Koʻmib qoʻysam Bas
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Sen ketding, tugadi ishqing ertagi,
Yopildi poyonsiz koʻringan kitob.
Endi qissalarning bo'lmas keragi,
Endi muhabbat ham tugadi shu tob.
Sevgini nomiga oʻqidim la'nat,
Endi zabonlar ham chiqarmaydi sas.
Bitta yumush qoldi qilarim faqat,
Bugun yuragimni koʻmib qoʻysam bas.
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Sen ketding, tugadi ishqing ertagi,
Yopildi poyonsiz koʻringan kitob.
Endi qissalarning bo'lmas keragi,
Endi muhabbat ham tugadi shu tob.
Sevgini nomiga oʻqidim la'nat,
Endi zabonlar ham chiqarmaydi sas.
Bitta yumush qoldi qilarim faqat,
Bugun yuragimni koʻmib qoʻysam bas.
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧EzozbekPoet.
✍5😢3💯2 1
2-kurs ham yakun!
Vaqt - shamol emas, suv ham emas. Vaqt nima ekanini haligacha hechkim aniq aytolmaydi. Vaqt haqida bilgan yagona narsamiz shuki u eng oliy hakam va toʻxtamasdir.
Shu toʻxtamas vaqtni ortidan quvib 2-kurs ham yakuniga yetdi! 1-kursda inson yangiliklarni oʻzlashtiradi; yangi doʻstlar, yangi tanishlar, yangi ustozlar, yangi yaqinlar va yangicha koʻnikmalar.
2-kursga kelib esa oʻsha 1-kursdagi yangilarni "yangilanganini" yoki asl holatini koʻrib biladi.
Oʻtgan 1 yil ichida hayotimga kimlar keldi-yu kimlar ketdi. Eng sevimli ustozlarimdan koʻpchiligi ishdan ketdi, oʻrniga yangi oʻqituvchilar keldi. Ketganlardan esa faqat shirin xotira qoldi. Ularni eslaganda qilgan yaxshiliklari uchun "Alloh rozi boʻlsin" deyishgina qoʻlimdan keladi xolos!!!
Hayot bir tekisda ketmasligini tushunish bu aynan 2-kursda sodir boʻldi. Bir kun hayotdan zavq olsang yana butun boshli bir kuning qaygʻuda va kayfiyatsizlikda oʻtadi. Lekin, shunday vaqtlarning har ikkisida ham yoningda kimdir boʻlishi bu haqiqiy baxting ekanini tushunib yetasan, kishi!
Men shu 2-kurslik davrimni turli insonlar bilan oʻtkazdim va vaholangki turli insonlar bilan oʻtgan vaqt ham turlicha boʻladi!
Sentabr: Omadsizlik va sogʻinch oyligi.
Kelishimiz bilanoq yangi bino, yangicha yashash tarzi, yangi va yoqimsiz yashash joyi. Hamma sharoit bor, fayz yoʻq mahalla!
Oktabr: Uzoq kutilgan qaytish!
Oʻz binoyimiz, oʻzimiz tanigan chehralar va mehribon nigohlar! Biz nihoyat oʻz binoyimizga oʻzimingning birinchi dargohimizga qaytgan vaqtlarimiz!
Noyabr: Ishdan zavq olish va "oʻrgatish" saboqlari.
Umuman olganda 1-kursligimda oʻrgangan, yetakchilik qilgan vaqtlarim ustozlarim va hayotdan nimani organgan boʻlsam bizni jamoaga qoʻshilgan yangi talabalar va guruh sardorlariga (staristalarga) oʻrgatdim!
Dekabr esa toʻliq uyga qatish orzusi bilan oʻtdi!
Yanvar va Fevral oylari sessiya, HSK ga tayyorgarlik bilan otdi.
Mart: Eng sevimli faslimda sevimlilar orasida.
Bilasizmi bu oyda men eng baxtli talabalardan boʻlganman. Yonimda suyanchiq inson bor edi. Hech narsadan kamchiligim yoq edi. Hayot nihoyat iziga tushgandek edi. Hammasi goʻzal edi!
Aprel: Baxtning davom etishi.
Men baxt osmonida uchib yurgan kezlarim. Qaygʻusiz tunlar, mirqib oʻqishdan zavq olish, ijod qilish fursati bilan oʻtgan oy.
May: Sokinlik.
Tunning oymomoga qarab bir lahza hamma yoq tinch boʻlganinkabi hayotim ham shu tarda edi. Faqat dushmanlarim kimligi bilib indamay yashagan vaqtlarim!
Iyun: Ketish orzusi. Vos kechish istagi.
Ishonganim suyanganim endi yonimdamasligini, bunga koʻnikishim kerakligini, nima qilsa ham bari befoyda ekanligini tushunib yetgan va bu muammolardan chiqishim uchun boʻladigan yagona yechim bu oʻzimning bolalikdagi uyimga qaytish ekanini anglagan vaqtim bu oy.
Hammasi oʻzgacha yakun topdi. 2-kursda 1-kursga qaraganda koʻproq narsalarga ega boʻlarkansan. Doʻstni dushmandan ajrataolasan, kimga borliging kerak, kimga esa faqat manfaati uchun kerakligingni anglaysan. Yiqilasan, kurashasan, charchaysan, oʻylaysan, toliqasan va yana turish kerakligini, hozir toʻxtashga haqqing yoʻqligini tushunasan. (Hatto oʻlim bilan yuzma-yuz kelgan vaqting ham oʻlimdan emas sensizlikka chidayolmaydigan insonlar borligi uchun yashashing kerakligini tushunasan). 2-kursda shuncha narsaga duchor bolganingni anglab 3-kursda nimalar kutayotganiga qiziqasan!
Umuman olganda men bilan boʻlgan barchani, xoh doʻstim, xoh dushmanim boʻlsin hammasini birma-bir bagʻrimga bosib rahmat aytgim keladi. Hammasi uchun rahmat degim keladi.
Bu yil qaytib kelishim yoki kelmasligim soʻroq ostida. Katta ehtimol bilan kelaman. Kelolmay qolsam Namanganga boʻlgan "Sayohat" shu joyda tugagan boʻladi. Agar kelsam bu ishlar davom etadi faqat boshqa muhit, boshqa joyda!
Tugadi, mana hammasi yakuniga yetdi. 1 kun qoldi.
Xayr Namangandan Salom Samarqand.
📧@EzozbekPoet.
Vaqt - shamol emas, suv ham emas. Vaqt nima ekanini haligacha hechkim aniq aytolmaydi. Vaqt haqida bilgan yagona narsamiz shuki u eng oliy hakam va toʻxtamasdir.
Shu toʻxtamas vaqtni ortidan quvib 2-kurs ham yakuniga yetdi! 1-kursda inson yangiliklarni oʻzlashtiradi; yangi doʻstlar, yangi tanishlar, yangi ustozlar, yangi yaqinlar va yangicha koʻnikmalar.
2-kursga kelib esa oʻsha 1-kursdagi yangilarni "yangilanganini" yoki asl holatini koʻrib biladi.
Oʻtgan 1 yil ichida hayotimga kimlar keldi-yu kimlar ketdi. Eng sevimli ustozlarimdan koʻpchiligi ishdan ketdi, oʻrniga yangi oʻqituvchilar keldi. Ketganlardan esa faqat shirin xotira qoldi. Ularni eslaganda qilgan yaxshiliklari uchun "Alloh rozi boʻlsin" deyishgina qoʻlimdan keladi xolos!!!
Hayot bir tekisda ketmasligini tushunish bu aynan 2-kursda sodir boʻldi. Bir kun hayotdan zavq olsang yana butun boshli bir kuning qaygʻuda va kayfiyatsizlikda oʻtadi. Lekin, shunday vaqtlarning har ikkisida ham yoningda kimdir boʻlishi bu haqiqiy baxting ekanini tushunib yetasan, kishi!
Men shu 2-kurslik davrimni turli insonlar bilan oʻtkazdim va vaholangki turli insonlar bilan oʻtgan vaqt ham turlicha boʻladi!
Sentabr: Omadsizlik va sogʻinch oyligi.
Kelishimiz bilanoq yangi bino, yangicha yashash tarzi, yangi va yoqimsiz yashash joyi. Hamma sharoit bor, fayz yoʻq mahalla!
Oktabr: Uzoq kutilgan qaytish!
Oʻz binoyimiz, oʻzimiz tanigan chehralar va mehribon nigohlar! Biz nihoyat oʻz binoyimizga oʻzimingning birinchi dargohimizga qaytgan vaqtlarimiz!
Noyabr: Ishdan zavq olish va "oʻrgatish" saboqlari.
Umuman olganda 1-kursligimda oʻrgangan, yetakchilik qilgan vaqtlarim ustozlarim va hayotdan nimani organgan boʻlsam bizni jamoaga qoʻshilgan yangi talabalar va guruh sardorlariga (staristalarga) oʻrgatdim!
Dekabr esa toʻliq uyga qatish orzusi bilan oʻtdi!
Yanvar va Fevral oylari sessiya, HSK ga tayyorgarlik bilan otdi.
Mart: Eng sevimli faslimda sevimlilar orasida.
Bilasizmi bu oyda men eng baxtli talabalardan boʻlganman. Yonimda suyanchiq inson bor edi. Hech narsadan kamchiligim yoq edi. Hayot nihoyat iziga tushgandek edi. Hammasi goʻzal edi!
Aprel: Baxtning davom etishi.
Men baxt osmonida uchib yurgan kezlarim. Qaygʻusiz tunlar, mirqib oʻqishdan zavq olish, ijod qilish fursati bilan oʻtgan oy.
May: Sokinlik.
Tunning oymomoga qarab bir lahza hamma yoq tinch boʻlganinkabi hayotim ham shu tarda edi. Faqat dushmanlarim kimligi bilib indamay yashagan vaqtlarim!
Iyun: Ketish orzusi. Vos kechish istagi.
Ishonganim suyanganim endi yonimdamasligini, bunga koʻnikishim kerakligini, nima qilsa ham bari befoyda ekanligini tushunib yetgan va bu muammolardan chiqishim uchun boʻladigan yagona yechim bu oʻzimning bolalikdagi uyimga qaytish ekanini anglagan vaqtim bu oy.
Hammasi oʻzgacha yakun topdi. 2-kursda 1-kursga qaraganda koʻproq narsalarga ega boʻlarkansan. Doʻstni dushmandan ajrataolasan, kimga borliging kerak, kimga esa faqat manfaati uchun kerakligingni anglaysan. Yiqilasan, kurashasan, charchaysan, oʻylaysan, toliqasan va yana turish kerakligini, hozir toʻxtashga haqqing yoʻqligini tushunasan. (Hatto oʻlim bilan yuzma-yuz kelgan vaqting ham oʻlimdan emas sensizlikka chidayolmaydigan insonlar borligi uchun yashashing kerakligini tushunasan). 2-kursda shuncha narsaga duchor bolganingni anglab 3-kursda nimalar kutayotganiga qiziqasan!
Umuman olganda men bilan boʻlgan barchani, xoh doʻstim, xoh dushmanim boʻlsin hammasini birma-bir bagʻrimga bosib rahmat aytgim keladi. Hammasi uchun rahmat degim keladi.
Bu yil qaytib kelishim yoki kelmasligim soʻroq ostida. Katta ehtimol bilan kelaman. Kelolmay qolsam Namanganga boʻlgan "Sayohat" shu joyda tugagan boʻladi. Agar kelsam bu ishlar davom etadi faqat boshqa muhit, boshqa joyda!
Tugadi, mana hammasi yakuniga yetdi. 1 kun qoldi.
Xayr Namangandan Salom Samarqand.
📧@EzozbekPoet.
😢9👍4 2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Namangan viloyatida Nilufar Kamol bilan olingan 2-kursning soʻnggi videoijrosidan bahramand bo’ling, azizlar..
Hammaga ulkan tashakkur aytib qolamiz. Bizni kuzatishdan to’xtamang. Birga video olmasakda, sizlar uchun boshqa yaxshi-yaxshi kontent qilishga harakat qilamiz!!!
✍E’zozbek Yo’ldoshev.
🗣E'zozbek Yoʻldoshev.
📹Nilufar Kamol.
📧@EzozbekPoet.
✈️@lilyning.
Hammaga ulkan tashakkur aytib qolamiz. Bizni kuzatishdan to’xtamang. Birga video olmasakda, sizlar uchun boshqa yaxshi-yaxshi kontent qilishga harakat qilamiz!!!
✍E’zozbek Yo’ldoshev.
🗣E'zozbek Yoʻldoshev.
📹Nilufar Kamol.
📧@EzozbekPoet.
✈️@lilyning.
😢11 4✍2
Koʻrishmay qo’ydik
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Xoʻrsinib, xoʻrsinib rasming chizaman,
Bir dunyo gullarni quchadi qogʻoz.
Bu sen emassan-da, bu - oddiy chaman,
Bunda turfa gullar chizilgan xolos.
Sekin she'r yozaman, hafsala bilan,
Soʻzlarni qoʻshaman yer oyga misol.
Seni topolmayman biror bir soʻzdan,
Qalam ham toʻxtaydi sekin, bemajol.
Qizargan koʻzlarim namlanar bir zum,
Koʻngil izlab qolar biror bir yechim.
Diydor koʻrishmoqlik fursati uzun,
Joʻsh urgan hislarga yetmaydi kuchim.
Hapqirib keladi boʻgʻzimga jonim,
Ilhaq boʻlib qolar vujud yashashga.
Mehringsiz zulmatdek mening osmonim,
Muhtoj boʻlib qolar bitta qarashga.
Bugun faryod solib ruhim yigʻladi,
Sensiz yashamoqdan charchadik, toʻydik.
Qachon ajraldik biz?
hechkim bilmadi,
Ming yilcha boʻldiyov, koʻrishmay qoʻydik!
✍E'zozbek Yoldoshev.
📧@EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Xoʻrsinib, xoʻrsinib rasming chizaman,
Bir dunyo gullarni quchadi qogʻoz.
Bu sen emassan-da, bu - oddiy chaman,
Bunda turfa gullar chizilgan xolos.
Sekin she'r yozaman, hafsala bilan,
Soʻzlarni qoʻshaman yer oyga misol.
Seni topolmayman biror bir soʻzdan,
Qalam ham toʻxtaydi sekin, bemajol.
Qizargan koʻzlarim namlanar bir zum,
Koʻngil izlab qolar biror bir yechim.
Diydor koʻrishmoqlik fursati uzun,
Joʻsh urgan hislarga yetmaydi kuchim.
Hapqirib keladi boʻgʻzimga jonim,
Ilhaq boʻlib qolar vujud yashashga.
Mehringsiz zulmatdek mening osmonim,
Muhtoj boʻlib qolar bitta qarashga.
Bugun faryod solib ruhim yigʻladi,
Sensiz yashamoqdan charchadik, toʻydik.
Qachon ajraldik biz?
hechkim bilmadi,
Ming yilcha boʻldiyov, koʻrishmay qoʻydik!
✍E'zozbek Yoldoshev.
📧@EzozbekPoet.
😢5👍3 3💯1
Sog’insang
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Sevishim hammaga oshkora aytdim,
Yoningdan jimgina umidsiz qatdim,
Senga boʻlsin endi butun bir baytim,
Sogʻinsang, xabar yoz, "men sogʻindim" deb.
Ayt, yorim xayoling kimlarda, kimda?
Sendan oʻchib ketar xotiram xira,
Iltimos vaqt kelib, tortinmay sira,
Sogʻinsang, xabar yoz, "men sogʻindim" deb.
Yolgʻonlar yurakni qilganda pora,
Mayli vidolashib ketsaydi zora,
Roziman, yolgʻondan yorim bir bora,
Sogʻinsang, xabar yoz, "men sogʻindim" deb.
Hozir xafasanda, buni bilaman,
Umid bor, bir kuni baxtdan kulaman,
Yoningga shamoldek uchib kelaman,
Sogʻinsang, xabar yoz, "men sogʻindim" deb.
✍E'zozbek Yoldoshev.
📧@EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Sevishim hammaga oshkora aytdim,
Yoningdan jimgina umidsiz qatdim,
Senga boʻlsin endi butun bir baytim,
Sogʻinsang, xabar yoz, "men sogʻindim" deb.
Ayt, yorim xayoling kimlarda, kimda?
Sendan oʻchib ketar xotiram xira,
Iltimos vaqt kelib, tortinmay sira,
Sogʻinsang, xabar yoz, "men sogʻindim" deb.
Yolgʻonlar yurakni qilganda pora,
Mayli vidolashib ketsaydi zora,
Roziman, yolgʻondan yorim bir bora,
Sogʻinsang, xabar yoz, "men sogʻindim" deb.
Hozir xafasanda, buni bilaman,
Umid bor, bir kuni baxtdan kulaman,
Yoningga shamoldek uchib kelaman,
Sogʻinsang, xabar yoz, "men sogʻindim" deb.
✍E'zozbek Yoldoshev.
📧@EzozbekPoet.
😢8 7💯2✍1
Bilasizmi..?
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Bilasizmi?…
Men yurgan yoʻllarda izim qolmagan,
Ogʻir yillar yeli berkitgan uni.
Toʻgʻri, daraxtlardan rang yoʻqolmagan,
Bolalik yoʻqolgan, men ketgan kuni.
Toʻgʻri, yulduzlar ham uchmoqda mudom,
"Miq" etmay turibdi osmonda oy ham.
Toʻgʻri, kulishlari hali ham xandon,
Lek, ancha qaribti yoshgina dadam.
Bir zumda baridan boʻlibman judo,
Bolalik, erkalik, shoʻxlik va baxtdan.
Ulgʻayish baridan qilib mosuvo,
Bir soʻz chiqmay qoldi endi yurakdan.
Negadir fayzi yoʻq bu koʻchalarni,
Sakson yosh boboylar nuri yoʻqolgan.
"Kuzatib" qoʻyibti kim nechtalarni,
Endi bobolardan suyaklar qolgan!
Bir duo olishga topilmas imkon,
Yo aso koʻtarib quvlamas bizni.
Men ketib qolganman va oʻsha zamon,
Ogʻir-ogʻir yillar yashirgan izni!
Bilasizmi...
Men yurgan yoʻllarda izim qolmagan!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Bilasizmi?…
Men yurgan yoʻllarda izim qolmagan,
Ogʻir yillar yeli berkitgan uni.
Toʻgʻri, daraxtlardan rang yoʻqolmagan,
Bolalik yoʻqolgan, men ketgan kuni.
Toʻgʻri, yulduzlar ham uchmoqda mudom,
"Miq" etmay turibdi osmonda oy ham.
Toʻgʻri, kulishlari hali ham xandon,
Lek, ancha qaribti yoshgina dadam.
Bir zumda baridan boʻlibman judo,
Bolalik, erkalik, shoʻxlik va baxtdan.
Ulgʻayish baridan qilib mosuvo,
Bir soʻz chiqmay qoldi endi yurakdan.
Negadir fayzi yoʻq bu koʻchalarni,
Sakson yosh boboylar nuri yoʻqolgan.
"Kuzatib" qoʻyibti kim nechtalarni,
Endi bobolardan suyaklar qolgan!
Bir duo olishga topilmas imkon,
Yo aso koʻtarib quvlamas bizni.
Men ketib qolganman va oʻsha zamon,
Ogʻir-ogʻir yillar yashirgan izni!
Bilasizmi...
Men yurgan yoʻllarda izim qolmagan!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
😢10✍2💯2
Xotira
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Eslamay qoʻyibman yuzingni yorim,
Xotiram yoʻqolib qolgandek goʻyo.
Endi visolingga tutmay xumorim,
Biz tanish emasdek endi bu dunyo.
Hammasi esimdan chiqib qolgandek,
Birga yurishlar-u, oʻyin kulgular.
Yoqmadim va lekin yurak yongandek,
Nobut boʻlgan misol barcha tuygʻular.
Ishonsang, sogʻinmay qoʻyibman seni,
Hatto oʻylash uchun soniya vaqtim yoʻq.
Tashvishlar vujudni qurshab har kuni,
Kelajak ham menga kelib urar doʻq.
Imkon yoʻq, bir oʻylab, eslayin desam,
Sen baxtdan kuldingmi?
bilolmay qoldim.
Tashvishlar boʻgʻadi bir luqma yesam,
Muammolar ichra asta yoʻqoldim.
Hayotning oʻynoqi, hazil yoʻlida,
Bir tutash keldig-u ajraldik birdan.
Sevgining gullari qolib qoʻlida,
Yoshlik orzulari soʻndi koʻngildan.
Endi tutashmaydi hazil soʻqmoqlar,
Adashib ham birga boʻlmaymiz gulim.
Savol boʻlib qoldi barcha soʻroqlar,
Endi senga eltmas hech qaysi yoʻlim.
Ishonsang, sogʻinmay qoʻyibman seni...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Eslamay qoʻyibman yuzingni yorim,
Xotiram yoʻqolib qolgandek goʻyo.
Endi visolingga tutmay xumorim,
Biz tanish emasdek endi bu dunyo.
Hammasi esimdan chiqib qolgandek,
Birga yurishlar-u, oʻyin kulgular.
Yoqmadim va lekin yurak yongandek,
Nobut boʻlgan misol barcha tuygʻular.
Ishonsang, sogʻinmay qoʻyibman seni,
Hatto oʻylash uchun soniya vaqtim yoʻq.
Tashvishlar vujudni qurshab har kuni,
Kelajak ham menga kelib urar doʻq.
Imkon yoʻq, bir oʻylab, eslayin desam,
Sen baxtdan kuldingmi?
bilolmay qoldim.
Tashvishlar boʻgʻadi bir luqma yesam,
Muammolar ichra asta yoʻqoldim.
Hayotning oʻynoqi, hazil yoʻlida,
Bir tutash keldig-u ajraldik birdan.
Sevgining gullari qolib qoʻlida,
Yoshlik orzulari soʻndi koʻngildan.
Endi tutashmaydi hazil soʻqmoqlar,
Adashib ham birga boʻlmaymiz gulim.
Savol boʻlib qoldi barcha soʻroqlar,
Endi senga eltmas hech qaysi yoʻlim.
Ishonsang, sogʻinmay qoʻyibman seni...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
😢11👀3👍2✍1💯1
Sog’inib qo’yaman
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Tunlardan oromni olgan hijronlar,
Yulduzlar ming uchib tinar kamida.
Izhordan jimlikka choʻmgan zabonlar,
Sogʻinib qoʻyaman ba'zi-ba'zida!
Koʻnglimda simillar sogʻinchlar dardi,
Yurak ham urmaydi visol gʻamida.
Oq varaq yuziga tushgandek gardi,
Sogʻinib qoʻyaman ba'zi-ba'zida!
Nigohing namoyon, kutardim intiq,
Xasta xayolimning har bir damida.
Bilmam senga qanday botdi ayriliq,
Men...
Sogʻinib qoʻyaman ba'zi-ba'zida!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Tunlardan oromni olgan hijronlar,
Yulduzlar ming uchib tinar kamida.
Izhordan jimlikka choʻmgan zabonlar,
Sogʻinib qoʻyaman ba'zi-ba'zida!
Koʻnglimda simillar sogʻinchlar dardi,
Yurak ham urmaydi visol gʻamida.
Oq varaq yuziga tushgandek gardi,
Sogʻinib qoʻyaman ba'zi-ba'zida!
Nigohing namoyon, kutardim intiq,
Xasta xayolimning har bir damida.
Bilmam senga qanday botdi ayriliq,
Men...
Sogʻinib qoʻyaman ba'zi-ba'zida!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
💯10👍4😢4✍2
Sevgidan soʻrang
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Siz sevgidan bir soʻrab koʻring,
Meni ismim aytolarmikan?
Mening uchun iltimos qiling,
Quchogʻimga qaytolarmikan?
Kim edi deng, yaxshimidi deng?
Sadoqatdan soʻzlab berarmi?
Shoirmidi, baxshimidi deng?
Baytlarimdan bir soʻz bilarmi?
Soʻrab koʻring unutmagandir,
Tunlar suhbat qurishimizni.
Men deb yotni u quchmagandir,
Eslar baxtli yurishimizni!
Quchogʻimda dona gul edi,
Balki shundan boshlang suhbatni.
Sevgi menga alvido dedi,
Siz yetkazing unga shu xatni?
Ismim ayting, ayting yuzimni,
Eslab qolar yana erkalab.
Sarson izlab yurmay izimni,
Olib keling uni yetaklab.
Siz sevgidan bir soʻrab koʻring,
Meni ismim aytolarmikan?
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
Kanalimdan reaksiyalarni olib tashlasam ham boʻlarkan oʻzi
[Baribir 15 dan yuqoriga chiqmayapti]
🙂🙂🙂
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Siz sevgidan bir soʻrab koʻring,
Meni ismim aytolarmikan?
Mening uchun iltimos qiling,
Quchogʻimga qaytolarmikan?
Kim edi deng, yaxshimidi deng?
Sadoqatdan soʻzlab berarmi?
Shoirmidi, baxshimidi deng?
Baytlarimdan bir soʻz bilarmi?
Soʻrab koʻring unutmagandir,
Tunlar suhbat qurishimizni.
Men deb yotni u quchmagandir,
Eslar baxtli yurishimizni!
Quchogʻimda dona gul edi,
Balki shundan boshlang suhbatni.
Sevgi menga alvido dedi,
Siz yetkazing unga shu xatni?
Ismim ayting, ayting yuzimni,
Eslab qolar yana erkalab.
Sarson izlab yurmay izimni,
Olib keling uni yetaklab.
Siz sevgidan bir soʻrab koʻring,
Meni ismim aytolarmikan?
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
Kanalimdan reaksiyalarni olib tashlasam ham boʻlarkan oʻzi
[Baribir 15 dan yuqoriga chiqmayapti]
🙂🙂🙂
👍16😢8✍7💯1
Onam aytgan odamlar.
📚"Tanimagan tanishlarim"
Yoshlikning eng goʻzal baxtli onlari,
Yurakda orzular joʻsh urgan mahal.
Ortda qolib ketdi u zamonlari,
"Ulgʻayish" bosqichga qoʻyildi tamal.
Onam aytar edi: "E bolaginam,
Sen hali bilmaysan, insonlar kimlar".
Mana oʻttizga ham kirmay yoshginam,
Uchrayapti onam aytgan odamlar.
✍Ezozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
📚"Tanimagan tanishlarim"
Yoshlikning eng goʻzal baxtli onlari,
Yurakda orzular joʻsh urgan mahal.
Ortda qolib ketdi u zamonlari,
"Ulgʻayish" bosqichga qoʻyildi tamal.
Onam aytar edi: "E bolaginam,
Sen hali bilmaysan, insonlar kimlar".
Mana oʻttizga ham kirmay yoshginam,
Uchrayapti onam aytgan odamlar.
✍Ezozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
💯11✍2😢2👀2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
***
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
"Yaxshi edi" demang dunyodan oʻtsam,
Haqqimga bir duo qiling, yetarli.
Vaqt kelib ajalning qoʻlidan tutsam,
Bir savob qilmabman unga aytarli.
"Yaxshi edi" demang dunyodan oʻtsam,
Yaxshi boʻlish uchun arzimas banda.
Yomonlar kim, agar men yaxshi boʻlsam?
(Roziman...)
Yaxshi boʻlsam bir jon qolmasin tanda!
"Yaxshi edi" demang...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
"Yaxshi edi" demang dunyodan oʻtsam,
Haqqimga bir duo qiling, yetarli.
Vaqt kelib ajalning qoʻlidan tutsam,
Bir savob qilmabman unga aytarli.
"Yaxshi edi" demang dunyodan oʻtsam,
Yaxshi boʻlish uchun arzimas banda.
Yomonlar kim, agar men yaxshi boʻlsam?
(Roziman...)
Yaxshi boʻlsam bir jon qolmasin tanda!
"Yaxshi edi" demang...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
👍8😢6💯1
Xasis dunyo
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Shu qora, zimiston tunlardan oʻzga,
Armonlar qurshagan yillardan oʻzga,
Yurakni ogʻritgan tillardan oʻzga,
Aytgin nima berding ey xasis dunyo?
Yiqildim hayotning tor yoʻllarida,
Siqildim oʻtmishning har yillarida,
Tigʻ koʻrdim vafosiz doʻst qoʻllarida,
Qanday kunni berding ey xasis dunyo?
Har ishda nomimdan oʻqiding vazlar,
Nolisam battarroq qilding arazlar,
Omadim kelganda qilib gʻarazlar,
Menga nima berding ey xasis dunyo?
Qoʻrqqanim bir Xudo, soʻraguvchim u,
Meni baxtlar ichra oʻraguvchi u,
Iymonimni poklab yasharman mangu,
Mendan uzoqroq tur ey foniy dunyo,
Umidim sen emas "U" boqiy dunyo!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Shu qora, zimiston tunlardan oʻzga,
Armonlar qurshagan yillardan oʻzga,
Yurakni ogʻritgan tillardan oʻzga,
Aytgin nima berding ey xasis dunyo?
Yiqildim hayotning tor yoʻllarida,
Siqildim oʻtmishning har yillarida,
Tigʻ koʻrdim vafosiz doʻst qoʻllarida,
Qanday kunni berding ey xasis dunyo?
Har ishda nomimdan oʻqiding vazlar,
Nolisam battarroq qilding arazlar,
Omadim kelganda qilib gʻarazlar,
Menga nima berding ey xasis dunyo?
Qoʻrqqanim bir Xudo, soʻraguvchim u,
Meni baxtlar ichra oʻraguvchi u,
Iymonimni poklab yasharman mangu,
Mendan uzoqroq tur ey foniy dunyo,
Umidim sen emas "U" boqiy dunyo!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
👍12
Oʻlib qolsam kerak...
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Dunyolardan kechganim yolgʻon,
Sevaman deb aytolsang har on,
Yuragimda joʻsh urib tugʻyon,
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
Sevmaysanmi telbadek kuyib?,
Boshginangni koʻksimga qoʻyib,
Iforingdan hidlasam toʻyib,
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
Nigohingda choʻksam manguga,
Erk berolsang ishqqa, tuygʻuga,
Ogʻushingda ketsam uyquga,
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
Tugatsayding endi ozoring,
Chiqqan boʻlsa menda gʻuboring,
Tushlarimda aytsang izhoring,
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
Yanogʻingda yonsam kerak...
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Dunyolardan kechganim yolgʻon,
Sevaman deb aytolsang har on,
Yuragimda joʻsh urib tugʻyon,
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
Sevmaysanmi telbadek kuyib?,
Boshginangni koʻksimga qoʻyib,
Iforingdan hidlasam toʻyib,
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
Nigohingda choʻksam manguga,
Erk berolsang ishqqa, tuygʻuga,
Ogʻushingda ketsam uyquga,
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
Tugatsayding endi ozoring,
Chiqqan boʻlsa menda gʻuboring,
Tushlarimda aytsang izhoring,
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
Yanogʻingda yonsam kerak...
Baxtdan oʻlib qolsam kerak...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
👍12
O’n sakkizda boshqacha edim!
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Dunyolardan mamnun va shodon,
Baxt oralab chopardim har yon,
Xotiraga aylangan mudom,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Oʻpar edim bahor sabosin,
Quchar edim sahar havosin,
Olar edim Mashrab duosin,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Gʻunchalardan yasab guldasta,
Janonlarga tutardim asta,
Ming bir goʻzal ishqimda xasta,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Navqiron va kelishgan, koʻrkam,
Viqorlarga toʻlgandim biram,
Sogʻinaman uni hali ham,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Chin yurakdan boʻlganman shaydo,
Uni soʻrab qilganman duo,
Oʻsha vaqtlar bergan-da, Xudo,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Hayal oʻtmay oʻtganda yoshim,
"Oppoq qor"ni koʻrganda boshim,
Sogʻinaman oqib koʻz-yoshim,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Dunyolardan mamnun va shodon,
Baxt oralab chopardim har yon,
Xotiraga aylangan mudom,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Oʻpar edim bahor sabosin,
Quchar edim sahar havosin,
Olar edim Mashrab duosin,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Gʻunchalardan yasab guldasta,
Janonlarga tutardim asta,
Ming bir goʻzal ishqimda xasta,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Navqiron va kelishgan, koʻrkam,
Viqorlarga toʻlgandim biram,
Sogʻinaman uni hali ham,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Chin yurakdan boʻlganman shaydo,
Uni soʻrab qilganman duo,
Oʻsha vaqtlar bergan-da, Xudo,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
Hayal oʻtmay oʻtganda yoshim,
"Oppoq qor"ni koʻrganda boshim,
Sogʻinaman oqib koʻz-yoshim,
Oʻn sakkizda boshqacha edim!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧@EzozbekPoet.
👍9
Sinama Robbim!
📚"Jannat kalitlari" kitobidan.
Oqsin, koʻzlarimning dur-u gavhari,
Yogʻilsin boshimga dunyo dardlari,
Sendan oʻtinchim bor birgina mani,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Bolam deb xastadek soʻz qotganiga,
Jon uchun kurashib u yotganiga,
Bardoshim yetmaydi oh torganiga,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Azob emas ekan biror bir qaygʻu,
Bu qadar qoʻrqitmas hech bitta tuygʻu,
Keyin, quyoshing ham sochmaydi yogʻdu,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Sevgiga ming la'nat, oʻsha janonlar
Kerakmas hurliqo qoshi kamonlar,
Soʻzlamay qolarkan menda zabonlar,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Dunyo-yu, boyliklar mendan qolsa ham,
Yoʻqchildan vujudim charchab-tolsa ham,
Azroil jonimga rahna solsa ham,
Meni onam bilan sinama Robbim!
Hali baxt neligin anglay bilmadi,
Yanogʻi chin dildan bir bor kulmadi,
Hali Madinani koʻrib kelmadi,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Bardoshim yetmaydi oh torganiga,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
📚"Jannat kalitlari" kitobidan.
Oqsin, koʻzlarimning dur-u gavhari,
Yogʻilsin boshimga dunyo dardlari,
Sendan oʻtinchim bor birgina mani,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Bolam deb xastadek soʻz qotganiga,
Jon uchun kurashib u yotganiga,
Bardoshim yetmaydi oh torganiga,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Azob emas ekan biror bir qaygʻu,
Bu qadar qoʻrqitmas hech bitta tuygʻu,
Keyin, quyoshing ham sochmaydi yogʻdu,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Sevgiga ming la'nat, oʻsha janonlar
Kerakmas hurliqo qoshi kamonlar,
Soʻzlamay qolarkan menda zabonlar,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Dunyo-yu, boyliklar mendan qolsa ham,
Yoʻqchildan vujudim charchab-tolsa ham,
Azroil jonimga rahna solsa ham,
Meni onam bilan sinama Robbim!
Hali baxt neligin anglay bilmadi,
Yanogʻi chin dildan bir bor kulmadi,
Hali Madinani koʻrib kelmadi,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
Bardoshim yetmaydi oh torganiga,
Meni onam bilan sinaman Robbim!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
“Baxti qaroman”
📚"Jannat kalitlari" kitobidan.
Bilaman...
Oʻzim boshingizga bitgan baloman,
Sizni qaritgan bir baxti qaroman,
Yuragim qiynalar axir men sizni
Rozi qilolmagan qalbi yaroman.
Boshingizga "ekdim" oppoq tolalar,
Sizga aytdim qancha dard-u nolalar,
Sizni tinglash uchun topmay choralar,
Sizni oʻylolmagan qalbi yaroman.
Ming duo qilsangiz bir bor quchoqlab
“Nima xohlaysiz?” deb jondan "soʻroqlab"
Erkalab boshingiz silab, oʻynoqlab,
Haqni toʻlolmagan qalbi yaroman!
Tunlarni bedorlik dardi tutganda,
Dard cheksam, ming qaygʻu, alam yutganda,
Ketganda yillab ham yoʻlim kutganda,
Mehr berolmagan qalbi yaroman.
Qaroman, qaroman yuzi qaroman,
Oʻylovlar yoʻlidan yolgʻiz boraman,
"Onam" deb poyini oʻpish oʻrniga
Rozi qilolmagan qalbi yaroman...
Bilaman...
Boshingizga bitgan baloman...
Sizni qaritgan bir baxti qaroman...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
📚"Jannat kalitlari" kitobidan.
Bilaman...
Oʻzim boshingizga bitgan baloman,
Sizni qaritgan bir baxti qaroman,
Yuragim qiynalar axir men sizni
Rozi qilolmagan qalbi yaroman.
Boshingizga "ekdim" oppoq tolalar,
Sizga aytdim qancha dard-u nolalar,
Sizni tinglash uchun topmay choralar,
Sizni oʻylolmagan qalbi yaroman.
Ming duo qilsangiz bir bor quchoqlab
“Nima xohlaysiz?” deb jondan "soʻroqlab"
Erkalab boshingiz silab, oʻynoqlab,
Haqni toʻlolmagan qalbi yaroman!
Tunlarni bedorlik dardi tutganda,
Dard cheksam, ming qaygʻu, alam yutganda,
Ketganda yillab ham yoʻlim kutganda,
Mehr berolmagan qalbi yaroman.
Qaroman, qaroman yuzi qaroman,
Oʻylovlar yoʻlidan yolgʻiz boraman,
"Onam" deb poyini oʻpish oʻrniga
Rozi qilolmagan qalbi yaroman...
Bilaman...
Boshingizga bitgan baloman...
Sizni qaritgan bir baxti qaroman...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
Kimim bor edi..?
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Izingdan termulib qolgan onimda,
Oʻz qastim bor edi yurak-jonimda,
"Ketma" deb aytgandim, mening yonimda
Sendan boʻlak kimim bor edi..?
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
Qasidir she'rimning ostiga:
"[Ijodimdagi soʻnggi she'rim] " deb yozishimga oz qoldi menimcha!!!
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Izingdan termulib qolgan onimda,
Oʻz qastim bor edi yurak-jonimda,
"Ketma" deb aytgandim, mening yonimda
Sendan boʻlak kimim bor edi..?
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
Qasidir she'rimning ostiga:
"
Erkak boʻlibman.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Orzular sarhadni bilmabdi gohi,
Otam erkalasa baxtga toʻlibman.
Menga "tushganida oilam nigohi",
Endi erka emas, erkak boʻlibman!
Otam yuzidagi ajinni sanab,
Shu kunlar onamni oʻylab yuribman.
Bugun oynadagi aksimga qarab,
Endi erka emas, erkak boʻlibman!
Yulduzlar sanashni boshladim bir gal,
Uyqumda halovat topmay qoʻyibman.
Uyqusiz tunlarda oʻylasam agar,
Endi erka emas, erkak boʻlibman.
Erkalik, bolalik oʻtmishda qolib,
Xotiralar uzra uni koʻmibman.
Xavotir ichida olovdek yonib,
Endi erka emas, erkak boʻlibman...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
Buncha tez ulgʻaydim oʻylovlar qurshab..?
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Orzular sarhadni bilmabdi gohi,
Otam erkalasa baxtga toʻlibman.
Menga "tushganida oilam nigohi",
Endi erka emas, erkak boʻlibman!
Otam yuzidagi ajinni sanab,
Shu kunlar onamni oʻylab yuribman.
Bugun oynadagi aksimga qarab,
Endi erka emas, erkak boʻlibman!
Yulduzlar sanashni boshladim bir gal,
Uyqumda halovat topmay qoʻyibman.
Uyqusiz tunlarda oʻylasam agar,
Endi erka emas, erkak boʻlibman.
Erkalik, bolalik oʻtmishda qolib,
Xotiralar uzra uni koʻmibman.
Xavotir ichida olovdek yonib,
Endi erka emas, erkak boʻlibman...
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onamni koʻrsam...
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Xotirjam boʻlmayman uyimga qaytsam...
Nimadir ezadi butun tanamni.
Barcha hayron boʻlar rostini aytsam,
Koʻrib ezilaman keksa onamni..!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.
📚"Sogʻinchlar taftida" turkumidan.
Xotirjam boʻlmayman uyimga qaytsam...
Nimadir ezadi butun tanamni.
Barcha hayron boʻlar rostini aytsam,
Koʻrib ezilaman keksa onamni..!
✍E'zozbek Yoʻldoshev.
📧 @EzozbekPoet.