha yozma ish va dala amaliy mashgʻuloti, multimedia test topshiriqlarini bajaradi.

📌Bu yutuq O‘zbekiston yoshlari ilmiy salohiyatining ortib borayotganidan dalolat beradi va kelgusida yana yuqori marralarni egallash uchun kuchli turtki bo‘lib xizmat qiladi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍👍

APMO 2025: Navbatdagi xalqaro olimpiadadagi gʻalaba!

37-Osiyo–Tinch okeani matematika olimpiadasi (APMO 2025) joriy yilda dunyoning qariyb 40 mamlakatidan 335 nafar eng iqtidorli yosh matematiklar online tarzda o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

⚡️Ushbu mintaqaviy olimpiadada Oʻzbekiston Terma jamoasi a’zolari katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥇 1 ta oltin, 🥈 2 ta kumush, 🥉 3 ta bronza — jami 6 ta medal!

G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥇Asadbek Boboqulov “Artel Technical School” NTMning o‘quvchisioltin medal
🥈Elbek ZohidjonovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisikumush medal,
🥈Rasulbek G‘afforovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi - kumush medal,
🥉Ozodbek Axtamov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisibronza medal,
🥉Behruz ElmurodovMirishkor tuman 21-maktabi o‘quvchisibronza medal,
🥉Ashrafjon RavshanovKattaqo‘rg‘on tuman 1-IDUM o‘quvchisibronza medal,

Bundan tashqari, Terma jamoa vakillari A.Radjabov, B.Erkinov, S.Urazaliyev hamda M.Satimov — olimpiadada Honourable mention (Faxriy unvon) bilan taqdirlandi.


📢Ma’lumot uchun:
Xalqaro darajada o‘tkazilayotgan ushbu olimpiadada Terma jamoamiz a’zolari ILK OLTIN MEDALINI qoʻlga kiritdi.

❗️Eslatma:
2024-yili Osiyo–Tinch okeani matematika olimpiadasida Terma jamoa a'zolari 7 ta bronza medallari bilan taqdirlangan edi.

Eslatib o‘tamiz:
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq ushbu olimpiada maqomi respublika olimpiadasiga tenglashtirilgan mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, g’olib o’quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


Gʻoliblarni tabriklaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️

O‘QITUVCHILAR OLIMPIADASI: Ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirildi!

Xabaringiz bor, biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha o‘qituvchilar olimpiadasi e'lon qilingan edi.

Olimpiadaga qiziqish yuqori bo‘lib, Markazning rasmiy Telegram botiga ko‘plab o‘qituvchilarimizdan ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirilsin mazmunidagi murojaatlar kelib tushdi.

Sizning takliflaringiz inobatga olinib, ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirildi:
🗓 5-avgust (seshanba) soat 23:59 gacha

Bilimingizni sinash va yutuqlarga erishish imkoniyatini boy bermang!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
iGeo 2025 — G‘OLIBLAR TANTANALI RAVISHDA KUTIB OLINDI

⚡️21-Xalqaro geografiya olimpiadasida ishtirok etgan Terma jamoamiz vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Tadbirda Fan olimpiadalari markazi mas’ullari, ustozlar, oila a’zolari va keng jamoatchilik ishtirok etib, gʻoliblarni samimiy tabrikladilar.

🇺🇿Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ilk marotaba Xalqaro geografiya olimpiadasida medalga joriy yilda sazovor bo‘ldi. Terma jamoa a’zolari 2 ta bronza medal bilan yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

📌Batafsil videolavhada

📢 Xalqaro Geografiya Olimpiadasi (iGeo) birinchi marta 1996-yilda Niderlandiyada o‘tkazilgan.

⚡️Hozirda ushbu olimpiadada 50 ga yaqin mamlakatlar ishtirok etmoqda.


🫂Bu yutuq nafaqat geografiya fani, balki mamlakatimiz ta’lim sohasidagi muhim tarixiy voqea bo‘lib qoladi.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM