Dr. Algorithm
3.16K subscribers
488 photos
53 videos
3 files
553 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Motivatsiya < Intizom
[chaqmoq izidan yurmang]


Shu kunlarda g‘ayratlantirish (motivatsiya) kurslari juda ko‘payib ketdi. Boshida foydali ko‘rindi. Vaqt o‘tib, hammasi yuzaga chiqa boshladi.

Biz bizga buyurilgan intizomni tark etdik. Bu Motivatorlarni ko‘payishiga olib keldi.


Motivatsiya chaqmoqqa o‘xshaydi – u birdaniga paydo bo‘ladi, ko‘p energiya beradi va hamma narsani yoritadi. Lekin u bir zumda o‘tib ketadi va ortidan yana qorong‘ulik qoladi. Intizom esa shamga o‘xshaydi – uning nuri kuchli bo‘lmasligi mumkin, lekin u tinmay yonadi. U sizni uzoq muddatli yo‘lingizda doimiy ravishda olg‘a boshlaydi. Sizga bir lahzalik porlash kerakmi yoki uzoq muddatli yorug‘lik?

“Phoenix project” kitobida yangi CTO xatolarini o‘rganish uchun mutaxassisga boradi. Fikrlar orasida shu fikr ham bor edi:
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdi-ki, kuniga 5 daqiqa shug‘ullanish haftada bir 3 soat shug‘ullanishdan yaxshiroq.


Nega?
Chunki intizom kichik, doimiy qadamlardan iborat. Aynan shu kichik harakatlar, kichik g‘alabalar bizga maqsadimizga yetishish uchun barqaror zamin yaratadi. G‘arbdagi ko‘plab muvaffaqiyatli insonlar aynan shu tamoyilga amal qilishadi: ular hasharlar uyushtirmaydi, ular har kuni oz-ozdan o‘z vazifalarini bajarib borishadi.

Niyatim kimnidir tanqid qilish emas.

Niyatim - esdan chiqib borayotgan intizomimizni qayta tiklashga chaqirish.


Shunday ekan, o‘zimizga bir savol beraylik: bizga bir lahzalik chaqmoq kerakmi yoki hayotimizni nurga to‘ldiruvchi doimiy sham?

03.09.2025 London
@DrAlgorith
🔥34👍12💯8🕊1
Forwarded from Paiziev24
O'zbekistonda Ilk Bor

🎶💻 Informatika O'qituvchilariga Amaliy Seminar

Noodatiy va ijdoiy ta'lim yondashuvi:
Musiqa orqali JavaScript yoki Python dasturlash tillarini talabalarga o‘rgating! 🎵➡️👨‍💻

AQSh'da faoliyat ko'rsatayotgan, turli texnologiya kompanyialari bilan ishlagan, raqamli media fanlar doktori unvonli xalqaro mutaxassisdan o'rganish imkoniyati.

📅 Sana: 25–26 sentyabr
📍 Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
💡 Ishtirok etish bepul, lekin o'rinlar soni cheklangan!

🔗 Batafsil ma’lumot va anketa: www.ijodiydasturlash.uz

🤝 Hamkor va homiylar:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti — tuit.uz
Chevening — chevening.org
EarSketch — earsketch.gatech.edu

🚀 Innovatsion ta’lim imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@paiziev24
👍6🔥3
Paiziev24
🎶💻 Informatika O'qituvchilariga Amaliy Seminar

Noodatiy va ijdoiy ta'lim yondashuvi:
Musiqa orqali JavaScript yoki Python dasturlash tillarini talabalarga o‘rgating! 🎵➡️👨‍💻
Dasturlash va Informatika yanada oson!

Sanjar juda zoʻr loyiha qilgan.

Oʻzi AQShda yashasa ham oʻzbek yoshlari Informatika va dasturlash sohasini oson oʻrganish uchun harakat qildi.

Seminarda qatnashishni tavsiya qilaman.

Maktabda informatika fanini oʻqitayotgan faol ustozlar boʻlsa, ularga ham foydali boʻladi.

Aytgancha, tanish-bilish (Networking) qilish esdan chiqmasin.

📅 Sana: 25–26 sentyabr
🔗 Batafsil ma’lumot va anketa: www.ijodiydasturlash.uz

05.09.2025 London
@DrAlgorithm
🔥16🕊2
BASIC No.1 - Birinchi dasturlash tili

Bugun Microsoft biz kabi ko‘plab "faxriy" dasturchilar uchun kutilmagan sovg‘a qildi: bir vaqtlar dasturlash olamiga kirishimizga sababchi bo‘lgan GW-Basic dasturlash tilining kodini ochiq (open source) qilib e’lon qildi. Bu yangilik meni uzoq o‘tmishga, dasturlashdagi ilk qadamlarimga qaytardi.

Nostalgiya: Qora ekran va cheksiz ishtiyoq

Mening birinchi dasturlash tilim – BASIC edi. Hali Windows nimaligini bilmagan davrlarda, Pravets va Sagdiana kabi kompyuterlarning qora ekranida ilk kodlarimni yozganman. Intel kompyuterida esa birinchi ishlatgan IDE’m o‘sha mashhur GW-Basic bo‘lgan.

O‘sha davrlarni hozir kulib eslayman.
Bir hafta davomida uyda daftarga kod yozib tayyorlanardim. Keyin informatika darsida 30 daqiqa ichida o‘sha kodni kompyuterga terib, xatolarini to‘g‘rilab, qolgan 15 daqiqada o‘zim yaratgan o‘yinni o‘ynashga ulgurardim.

Bu misli ko‘rilmagan zavq edi!

10-sinfda o‘qib yurganimda GW-Basic’da Kutubxona uchun dastur yozganim esimda. Kitoblar katalogi, qidiruv tizimi, menyular... Bularning barchasini noldan yaratish kerak edi. Chunki u paytlarda tayyor ma’lumotlar bazasi (Database), menyu komponentlari kabi qulayliklar yo‘q edi. Hatto sichqonchaning harakatini ham o‘zingiz kodlashingiz kerak edi. Bu hozirgi "framework"lar davrida tasavvur qilish qiyin bo‘lgan mehnat, ammo ayni paytda cheksiz erkinlik va ishtiyoq edi.

Qiziqarli tarixiy faktlar:

* GW-Basic kodini Bill Gates va Paul Allen 1975-yilda yoza boshlagan va bu Microsoft’ning ilk mahsulotlaridan biri bo‘lgan.

* Dastur atigi 8-bitli protsessorlarda ishlagan. Hozir esa 64-bit davri!

* 1977-yili Commodore kompaniyasi Basic litsenziyasini $25,000ga sotib olib, o‘z kompyuterlariga o‘rnatgan. Kompyuter yoqilganda operatsion tizim emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri BASIC muhiti ishga tushgan. Bu esa Microsoft uchun millionlab yangi dasturchilarning yetishib chiqishiga zamin yaratgan.


Ammo texnologiya bir joyda turmaydi. GW-Basic bilan boshlangan safarim vaqt o‘tishi bilan Pascal, Delphi, C++, Assembler, PHP, Java, Kotlin, Python kabi yangi bekatlarga ulanib ketdi. Har bir til va texnologiya yangi ufqlarni ochdi.

Bu yo‘l menga eng asosiy qoidalardan birini o‘rgatdi:

Birinchi o‘rgangan dasturlash tilingizni sevishingiz, u bilan faxrlanishingiz mumkin. Lekin hech qachon bir joyda to‘xtab qolmang. Kamida har ikki yilda bir marta yangi til yoki yangi texnologiyani o‘rganing.


Doim ilm-fan trendida bo‘lish – bu professional o‘sishning eng muhim shartidir.

⁉️ Siz-chi? Sizning dasturlashdagi ilk qadamingiz qaysi til bilan bog‘liq?
Izohlarda o‘z hikoyangiz bilan bo‘lishing.

Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin!

06.09.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥8🕊21
IT va Olam
“IT va Olam” kelajakka yoʻl

Texnologiya kelajakka oʻz ta’sirini oʻtkazishni boshlamoqda. Siz ham IT sohasiga qiziqsangiz, sizni qiziqarli va bilimlarga boy vebinarga taklif qilamiz!
Assalomu alaykum do‘stlar!

Tajribasi katta ustoz dasturchimiz meni mehmonga chaqirdilar. Juda xursand bo‘ldim.

Yoshlarimizda dasturlashga qiziqish katta. Hard-skill bo‘yicha juda kuchli bo‘lib ketishmoqda.

Endi Dinozavrlar ham uyg‘onib, yangilik yaratish vaqti kelgan shekilli.

Shanba kuni ko‘raylik, yangi uslub qanday bo‘lar ekan?

Mehmonda ko‘rishguncha!

09.09.2025 London
@DrAlgorithm
👍4🕊2
Forwarded from IT va Olam
“IT va Olam” kelajakka yoʻl

Texnologiya kelajakka oʻz ta’sirini oʻtkazishni boshlamoqda. Siz ham IT sohasiga qiziqsangiz, sizni qiziqarli va bilimlarga boy vebinarga taklif qilamiz!

🔈 Vebinarni Angliyaning @Moneff korxonasida IT Manajer Saidolim Djoʻrayev olib boradi.

Bunda siz:
🔹 IT sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar;
🔹 Mutaxassis tajribasi;
🔹 Sizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega boʻlasiz.

🗓 13-sentabr, 20:00
📍 Format: Online

👉 IT va Olam - kanaliga a'zo bo'ling!
👍11🔥4
Professional "Yo‘q" deyish

Bilarmidingiz? Rahbaringiz aslida sizdan "Yo‘q" deyishingizni kutadi.

Har bir rahbar o‘z jamoasida "labbaychi", har bir topshiriqqa "xo‘p bo‘ladi" deydigan, savol bermasdan ishga kirishib ketadigan xodimlarni yoqtiradi, - deb o‘ylashadi. Yuzaki qaraganda shunday: kamroq muhokama, tezroq ishga kirishish. Lekin bu muvaffaqiyatsizlikka olib boradi.

Kitobda qiziq gap o‘qib qoldim. Erik ismli qahramon aytgan gapi bor, bu gap har bir rahbar ish stoliga yozib qo‘yishiga arziydi:

"Albatta, siz "Yo‘q" deyishingiz mumkin. Biz sizga fikrlashingiz uchun haq to‘laymiz, shunchaki ishni bajarish uchun emas."


"Of course you can say No. We pay you to think, not to do."


Nima uchun "Ha, xo‘p bo‘ladi"chi xodimlar xavfli?

Tasavvur qiling, men jamoaga yangi bir loyiha ustida ishlashni topshirdim. Dasturchi hech qanday savol bermasdan, darhol kod yozishni boshladi. Ikki haftadan so‘ng u ishni tugatdi. Ammo keyin ma’lum bo‘ladiki:

1. Bu ish boshqa bir modul bilan ziddiyat hosil qilgan.

2. Loyihani yaratishda qo‘llanilgan yondashuv kelajakda katta "texnik qarz" (technical debt) qoldirgan.

3. Aslida, bundan ancha samaraliroq va tezroq yechim mavjud edi, lekin hech kim bu haqda o‘ylab ko‘rmagan.

Natijada nima bo‘ldi?
Vaqt, pul va eng asosiysi - jamoaning ishtiyoqi behuda sarflandi. Agar o‘sha dasturchi yoki jamoa boshida "Yo‘q, bu yondashuv to‘g‘ri emas, chunki..." deb aytganida, biz bu isrofgarchilikning oldini olgan bo‘lardik.



Qanday qilib to‘g‘ri "Yo‘q" deyish mumkin?

"Yo‘q" deyish – bu qo‘pollik yoki bo‘ysunmaslik emas. Bu – professional mas’uliyat. Muhimi, buni to‘g‘ri yetkazib bera olish.

1. "Yo‘q, chunki..." formulasidan foydalaning.
Shunchaki "yo‘q, qilolmayman" demang. Sababini aniq va raqamlarga asoslanib tushuntiring.

Salbiy: "Yo‘q, bu vazifani bugun qila olmayman."

Ijobiy: "Yo‘q, bu vazifani bugun bajara olmayman, chunki hozirda men A loyihasining muhim qismi ustida ishlayapman. Agar chalg‘isam, ertangi reliz kechikishi mumkin. Bu esa korxonamiz uchun X miqdorida zarar keltirishi ehtimoli bor."

2. Muqobil yechim taklif qiling.
Siz muammoning bir qismi emas, yechimning bir qismi ekanligingizni ko‘rsating.

Salbiy: "Bu funksiyani ikki kunda qo‘shib bo‘lmaydi."

Ijobiy: "Bu funksiyani to‘liq hajmda ikki kunda qo‘shishning imkoni yo‘q. Lekin, biz eng muhim qismini (MVP) ertaga tayyor qilib berishimiz mumkin. Yoki, agar bizga to‘rt kun vaqt berilsa, uni barcha testlardan o‘tkazib, barqaror versiyasini taqdim etamiz. Qaysi biri biz uchun hozir muhimroq?"

3. Ustuvorliklarni (prioritetlarni) aniqlashtiring.

Ba’zida rahbariyat (yoki buyurtmachi) barcha vazifalar birdek muhim deb o‘ylaydi. Sizning vazifangiz - ularga haqiqiy vaziyatni ko‘rsatish.

Savol bering: "Tushundim, bu juda muhim. Hozir men ishlayotgan A va B vazifalar bilan solishtirganda, bu yangi topshiriqning ustuvorligi qanday? Agar buni boshlasam, qaysi birini kechiktirsam bo‘ladi?"


Xulosa

Sizning ishingiz – shunchaki kod yozish, dizayn chizish yoki jadval to‘ldirish emas. Sizning ishingiz - korxonaning umumiy maqsadiga erishish uchun o‘z tajribangiz va aqlingizni ishlatishdir.

Buning ichiga xavflarni oldindan ko‘ra bilish, noto‘g‘ri qarorlarni shubha ostiga olish va yaxshiroq yo‘llarni taklif qilish ham kiradi.

Agar sizga biror vazifa berilsa, bir zum to‘xtang. O‘zingizga savol bering:
* Bu vazifaning asl maqsadi nima?
* Nima uchun aynan shu yo‘l tanlandi?
* Bundan yaxshiroq, tezroq yoki arzonroq yechim yo‘qmi?
* Bu ish kelajakda qanday muammolarga olib kelishi mumkin?

Agar javoblaringiz sizni qoniqtirmasa, o‘z fikringizni aytishdan qo‘rqmang. Asosli dalillar bilan aytilgan "Yo‘q" — bu korxonaga qilingan eng katta yaxshilikdir.

Unutmang, siz shunchaki klaviaturani bosishingiz yoki qog‘ozlarni to‘ldirishingiz uchun oylik olmaysiz. Siz tajribangiz, bilimingiz va eng muhimi - fikrlash qobiliyatingiz uchun haq olasiz.

Shunday ekan, keyingi safar topshiriq olganingizda, o‘ylang.
Agar kerak bo‘lsa, o‘z professional lug‘atingizdagi eng qudratli so‘zni ishlating: "Yo‘q, chunki..."


10.09.2025 London
@DrAlgorithm
1👍31🔥13