Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar
748 subscribers
5.14K photos
1.07K videos
70 files
761 links
📚 She'riyat 📚

🧭 Murojaat @Remark_Erich
Download Telegram
Tushimda Barselona darvozabonligiga imzo chekibman...😁 2 yilga!

Faqat sharti Garsiyadan keyingi o'rindagi zahira darvozaboni bo'larkanman...😁


Imzo chekvordim-ey...Sigaret chekishdan yaxshi-ku shu to'g'rimi?!
6❤‍🔥2🔥1
#Kino_parcha

Tan ol, Jek! Meni haliyam sevasan!
– Agar opang va iting kelsa: Itingni tanlagan bo'lardim, tushundingmi?!

© Karib dengizi qaroqchilari

@Erkin_Hojimuhammad
😁42
Kambekiston atamasining rasmiy muallifi bu Srechko Katanes! Zo'r murabbiy! Bizga JCHni sovg'a qilgan inson!
4
#Sargazm

Qaysidir yili Qozog'istonda Amir Temur yili bo'lgan edi! (Amir Temur haqida hujjatli filmlar qilingan, ko'chalariga nomi qo'yilgan, bobomiz haqida ko'p gapirilgan)

Bunga javoban biznikilar O'zbekistonda Erkabulan Toktar yili qilishdi 2025-yilni!
4
Tushlaringga kirganimda,
Sevaman, deb aldab qo'ygin...
7🤔1
Ҳеч қачон маҳзун бўлиб, тушкунликка тушманг. Кўзингизни очиб юмишингиз, бир қадам ташлашингиз ҳам Аллоҳ Таолодан...
Шундай экан нега ўтган бахтсиз кунларингизга кўнмайсиз? Ҳар бир кунингиз, керак бўлса ҳар сониянгиз учун Аллоҳга ҳамд айтишингиз керак. Шундай неъматларни кўришга, эшитишга,  хис қилишга қодир қилган Роббимга шукроналар бўлсин!


@Erkin_Hojimuhammad
❤‍🔥62
Dada, sizni yaxshi ko'raman!
4❤‍🔥3😢3👍2
Forwarded from Rahmatulla Choriyev
Tashvishlardan yaralgan dunyo,
O'z dardiga uralgan dunyo.
Aytolmadim shu so'zni go'yo,
Dada Sizni yaxshi ko'raman.
5
Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi.

Tug'ilgan kun muborak bo'lsin!

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍5
#Tavallud

Bizda tug'ilgan kun shunaqa nishonlandi!

Qoch Barsa kelyapti! 😌😁
❤‍🔥11
#Senga_Turkum (1)

YIG'I


Sen yonimda bo'lsang
har qancha
bu dunyoni kelmas
ilg'agim.
Kel,
yig'laymiz ertalabgacha,
Yelkamga bosh qo'yib
yig'lagin.

Yig'lashimni ko'rib o'ylanma,
Meni tanlab adashdimi,
deb.
Men dunyodan chunon to'yganman,
Bir mehringga to'ymaganman,
kel!

Dilimga oh qadashganida,
Yig'lamadim,
Xudoga qasam!
Yig'lamayman adashganimdan,
Quvonchdan yig'layman
yig'lasam!

Ishq dardi bu mana ko'r, qullik,
Gulim, sen ham qilma sazolar.
Boshga tushgan har ne ko'rgulik,
Tushmagani bo'lsin qazolar!

Men yoningda bo'lsam
har qancha
Dunyonimas,
meni ilg'agin.
Kel,
yig'laymiz ertalabgacha,
Yelkamga bosh qo'yib
yig'lagin.

30.12.2024

© EH

@Erkin_Hojimuhammad
7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kino_vaqti

🎬 🎥 Betman Qora Ritsar / Jokerga Qarshi

@Erkin_Hojimuhammad
1
Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar
#Kino_vaqti 🎬 🎥 Betman Qora Ritsar / Jokerga Qarshi @Erkin_Hojimuhammad
Kinoda Joker ro'lini ijro etgan Heath Ledger 28 yoshida hali kino premyera qilinmasidan vafot etgan ekan.
U 2008-yilning 22-yanvarida, Nyu-Yorkdagi kvartirasida, kasalliklar va yotqiziqni yengillashtirish uchun yozilgan dori vositalari ortiqcha qabul qilinishi natijasida vafot etdi.
U Christopher Nolan boshchiligidagi “The Dark Knight” filmida Joker obrazini yaratib, shu roli uchun posthumous (vafotidan keyingi) tarzda “Eng yaxshi yordamchi aktyor” nominatsiyalarini va Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan.
Yulduzli onlarini ko'rishga ulgurmay vafot etgan qisqasi...Alamli)
Shu paytgacha juda ko'p aktyorlar Joker ro'lini ijro qilishgan! Menga eng yoqqani aynan mana shu kinodagisi! Ham qo'rqinchli, ham eng yaramasi))
3
Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar
#Kino_vaqti 🎬 🎥 Betman Qora Ritsar / Jokerga Qarshi @Erkin_Hojimuhammad
#Parcha

Joker dushmanini og'ziga pichoq tiqib turadi va unga shu gaplarni aytib beradi:

– Yuzimdagi bu tirtiqlar qayoqdan kelganini bilasanmi?!


Otam piyonista va ablah edi. Bir kuni har doimgidanda battarroq quturib ketdi. Onam o'zini himoya qilish uchun oshxona pichog'ini ovoldi. Lekin bu otamga sirayam yoqmadi. Men otamni onamning bo'yniga pichoq tirab turganini ko'rib turgandim. U telbaga o'xshab kulardi. Keyin men tomonga o'girilib bunday dedi: – Buncha jiddiy bo'lmasang o'g'lim?!
U meni yonimga kelib, jiddiyligimni ro'kach qilib tig'ni og'zimga tiqdi. Tasavvur qilyapsanmi, yosh bolani og'zida pichoq?!
Keyin esa: – Kel, tabassum qilayotganingni tasvirlaymiz, dedi. Xullas, (Dushmaniga termulib deydi) sen namuncha jiddiysan?!

© Jokker

@Erkin_Hojimuhammad
3
Erkin HOJIMUHAMMAD | She'rlar
#Kino_vaqti 🎬 🎥 Betman Qora Ritsar / Jokerga Qarshi @Erkin_Hojimuhammad
#Parcha

– Betmen niqobini yechib menga taslim bo'lmas ekan, har kuni bu shaharda bittadan odam o'laveradi!!!

© Joker

@Erkin_Hojimuhammad
4
#Eskisidan_Bor

ФОТИМА

Юракда ширин туйғу,
Сўзи гул, юзи ойли.
Фотима деган сулув
– Ҳамма қиздан чиройли...

Келди, имлади мани,
Сирин очди қўрқувда.
Айтинг: – Камол ака(м)ни
Яхши кўраман жуда!

Айтдим, кўзи кўк терар,
Ичиб олган каби май.
Камолчи юраверар,
Фотимага бефарқдай.

Ҳар боқиш улашар жон,
Айтдим-ку юзи ойли.
Фотима деган ғилмон,
Ҳамма қиздан чиройли!

Яна келди, сўнг чиндан,
Умид билан боқади.
– Айтинг, мени кўнглимга
Камол ака ёқади!

Айтдим – қулоқ сол бир гап,
Асра уни эт, тандай.
Туюлади Камолга,
Фотима ёқмагандай.

Севадида эҳ тентак,
Камол қуёш, у ойли!
Фотима деган читтак,
Хамма қиздан чиройли...

Дерсиз – эй менга нима
Бу гапинг жонга етди.
Шундай қилиб Фотима,
Ўзгага тегиб кетди.

Камол айтди олиб тин,
Бир илтимос сўради!
Фотима - Камолиддин,
Сени яхши кўради.

Камол айтди: - куйди жон,
Энди эмасман ойли!
Фотима деган жувон,
Хамма қиздан чиройли!

Эркин ХОЖИМУҲАММАД

@Erkin_Hojimuhammad
2
#Barselona

Samarqanddamiz!

Aksiga olib bugun Yapon klubi o’z uyida "Barselona"ni mehmon qiladi.


⚔️ O’rtoqlik uchrashuvi.

🇯🇵 "Kobe" — "Barselona" 🇪🇸


🗓 BUGUN | 15:00

Juda sog'ingandim Barselonani o'yinini! Mana shu o'yin bilan boshlab olamiz mavzumni! Omad, Barselona!
3🔥1
Germaniya ko'chalari...Orzu orzuligicha qolmaydi...
6❤‍🔥3🔥1