Dr. Algorithm
3.92K subscribers
606 photos
58 videos
3 files
619 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Yil_2025++

Navbatdagi yil tugadi va hayot davom etmoqda.


Ko‘pchilik yangi rejalar tuzish bilan band.
Yana kimdir bayramni nishonlash uchun dasturxon atrofida tomosha qilish uchun video izlamoqda.
Yana kimdir boshlagan kitobini tugatib qo‘ymoqchi.

O‘ylab qarasam, kanal yuritishni boshlaganimga ham 4 yil bo‘libdi.


Shu munosabat bilan siz uchun men qatnashgan podkastlarimni bitta maqolaga yig‘ib chiqdim.
Agar vaqt o‘tkazishga nima eshitishni bilmay turgan bo‘lsangiz, foydali bo‘ladi deb o‘ylayman.

Rejalaringiz to‘kis va barakali bo‘lsin!

1. Ma’lumotlarni deb pul ishlash ham, yo‘qotish ham mumkin (Mohirdev)

2. "IT va Olam” kelajakka yo‘l (Qudrat Abdurahimov)

3. Teamleader #5 - GIT bilan to‘g‘ri ishlash (Coffee Time)

4.UzGeeks November-2025 (UzGeeks)

5. Dasturchi butun umr kod yozadimi? Tech Gurung (Khumoyun Codes)

va boshqalar 👇


6. "Telefon raqamingizni ehtiyot qiling”
(Unicon Soft)

7. Kimga “eski” Java, kimga “yosh” C#: bahs qanday tugadi?  (Unicon Soft)

8.Telegram o‘chadimi? (Unicon Soft)

9."10 ta antiqa savol" (Mohirdev)

10. Kriptovalyutalar: Notcoin o‘zi nima? (Unicon Soft)

11. "Junior" ham dasturchimi? (Unicon Soft)

12. Dastur ishlab chiqishda ishlatiladigan tizimlar (GITA Akademiyasi)

13. "Coffee break" №1. Dasturchilar bilan suhbat

14. “Postgres: Partitioning" (UzGeeks Meetup)

15. IT haqida “0”dan gaplashamiz (Avlo Podcast)

31.12.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥8🕊2🤣1😡1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng yaxshisi bo‘l

Kitob o‘qiyotgan edim, Douglas Mallochning "Be the Best of Whatever You Are" asari misol keltirilgan ekan.

Nima kasb tanlasang ham uning eng mukammal ustasi bo‘l, - degan mazmun bor unda.


Mandan ko‘p so‘rashadi, backend o‘rganaymi, frontend o‘rganaymi yoki nima tavsiya qilasiz deb. Manga qolsa, QA bo‘ling, lekin o‘zingizga yoqsin, - der edim.
Endi yana bir hislat qo‘shildi:

Qaysi kasb egasi bo‘lgansiz ham kasbingiz sizga yoqsin va shu kasbning eng zo‘r ustasi bo‘ling.


Aslida ham o‘ylab ko‘ring, hammamiz ham oshpaz, novvoy, sartarosh, hisobchi, huquqshunos, uchuvchi, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘la olmaymiz. Har bir kasbning o‘rni bor. Har bir kasbning egasi bo‘lishi kerak. Mukammal egasi - ustasi.

Bizga berilgan his bor, unga ko‘ra bizga nimadir yoqadi, nimanidir xohlamaymiz. Shunda qarab ilm olishga intilamiz. O‘zimizga yoqadigan ilmni bilimga aylantiramiz.

Asosiysi, menga yoqmadi deb ilm olishdan to‘xtab qolmaslik. Ilm olish sizning iqtidoringizni ochadi, mehnat esa sizni kasbingiz ustasi qiladi.

Shunda ekan, harakatda to‘xtamang va birovga o‘zingizni solishtirmang. Siz bizga keraksiz, kasbingiz bilan yanada ko‘proq....


Asarning aslini va SI yordamidagi tarjimasini yozib qoldiraman.

~~~

Be the Best of Whatever You Are

~ Douglas Malloch

If you can’t be a pine on the top of the hill,
Be a scrub in the valley — but be
The best little scrub by the side of the rill;
Be a bush if you can’t be a tree.

If you can’t be a bush be a bit of the grass,
And some highway happier make;
If you can’t be a muskie then just be a bass —
But the liveliest bass in the lake!

We can’t all be captains, we’ve got to be crew,
There’s something for all of us here,
There’s big work to do, and there’s lesser to do,
And the task you must do is the near.

If you can’t be a highway then just be a trail,
If you can’t be the sun be a star;
It isn’t by size that you win or you fail —
Be the best of whatever you are!


~~~

Kim Bo'lsang Ham, Eng Yaxshisi Bo'l
~ Douglas Malloch

Cho‘qqida qarag‘ay bo‘lolmasang gar,
Vodiyda kichik bir buta bo‘la qol.
Jilg‘a bo‘yidagi eng ko‘rkam, dilbar —
Daraxt bo‘lolmasang, buta bo‘lib qol.

Buta bo‘lolmasang, mayli, maysa bo‘l,
Yo‘lovchi ko‘zini quvnatib yasha.
Katta baliq emas, oddiy baliq bo‘l,
Lekin eng chaqqoni bo‘l albat o‘sha!

Barchamiz kapitan bo‘la olmaymiz,
Oddiy dengizchi ham bo‘lmog‘imiz shart.
Bajarish kerakdir katta-kichik ish,
Qarshingdagi ishga ko‘rsatgil g‘ayrat.

Katta yo‘l bo‘lmasang, so‘qmoq bo‘la qol,
Quyosh bo‘lolmasang, yulduz kabi yon.
Yutuq o‘lchanmaydi kattalik bilan,
Kim bo‘lsang ham, bo‘lgil eng yaxshi inson!


~~~

Dam olish kunlaringiz maroqli o‘tsin!

03.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍30🔥7👏42
Hunarmandlar Shahri - boshqotirma

To‘rt nafar do‘st: Anvar, Botir, Kamola va Malika ta’tilda tarixiy shaharlarga borib, milliy hunarmandchilik sirlarini o‘rganishga kelishib oldilar. Ular bittadan shahar: Buxoro, Samarqand, Xiva va Qo‘qon va bittadan hunar: Tikuvchilik, Duradgorlik, Zargarlik va Naqqoshlikni tanlashdi. Har biri biror shaharga borib, bitta hunar o‘rganib kelishi kerak.

Quyidagi ishoralardan foydalanib, kim qayerga borishini va qanday hunar o‘rganishini aniqlang:

* Qo‘qon shahri Malikaning tanlovi yoki kimdir u yerda naqqoshlik bilan shug‘ullanmoqchi — lekin bulardan faqat bittasi to‘g‘ri (ikkalasi emas).
* Zargarlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan odam buni yo Buxoroda, yoki Samarqandda bajarishni rejalashtirgan.
* Anvar Buxoroga borishni tanladi.
* Qo‘qon shahrini tanlagan odam naqqoshlik haqida o‘ylayotgani yo‘q.
* Botir Xivaga boradi, Anvar esa duradgorlik hunarini o‘rganadi.

Dam olish kunida biroz boshingizni qotiradigan savol bergim keldi. To‘g‘ri javobni ertaga chop etaman. Bugun yechimni topishga urinib ko‘ring.


Rasmdagi yechim jadvali fikrlarni yozib turishga va javobni shakllantirishga yordam beradi. Xohlasangiz o‘zingiz usiz ham urinib ko‘rsangiz bo‘ladi?

#boshqotirma

04.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍13🆒2🤔1
Hunarmandlar Shahri - boshqotirma javobi

Boshqotirmaning asli: 👉 https://t.iss.one/DrAlgorithm/1051

Rasmlarga yechish ketma-ketligi berilgan.
Yashil - agar tasdiq to‘g‘ri bo‘lsa.
Qizil - agar tasdiq inkor bo‘lsa.
Sariq - agar tasdiq shartli bo‘lsa.

Tasdiqlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarni yozib chiqaman. Har bir tasdiq va holat raqamlangan. Rasmdagi raqamlar shunga mos keladi.

1. Qo‘qon shahri Malikaning tanlovi yoki kimdir u yerda naqqoshlik bilan shug‘ullanmoqchi — lekin bulardan faqat bittasi to‘g‘ri (ikkalasi emas).

2. Zargarlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan odam buni yo Buxoroda, yoki Samarqandda bajarishni rejalashtirgan.

3. Anvar Buxoroga borishni tanladi.

4. Qo‘qon shahrini tanlagan odam naqqoshlik haqida o‘ylayotgani yo‘q. Shu sababli Malika Qo‘qonga boradi, 1 -shartning bittasi bajarilishi kerak. Naqqoshlik esa Xivada, bitta shu shahar bo‘sh.

5. Botir Xivaga boradi, Anvar esa duradgorlik hunarini o‘rganadi.

6. Demak, Anvar Buxoroda duradgorlik o‘rganmoqchi. Shu sababli Duradgorlik kasbi Buxoroda.

7. Demak Buxoroda Zargarlik emas. Zargarlik Samarqandda. (2->7)

8. Zargarlikni tanlagan odam yo Buxoro yoki Samarqandda edi (2-ishora). Buxoroda Anvar bo‘lgani uchun, u Samarqandga boradi. Samarqand faqat Kamola uchun bo‘sh.

9. Botir Xivaga boradi (5-ishora). Unga qolgan yagona hunar — Naqqoshlik.

10. Malikaga qolgan yagona shahar Qo‘qon va yagona hunar Tikuvchilik qoladi. (Bu 1-ishoradagi "Yo Qo‘qon Malikaniki, yoki Naqqoshlik Qo‘qonda" shartiga mos keladi, chunki Malika Qo‘qonda, lekin Naqqoshlik Xivada).

Natija:

Ism    Shahar    Hunar
Anvar Buxoro Duradgorlik
Botir Xiva Naqqoshlik
Kamola Samarqand Zargarlik
Malika Qo‘qon Tikuvchilik


Haftani yaxshi boshlab oling.

05.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍17
Forwarded from Ikboljon Sobirov
Yangilik!

Mohirdev jamoasi bilan hamkorlik qilib, "Deep Learning" modulini butunlayin yangilab yozib berdim. 

Endi siz to‘liq Data Science va Sun’iy intellekt 2.0 kursiga qo‘shilib, uch kunlik intensiv live darslar bilan start berishingiz mumkin. 5, 6, 7-Yanvar kunlari onlayn uchrashuvlar tashkil etiladi. Men ertaga 6-Yanvar olib boraman.

Qo‘shimcha barcha ma’lumot bu havolada.
👍28🔥11
Forwarded from Adkham Zokhirov
"Xarita.ai" loyihasi...

Bu shunchaki kurs emas. Sun'iy intellekt olamida o'z yo'lingizni topish uchun interaktiv yo'l xaritasi.

Platformada 2 ta asosiy yo'nalish bor:
- Dasturchilar uchun
- Oddiy Foydalanuvchilar uchun

Eng muhimi — bu Community (Hamjamiyat) loyihasi va BEPUL!

Hozir kirib, o'z yo'lingizni tanlang va kelajak kasbini egallashni boshlang. 👇

Saytga o'tish: https://xarita.ai
Intro Video: https://www.youtube.com/watch?v=mowRFviNXDU

Postni ilmga chanqoq do'stlaringiz bilan ulashing!

(P.S. Sayt haqida fikringizni izohlarda kutaman, bu beta versiya!)

@adkham_zokhirov
👍162🏆2
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Juniorlarga tizimni to‘liq ishonib topshirmang — Saidolim Jo‘rayev

UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi.

⚜️Mutaxassisning ta’kidlashicha, junior mutaxassislar kuch va o‘sish istagiga boy bo‘lsa-da, nozik tizimlarni “to‘liq topshirib qo‘yish” xavfli. Chunki arxitektura, xavfsizlik, monitoring va barqarorlik kabi masalalar tajriba talab qiladi.

⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣16🔥13
EDU.DIGITAL
Juniorlarga tizimni to‘liq ishonib topshirmang
Assalomu alaykum do‘stlar,

Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi juda ajoyib video chiqaribdi.

Juniorlar xafa bo‘lmaysiz. Sizni o‘ylab aytgan edim...


To`liq videosini avvalgi postimda tashlagan edim. https://t.iss.one/DrAlgorithm/996

Youtubeda ko`rish uchun: 📱 https://www.youtube.com/watch?v=eb1-xtlQy5c

Kuningiz barakotli o‘tsin!

07.01.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Rahbar ishni bajaruvchi emas

Kecha qo‘limga 8 yil CTO bo‘lib ishlagan odamning maslahatlari podkasti tushib qoldi.

Bitta aytgan gapi qiziq tuyuldi.


- Sen bajaruvchi emassan, san ishni qilish bilan band bo‘lishing kerak emas, - deydi u.
- Sening vazifang kelajakka qarash. Kelishi mumkin xavflarni oldini olish, - deganida o‘ylab qoldim. Nimaga asoslanib bunday dedi?
- Ishni bajarishni dasturchilarga qo‘yib ber. O‘zing esa yasalayotgan tizim biznesga qanday ta’sir qilishini, ertaga biror muammo chiqmasligini, agar chiqish xavfi bor bo‘lsa, oldini olib tizim yasashni o‘ylashing kerak.

Bugun bilan emas, kelajak bilan yashashing kerak.


Gapini tahlil qilib ko‘rdim. Odatda tizim yasash, dastur yozish desa kodga kirib ketamiz. Hujjat tayyorlash kerak, deyilsa, keyinroqqa qoldiramiz. Avval kod yozib olay, keyin hujjat yozaman deymiz. Vaholanki ha hujjat yoziladi na test ssenariy.

Phoenix Projectda ajoyib holat keltirilgan.

Xodimni ishga olishmoqda. Suhbat (intervyu)davomida CTO jadval to‘ldirmoqda. Jadvalda quyidagi ustunlar bor:
1. Foyda berish o‘lchovlari.
2. AT tizimlarga hissasi.
3. ATga aloqador biznes xavf.
4. AT nazorat usullari.

Shu yerda biznesga ta’sir qiladigan AT tizimlar haqida bo‘lim bor. U yerga:
- Tizim to‘g‘ri hisobot bermaydi, chunki kiruvchi ma’lumotlar doim ham toza emas. (Manual editing)
- Mijoz ismini, rasmini, o‘ronini o‘zgartira olmaydi. (Tahrirlash qo‘shilmagan)
- Savdo bo‘limi mijoz harakatlarini ko‘ra olmaydi.

Bu kabi kamchiliklar ko‘p tizimlarda bor. Eng qizig‘i, kitobda ham shundan keladi, biz biznesga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladigan narsalarga qattiq e’tibor beramiz. Moliya, savdo tushishi, mijoz qaytib ketishi, lekin dasturni to‘g‘rilab qo‘yishni keyinga qoldiramiz.

Demak "AT sababli biznesga ta’sir qiladigan xavf" emas ekan bu ham "Biznes xavfi" ekan deb.


Demak

Biz tizimni ishlab chiqish ketma-ketligimizni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. AT rahbarlarning vazifalari tizimning oxirini nima bo‘lishi, ko‘cha tugayotganda qayerga burilish kerak ekanini hal qilishini o‘ylash. Dasturni mukammallashtirish, toza kod yozish, dasturchilariga aql o‘rgatish emas ekan.

Moshina poygasida ham haydovni qanday haydashni biladi, yonidagi odam qayerga haydashni etib turadi.


Fikrimda kamchiliklar bo‘lsa, to‘ldiring. Izohlarda yozib qoldirsangiz bo‘ladi. Birga o‘samiz.

08.01.2026 London
@DrAlgorithm
🔥27👍9
https://t.iss.one/milliymatematikauz/6715

Milliy universitet men uchun katta maktab bo‘lgan. O‘qib yurganimizda Mirsaid aka Aripov kafedra mudiri edilar. Bizga dars bermagan bo‘lsalar ham ham talabalik davrida ham dars berganimda ko‘p hamkorlik qilganmiz.

1 kurs vaqtimizda elektron lug‘at qilingan edi. 2GB lik katta kutubxonalari bor edi. Hozirgi o‘lchamda 2GB katta bo‘lmasligi mumkin, lekin matn shaklidagi kitob 30-40KB atrofida bo‘ladi. Kitoblarni internetdan topish va yuklab olish uchun 2 yildan ko‘p vaqtlari ketgan edi.

Domla juda ko‘p kitob chiqarganlar. AT atamalar lug‘atidan tortib, yangi chiqqan texnologiyalarning kitoblarini tarjima qilishgacha. Ularning kitoblaridan o‘rganib, AT sohalariga kirib kelganlar juda ko‘p.

Madaniyat va ma’rifat kanali juda yaxshi intervyu tayyorlashibdi. Eshitib eski vaqtlarga sayohat qilgandek bo‘ldim.

Domla yoshlari katta bo‘lsa ham (umrlari uzun bo‘lsin) zamondan ancha oldinda yurishga harakat qiladilar. SIdan foydalanib kod yozishni o‘ylab o‘tirilgan bir vaqtda, SI yordamida yangi yechimlar qilayotganlarini ko‘rib hayron qoldim.

Vaqtingiz bo‘lsa, bir suhbatlarini eshitib ko‘ring.

P.S. Videoda yana ko‘p domlalar bor. Balki sizga ustozlik qilgan domlalarni ham ko‘rib qolasiz.

08.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍14🔥6🏆3
Forwarded from EDU.DIGITAL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Veb-sayt yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tishda nimalar majburiy bo‘lmasligi kerak?

UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi.

⚜️Mutaxassisning ta’kidlashicha, veb-sayt yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tishda, ro‘yxatdan o‘tayotgan inson foydalanuvchi shartnomasiga ongli ravishda rozilik bildirishi va uning ma’lumotlari qanday tartibda qayta ishlanishi haqida xabardor bo‘lishi zarur.

⚡️Batafsil videolavhamizda tomosha qiling!

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
EDU.DIGITAL
Veb-sayt yoki tizimda ro‘yxatdan o‘tishda nimalar majburiy bo‘lmasligi kerak? UzGeeks meetupida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis Saidolim Jo‘rayev jamoalarda tizim qurish jarayonida tez-tez uchraydigan xatolar va ularning oqibatlari haqida gapirdi. …
Assalomu alaykum doʻstlar,

Edu.Digital.uz baraka topsin, ajoyib videolar chop etmoqda.


Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlash juda nozik masala. Buni juddiy olmasak boʻlmaydi.

Taqdimotga tayyorlanish vaqtida ajoyib hodisa yuz berdi:

Namuna uchun roʻyxatdan oʻtish uchun .UZ domendagi saytlarga kirib koʻrdim. Menga "Tasdiqlash tugmasi" (checkbox) kerak edi. Qaysi saytda oldindan belgilab qoʻyilgani ( checked) qiziq edi.

Ne koʻz bilan qaray-ki, tugmani tanlangani () u yoqda tursin, tugmani oʻzi yoʻq.

Koʻzlarimga ishonmadim.


Yana bir necha saytni tekshirdim. Bir xil xolat. Tugma yoʻq.

Toʻgʻri - dangasamiz, toʻgʻri - oʻqimaymiz, lekin odamlarga kerak emas deb qonunni buzish kerak emas-de.

Xullas doʻstlar, oʻzimiz toʻgʻrilamasak - birov toʻgʻrilab bermaydi.


Diqqat qilaylik. Qonunni ishlataylik. Foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlari bilash ishlash madaniyatini shakllantiraylik.

Dam olish kuni hayrli oʻtsin. Kelasi hafta boshlanadigan ish/oʻqish haftasi barakali boʻlsin!

11.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍21🆒2
Naxalov | AI Blog 🔥
Geminiga o‘tdim, 2 TB joyli bo‘ldim.
Google Workspace va Gemini Pro

Naxalov aka AI Bloglarida yaxshi mavzuni aytib o‘tibdilar.


Man Gemini Pro ni o‘zini sotib olmaganman. Biroz boshqa yo‘l tutaganman.

Photosda menda ham joy qolmagan edi. Keyin 2 ta yo‘lim bor edi.
* Google One sotib olish 200MB’lik
* Google Workspace sotib olish 2TB’lik

Man Google Workspace sotib oldim. Shunda menda:
1. Telefondagi rasmlarni avtomat GWga saqlab qo‘yadi.
2. Gemini Pro
3. Google Drive (Shared Drive yasash imkoniyati)
4. O‘zimga tegishli yordam.uz domenida shaxsiy email. ([email protected])
5. Google Meets 150 kishiga 24 soatlik. (Zoom kerak emas endi)

Har doim turli usul bilan SIni ishlatsa bo‘ladi. Hamma o‘ziga mos variantini tanlab olgani yaxshi.

Postdan maqsad, bunday usul bilan ham Gemini Pro ishlatish mumkin ekanini aytib o‘tish.

12.01.2026 London
@DrAlgorithm
👍26