AI | DigiTech
51K subscribers
2.62K photos
1.44K videos
2.38K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
📱Samsung Galaxy S24 liniyasi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar rasmiy taqdimotdan bir necha kun oldin internetda tarqaldi, rasmlarda kameralarning xususiyatlari batafsil tavsiflangan, shuningdek:

– Samsung ham Ultra modelida iPhone 15 Pro Max'dagi kabi 10x optik kattalashtirishdan voz kechib 5x ni tanladi;
– Barcha Galaxy S24 modellariga Android 14 o’rnatiladi va Android 21-ga qadar yangilanish keladi.

Ya’ni, foydalanuvchilar Android va One UI versiyalari yangilanishlarini 2031-yilgacha olishadi. Qurilmalar taqdimoti 17-yanvar soat 23:00 da bo’lib o’tadi.

📟 DigiTech
🔥128👍64👏11🤯755🫡4🎉3💯3🤓3👨‍💻3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⌨️ Reddit foydalanuvchisi kompyuter, sichqoncha va klaviaturani mini qurilmaga birlashtirdi.

3D printerda yasalgan ushbu qurilma Windows'da ishlaydi, unda hatto o’yinlarni ham ishga tushirish mumkin.

📟 DigiTech
👍125🤯62👨‍💻108🔥5😁5🫡3😡32💯2👏1
🚢 Xitoyning BYD kompaniyasi o’z elektromobillarini Yevropaga olib o’tish uchun ulkan yuk kemasini qurdi — u bir reysda 7000 ta mashina yetkazib beradi.

BYD Explorer No. 1 ning uzunligi deyarli 200 metrdir, bu ikkita futbol maydoniga teng. U hatto to’liq yuklangan holatda ham to’xtamasdan 29 200 km masofani bosib o’ta oladi.

Ma’lumot uchun, Xitoy o’tgan yili dunyodagi eng yirik avtomobil eksportchisi bo’lgan, birgina BYD kompaniyasi 2023-yilda 3 milliondan ortiq avtomobil sotgan.

📟 DigiTech
👍219🤯76😨13🔥113👨‍💻3🤝3🫡3💯2🤓2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoydagi yoshlar astronomiya muzeyidagi 5D xona.

Xitoy texnologiyalar bo’yicha ancha oldinda.

📟 DigiTech
👍214🤯49👨‍💻8😇8🔥6👏5😁5💯43🫡3😨2
📲 Xiaomi o’ta ingichka va yupqa metall quymasiga o’xshash powerbank'ni chiqardi.

Og’irligi bor-yo’g’i 93 gramm (korpusi metall emas, metall bo’yoq bilan qoplangan) va qalinligi 1 sm dan kichikroq, quvvati 5000 mA / soat, zaryadlash tezligi 20 Vt gacha.

Xitoyda Ultra-Thin Power Bank narxi 18 dollar.

📟 DigiTech
👍209😨31136🔥6🤯6👨‍💻6👏3💯2🫡2🤩1
👨‍💻 Amazon sun’iy intellekt bo’yicha 4 ta bepul kurslarni chiqardi.

Generativ sun’iy intellekt asoslari. Davomiyligi: 3 soat.

Machine Learning — nimadan boshlashni bilmayotgan yangi o’rganuvchilar uchun. Davomiyligi: 12 soat.

Low-Code Machine Learning — biznesda ML modellarini qo’llash orqali muammolarni hal qilish. Davomiyligi: 4 soat.

Amazon AWS da til modellarini yaratish — modellarni yaratish va sozlash. Davomiyligi: 5.5 soat.

Ushbu kurslarni barchasi mutlaqo bepul, vaziyatdan foydalanib o’rganib qolish kerak (ingliz tilini bilsangiz albatta).

📟 DigiTech
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍102🤯128🔥6🎄54🤩3👏2💯2🫡2👨‍💻1
📲 X (Twitter) foydalanuvchisi iOS uchun VisionOS uslubidagi qiziqarli konseptni ko’rsatdi.

Juda chiroyli dizayn chiqibdi.

📟 DigiTech
86👍36🤔10🔥8💯54🤯2🤓2🤝2👏1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️«Bir martalik» video xabarlar va ovozli xabar yozish vaqtida pauza qilish

Telegram'ning kelgusi yangilanishida bir martalik videoxabarlarni yuborish imkoniyati paydo bo’ladi. Ilgari bu funksiya faqat audio xabarlar uchun mavjud edi.

Bundan tashqari, ovozli va ehtimol, video xabarlarni yozishni pauzaga qo’yish imkoniyati qo’shiladi.

📟 DigiTech
59👍47👏8🤯4😨4🔥3🫡32🤔2🤩2💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥽 Yaponiyada virtual o’yinda rasmiy maktab ochildi, u yerda barcha darslar meta-olamda (VR) bo’lib o’tadi.

Ta’lim to’liq onlayn — dunyoni istalgan nuqtasidan turib o’qish mumkin. VR uskunalari bepul taqdim etiladi.

O’quv dasturi oddiy maktabdagi kabi, faqat kibersport va raqamli texnologiyalarga ko’proq urg’u berilgan. Bitiruvchilarga rasmiy diplom beriladi.

Anime ta’lim sohasiga ham yetib keldi.

📟 DigiTech
👍189🤯57😁22🔥12🤓12👨‍💻11👏5🫡4💯3🤩2🤝2
⚡️Wi-Fi'ga ulanadigan LG kir yuvish mashinasi har kuni tarmoqdan stabil 4 GB gacha trafik sarflagan.

X (Twitter) foydalanuvchisi kir yuvish mashinasi qancha trafik sarf qilishini tekshirishga qaror qildi va bu ko’rsatgich kuniga 3,66 GB'ligini aniqladi. Izohlarda odamlar hayronlar: bu oddiy holatmi yoki mayning.

Mayning yangi bosqichga chiqdi shekilli :)

📟 DigiTech
🤔130😁55👍31🤯19🔥533💯3🫡2🤓1👨‍💻1