TDTU OF Direktori A.U.Samadov
83 subscribers
1.65K photos
70 videos
4 files
66 links
Download Telegram
#Kengash

📌Bugun TDTU Olmaliq filialining navbatdagi kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, Kengash o‘z ishini xushxabarlar bilan boshladi. TDTU Olmaliq filialining jamoa a`zolari PhD Sh.Rayxonovga dotsent ilmiy unvoni attestati, A.Abdullayev va D.Hakimovaga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi diplomi topshirildi. Talaba yoshlar bilan samarali faoliyati uchun tyutorlar N.Rustamova, M.Xaydarova, T.Umarbekov va S.Ashirovga rahbariyat tashakkurnomasi topshirildi.

Shuningdek, OKMK AJ “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida samarali faoliyat yuritayotgan xodimlarning ota-onalari – filial jamoasi a`zolari M.Shamayev va G.Boytemirovaga ham korxona rahbariyatining tashakkurnomalari va kitoblari taqdim etildi.
#Kengash

📌Kengashda Yoshlar kuni munosabati bilan har bir fakultetdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘z ishiga mas`uliyatli yosh pedagog va talabalar ham rahbariyat faxriy yorlig`i bilan taqdirlandilar.

📌Shuningdek, filialda o‘tkazilgan “Oliygoh kubogi -2025” tanlovi g‘olibi bo‘lgan 24 nafar talabaga diplom va sertifikatlar topshirildi.


📌Shundan so‘ng kengash kun tartibi bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi. Kengash a`zolariga xorijiy safar tafsilotlari, bahorgi semestr natijalari, professor-o‘qituvchilarning yillik ish rejasining bajarilishi haqidagi ma`lumotlar berildi. Savol-javoblar va muhokamalardan so‘ng har bir masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

⚡️TDTU Olmaliq filiali huzuridagi akademik litseyda 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilari uchun uchrashuv tashkil etildi. Unda Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Universiti Malaysia Perlis (UniMAP) dotsenti Eshquvatov Zayniddin Karimovich ishtirok etdi.

Tadbir doirasida UniMAP vakili universitet faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. 2001-yilda tashkil etilgan va 2007-yil fevral oyida to‘liq universitet maqomini olgan bu ta’lim muassasasi hozirda “Bilim, sadoqat, mukammallik” shiori ostida 14 mingdan ortiq talabaga tahsil berib kelayotganligini ta’kidlab o’tdi.

Z.Eshquvatov UniMAPda elektr, elektronika, kimyo, mexanika va fuqarolik muhandisligi, muhandislik texnologiyasi, kompyuter va aloqa muhandisligi, shuningdek, biznes innovatsiyasi kabi yo’nalishlar mavjudligi va bu sohaga har ikki mamlakatda ham talab kattaligi xususida fikrlarini bildirdi.
#o'rganish

⚡️2025-yil 8-maydagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 165-sonli buyrug‘ida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, hududlardagi oliy ta’lim muassasalarining ilm-fan va innovatsion faoliyati holatini o‘rganish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilgan.

📌Xususan, mazkur ishchi guruh a’zolari S.Tojiboyev va A.Shoʻgʻiyozov kuni kecha Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida bo'lishib, filialdagi ilm-fan va innovatsion faoliyatning amaldagi holatini o‘rganishdi.


📌Tashrif davomida ishchi guruh vakillari filialda tahsil olayotgan tayanch doktorantlar bilan suhbatlashishdi. Ular doktorantlarning dissertatsiya ishlarini o‘rganib chiqib, ilmiy izlanishlarning mazmuni va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olmaliq shahar hokimligida "Mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishning ustuvor yo'nalishlari: muammo va yechimlar" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

Jarayonda Kengashlar faoliyatini samarali tashkil etish, “namunali mahalliy Kengashlar” orqali tashkiliy-huquqiy, kadrlar va moddiy-texnik masalalarni hal etish, deputatlar faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Seminarda Toshkent viloyatidagi mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirok etdi.