Dr. Algorithm
3.36K subscribers
515 photos
53 videos
3 files
579 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Tadbirda qatnashdan hammaga rahmat.

Videosi chiqqanida ulashib qo‘yaman.

18.10.2025 London
@DrAlgorithm
🔥17👍5
🗺 Xarita bilan ishlashda Sun’iy intellekt tezligi

Telegramda bir ajoyib kanal bor (@locasuz). Yurtimizdagi gulshan joylarning manzillari, rasmlari va kim bilan dam olish mumkin ekani haqida ma’lumot berishadi.

Anchadan beri shu manzillarni xaritaga tushirish haqida o‘ylab kelar edim.


Hozirgi kunda kod yozish oson bo‘lib qoldi. SI buni qizga qilishga yordam beradi. 2 soat bo‘sh vaqtimni xarita bilan ishlaydigan eng sodda kod yozishga bag‘ishladim. Quyidagilarni qilib ko‘rdim:

1. "Локации uzb" Telegram kanali ma’lumotlarini Eksport qilib yuklab oldim.
2. SI (Gemini Pro) bilan suhbat qildim va yuklab olingan json fileni berdim.
3. Gemini menga bu Json faylni o‘qiy oladigan kod yozib berdi.
4. Keyin esa bu o‘qilgan ma’lumotlarni xaritaga qo‘yib berishni so‘radim.
5. HTML + Leaflet + OSM - va natija tayyor. 🎉

Albatta, buni qilish uchun 15 daqiqa VipeCoding yetarli.


Muammo xaritada faqat 10-15 tacha nuqta ko‘rindi. hammasi emas.

Keyin istisnolarni chiqarish usulida o‘qiy olgan manzillarimni chiqarib tashladim va nima uchun boshqa manzillarni o‘qiy olmaganimni tahlil qildim. 1 soatdan keyin barcha holatlarni xaritaga tushira oldim. Nima uchun 1-urinishda ishlamaganini esa sizdan so‘rab qolgan bo‘lar edim.

🕸 Havola: https://loyiha.yordam.uz/xarita.html

Ana endi bemalol yurtimiz bo‘yla sayohat qilish mumkin. Har bir kichik masofada tavsiya etilgan joyda to‘xtab o‘tsak bo‘ladi.

Kettumi? 🚀

Dam olish kuningiz maroqli o‘tsin.

19.10.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍28🔥14👏2😁2🕊1
Assalomu alaykum do‘stlar.

Bugun 21-Oktyabr.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga mana 36 yil bo‘ldi.
Barchani bayram bilan muborakbod etaman.

Shu o‘rinda ikki kundan beri o‘ylantirib kelayotgan bir savolni o‘rtaga tashlamoqchi edim.


Bilasiz, O‘zbek IT hamjamiyatida juda ham ko‘p dasturchilarimiz o‘zbek tilidagi ma’lumotlarni (kontent) ko‘paytirish ustida ishlashadi. Tarjima bo‘lsin, maqola yozish bo‘lsin, o‘zbek tilida tizimlar ishlab chiqish bo‘lsin, biror bir tizimni o‘zbekchaga tarjima qilish bo‘lsin, o‘zbek tilida muloqot qiladigan muhitlarni yaratish bo‘lsin.

Shu o‘rinda, bir vaqtlar, bundan 8 yil oldin, biz yordam.uz saytini ishga tushirgan edik. U yerda ko‘pgina dasturchilarimiz savollarga javob berib kelishar edi. Yosh dasturchilarimiz savol berishardi, ularning savollari yoki muammolariga yechimlarni mutaxassislar javob shaklida yozib kelishar edi. U yoqda muhandislik ham, dasturchilik ham, qiyin savollar ham, juda sayoz savollar ham bor edi. Lekin o‘zbek tilida bitta muhit qilingan edi.

Hozir ikki kundan beri o‘ylantirayotgan narsa, shu yordam.uz saytimiz. U 3 yil oldin to‘xtatilgan edi. Sababi, yangi texnologiyalar rivojlanib ketdi va odamlar ko‘proq ingliz tilida ma’lumot qidirishlari ko‘paygani saytimizga tashriflar soni kamaytirgani edi. Sun’iy intellekt hayotimizga kirib kelgani va Stack Overflow’ga o‘xshagan tizimlar "qulagani" esa, yana bir mavzu. Odamlar savollarni faqat sun’iy intellekt orqali qidirishni boshlashdi, foydali saytlarga kirish kamayib ketdi.

Sizga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim.


⁉️ Savol: Agar yordam.uz sayti qayta tiklanadigan bo‘lsa, uni qaysi shaklda tiklanishini xohlagan bo‘lar edingiz?

Takliflaringizni izohda yozib qoldirsangiz, taklifingiz shu savol-javoblar portalini boshqa bir shaklda, ko‘pchilik uchun foydali bo‘ladigan shaklda qayta ishga tushirgan bo‘lar edik.

Kuninglar xayrli o‘tsin, bayramlar muborak bo‘lsin.

21.10.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍185🆒2🔥1
Assalomu alaykum,

Maqola tayyorlayotgan edim, hali tugatishga ulgurmadim. Lekin Gashtask juda qiziq mavzuni olib chiqdi. Shunga hafta oxirini dam olishda Gashtak podkastini ko‘rishni tavsiya qilaman.

Moneff’ga 6 yil avval qo‘shilganimda men uchun juda ajoyib tajriba bo‘lgan. Qiziq voqealarni boshimdan o‘tkazganman. Lekin bugun Moneff asoschisi so‘zidan bu korxona haqida eshitib ko‘rishingizni ravo ko‘rdim.

📱 https://youtu.be/YZHd9cPoJqo?si=qw9W1QULXg3nIxfP

Bu safar Moneff kompaniyasi hamasoschisi Dilshod Mikhmanov bo’ldi. Ular bilan qanday qilib bu g‘oya real biznesga aylangani, ish jarayonidagi tavakkal va moliyaviy masalar haqida gaplashdik.

Bu sonimizda:
- Moneff’ning tashkil topishi
- Kredit berish o’lchovlari
- O’zbek diaspora’larini qo’llab quvvatlash
- Biznes maslahatlar va boshqa qiziq mavzular haqida suhbatlashdik


Dam olish kunlaringiz foydali o‘tsin!

24.10.2025 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🕊1
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (1-qism)

[2-qism] [3-qism] [4-qism] [5-qism]

1. Juniorlar faqat o‘zi biladigan bilim bilan cheklanmagan.
* Ular korxona tomonidan "Biz shunday ishlaymiz" degan shartlarni eshitmagan.
* Korxona avvaldan ishlatib kelgan texnologiya va yondashuvni ishlatishni bilmaydi.
* Design pattern qo‘llashni ham bilishmaydi. Odatda bu Design Pattern hamma joyda ham ishlayvermaydi. Korxonalar bog‘lanib qolgan xolos.

2. Yaxshi Junior tez o‘rganadi va unga fikr bildirishlariga ochiq.
* Ularni boshqarish oson.
* Ular o‘sishni xohlaydi. O‘zini ustida ishlashni xohlaydi.

3. Yuqori daraja (shift, potolok)ga hali yetib bormagan.
* G‘ayratli Junior o‘sishi uchun hali joy ko‘p (o‘sib ulgurmagan). Middle yoki kattaroq darajadagi odam o‘sish yo‘li oz qolgan. Xohish ham shunga yarasha.

4. Juniorlar jamoaga yangi quvvat (qon) olib keladi. Ular ham o‘rganishni xohlaydi, ham natijaga chiqish uchun harakat ham qiladi.

Eslatma o‘rnida: Bu fikrlar bilan faqat Juniorlarni ishga olish kerak demoqchi emasman. Ish to‘g‘ri ketishi uchun, natijaga chiqa olish uchun albatta-ki Juniorlar ustida kattaroq dasturchi bo‘lishi kerak. Ularni to‘g‘ri yo‘nalishda ketishini nazorat qila oladigan, yozgan kodini tahlil (code review) qila oladigan ustoz kerak.

Yana bir jihati. Bu Ustoz ham har kim bo‘la olmas ekan. Avval Juniorlar bilan ishlagan odam bo‘lsa yaxshiroq.

Demak, Juniorlarga imkoniyat berish yaxshi ekanini gaplashib oldik. Endi ularni ishga olish yoki olmaslikni o‘zingiz hal qila olasiz.

Biz esa, davom etamiz....

1-qism tugadi. 2-qism

134 ta dasturchi (engineer) bilan suhbat qilgan mutaxassis fikrlari edi. Bu maqolani o‘tgan hafta o‘qib qoldim. 3-4 qayta o‘qib, o‘zimizning holatlar bilan baholab ko‘rdim. Gapida "jon" bor.


Maqolaning keyingi qismlarini ertaga yana yozaman.

[1]
[2] [3] [4] [5] & Manba

27.10.2025 London
@DrAlgorithm
🔥48👍123👏2😁1
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi [2-qism]

[1-qism] [3-qism] [4-qism] [5-qism]

Nima uchun korxonalar yosh dasturchi (junior)larni xushlamaydi?

Buning sabablari har bir korxona uchun turlicha. 

1. Kichik korxona (StartUp)larda - Bizning jamoa juda kichik. Juniorlarni o‘qitishga vaqtimiz yo‘q. Bizga birinchi kundan foyda bera oladigan katta dasturchilar kerak. 

2. O‘rtacha korxonalarda - Biz tezroq o‘sishimiz va kengayishimiz kerak. Bizda mas’uliyatni ola oladigan va avval katta loyihalarda ishlagan dasturchilar kerak. 

3. Katta korxonalar - Bizning tizimimiz juda murakkab. Juniorlar kirishib ketishi uchun ko‘p vaqt kerak. 

Bu bahona/sabablardan shuni anglasa bo‘ladi-ki, o‘rtacha 4+ yil ishlagan dasturchi korxonalar uchun eng maqbul yechim. Ular hali yetarlicha o‘sib ulgurmagan (patologga yetmagan) va tajribasi ham bor. 

Bechora talabalar va universitetni tamomlagan bakalavrlar. Hali 1 yil ham ishlab ko‘rmagan bo‘lsa…

Ishlamoqchi bo‘lsa, tajriba kerak. Tajriba orttirish uchun ishlash kerak. 


Shu orada yana bir jihatni ko‘rib chiqsak:
* Tajribasi 1 yillik va 5 yillik dasturchi orasida farq juda katta. 
* Ammo 10 va 15 yil o‘rasi-chi? 

Demak, masala yilda emas. 

Korxonalar nimani yutqazmoqda?

Korxonalar qilayotgan xatolarning ba’zilarini ko‘rib chiqsak:

1. Ishga olish jarayoni eskicha. Ishga olishda hali ham eski tushunchalar qolib ketgan. Juniorni “odam” qilish uchun 6-12 oy vaqt kerak deb o‘ylaymiz. Lekin yaxshi Junior juda tez o‘sa o‘ladi, ayniqsa Sun’iy Intellekt (SI) yordamida. SI bilan ishlashni biladigan Junoir jamoaga xalal bermasdan kodni tahlil qila oladi, yangi texnologiyani o‘rgana oladi, foydali kod yozib ko‘ra oladi. 

O‘zim esa SI ishlatmagan Juniorni ishga olmagan bo‘lar edim. 


2. Eskicha suhbatlar (Interview) - hozirgi SI davrida Juniordan Algoritmlarni yoddan etib berish, qog‘ozda kod yozdirib ko‘rish eskirgan usul. Avvallari juda qo‘l kelar edi. Endi esa yondashuvni o‘zgartirish kerak. SI bu sodda narsalarni ko‘pi bajara oladi, yetmaganiga tushuntirib ham beradi. 

Shunga suhbat (Interview) vaqtida SI bilan kod yozishni talab qilish vaqti keldi. 


3. Yaxshi Juniorlarni qayerdan izlashni bilishmaydi. Ko‘pgina Rekruter (ish topib beruvchi)lar hamma biladigan joydan odam qidiradi. @UstozShogird kabi Telegram kanallar, HH kabi veb saytlar. Yana qayerdan izlasa bo‘lishini bilasizmi?

Zo‘r Juniorlarning bir qismi Y Combinatordan yiqilgan yoshlardir. Ular ishlab ko‘rgan, qiziquvchan, yangiliklarga ochiq va motivatsiya (ishtiyoq) ham kerak emas. Ichi to‘la ishtiyoq. 

Shu 3-qismni o‘ylab ko‘rishim kerak ekan…


2-qism tugadi.

[1] [2] [3] [4] [5] & Manba

THY 31.10.2025
@DrAlgorithm
🔥27👍8👏2
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (3-qism)

[1-qism] [2-qism] [4-qism] [5-qism]

To‘g‘ri Juniorni qanday topsa bo‘ladi?

Ko‘p korxonalar hali ham 2019 yilda yashamoqda. Sun’iy Intellekt (SI) dasturlashda kod yozishni fundamental darajada o‘zgartirib yubordi. Lekin odamlar hali moslashishga ulgurmayapti.

Agar ishga olish jarayonini o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, siz noto‘g‘ri odamlarni ishga olmoqdasiz. 


Ba’zi korxonalar (yoki ko‘pchiligi) suhbat (Interview) vaqtida SIdan foydalanishga ruxsat bermaydi. Bu bilan ular: Odam o‘zining bilimi kuchli ekanini ko‘rsatishi kerak, - deb bahona qilishadi. 

Balki ishga olish jarayonini o‘zgartirish vaqti kelgandir? 


Quyida ishga olish (hiring) jarayoniga 5 ta qadam:

1. Dunyoqarashni aniqlang.

* Dasturchi (Junior)dan o‘zining qilgan loyihalari haqida so‘rang. Loyiha mavzusiga chuqurroq kirib boring. Ko‘proq “Nima uchun buni qilding?” yoki “Bu qanday ishlaydi?” kabi savollarni bering. Dasturchi loyihasining tub mazmunini ayta olguncha chuqurlashib boravering. Murakkab jarayonlar haqida fikrlay olishini tekshiring.

* Xohishi jiddiy ekaniga qarang. Sizga loyihasi haqida gapirganda, og‘zi to‘lib, maza qilib gapiradigan odam kerak. Ular loyihasida dush kelgan va o‘zi hal qila olgan Haqiqiy muammoni aytib bera olishi kerak. Bu suhbat har ikkingizga quvvat beradigan darajada maroqli o‘tishi kerak. 

* “Ogohlik signali” (Red flag) larga e’tiborli bo‘ling. Suhbat davomida sizning savollaringizga javob bermay, o‘zini himoya qilishga o‘tib olsa, biling-ki, odat-da bunday holatlarda katta oylik uchun harakat qilayotgan bo‘ladi. Sizga ishini sevuvchi inson kerak. Katta oylik uchun ATga kirgan “dasturchi” emas. 

davomi bor...

3-qism tugadi.

[1] [2] [3] [4] [5] & Manba

Toshkent 02.11.2025
@DrAlgorithm
🔥82
Assalomu alaykum, do‘stlar!

Oxirgi xabarni yozib o‘tirib, o‘ylanib qoldim.

- Juda uzun emasmi?


Universitetda dars berib yurgan vaqtlarimda sezar edim, 45 daqiqa ma’ruza eshitgan talaba, "ko‘zlari ochiq - quloqlari yopiq" bo‘lib qolar edi. Shu sababli agar domlalaringiz har yarim soatda biror hajviya yoki o‘zining boshidan o‘tkazganini aytib bersa, hayron bo‘lmang. U sizni o‘ylab qilmoqda.

Agar xabarlarim uzun bo‘lib ketsa, biror belgi bildiring:

- Oka, o‘qib bo‘lmaydi-ku
- RAM to‘lib qovotti.
- Token tugab qoldi

kabi bo‘lsa ham.

Shu yerda sizning fikringiz men uchun muhim:

Sizga qaysi biri ma’qul: Qisqa va lo‘ndami yoki uzunroq bo‘lsa ham, batafsilmi?


Fikringizni emoji rasmlar bilan ham qoldirsangiz bo‘ladi.

Kuningiz xayrli o‘tsin.

Toshkent 02.11.2025
@DrAlgorithm
160👍7😭5👀2
🏆 Endi menda ham Faxriy Yorliq bor.

Assalomu alaykum, do‘stlar.

Safarda bo‘lib, xabar (post) yozishga vaqtim bo‘lmay qoldi.
Lekin, bitta yaxshi xabarni ulashgim keldi.

Shu hafta Mohirdev menga sovg‘a topshirdi.
Ustoz va murabbiylar kuniga atab sovg‘a ajratib qo‘yishgan ekan.


Mohirdev jamoasiga bunday ajoyib sovg‘a uchun katta rahmat! Ishlaringiz yanada rivojlansin. O‘ylaymanki, Mohirdev faoliyati yanada kengayadi va boshqalarga ham andoza bo‘ladi.

Rahmat kattakon!

Toshkent 06.11.2025
@DrAlgorithm
😁54👍18🔥9🕊2🤣2🏆21😍1
Odamlar nima deydi?

Kecha ajoyib tuygʻuni his etdim. Muhit amallarimizga ta’sir qilishi.

- Anu nima deb o‘yladi?
- G‘alati qiliq emasmi?
- Jinni bo‘lganmi?


deb aytadigan, ba’zan o‘zimiz ham sezmaydigan so‘zlar.

Kechagi amaliyot

Angliyada haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonda moshina haydash uchun ikkala qo‘l rulda bo‘lishi kerak. Toshkentda esa man bitta qo‘lda haydar ekanman. Bir joyga ketayotgan edim. Ikki qo‘lda haydash qayday bo‘lishini sinab ko‘rdim.

10 daqiqaga yetmadi.


Ikki qo‘lim rulda. Atrofdagi odamlar manga qarab turganday his etdim. Ayniqsa yonimdagi moshina man bilan yonma-yon turib qolganida.

Chetda siz bilan hech kimning ishi yo‘q.


- O‘zingizdan o‘zingiz yo‘l chekkasiga o‘tirib olsangiz ham;
- Metroda nonushta qilib ketsangiz ham;
- Quloqchinni taqib olib, ashula kuylab, raqs tushsangiz ham sizni hech kim muhokama qilmaydi.

Erkin ish yuritasiz. Ishga diqqat qilasiz.


Man ikkala muhitda yashab ko‘rgan bo‘lsam ham, har bir joy muhiti muhrlanib qolgan ekan. Shu sabab bo‘lsa kerak "Nima deb o‘ylaydi?" - degan xayol keldi, darrov.

1. Amalingiz to‘g‘ri bo‘lsa, uyalmang.
2. Kattani hurmat qiling, lekin gunoh qilmang.
3. Vazifangizga diqqat qarating, kimdir sizga qarab turganiga emas.
4. Yo‘lda 50 belgisida 49 tezlikda ketyapsizmi? Yo‘l tor va orqadan sizga signal chalib shoshirmoqchimi? Agar u maxsus moshina bo‘lmasa, yo‘lingizda davom eting.

Bularni mendan yaxshiroq bilasiz.


Odamlar nima deydiga e’tibor bermang. Ular doim biror narsa deydi. 100 yil oldin ham shunday bo‘lgan.

Kuningiz unumli va foydali bo‘lsin. Diqqatingizni buzadigan odam uchramasin.

08.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
1👍82🔥21🕊4💯2
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (4-qism)

[1-qism] [2-qism] [3-qism] [5-qism]

Maqolaning navbatdagi qismini ham yozib qo‘ysam. Foydali bo‘lsa kerak deb o‘yladim.


1-qismda Junior dasturchilarning afzalliklari haqida yozilgan edi.
2-qismda korxonalar Juniorlar bilan ishlashdagi muammolari yozilgan.
3-qismda esa Ishga olish (Hiring) vaqtida nimalarga e’tibor berish haqida so‘z boshlagan edim. Shuni davomini yozib, maqolani tugatmoqchiman.

Ishga olish (hiring) jarayoniga 5 ta qadam:

2. "O‘ziga yoqqan vositalardan foydalanish" uy vazifasi

Istalgan vositadan (tool) foydalanishga ruxsat berib, kichik va hayotiy masalasini yechishni so‘rang.

Asosiysi, sizning keyingi qadamingiz. 30 daqiqalik savol-javob tashkil qiling. Ular o‘z yechimlarida qanday yondashuv qilganini tushuntirib bersin. Siz esa o‘z navbatida ularni savolga turing - "Nega bunday qarorga keldingiz?" yoki "Bu qism qanday ishlaydi?" deb. Ularning tushuncha chegarasiga yetguncha ichkariroq kirib boring.

Ular topshirgan kodni o‘zi tushunadimi? Ular dizayn-arxitektura qarorlari va kelishuvlarni tushuntirib bera oladimi? Ularning tanlagan texnologiyalari haqidagi bilimlari qanchalik chuqur?

3. Sun’iy intellektsiz muammoni hal qilish

O‘rtacha ~40 daqiqalik sinov suhbati uyushtiring. Murakkab muammolar, tizim dizayni (system disign), arxitektura qarorlari va kelishuvlar orqali mulohaza yuritish bo‘yicha savollarga turing. Bu orqali ularning fikrlash qobiliyatini sinab ko‘ring

Ha, ular kelajakdagi vazifalarida sun’iy intellektdan (SI) foydalanishlari mumkin, lekin bu masala uchun ishlatmasinlar. Siz ularning o‘zlari mustaqil fikrlay olishlarini va muhandislik qobiliyatini kuzatishingiz kerak.

4. SI bilan jonli tarzda amalga oshirish (implementatsiya)

Endi ularga kichik jonli kodlash vazifasi uchun 20 daqiqa bering. Ularning AI vositalari bilan qanday ishlashini kuzating. "Prompt" (so‘rov) berish strategiyalari, SI natijalarini qayta ishlashlari (iteratsiya) va SIni mantiqiy yechimlar tomon samarali yo‘naltira olishlari yechimga yetish uchun juda muhim.

5. Ularning SI strategiyasini baholash

Nomzodlardan o‘zlarining odatiy dasturlash ish jarayonini (workflow) tushuntirib berishlarini so‘rang.

Ulardan qachon qo‘lda kodlash va qachon SIda foydalanishni, o‘zlari yozgan loyihalardan aniq misollar bilan tushuntirib berishlarini so‘rang.

SIsiz fikrlay olmaydigan muhandislar yangi muammolarga duch kelganda boshlarini qayerga urishni bilmay qoladi.

SI’ni xushlamaydiganlar esa yangi vositalardan to‘liq foydalanadigan hamkasblaridan ortda qoladi.

Siz har ikki bosqichda ham zo‘r bo‘lgan muhandislarni qidiring. Ham SI berayotgan ulkan foydani tushunadigan, ham uning qayerda zararli ishlashini biladiganlar.


4-qism tugadi. [1] [2] [3] [4] [5] & Manba

09.11.2025 Samarqand
@DrAlgorithm
👍11
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (5-qism)

[1-qism] [2-qism] [3-qism] [4-qism]

Ishga qabul qilingandan keyin

Tabriklaymiz! Siz yangi kichik muhandisni ishga oldingiz. Keyin nima bo‘ladi?


Maqoladagi fikrlar:

* Mentorlik infratuzilmasiga sarmoya kiring

Ular hamma narsani o‘rganish uchun sun’iy intellektdan foydalanishi mumkin deb o‘ylamang. Tajribali muhandislaringiz ular bilan birga ishlashga, o‘rganishda yo‘llanma berishga va ularning savollariga tayyor bo‘lishga vaqt ajratishiga ishonch hosil qiling.

* Qisqa muddatli unumdorlikka sabrli bo‘ling

Ulardan sehr-jodu kutmang chunki ular SI-egalari. Ha, ular tezkor, lekin ularga korxonangiz ma’lumotlarini o‘rganishga vaqt bering.

* To‘g‘ri o‘lchamlarni ishlating

Juniorlar qanchalik tez va samarali bo‘lishi, ularni natija berish darajasi va asosiy blokerlarini kuzatib boring. Biz ularni dasturlash standartlari bilan tanishishi uchun Weave’dan foydalanishlarini tavsiya etamiz :)

* Ular bilan gaplashing!

Ulardan tajriba va Juniorning keyingi qadami uchun nimani yaxshilash mumkinligini so‘rang. Ular keltirgan yangi qarashlardan foydalaning va ularning takliflariga ochiq bo‘ling. Ularning mehnatini qadrlang va o‘zlariga ham ayting. Hatto ular super yulduz bo‘lsa ham, buni bilmasligi mumkin, biroz rag‘batlantirsangiz foydadan holi emas.

* Kichikdan qadamdan boshlang

10 ta Junior’ni ovolib, kodni rasvo qilmang. 1-2 dan boshlang va kattalashishdan avval (oldingi qadamlardan) nimalar ish berishini o‘rganing.


Nega bu har qachongidan ham muhim?

O‘ylashimcha, aksariyat korxonalar Juniorlardan qochib, katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Korxonalar tez o‘rganadigan, yangi vositalarga moslashuvchan va juda tez Senior muhandis bo‘lib yetishadigan SIchi Junioerlarni qo‘ldan bermoqda.

Ushbu bozor samarasizligi abadiy emas. Shopify misolida ko‘rganimizdek, aqlli korxonalar Juniorlarni qanday samarali yollash va rivojlantirishni o‘ylab topadilar. Ular aql bovar qilmaydigan jamoalarni tuzadilar, ularning raqobatchilari esa qimmatbaho Seniorlar uchun kurashadilar.

Ishtiyoqli junior dasturchilarga vaqt sarflash uzoq muddatda o‘zini oqlaydi.

Savol shundaki, siz hozir boshlaysizmi yoki boshqalar buni aniqlaguncha kutasizmi?


5-qism tugadi. [1] [2] [3] [4] [5] & Manba

09.11.2025 Buxoro
@DrAlgorithm
👏13👍5