🚥 ҚИЗИЛ ЧИРОҚЛАР
🚦Йўлнинг яқини соз,
Умрнинг эса
Йўлларида дуруст йироқ-йироқлар.
Қани эди, бу йўл, кенг, равон келса,
Ёниб турса доим яшил чироқлар!
🚧 Лекин бу дунёнинг шодликдан доғи,
Висолидан кўра фироғи кўпдир.
Бисёр берк кўчаси, чигал сўқмоғи,
Чорраҳаси, қизил чироғи кўпдир.
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, "Дафтарда қолган сатрлар"дан.

ERKIN VOHIDOV
🇺🇿 Амалдаги Президентимиз Шавкат Миромонович Мирзиёев ҳақида муҳтарам шоиримиз, Ўзбекистон Қаҳрамони Эркин Воҳидовнинг 2003 йилда билдирган фикрлари. #Сайлов_2021
🇺🇿 Шавкат Миромонович Мирзиёев 80,1 % овоз тўплаб, Ўзбекистон Респубоикаси Президентлиги лавозимига қайта сайландилар.
#Сайлов_2021
#Сайлов_2021
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
✅ Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilindi. Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz bilan g‘alaba qog‘ondi!
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga ko‘ra, ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning yarmidan ko‘pining ovozini, ya’ni 50 foizdan ortiq ovoz olgan nomzod Prezident etib saylangan, deb hisoblanadi.
Ushbu ma’lumotlarga tayanib, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod Shavkat Miromonovich Mirziyoyev saylovchilarning eng ko‘p – 80,1 foiz ovozini olib, ishonchli g‘alaba qozonganini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz.
Zayniddin Nizamxodjayev
Markaziy saylov komissiyasi raisi

Forwarded from Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
#ustozlar_bisotidan
Qaynar ko‘zgu kabi musaffo chashma,
Ko‘zalar so‘zlashar. Biri der: Oshna,
Biz-ku suv ichamiz chanqamasak ham,
Qandoq bo‘lar ekan suv ichsa tashna.
✍️ Ulfat, Afg‘oniston
📄📜 Erkin Vohidov tarjimasi
👍Bizga qo‘shiling!!! https://t.iss.one/erkinvohidovmaktabi

❇️ Араб тилидан ўтган нарса ва буюм номлари ҳам тилимизда кўп: Ароба, мусаллас, истеҳком, қалам сингари. Шунингдек, форс тилидан кирган фалсафий атамалар ҳам талайгина.
✅ Жавонмард, сарбадор, чархи кажрафтор, Ойнаи Искандар ва ҳоказо. Ҳаракат номлари асосан туркийча. Кўпгина сўзларнинг ўзбекчаси ҳам, арабчаси ҳам, форсчаси ҳам тилимизда баробар ишлатилади.
✅ Арабча Аллоҳ ёнида форсча худо, туркий Тангри сўзларимиз бор.
Юрак ҳам, қалб ҳам, дил ҳам деймиз.
✅ Арабча исм, форсча ном, ўзбекча от - ҳам ўзимизники.
Тил, забон, лисон бизда шу сабабдан беқиёс ва рангин.
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, "Сўз латофати" китобидан.
#Ўзбек_тили
#Она_тили
🎨 Рангтасвир муаллифи Аслиддин Исаев.

Forwarded from Rustam MIRVOHID ijodi
Kecha kerak bo‘lding, bolalik chog‘im,
Senga qo‘l uzatdim... Yo‘q, yetolmadim.
Oshkora g‘irromlik qildi o‘rtog‘im,
Men «Bor, o‘ynamayman!» deb ketolmadim...
©Erkin Vohidov
@Rustam_MIRVOKHID

Forwarded from ERKIN VOHIDOV (Nigora Umarova)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍁ЁРУҒ ДУНЁ
Дейдиларки, дунё бевафо,
Ўтиб кетар беш кунлик гўё.
Майли, лекин қаро бўлмасин
Ёруғ дея аталган дунё.🍂
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, "Дафтарда қолган сатрлар"дан.
Дейдиларки, дунё бевафо,
Ўтиб кетар беш кунлик гўё.
Майли, лекин қаро бўлмасин
Ёруғ дея аталган дунё.🍂
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, "Дафтарда қолган сатрлар"дан.
Forwarded from ijodim
#yangiliklar
Farg‘onadagi Prezident maktabi hamda Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga O‘zbekiston Respublikasining Belgiya, Ispaniya, Avstriya va Latviyadagi elchixonalari biriktiriladi
“Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirishda xalqaro tajribalarni keng joriy etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Prezident ta’lim muassasalari agentligi va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining agentlik tizimidagi ta’lim muassasalariga xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etib borishi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Xorijiy davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari, ilm-fan sohalarining so‘nggi yutuqlari, pedagog kadrlarning “Hayot davomida o‘qish” dasturlarini O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiya qilish, mavjud xalqaro hamkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish maqsadida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalarini Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalariga biriktirish ro‘yxati tasdiqlanadi.
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabiga O‘zbekiston Respublikasining Belgiya, Ispaniya, Avstriya va Latviyadagi elchixonalari biriktirilishi ko‘zda tutilmoqda.

#tashrif
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida boʻlib, u yerda olib borilayotgan ishlar, oʻquv jarayonlari bilan tanishdi.
Agentlik tizimidagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “NAZM VA NAVO” ijodiy kecha boʻlib oʻtdi.
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi oldida ustozlarni maktab oʻquvchilari turli tillardagi tarjima she’rlari bilan kutib oldilar.
Joriy yilning 28-oktabr kuni Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyat boʻlimi rahbari, Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Qilichbek Tojiyev, madaniyat xodimlari, Milliy Gvardiya harbiy xizmatchilari, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar tashrif buyurdilar va ustozlar ishtirokida ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.
Ijod maktabida tashkil etilgan ijodiy toʻgaraklarning faoliyati mehmonlarga tanishtirildi. Shundan soʻng oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, turli tillardagi she’r va qoʻshiqlar, aktyorlik mahoratlari yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan zamonamizning liderlarini oʻquvchilarga beradigan hayotiy saboqlariga asoslangan “Hayot darsi” loyihasining ilk soni oʻtkazildi. Unda Hilola Umarova ishtirok etdi va maktab oʻquvchilari bilan samimiy suhbatlashib, ularning fikr-mulohaza, savollari va takliflarini eshitdi.
Yakunda Respublika miqyosida hamda viloyatda oʻtkazilgan tanlovlarda, ijodiy va ilmiy monitoringlarda gʻoliblikni qoʻlga qiritgan oʻquvchilar munosib taqdirlandilar.
✍️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi Matbuot xizmati

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌙✨🍁 Ой фонусин кўтарди осмон,
Юлдузчалар бўлди парвона.
Сайр этайлик, кел, бирга, жонон,
Кўнглим сени истар ягона.
Қўлларимдан тут ўзинг, дилбар,
Ойдин йўлга етакла мени.
Ошиқ бўлиб, ишон, шунчалар
Севмагандим ҳеч қачон сени.
Ажаб, ортиқ сармастман букун,
Кўкрагимга сиққудай олам.
Бир кун лим-лим тўлмиш лолагун
Ишқ майига кўнгил пиёлам.
Кел, юлдузлар тўшалган йўлдан
Етакласин бизни муҳаббат.
Ғамларингни чиқар кўнгилдан,
Шод кунларни эслайлик фақат.
Сайр этайлик, кел, бирга эркам,
Рози кетсин биздан умрбод -
Шодлик учун яралган олам,
Севмоқ учун берилган ҳаёт. 🍂🍂🍂
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 1961 йил.

ЮРАК
☄Дардлар тоши ёғди, юрак -
Шишасининг дарзи кўп.
Синмай турсин, ҳали керак,
Элдан унинг қарзи кўп.
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, "Дафтарда қолган сатрлар"дан.
📽🎞 Кинолавҳа Шароф Бошбековнинг 1990 йилда ёзилган "Темир хотин" пьесаси асосида яратилган бадиий фильмдан олинган.

Forwarded from Олтин воҳа
⚡️⚡️⚡️⚡️
ШОИР СИРОЖИДДИН САЙЙИД 63 ЁШДА
Бугун шоир Сирожиддин Саййид таваллуд топган сана. Сирожиддин Саййид ҳозирги ўзбек адабиётининг энг пешқадам вакилларидан бири. Гўзал лирик шеърлари бор. У том маънода, катта шоир.
Сирожиддин Саййид "Онамнинг калишлари", "Куйдим", "Илтимос, суянмангиз" сингари кўплаб машҳур асарлари билан Абдулла Орипов, Эркин Воҳидов авлодидан кейин ўзбек шеъриятига янги оҳанглар, туйғулар, ранглар олиб кирганлардан биридир.
Сирожиддин Саййид ва ижтимоий буюртмалар – қизиқарли, ҳассос мавзу. Бундай катта истеъдод соҳибларини тарғибот машинасига, мафкура жангчисига айлантириш табиий жараён. Шоир эса ижтимоий буюртмаларни чиройли ижро қилиши, сертаъсир сатрлар ёзиши керак. Ўхшамаса – ўхшамайди.
Дарвоқе, ноёб истеъдод эгаларида доим башоратгўйлик, келажакни олдиндан кўришга ўхшаш бир туйғу ёр бўлади. Айрим истеъдодли шоирлар ўз ўлимини олдиндан тасвирлаб қўйишади. Яна баъзилари келажак воқеалар ҳақида ишоратга тўлиқ шеърлар ёзиб қўяди беихтиёр.
Зотан, ижод – Яратганнинг иши, унда ғайришуурий нимадир бор. Сирожиддин Саййид ҳам кўп йиллар олдин бир шеър ёзган. Бу шеърда "Фалончи сарой шоири бўлиб кетди", деган нағмаларга чиройли жавоб берган. Бу шеър бугун ҳам ўринли ва табиий жаранглайди. Шоир ўз позициясини жуда чиройли равишда бадиий деталлаган:
Мен саройнинг шоириман,
Тоғу сойнинг шоириман.
Шу юртдаги ҳар бир шоҳу
Ҳар гадойнинг шоириман.
Ҳазрат Навоийлар меъмор,
Боғ-саройнинг шоириман.
Темур боболардан ёдгор,
Оқсаройнинг шоириман.
P.S. Кейинги постда эса Сирожиддин Саййиднинг ўзим энг ёқтирган шеърини улашаман.
@oltin_voha

❇️ Вақт ўтса-да, қадри юксак сатрлар...
✅ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидовнинг "Камтарлик", "Кекса қайрағочнинг илдизин очиб...", "Гўзаллик" шеърлари.
✅ Шеърларни муаллифнинг ўзи ўқиган.

ҚЎЛИНГНИ ПАРДАЛАР ҚИЛДИНГ
( Юзингни бир кўрай десам,
Қўлингни пардалар қилдинг...
Завқийдан)
Ёр юзини бир кўрмоққа зор,
Фарёд қилиб ўтди устозлар.
Замон ўзга энди, ўзга ёр,
На парда бор, на ишва-нозлар.
Мумтоз шоир қайтса тирилиб,
Ўзга байтлар айтиб кетарди.
Қўлни юзга пардалар қилиб,
Замонига қайтиб кетарди.
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 2004 йил.

https://yuz.uz/news/gayratiy-maktabi
Ғайратий мактаби
⁉️ Ўзбекистон халқ шоири
Эркин Воҳидов ўзининг аксарият суҳбатларида доим ўсмирлик пайтида шоир, устоз Ғайратий ўқувчилар учун ташкил этган тўгаракка қатнаганликларини ёзадилар.
❓Шоир Ғайратий ким эди? Ундан қанлай адабий мерос қолган.
✅ Мақолада шоир Ғайратийнинг ҳаёти ва ижоди, у ўқувчилар учун ташкил этган тўгарак фаолияти тўғрисида қизиқарли маълумотлар берилган.

Янги Ўзбекистон
Ғайратий мактаби
Биз шу ижод мактаблари ҳақида ўйлаганимизда ўтган асрнинг 50-йилларида Ўзбекистон халқ шоири Ғайратий мактаби бўлгани ва шу мактабдан Эркин Воҳидов сингари машҳур шоирларнинг етишиб чиққани ёдимизга келади.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
АЙРИЛИШ
Бир лаҳзадек ўтди-ю кетди
Ногаҳоний бу қисқа висол.
Кемалардек учрашган эдик,
Айрилурмиз кемалар мисол.
На мен сенга ишқ изҳор этдим,
На сен менга майл этдинг ошкор.
Сени бир зум тутмоққа энди
На ҳаққим бор, на ҳуқуқим бор.
Соҳилларда сайр айлаган он
Сўз очмоққа журъат қилмадим.
Бу қувончлар сўнгида ҳижрон
Борлигини нетай билмадим.
Энди наф йўқ, вақт ўтди, кетди,
Тамом бўлди бу қисқа висол.
Кемалардек учрашган эдик,
Айрилурмиз кемалар мисол.
Сузаркансан манзилга томон,
Оқ йўл тилаб қолгум, дилрабо.
Етказинг деб соҳилга омон,
Шамолларга қилгум илтижо.
✍ Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Эркин Воҳидов, 1962 йил.