Dr. Algorithm
3.92K subscribers
606 photos
58 videos
3 files
619 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Will AI replace software engineers?

Darkhonbek Mamataliyev,
SWE @ TikTok

Koʻpchilikni oʻylantirgan trend savol javobini aytib berdilar. Siz ham javobini bilasizmi?

SI sizning ishingizni olib qoʻyadimi?


Javobi taqdimotda.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥13🗿41👍1
Big Tech and Beyond

Azim Pulat
Founder @ 42.uz

Juda zoʻr chiqish.


Puxta tayyorgarlik, puxta reja, qiziq mavzu, chiroyli chiqish.

Shu bilan Azim Pulat Big Techni tugatdi. Boshlagan ishlariga baraka tilaymiz.

06.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍51🔥131
DevFest++

Yana bir yil.


O‘zbekiston AT olamidagi katta tadbir DevFest ham o‘tdi.
* Qiziqarli mavzular
* Yangi taqdimotchilar
* Ko‘rgazmada yangi ishtirokchilar
* Tanish-bilish (Networking)

Mavzular juda sifatli tayyorlangan. Hozirgi davrda dolzarb mavzular. Eshitib o‘tirib, mavzuning ichiga kirib ketasiz. Yoningizda kimdir savol bergan bo‘lsa eshitmay qolishingiz mumkin.

Juda ko‘p yaxshi insonlar

Do‘stlar davrasiga kirganda odam har biri bilan qo‘l berib ko‘rishadi. Bu kun menda ham shu his bo‘ldi, 30-50 kishi bilan qo‘l berib ko‘rishdim. Balki yana ko‘proq. Ertaga katta odam bo‘lib ketishadi, nevaralarimga aytib yuraman:

Shu odam bilan qo‘l berib ko‘rishganman, - deb.


2021 ni esladim. Ataylab 1.5 soat Networking uchun vaqt ajratilgan edi. 1 dona odam kelib:

- Aka, ismiz nima? Man Falonchi, dizayn sohasiga qiziqaman. Sizda ishlar bo‘lsa, intern bo‘la olaman. Telefonimni yozib oling, - degan edi.

Bu 4 yilda farq juda katta.

Yosh dasturchilar, hamkasblar, xalqaro korxona xodimlari, kursdoshlar, ustozlar, shogirdlar, shogirdlarning shogirdlari, shogirdlarning shogirdlarining shogirdlari... kanal tufayli ustoz tutganlar... 🤯 (welcome mas'uliyat++)

Og‘a aytganlaridek: "Buning hisi boshqacha"


StartUp

Yoshlarimiz StartUp vibe’iga kirishib ketishibdi. Avvallari ATga kirish uchun qaysi kursga borishni so‘rashar edi.

Hozir esa Falon ish boshlamoqchiman piston qilsa bo‘ladimi? Kabi aniq savollar bilan kelishdi.

Juda xursand bo‘ldim.


Ta’limga qiziqqan yoshlar bilan gaplashdim

Data science qayerda o‘qisam bo‘ladi?

degan savol bergan ham bo‘ldi.
Ta’limga oid loyiga qilayotgan ham.

Qo‘ldan kelganicha fikrlarimni aytdim.


Chet el ta’lim tizimini o‘rganish va bizga tatbiq etish bo‘yicha ancha ishlar qilinibdi. Rosa fikr almashdik. Agar sizga ham Angliya ta’limiga doim ma’lumot kerak bo‘lsa ayting, imkon borida yordam qilaman.

Selfi

Deepfake rivojlangan davrda maza qilib rasmga tushdim. Afsus u rasmlar menda emas. Egalari balki tashlab berishar.

Agar siz bilan rasmga tushgan bo‘lsam izohda yoki kanaldagi shaxsiydan yozib yuboring.


Rasmlarni to‘plab qo‘ymoqchiman. Keyin eslab yuramiz.

Tabdir juda zo‘r ruhda o‘tdi. O‘tgan yili kela olmaganimni ham chiqarib oldim.


Sizda qanday bo‘ldi? Izohlarda bo‘lishing.

07.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥286👍3
Forwarded from Khumoyun Codes
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saidolim aka bilan ham interviewni tugatib oldik, qiziqmi?

200 olov 🔥 yig'sak shu hafta chiqadi, bo'lmasa keyingisida 🙃

P.S. Boshqa qiziq postlarni qo'shimcha kanalda kuzating 👉 @khumoyun_writes

@khumoyun_codes
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥90🕊2👍1
Humoyun bilan dildan suhbat qurdik.

Taklif uchun rahmat aytaman.

Oldindan mavzu etilmagan edi. Shunga javoblar pishmay qolgan yoki qattiq ta'sirchan boʻlishi mumkin
(Dangerous)

Humoyun boshlagan loyihalarini tavsiya qilaman. Juda ajoyib loyiha boʻlibdi.

Agar 200 ta olov (🔥) yigʻib bersak, shu hafta chiqarar ekanlar.

https://t.iss.one/khumoyun_codes/887

08.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥653👍1
AI 2027

Ajoyib loyiha topib oldim. Olimlar SI taqdirini bashorat qilishar, vaqt o‘tishi bilan ro‘yobga chiqishini kuzatishar ekan.

👉 https://ai-2027.com/

Daniel Kokotajlo, Scott Alexander, Thomas Larsen, Eli Lifland, Romeo Dean tomonidan tashkil etilgan sayt ekan.

Biz AI kelajagini bashorat qiluvchi yangi notijorat tashkilotmiz. Biz ushbu veb-saytni Lightcone Infrastructure bilan hamkorlikda yaratdik.

deyiladi veb sahifada.

O‘qib ko‘rdim, juda ajoyib bashoratlar yozilgan ekan:
* 2025 yil oxiri: Dunyodagi eng qimmat AI
* 2026 yil o‘rtalari: Xitoy uyg‘ondi
* 2027 yil Yanvar: Agent-2 hech qachon o‘rganishni tugatmaydi
* 2027 yil Fevral: Xitoy agent-2ni o‘g‘irladi
* 2027 yil May: Milliy xavfsizlik

bularni o‘qib, qayerga ketayotganimizni o‘ylab qoladi kishi.

Nima bo‘lsa ham yaxshilikka bo‘lsin.

Siz ham bashoratlarni o‘qib ko‘ring. Sizga ham shunday bashoratlar aqlingizga kelganmi?

Izohlarda ulashamiz.

10.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍19🔥4
O‘zbekistonda karta qanday ishlaydi?

Kartadan pul yechib olish yangilik emas. Humans holati bilan jar solishmoqda, ammo masala bundan jiddiyroq.

Bir boshdan aytib beraman.

Bank va karta farqli olam.

Karta amaliyoti 2 xil bo‘ladi:
1. O‘zida pul saqlaydigan karta.
2. Bank hisob raqamiga ulangan karta.

2-holat yaxshi, 1-holat xavfli.


Keling 1-holatni tahlil qilib ko‘ramiz.

Siz ishga kirganingizda oylik tushishi uchun karta ochishni so‘rashadi. Siz ishxonangiz aytgan bankda karta ochib kelasiz.

1. Nima uchun ishxona aytgan bankda?
2. Nima uchun sizda bor kartani ishlatib bo‘lmaydi?
3. Nima uchun karta bo‘lishi kerak, sizning bank hisob raqami emas?

Sababi, bizda barcha pul kartada turadi va buxgalterga pul tashlash o‘zining bankida qulay.

Kimdir aqllilik qilib, pul kartada emas, bankda turadi deyishi mumkin. Lekin pulning boshqaruvi kartada ekan, pul kartada hisoblanadi.

Demak, pul kartada ekan, bank sizning pulingizni boshqara olmaydi. Shu bilan birga himoya ham qila olmaydi.

Karta ishlab chiqaruvchi nima desa bank shuni bajaradi.


2-holat bo‘lsa-chi?

Sizda bank hisob raqami bor. (20 xonali son).

"Oylikni shu hisob raqamimga tashlab bering", - deysiz. Karta esa, shu hisob raqamga ulanadi. Kartani ishlatganingizda bankdan hisob raqamingizni tekshirib kelib, keyin pul yechadi.

Bank bermayman desa, pul yechilmaydi.


Bu usulda bank mijoz pulini qo‘riqlaydi. Har bir to‘lov turi, maqsadi, qayerda ishlatmoqda, hammasini nazorat qiladi.

Bitta bank hisobiga birnechta karta ulash mumkin.


1. Mayda xarajatlar uchun.
2. Farzandingiz ishlatishi uchun.
3. Oylik to‘lovlar (subscription) uchun.

Har bir karta xarajatini nazorat qila olasiz. Kartaga shart qo‘ysa olasiz, bloklay olasiz. Bu oylik budjetni nazorat qilishga katta yordam beradi.

Pul yig‘moqchi bo‘lsangiz, yana bir hisob raqam ochasiz va har oy unga pul tashlab turasiz. 2-hisob raqamingizni hech qayerga ulamaysiz. Bankda xavfsiz turadi.

Pul bankda turgani uchun bank foyda ko‘radi. (Kreditga qo‘ygandek. Halol emasligi boshqa masala). Shu foydasi tufayli sizga turli keshbek va aksiyalar qila oladi.

Sodda qilib aytsam:

1. Pul kartada tursa, karta chiqaruvchi javobgar.
2. Pul bankda tursa, bank javobgar.

O‘zingiz o‘ylab ko‘ring. Kimning vakolati kattaroq, banknikimi yoki karta chiqaruvchiniki?


Man doim bankda mobil ilova ishlatsam kartadagi pulni bank hisob raqamimga o‘tkazaman. Ikkala hisob bitta bankka tegishli bo‘lgani uchun, o‘tkazish tekin.

"Moshennik"lar kartani boshqara oladi. Bank hisobini emas. Shunga bank hisobida pul ushlash xavfsizroq.

Endi pul o‘g‘irlash mavzusiga kelsak.

Kartani online boshqarish bizda 2014 yilda boshlangan. U vaqtda men ham O‘zbekistondagi FinTech korxonada ishlar edim.

UzCard ilk marta API chiqardi.


Bu juda katta burilish bo‘ldi. Chunki hech bir karta yoki bank hisobini onlayn boshqarish mavjud emas edi.

API hujjatlarini o‘qib, qiziq narsaga ko‘zim tushdi. Mijoz kartasini mobil ilovaga ulasa, token berilar edi. Shu token yordamida kartani to‘liq boshqarish imkoni bor edi: balansni bilish, pul yuborish kabi.

Bir martalik holat uchun rozilik belgisini bosmasangiz, tokenni saqlab qo‘ymas edi. Lekin shunda ham token kelar edi.

Man hayron bo‘lgan edim.


Nima uchun man saqlamasdan to‘lov qilsam ham token kelmoqda. Shaxsiy ma’lumotlar qonuniga mos kelmaydi.

Sherigimga aytsam:
- Bilmadim, o‘zligi biladi, - deb qo‘ya qoldi.
- Bir kun kelib, bitta app chiqadi. Hammaning tokenini yig‘ib, pulini o‘g‘irlaydi, - degan edim.
Sherigim kulib qo‘ygan edi.

So‘nggi yillar FinTech korxonalar ko‘payib ketdi. Hammasi ham PCI DSS kabi xavfsizlik tizimlariga javob bermaydi. Bilganicha shaxsiy ma’lumotlarni ishlatishmoqda.

10 yillik muammo esa ochiq qolgan.


Tavsiyam
1. Kartangizda katta pul saqlamang.
2. Kartani hamma ilovalarga ulab tashlamang.
3. SMS kodni hech kimga aytmang.
4. Terminalida pin kodni o‘zingiz tering.
5. Bankda hisob raqam oching.

Mavzu katta, qisqacha fikrimni bildirdim. Agar savollar bo‘lsa, izohda yozing. Bilsam tushuntirib beraman.

Kuningiz xayrli o‘tsin.

11.12.2025 Istanbul
@DrAlgorithm
4👍106🔥22🕊42
Tashakkurnoma

Kanal a'zolariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.


Oxirgi maqolam rekord daraja (140+) ulashish (share) toʻpladi. Bu kanal yuritadigan muallif uchun juda quvonarli. Yangi maqola yozish, sifatini oshirish uchun izlanish, doimiy yozish uchun intizom qilishga kuch bagʻishlaydi.

Maqolani oʻz kanaliga ulashgan mualliflarga va doʻstlariga shaxsiydan ulashganlarga tashakkur aytaman.


Izohlarda juda yaxshi savollar berildi. Javobini alohida maqola qilib yozib berishni reja qildim. FinTech sohasida qilishimiz kerak boʻlgan ishlar koʻp. Savol berib bir birimiz bilan fikr almashsak kimdir shu oʻzgarishlarni amalga oshirishiga sababchi boʻlarmiz. Nasib...

Shu kunlarda veb Blog yuritish ham bizda rivojlanib qoldi. Hafta davomida yangi 2 ta blog bilan tanishdim. Hatto mualliflarni yigʻadigan agregator saytlar ham safga qaytmoqda.

Blog saytlar koʻp boʻlishi kerak.


Mualliflar ham koʻpayadi. Maqollar sifati oshadi. Oʻquvchilar uchun tanlash imkoni paydo boʻladi.

Har bir muallif oʻzining uslubida yozadi. Bitta mavzu turli talqinda yoziladi. Oʻquvchi ham shunday. Biror muallif yozish uslubi yoqsa oʻqib boradi. Yengil hazm qiladi.

Bu xabarlarni oʻqib, hursand boʻldim.


Yangi kanal va blog ochayotgan mualliflarning ishlariga rivoj tilayman. Oʻzbek tilida ma'lumot koʻpayishiga yordamingiz va hissangiz uchun tashakkur.

Dam olish kunlaringiz maroqli va mazmunli oʻtsin.

13.12.2025 London
@DrAlgorithm
4👍599🕊3🔥2👾1
Dasturchi butun umr kod yozadimi?

Xumoyun bilan suhbatimiz YouTubega chiqdi.

😎 https://youtu.be/VnWxsQYw7vg

Xumoyun bilan turli mavzularda suhbat qildik:
* Dasturchi butun umr kod yozadimi?
* SI ishimizni olib qoʻyadimi?
* Chet elga "surish" kerakmi?
va boshqalar.

Suhbat biroz uzun. Vaqtingizga rozi boʻlasiz.

🔍 @Khumoyun_codes

🔍 https://youtu.be/VnWxsQYw7vg

15.12.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍29🔥8🕊1
Unga foyda!

Bir odam dengiz boʻyida yurib ketayotib, bir bolani koʻrib qoldi. Oldiga borib qarasa, bola qirgʻoqdagi dengiz yulduzlarini suvga uloqtirayotgan edi.

- Nima qilyapsan?
- Assalomu alaykum amaki, kecha toʻfon tufayli suv kelib, bu dengiz yulduzlarini qirgʻoqqa chiqarib qoʻydi. Ularga suvga qaytishga yordam beryapman, - dedi bola navbatdagi dengiz yulduzini suvga uloqtirar ekan.
- Qirgʻoq bir necha kilometr uzun boʻlsa, hammasini tashlay olmaysan.
Bola jilmayib qoʻydi.

- Senga nima foyda? - dedi odam.
Bola navbatdagi dengiz yulduzini yerdan olib, odamga koʻrsatdi va dedi:

- Unga foyda!

~~~

Ba'zida biz bilib-bilmay aytgan gapimiz yoki qilgan amalimiz kimgadir yordam berishi yoki uning hayotida ijobiy burilish yasashi mumkin. Garchi biz o'sha vaqtda u inson bilan birga bo'lmasak va natijani ko'rmasak ham, bitta odamning hayoti yaxshilanishiga sababchi bo'lgan bo'lamiz.

~~~

Kecha MuhammadKarim ajoyib taklif bilan chiqdi. (Yangi challange)

Chet davlatida yurgan va ATga qiziqadigan yoshlarga tekinga yordam beraman dedi.


Yanada quvonarlisi juda koʻp AT hamjamiyat faollari unga qoʻshildi. Bu juda quvonarli holat, chunki har bir faol kamida bitta odamga foydali boʻlsa, yoshlarimiz oʻz yoʻlini topib ketishga katta turtki boʻladi.

~~~

Butun dunyoni bir vaqtning o'zida o'zgartira olmasak-da, birgina insonning hayotini o'zgartirish u inson uchun butun dunyoning o'zgarishi bilan barobar.

21.12.2025 London
@DrAlgorithm
🔥698👍5🤯3🆒2
Forwarded from Najot Ta'lim
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saidolim Jo‘rayev, Sardor Dushamov va Anvar Nazrullohni taniysizmi?

Navbatdagi o‘quvchimiz Farrux hozirda Najot Ta’limning Chilonzor filialida Full Stack kurslarida o'qiydi. Suhbat davomida Farrux va boshqa o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqdagi mashhurlardan ko'ra AyTi olamidagi mutaxassislarni tanishlik ahamiyati tushuntirib o‘tildi.

Siz-chi? Sohangizdagi eng zo‘r mutaxassislardan kimlarni taniysiz? Ismlarini izohlarda yozib qoldiring 👇

najottalim.uz | 📞 78-888-9-888
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥26👍12🕊21👏1🤣1
Najot Ta'lim
Saidolim Jo‘rayev, Sardor Dushamov va Anvar Nazrullohni taniysizmi? Navbatdagi o‘quvchimiz Farrux hozirda Najot Ta’limning Chilonzor filialida Full Stack kurslarida o'qiydi. Suhbat davomida Farrux va boshqa o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqdagi mashhurlardan…
Assalomu alaykum,

Rahmat kattakon Temurbek (@temurbek_adhamov).

Bu gaplarni eshitib, Najot Ta'limda o`qigim kelib ketdi. Ishingiz barakali bo`lsin, yoshlarga bilim ulashishda charchaman.

Sardor og`a, Anvar aka bizni tilga olib, mas'uliyat yuklashibdi. Endi yana ham g`ayrat qilamiz ekan.
Faoliyatingizga rivoj bersin!

+ Sardor Dushamov > @Sardoroga_blog

+ Anvar Narzullaev > @sariqdev

+ Saidolim Djurayev > @DrAlgorithm

Vaqtini qadriga yetadiganlar uchun ustozlarning kanallarini yozib qo`ydim.

23.12.2025 London
@DrAlgorithm
🔥32👍7🕊74🤩2
P2P - Kartadan kartaga o‘tkazish xavfli

Karta raqamingiz nechchi?


Bu savolni ko‘p marotaba eshitganmiz. Bir-birimizga pul yuborishda va hatto do‘konda to‘lov qilishda.

Pul sizniki, uni boshqa odamga yuborish ham sizning haqqingiz.


Ammo shu qulaylikni suiiste’mol qiladigan odamlar ham usullar ham ko‘p.

- Do‘stingizdan narsa sotib oldingiz. pulini kartadan yuborasiz.
- Do‘kondan narsa oldik. Terminal orqali emas kartdan kartaga tashlab beramiz.
- Telegramda guruh ochib, uydan turib mahsulot sotamiz. Pulini kartamizga tashlatamiz.
- Ijara puli ham kartaga tashlanadi.

Umuman olganda bu 4 tasidan faqat 2 tasi to‘g‘ri. Qiziq, nima uchun ekan?

~~~

Tasavvur qiling - o‘qituvchi. Har kuni maktabga boradi, dars beradi, maktabning ozodaligiga qaraydi, o‘quvchilarning uyiga yetib olganini nazorat qiladi. Uyiga charchab kelib, bollariga vaqt ajratadi. Boshqa narsa qilishga vaqti yo‘q.

Oy boshida bu o‘qituvchi oylik oladi va oyligidan soliq undirilgan bo‘ladi.


Soliq davlatga tushganidan keyin turli sohalarga ishlatiladi. Yo‘l, maktab, shifoxonalar, bog‘ va fontanlar quriladi. Ijtimoiy dasturlar ishlab chiqiladi. Odamlar yaxshi yashashi uchun harakat qilinadi.

Endi esa, chetdan mol olib kelib, pulni kartaga tashlab tijorat qilayotgan odamni olaylik. P2P - kartadan kartaga tashlagani uchun uning pul harakati ko‘rinmaydi. Soliq to‘lamaydi. Lekin...

Hamma qatori yo‘ldan mashinasida yuradi, farzandi maktabga o‘qiydi, tekinga shifoxonadan foydalanadi, bog‘da sayt qiladi va issiqda fontan tagida o‘tiradi.

🙌

~~~

Maqolamdan niyat soliq haqida gapirish emas. P2P haqida.

Kartaga pul yuborish vaqtida 2 ta katta muammo bor:
1. Karta raqamini kiritishimiz bilan egasining ismi chiqib keladi.
2. Nima uchun pul yuborganimizni yozmaymiz.

Bir vaqtlar qiziqishga karta raqamlarini ketma-ket kiritib ko‘rib, odamlarning ismlari va karta raqamlarini bilib ko‘rgan edim. Bu yaxshi emas.

- Bu uning shaxsiy ma’lumoti. Karta raqami kiritib, ismini yozsam, tizim HA yoki YO‘Q desa, bu tushunarli, lekin o‘zi sotqinlik qilsa...
- Barcha karta raqamlari va ismlarni yig‘ib, boshqa maqsadlarda ishlatish va sotishim mumkin...

Endi asosiy mavzuga keldik. REFERENCE

Pul yuborishda O‘tkazma Maqsadi (Reference) kiritish kerak.


Shunda odamlar nima uchun pul yuborayotganini yoza oladi.
- Invoice raqami.
- Ijara muddati
- Do‘stining ismi
- Choyxona nomi va kuni.....

Chet davlatlarda aynan shu Reference orqali to‘lov maqsadli yoki o‘g‘rincha ekani aniqlanadi. Agar siz "Do‘stimga", "Oilamga" deb yuborsangiz, - bu kundalik yumush. Agar "Ijara Dekabr", "Do‘kon falonchi", "Sartarosh" kabi so‘zlarni ishlatsangiz, - demak siz biror xizmat yoki mahsulot uchun to‘lov qilmoqdasiz.

Reference (o‘tkazma maqsadi) maydoniga kiritilgan so‘z tufayli bank hisobingizni yopib qo‘yishlari mumkin.


Yangiliklarda bir necha yildan beri "Kartaga o‘tkazmalarni nazoratga olamiz" deb harakat qilishmoqda. Bu salbiy muhokamalarga olib kelmoqda. Shuni bosqichma-bosqich qilish kerak.

Boshlanishiga "To‘lov maqsadi" yozishni kiritish kerak.


Keyin esa, shu maydonga yozgan narsani orqali tekshiruv qilsak, har ikkala tomon ham haq/nohaq ekani ayon bo‘ladi.

🥇

~~~

Bir kuni pul yuborish vaqtida to‘lov maqsadi (reference) maydoniga "Dacha" deb yozgan edim, bank to‘lovimni to‘xtatib qo‘ydi. Hayron bo‘ldim. Choyxonaga pul tashlashayotgan edim, yetib bormadi. Ertasiga xat keldi, "Siz Ukrainaning Dacha qishlog‘iga nima aloqangiz bor?" - deb. Keyin o‘zimizning .uz saylaridan dacha dam olish joyi ekanini tushuntirib, yozvordim. To‘lov o‘tib ketdi.

~~~

Bu maqola O‘zbekiston plastik kartalariga bag‘ishlangan. Boshqa davlatlarda plastik karta tizimlari farq qilishi mumkin.

24.12.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2💯48🔥23👍14👎6😁2🤔1🕊1
Forwarded from Khumoyun Codes
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi. Ularning dasturlashga kirib kelishlari, hayotlari va boshqaruvga o'tishlari haqidagi qissa haqida gaplashdik. Dasturlash va o'qituvchilik tajribasi biznes bilan shug'illanishda ularga qanday ta'sir qilganini o'rgandik. Suhbat sizlarga foydali bo'ladi degan umiddamiz.

Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz.

P.S. Talablarga binoan bu safar suhbatga taym kodlarni ham qo'shdik, bu o'zingizga kerakli ma'lumotlarni eshitish yanada qulay bo'ladi degan niyatdamiz.

@khumoyun_codes

https://youtu.be/Ul29Gya4ga4
1👍11🔥3😭1
Khumoyun Codes
Qudrat aka bilan bo'lgan suhbatimiz Youtube ga yuklandi.
Assalomu alaykum,

Qudrat aka bilan suhbatni koʻrmasak boʻlmaydi. Koʻp dasturchilarning ustozi boʻlmish inson bilan suhbat foydali boʻladi.
💯32🕊2👏1
Dr. Algorithm
pul o‘g‘irlash mavzusiga kelsak.
Humansni hackerlar buzdimi?

Humans va Paylov voqeasini Saud Abdulvahed YouTube da tushuntirib bermoqda.

📱 https://www.youtube.com/watch?v=Cgyfk7BKT_E

4 ta ssenariy bilan tushuntirib berdi.

Masala negizi men yozgan bilan bitta chiqdi. SMS OPTsiz pul ogrilangan. Shuni tushuntirib bermoqda.

Qiziq bo`lsa, tomosha qilamiz.

#AT #tizimlar #xavfsizlik

26.12.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍33🤣6🔥1