AI | DigiTech
55.5K subscribers
2.9K photos
1.53K videos
2.62K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xitoy kompaniyasi Go2 aqlli roboit sotuvini boshladi

Uning og’irligi 15 kg, bir zaryadda 2 soat ishlaydi, har xil vazifalarni bajaradi. U GPT bilan jihozlangan va egasi bilan muloqot qilishi mumkin. Shuningdek, roboit 12,6 km/soat tezlikka chiqa oladi, u yugurish mashqlarida hamroh bo’lishi mumkin.

Uning narxi 1600 dollar, Boston Dynamics'ning 75 000 dollarlik roboitidan ancha arzonroq.

📟 DigiTech
😁57👍32🔥7🎉3👨‍💻21😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥 Runway GEN-2 neyrotarmog’i rasmlarni jonlantirishni o’rgandi

Ushbu videodagi barcha qisqa videolar dastlab Midjourney generatsiya qilgan oddiy rasmlar edi.

Aytgancha, siz ham sinab ko’rishingiz mumkin, yangi akkauntlarga 100 soniyagacha video generatsiya qilish bepul.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍54🔥16116👨‍💻6👏2🤓2😡2
📷 Snapchat'ning AR bo’limi dizayneri Kayl Gudrich har qanday suratni real vaqtda yaxshiroq qilib beradigan kamera prototipini namoyish etdi

Kamera neyron tarmoqlar yordamida ishlaydi, olingan barcha fotosuratlar Stable Diffusion va ControlNet tomonidan qayta ishlanadi. Sozlamalardagi 30 ta uslubdan birini tanlab rasmga olish tugmasini bosish kifoya.

Kamera DreamGenerator deb ataladi. U ixchamligi va neyron tarmoqlardan foydalanish qulayligi bilan o’ziga jalb qiladi.

📟 DigiTech
👍49🔥103🤯2👨‍💻2👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Bu fenakistiskop - harakatlanuvchi rasmlarni namoyish qilish uchun qurilma, uning ishi insonning ko’rish inertsiyasi fenomeniga asoslangan. U hozirgi GIF animatsiyalarga o’xshaydi.

Rasmning juda tez harakatlanishi tufayli bu pingvinlar qayoqqadir ketayotganga o’xshaydi.

📟 DigiTech
🤯80👍38👏10😨7🤩53🔥32🤔2😡2😍1
📱Apple butunlay ramkasiz iPhone tayyorlamoqda

Apple kompaniyasi Samsung Display va LG Display kompaniyalaridan ramkasiz OLED ekranlarga buyurtma berdi, deya xabar beradi manbalar. Bunday displeylarni ishlab chiqarish uchun kompaniyalar yupqa plyonkali inkapsulyatsiya (TFE) va ekran ostidagi old kamera (UPC) texnologiyalarini yangilashlari kerak.

Shu bilan birga, Apple juda chidamli shisha turidan tayyorlangan to’liq shishali korpusni ishlab chiqmoqda, u ramkasiz ekran bilan birlashganda iPhone'ni bitta qolipli oynaga o’xshatadi.

Bunday texnologiyalarni amalga oshirish uchun bir necha yillar ketadi, ramkasiz iPhone'larni balki 18 yoki 19-modellarida ko’ramiz.

📟 DigiTech
👍141😁3510🔥5😨4👏3🤯3👨‍💻3🤩2😡1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏙️ Dunyodagi eng katta ofis binosi qurildi, u hatto Pentagondan kattaroq

Dunyodagi barcha olmoslarning qariyb 90 foiziga ishlov berilgan Hindistonning Surat shahrida, rekord darajadagi ofis binosi – Surat Diamond Bourse qurildi.

Yangi ochilgan olmos birjasi 14 gektardan ortiq maydonda qurilgan 15 qavatli majmuadir, deb yozadi CNN. 7,1 million kvadrat futdan ortiq maydonda u dunyodagi eng katta ofis binosi sifatida Pentagonni ortda qoldirdi.

Bu yerda 4700 dan ortiq ofis binolari mavjud bo’lib, 65 000 dan ortiq olmoslar bo’yicha mutaxassislar ishlashlari mumkin.

📟 DigiTech
🔥52👍37🤯73👏2💯2👨‍💻21🤝1😡1
▪️Ilon Maskning yangi loyihasi kiborg odamlarni yaratish bo’ladi

Buning uchun Tesla texnologiyalaridan ham, Neuralink'dan ham foydalanishadi, ular tez orada inson miyasiga implantatsiya qilinadigan chiplarni sinovdan o’tkazishni boshlashadi.

Avvaliga milliarder harakati cheklangan insonlar uchun protezlar yasashni rejalashtirgan, ammo kelajakda butun tanani almashtirish mumkin bo’ladi, bu "biologik tanadan ham yaxshiroq" bo’lishi mumkin deb ta’kidladi milliarder.

📟 DigiTech
👍116😡105😨29🤯23🔥87🤔5👏32🤓2🤝2
🌆 AQSh megapolislarida yer borgan sari cho’kib bormoqda

Olimlar megapolislar ostida tuproqning chuqur qatlamlarining deformatsiyasini aniqlashdi. Hozircha binolarning qulashi xavfi yo’q, ammo kelajakda chuqur yoriqlar, poydevorlar va osmono’par binolar vayron bo’lishi mumkin.

Deformatsiyalar intensiv urbanizatsiya bilan bog’liq: katta shaharlar ostidagi harorat parklar va maydonlar ostidagidan 10°C ga yuqori.

📟 DigiTech
👏72🤯50👍18🔥65💯4😨43🤓3😁2😡1
⚡️Dunyoni o’zgartirishi mumkin bo’lgan xona haroratidagi supero’tkazgich ixtiro qilindi. Koreyalik fiziklar so’nggi yillardagi eng katta kashfiyotni amalga oshirishdi – ular elektr tokini ancha yaxshiroq uzatuvchi texnologiyani ixtiro qilishdi.

Oddiy bosim va xona haroratiga ega supero’tkazgichlar odatdagidek qimmat emas va mehnat talab qilmaydi. Ularni laboratoriya sharoitida oddiy uskunalar bilan 34 soat ichida yasash mumkin.

Ular atom elektr stansiyalaridan 4 barobar kuchliroq bo’lgan termoyadro reaktorlarida qo’llanilishi mumkin. Kelajak haqidagi filmlardagi ko’p narsalar haqiqatga aylanishi mumkin: sovutish ventilyatori bo’lmagan kompyuter chiplari, ish stolingizga sig’adigan kvant kompyuterlar va umuman qizib ketmaydigan smartfonlar.

Xullas, buni texnologiyalar yo’nalishidagi juda katta oldinga siljish deyish mumkin, uning muhimlik darajasi sun’iy intellektdan qolishmaydi.

📟 DigiTech
👍162🤯38👏9😨755🎉2💯2👨‍💻2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👓 Stenford talabalari real vaqtda suhbatni transkripsiya qiluvchi ko’zoynakga o’rnatiladigan qurilmani yasashdi

Qurilmani istalgan ko’zoynakga o’rnatsa bo’ladi, dasturga Bluetooth orqali ulanadi va suhbatdosh aytgan hamma narsani linzalarga aks ettiradi. Qo’shimcha imkoniyat mavjud: suhbatning stenogrammasini saqlash.

Qurilma shu qishda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan, veb-saytida oldindan buyurtma berish mumkin. Narxi hozircha noma’lum.

📟 DigiTech
👍87👏23🤯127🤓6🔥4😁43👨‍💻3💯1😡1
🎙️Dublyaj aktyorlari, sun’iy intellektlar ularni ishini olib qo’yishidan havotirda, ular studiyalardan chora ko’rishlarini talab qilishmoqda.

Shu jumladan Call of Duty o’yinlarini dublyaj qilganlar, sun’iy intellekt faqat dublyaj aktyorlari bilan birgalikda ishlatilishini ta’minlash uchun komissiya tuzishni talab qilishyapti. Shuningdek, bu qoida buzilgan taqdirda, tovon miqdorini tayinlash.

Sun’iy intellekt mutaxassislarining fikricha, dublyaj kasbi yaqin kelajakda yo’q bo’lib ketadi.

📟 DigiTech
👍85😨28🤓12🔥8😁7😡6👨‍💻5🤔43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Intel tizimi dipfeyklarni aniqlashni o’rgandi

Muhandislar haqiqiy videodagi odamning yuzida qon oqimi borligi bilan dipfeykdan farq qilishini aniqlashdi. Aynan uning o’zgarishini tizim kuzatadi va videoning haqiqiyligi haqida xulosa beradi. «FakeCatcher» tizimi 96% aniqlikda ishlaydi.

Banklardan dipfeyklar orqali kuniga millionlab dollarlar o’g’irlashadi, bu ularga yechim bo’lishi mumkin.

📟 DigiTech
🔥48👍18👏9🤯4👨‍💻2😡21🤓1
🚙 Mashinalarda avval bunday displeyni aniq ko’rmagansiz, Mini 9,44 dyuymli dumaloq OLED displeyli yangi boshqaruv displeyini namoyish etdi

Kompaniya ma’lumotlariga ko’ra, bu avtomobil sanoatidagi eng katta OLED displey hisoblanadi. U Android Open Source Project ustiga qurilgan yangi Mini Operating System 9 da ishlaydi.

Foydali funksiyalardan: novigatorda yo’lda zaryad stansiyalari borligini xisobga olgan holda marshrut tuzish, Spike ovozli yordamchisi, 5G, shuningdek o’z dizayni, yorug’lik va ovoz effektlari bilan turli xil interfeys rejimlari mavjud.

Yangi boshqaruv displeyi Mini avtomobillarining keyingi modellarida paydo bo’ladi.

📟 DigiTech
🔥32👍24👏7🤓3😇3👨‍💻2😡211
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖼️ Yana bir qiziqarli rasmlarni generatsiya qiluvchi neyrotarmoq ishga tushdi: Artbreeder saytiga Mixer funksiyasi qo’shildi.

Uning yordamida siz tezda bir nechta rasmlarni bir-biri bilan aralashtirishingiz yoki matnli tavsifga ko’ra o’zgartirishingiz mumkin.

Har xil uslubdagi rasmlarni ham aralashtirish mumkin, sinab ko’ring.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍69🔥8😁432🥰2🎉1😨1
🤖 AQShlik muhandis Mett Xobbs Wall-E robotining batafsil nusxasini yaratdi, uni ko’rgazmalarga olib borib, tashrif buyuruvchilarni xursand qilyapti.

Wall-E boshqalarga yoqimli ko’z bilan qaraydi, qo’llarini kulgili tarzda silkitadi va o’z ismini multfilmdagi ovozdek talaffuz qiladi. Videoga qaraganda u raketalarni juda yaxshi ko’radi 🚀

📟 DigiTech
👍7413👏10🔥6😁4🤯32👨‍💻2