Dr. Algorithm
3.6K subscribers
558 photos
53 videos
3 files
594 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Dr. Algorithm
29 Noyabr, Shanba kuni UzGeeks November2025 bo'lib o'tadi.

MeetUp mavzulari:
1. Shaxsiy ma'lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
Yana bir yangilik.

Ertaga nasib qilsa UzGeeks MeetUpda ko‘rishamiz. Borish rejasidaman.


Shu bilan birga bir yangiligimiz bor. Uni ham e’lon qilishni reja qildik. Tadbirga kelganlar birinchi bo‘lib eshitadigan bo‘ldi.

Sizdan bir iltimos bor.

Agar UzGeeks tadbiridagi 3 ta mavzu bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, shu yerda qoldirsangiz. Man tadbirga kiritishga harakat qilaman.

MeetUp mavzulari:
1. Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.


Ertaga tadbirda ko‘rishguncha. 🎉

28.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
👍123🔥3🕊1
Qahva + UzGeeks

Bu oy turli qahvalarni sinab koʻrdim.
* Narxi turlicha 15,000 - 30,000
* Mazasi katta farq sezmadim
* Ta'siri menga bir xil boʻldi

Toshkentda ishtaxa qahva ichishga kam boʻldi. Faqat biroz miyyaga quvvat berish kerak boʻlganida ichmasangiz, boshqa payt usiz ham hayot goʻzal.

Qahva ichib oldik. Endi UzGeeks MeetUpga tayyorlanaman. Bugun mavzu zoʻr boʻladi deyishdi. Qiziq boʻlmoqda.

Siz ham tadbirga keling.

29.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥30👍5👨‍💻5🕊2
Forwarded from EDU.DIGITAL
UzGeeks AT hamjamiyatining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi

⚜️Bugungi uchrashuv o‘ziga xos formatda tashkil etildi. Tadbir davomida Saidolim Jo‘rayev yakka tartibda sahnaga chiqib, uch muhim yo‘nalish bo‘yicha ishtirokchilarga mazmunli ma’ruza taqdim etdi hamda o‘zining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

😎Meetupʼda quyidagi mavzular bo‘yicha chiqishlar boʻldi:
➡️Shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlashda dasturchining vazifalari;
➡️AT xizmatini Yevropa bozorida sotish;
➡️Chet el korxonalarida dasturchilarni Ai dan foydalanishga majburlashmoqda.


🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11
Tadbir zoʻr oʻtdi

UzGeeks MeetUp Nov2025 tadbiri juda zoʻr ruhda oʻtdi.


Mavzular biroz oʻgʻir kelsa kerak, - deb oʻylagan edim. Ammo juda koʻpchilik savol berdi. Demak mavzuni tushunishgan va balki qiziq boʻldi.

Tadbir vaqtida 2 vazir kirib kelishgani ajoyib hayajon olib keldi. Yoshlarimizni Sunʼiy Intellekt davrida qilgan loyihalari uchun taqdirlashdi. Davomli boʻlsin.

UzGeeks rasmiy kanalida tadbirdan lavhalar berib borildi. Online qizish bildirganlar bilan suhbat uyushtirildi. Stream qilib, online uzata olmadik. Nasib qilsa videosini chiqarib berishsa kerak.

Taqdimot fayllarini soʻraganlar bor. Shu yerga tashlab qoʻyaman.


1. Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari

https://docs.google.com/presentation/d/1DFtKPGXN2wv3FHaS1iHJmVk04j-2O_wkKwHVEAVasQE


2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish

https://docs.google.com/presentation/d/1ZrWpC3MV-OPqr9FglcqboLUQLYwAEkNI2lcj1VQfEdo


3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.

https://docs.google.com/presentation/d/14LbYi2WtZlUKG8Bg4jtU6sSWUa3ROO59nQsT7BF8vJs


Agar biror savol yoki taklif boʻlsa, shu kanalim tagidagi shaxsiy xabar orqali murojaat qilsangiz boʻladi.

Dam olish kuni maroqli oʻtsin.

30.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
1👍22🔥3🕊2
UzGeeks Community
Xabaringiz bor, kuni kecha UzGeeks November2025 Meetupi bo'lib o'tdi.
Quyidagi link orqali bo'lib o'tgan meetupimizni youtube platformasiga yukladik, ko'ring, o'rganing, tadbiq qiling.

https://www.youtube.com/watch?v=eb1-xtlQy5c

@UzGeeksCommunity
UzGeeks MeetUp Videosi chiqdi.

Shanba, 29 Noyabr kuni bo‘lib o‘tgan tadbirimizning videosini chiqarishibdi.

Buning uchun Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va
UzGeeks Community’ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Videoni shu yerdan ko‘rishingiz mumkin.

📱 https://www.youtube.com/watch?v=eb1-xtlQy5c

Izohlarda onlayn ko‘rish imkonini so‘rashgan edi. Shuni tashkil qilish uchun videosini taqdim qilmoqdamiz.

Agar mavzular bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa shu xabarning izoh qismida, yoki kanal ostidagi To‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat (DM) orqali yuborsangiz bo‘ladi.

Haftani yaxshi boshlab oling

01.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🕊2👀1
Channel photo updated
Channel photo updated
Domlalar ziyorati

O‘zbekiston Milliy universiteti - dasturchilar va matematiklar uchun kuchli bilim manbai.


O‘zMU bilan juda ko‘p xotiralarim bor. 6 yil talaba bo‘ldim, yana 5 yil ishladim.

Beruniy metrosidan talabalar shaharchasiga qarab yurar ekansiz, sokinlik va bilim ishtiyoqini sezasiz. Atrofda juda ko‘p daraxtlar va talabalar. Papkasini ko‘targan domlalar va savol bilan murojaat qilgan talabalar. Hammaning niyati bitta bilib olish va bilib berish.

Chorshanba kafedra kuni - barcha domlalar keladigan kun.


Odatda har Chorshanba majlis kuni edi. Men ishlagan "Programmalash va tarmoq texnologiyalari" (hozirda "Dasturiy injiniring va sun’iy intellekt") kafedrasi dasturchilar uchun tayanch kafedra hisoblanadi. C++, Ma’lumotlar bazasi, Java, Operatsion tizimlar, Matemarik analiz, Sonli usullar fanlari dasturchilarning miyasini qotirsa-da, bitirganidan keyin ko‘p kerak bo‘ldi.

Universitetga borganimda o‘zgarishlarni ko‘rib xursand bo‘ldim. Binolar yangi tus olgan. Daraxtlar shoxlari ko‘paygan. (Bir vaqtlar kal qilib ketishgan edi.)

To‘g‘ri kafedra tomon bordim. Yuzni tanib ochiladigan Turniketlar qo‘yilibdi. (eeeh...)

11:50 - Tanaffus.


Hozir ham tanaffus vaqti o‘zgarmapti. 25 yil oldin biz o‘qigan paytda ham 11:50 da edi. Ayni vaqtida keldim. Dars tugashidan 10 daqiqa oldin kafedraga kirib bordim.

Domlalar bilan iliq salomlashdim, samimiy suhbatlaridan bahramand bo‘ldim, damlab qo‘yilgan choylaridan bir piyola ichishga muyassar bo‘ldim.

O‘zimni 25 yil ortga, talabalik davrimga qaytgandek his qildim. Deyarli hech nima o‘zgarmagandek.


Katta bilim shu bino ichida qolib ketmoqda, - deb his etdim. Bu ilmni ko‘chaga, ko‘proq insonlarga yetkazish kerak.

Diplom kerakmi? - deb xom savollar bilan yurgan yoshlarga muhandislikning rosmana ilmini ko‘rsatish kerak.


Bu fikrlar meni ko‘p o‘ylantirgan. Buni tezroq ro‘yobga chiqarish kerak.

Shu o‘ylar bilan ortga qaytdim.

Sokin hayot kechayotgan universitetni yana keyingi safarimgacha ko‘p qumsayman.


Agar sizda ham shunday bilim maskanlari haqida xotiralar bo‘lsa, yoki hozirda ham kuchli domlalar haqida ma’lumotingiz bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirsangiz. Ularni ham ziyoratlariga borsak. Hammaga foydali ma’lumotlarni ulashsak.

Kuningiz xayrli o‘tsin!


05.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
1👍47🔥13🕊31🥰1👏1