AI | DigiTech
51.1K subscribers
2.61K photos
1.44K videos
2.38K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👓 Miya uchun fitnes-treker: konsentratsiya va e’tiborni oshiradigan ko’zoynaklar namoyish etildi.

MindLink Air ramkasiga 6 ta sensorlar o’rnatilgan bo’lib, ular charchaganingizda ko’zlaringizni analiz qiladi va miyaga infraqizil nurlardan foydalanib impuls yuboradi. Bu konsentratsiya va mahsuldorlikni oshiradi.

Narxi — 600 dollar atrofida.

📟 DigiTech
👍100🔥15🤯9👏64🤓42👨‍💻2😇2🫡2💯1
🤖 Xitoyliklar mana shunday o’ta realistik robotlar yasashni o’rganishdi, ular hatto mashhur odamlarning to’liq nusxalarini ham yaratishmoqda: masalan, Stiv Jobs'ning nusxasini.

Yuz va tananing terisini tibbiy silikondan tayyorlashmoqda, so’ng kichik detallargacha qo’lda ishlov berishmoqda.

Ushbu robotlar Dalian kelajak va fan muzeyida namoyish etiladi, u yerda o’zingizni skanerlab, tashqi ko’rinishingizni kelajakdagi gumanoidlardan biriga «hadya» qilishingiz mumkin.

📟 DigiTech
👍109🤯638🔥7👨‍💻4🫡4👏2🤩2💯2🤓2😇2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎣 Muzda baliq ovlash bo’lsa shunday bo’lsin

Ushbu yigitlar muzda baliq ovlashni video o’yin o’ynash kabi osonlashtirishibdi. Ular elektr kaminli furgonda o’tirib, suv osti kamerasi orqali baliqlarni tomosha qilishmoqda, qarmoqqa baliq tushganini ko’rishgandan so’ng pastdagi teshiklardan uni tortib chiqarishmoqda.

📟 DigiTech
👍11511🤯7🤩65😁4😍3💯2👨‍💻2🫡2👏1
🥽 Apple ba’zi jurnalist va blogerlarga Vision Pro garniturasi haqida o’z obunachilariga aytib berishlari uchun qurilmani 30 daqiqa davomida sinab ko’rishga ruxsat berdi. The Verge yozishicha:

— Qurilma boshda boshqa VR qurilmalar kabi turadi. Qurilmaning og’irligi tufayli ko’zlar tez toliqadi;
— O’rnatish sozlamalaridan so’ng Mac'dagi Launchpad'ga o‘xshash ish stoli chiqadi;
— Ko’zni kuzatish funksiyasi tez va aniq ishlaydi;
— Klaviaturadan foydalanish unchalik qulay emas, matnni Siri-ga aytish qulayroq;
— Rasm sifati juda yuqori va Meta Quest'ga qaraganda yaxshiroq;
— Harakat vaqtida olingan 3D videolarni tomosha qilish ba’zilar uchun ko’ngil aynishiga olib kelishi mumkin.

Tez orada mashhur amerikalik YouTuberlar va OAV'larning to’liq va batafsil sharhlari chiqadi.

📟 DigiTech
👍115179🔥6👏6🤯5🤓3👨‍💻3🫡3🎉2💯2
📱Samsung kompaniyasining yangi S24 smartfonlar liniyasi taqdimoti bo’lib o’tdi. Asosiy xususiyatlari — albatta neyrotarmoqlardir:

— Matnli xabarlar va ovozli qo'ng'iroqlar uchun sinxron tarjimon. O’zbek tili hozircha yo’q, lekin yaqin kelajakda qo’shilib qoladi degan umiddamiz;

— Sun’iy intellekt matnli xabarni qayta shakllantirishga, uni yanada rasmiy yoki tushunarli qilishga yordam beradi, orfografik xatolarni to’g’irlaydi;

— Uzun matnlarni asosiy ma’nosini aytib beradi, shuningdek, diktofon'da yozilgan ovozli xabarlarni tarjima qila oladi;

— Rasmlar muharriri Pixel-dagi kabi: fotosuratdagi obyektlarni ko’chirishingiz va ularning hajmini o’zgartirishingiz mumkin.

AQSh'dagi narxlar:
· S24 – 799 dollardan.
· S24+ – 999 dollardan.
· S24 Ultra – 1299 dollardan.

📟 DigiTech
🔥135👍65🤯1696😍5💯5🤩4👨‍💻4👏3🤓3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💻 Windows 12 shunday ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Lekin afsuski, bu ishqibozlar tomonidan yasalgan norasmiy konseptdir.

Operatsion tizimning rasmiy yangi versiyasi shu yilda namoyish etilishi mumkin. Windows 12 da asosiy e’tibor sun’iy intellektga qaratiladi.

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍134🤯22🔥136👏5🤓5🎉4💯42👨‍💻2🫡2
🥽 3500 dollar berasiz va bonusiga quloq og’rig’ini olasiz :)

📟 DigiTech
😁384🤯41👍26💯9😨7👨‍💻65👏4🫡43🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📲 Android'da istalgan ilovadagi obyektlarni belgilab, internetda izlash yangi funksiyasi shunday ishlaydi.

Hozircha u faqat yangi Galaxy S24 va eng yangi Google Pixel-da mavjud, ammo tez orada boshqa smartfonlarda ham paydo bo’ladi.

Aytgancha, orqa fondagi musiqani Apple 3 yil oldin o’z taqdimotida ishlatgan :)

📟 DigiTech
👍110😁40🔥15🤩655🤓3👨‍💻3🤯2💯2🫡2
📲 Galaxy AI internetsiz ishlamaydi. Bu internet bilan ishlaydigan xizmat bo’lib, ikki yildan keyin unga hatto to’lov ham qilish kerak bo’ladi.

Samsung hozircha obuna narxi haqida ma’lumot bermayapti. Ammo uning mavjudligi haqida reklamadagi suratlardan birida yozilgan.

Galaxy AI funksiyalari ular qo’llab-quvvatlanadigan Samsung Galaxy qurilmalarida 2025-yil oxirigacha bepul bo’ladi. Aslida buni sun’iy intellekt funksiyalari deb ham bo’lmaydi, neyron tarmoq bilan sun’iy intellektni farqi bor.

📟 DigiTech
👍126😡69🤯28😁17😨8💯5🤓5👨‍💻3🫡32👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Runway neyrotarmog’i Garri Potterdagi kabi har qanday suratni jonlantirishni o’rgandi. Endi neyron tarmoq bir vaqtning o’zida rasmning 5 turli joyiga animatsiya qo’sha oladi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥111🤯28👏1610🫡54🤩4💯4🤓3👨‍💻3🎉1