Digital Researcher
39 subscribers
2 links
All about IT, CS, Tech, Math, Data, Economics, Startups, Education, Management and other related topics.

Owner: @AbrorMusulmonov

Research area in IT field...

Contact: @feedbackDR_bot
Download Telegram
Channel created
print("Assalomu alaykum!")
Loyiha va StartUp

Loyiha - bu jamiyatingizda bo‘lib turgan ayni bir muammoni yechishga qaratilgan istalgan turdagi sizning harakatingizdir. Bunda siz nimanidir yaxshilay olsangiz va u insonlarni manfaat keltirsa, bu loyihangiz muvaffaqiyatli deyish mumkin.

Loyiha umumiy tushuncha bo‘lib, har bir kishi o‘z sohasida qilish mumkin. Uning maqsadlari yana o‘sha o‘sha qaysidir muammoning yechimi va jamiyat foydasi uchun xizmat qilishi kerak.

StartUp - bu ham loyihaning ta’rifi bilan bir xil bo‘lib, faqat bir tomondan ajralib turadi. Bunda StartUp o‘zining innovatsion yechimiga ega bo‘lishi kerak. Barchasi baribir loyihaning nomi ostida birlashadi.

Demak, sizning maqsadingiz ham sizning loyihaning maqsadiga bevosita ta’sir qiladi. Siz boshlagan StartUp/Loyiha kelajakda ulkan biznes va kompaniya bo‘lish ehtimoli mavjud.

Buning uchun sizga bir necha omil ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ularni eng muhim ketma-ketlikda quyida sanab o‘tmoqchiman! Bu havolada yanada to‘liqroq ko‘rishingiz mumkin.

1. G‘oya
2. Jamoa
3. Biznes model
4. Moliyalashtirish
5. Vaqt

Bu omillarning eng muhimi bu vaqt hisoblanadi. Ayni qaysi vaqt? Siz qilgan loyihaning bozordagi dolzarbligi, ya’ni sizning loyihangiz ayni paytda insonlar uchun kerak va sizga o‘sha damda pul to‘la olishlari kerak.

Qolgan barcha omillarni shu vaqtdan kelib chiqib topish va amalga oshirish mumkin. Shuningdek, ushbu 5 ta omilga e’tibor berishingiz kerak.

Yana ham oddiyroq tushuntiraman, masalan, siz qaysidir narsada yaxshisiz uni tanishlaringizga o‘rgatmoqchisiz va buni siz pullik yoki bepul qilishingiz mumkin.

Ba’zan shunday qilib o‘zingiz tajribangiz oshgan sari o‘quv markaz ochishingiz mumkin. Jahongir Po‘latov, Xurshid O‘roqovlarning o‘quv markazi loyiha/startupdan biznesga aylantirgandek. Bu bilan hamma kurs ochsin demoqchi emasman. O'zingizda bor g'oyani startupga aylantiring!

Umuman barcha sohasida loyiha qilishingiz mumkin, ma’lum bir biznes model yaratganingizdan so‘ng siz startupdan kompaniya tomon yo‘l olishingiz mumkin.

Demak, o‘zingiz reja qilgan loyihani yarating, uni tanlovlarga va omma oldiga olib chiqing. Loyihangiz har bir siz qatnashgan tanlovdan so‘ng o‘zini to‘g‘rilashda davom etadi. U yoqqa urasiz, bu yoqqa urasiz, oxirida tayyor loyiha bo‘ladi. Muhimi siz loyiha qilishdan qo‘rqmang.

Xuddi shuningdek, texnologik startuplar ham shunday qurilgan Google, Facebook, Microsoft, Apple , Uber kabilar. Masalan, hammamiz bilgan Yandex Taxi olaylik, u ham Uberdan ko‘chirma qilingan va qaysidir ma’noda va o‘z hududiga muvaffaqiyatli bo‘lib ketgan.

Ba'zi paytda, chet elda bor g'oyani o'zimizga moslashtirib qo'llash ham muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Misol Tahrirchi.uz loyihasi Grammarly.com'dan andoza olinganidek. Muhimi nimanidir yangilab, o'zingizdan yechim qo'shib yaxshi loyiha yaratsangiz bo'lgani.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, umuman qaysi sohada bo‘lmang har birida Loyiha/StartUp qilsa bo‘ladi, muhimi odamlarni muammosini yechishingiz kerak. Va natijada sizning yechimingizni ular sotib olishadi.

Qarabsizki, siz har tomonlama yutasiz. Bunga misollar yuqoridagi barcha kompaniya egalari (founders)ning maqsadlari ham shunday ular odamlarning muammosini yechish, yaxshilash va dunyoni o‘zgartirishga harakat qilishadi.

Demak, loyiha qiling, uni ustozlaringiz maslahatlashing va natijada g‘olib bo‘lasiz.

Startuplarni muvaffaqiyati haqida to'liqroq bu yerdan ko'rishingiz mumkin. Havola

@Digital_Researcher
Loyihangiz to'g'ri taqdimot qiling!

Xo'sh, siz loyiha yaratdingiz va uni rivojlantirishni maqsad qilmoqdasiz. Natijada siz keyingi bosqichga yo'l olasiz, ya'ni loyihangiz uchun birinchi sarmoya olish yoki qaysidir tanlovlardan grant yutish imkoniyati bo'lishi mumkin.

Demak, endi siz loyihangizni sota olishingiz kerak. Loyihangiz haqida ommaga xabar berish va ularni jalb qilish, shuningdek, investorlar oldida loyihangiz kelajagini ko'rsatib berishingiz kerak.

Siz loyihangizni investerlar, grant va tanlovlar uchun bo'lsa hakamlarga ko'rsatib berishingiz kerak bo'ladi. Bunda siz loyihangizni to'g'ri taqdimot qilishingiz sizni g'oliblikka yetaklaydi.

Demak, Taqdimot (ppt) tayyorlashni boshladik...

1. Cover Page - Birinchi sahifa. Loyihangiz nomi, Logosi va Jamoa a'zolarini kiritishingiz kerak. Qo'shimcha loyihani taqdimot qilayotgan inson haqida ham ma'lumot berib o'ting. Asosan bu shaxs "Product Owner" bo'ladi.

2. Problem Statement - Muammo bayotini. Bunda siz qilmoqchi bo'lgan loyihangiz qaysi muammoni yechadi, ushbu muammoning ko'rsatib o'ting. Bu haqida qisqacha yozing va aniq raqamlarga asoslangan bo'lsin.

3 .Solution - Yechim. Siz yuqorida ko'rsatib o'tgan muammolarni sizning loyihangiz qanday yechishini ko'rsating va uni ham vizual tarzda taqdimotga kiritib o'ting. Sizning yechimingizni mavjud muqobillarga qaraganda noyob va yaxshiroq qiladigan narsani ta'kidlang.

4.MVP or Product Picture - MVP yoki Mahsulot surati. MVP (Minimum viable product) - minimal hayotiy mahsulot tarjimasi yaxshi chiqmadi, ammo siz qilgan loyihaning ishlaydigan bir qismi, masalan siz Taxi xizmatini qilmoqdasiz va bunda sizning MVP'ningiz qaysidir odam sizning loyihangiz orqali taxi chaqira olishi kerak, xoh telefon orqali, xoh mobile ilova orqali, muhimi loyihangiz minimal ishlashi kerak. Bu haqda keyinroq batafsil gaplashamiz. Demak siz bu sahifaga o'zingizni loyihangizni vizual tarzda ishlayotgan qismini ko'rsatishingiz kerak.

5. Target Market and Customers - Maqsadli bozor va mijozlar. Loyihangizni aniq bir ishlatuvchi qism va odamlarga segmentlab olishingiz kerak. Maqsadli auditoriya, kimlar ishlatadi, kimlar sotib olishi haqida taqdimotga kiritib o'tishingiz kerak.

6. Competitors - Raqobatchilar. Har bir loyihani ko'p holda raqobatchisi bo'ladi. Shu sababli siz ularni taqdimotga kiritishingiz va ulardan qanday tarzda oldinda ekanligingizni ko'rsatib turishingiz kerak. Agar raqobatchi bo'lmasa, raqobatchimiz yo'q deb yozib qo'ying.

7. Contact details - Aloqa. Bu yerda siz va loyihangiz bilan aloqa qilish uchun kontakt ma'lumotlarini kiritib o'ting va so'ngi so'z o'rnida "e'tiboringiz uchun rahmat" iborasini qo'shib qo'ying.

Taqdimot asosan 7-10 sahifadan iborat bo'lishi tavsiya etiladi, asosan raqamlar va haqiqiy faktlarga asoslab tayyorlashingiz kerak bo'ladi.

Diqqat: Loyihangizni taqdimot qilishingiz uchun 3-5 daqiqa sizga vaqt beriladi. Bu davrda hayojanlanmasdan , dadil turib hakamlar oldida taqdimot qiling va ularning savollariga aniq javob bering.

P.S: Loyihani to'g'ri taqdimot qilish bo'yicha ko'rsatmalar uchun U-Enter tomonidan tayyorlangan ma'lumotlar asosida tayyorlandi. Asosiy manbaga havola bu yerda!

@Digital_Researcher