AI | DigiTech
55.4K subscribers
2.9K photos
1.53K videos
2.62K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️MIT talabasi sun’iy intellektli boshqaruv qurilmasini ixtiro qildi

AlterEgo qurilmasi miyaning neyron signallari asosida so’z va jumlalarni ushlaydi, so’ngra buyruqlar hosil qiladi va ularni kompyuter yoki smartfonga yetkazadi.

Natijada, qurilmalarni hayol bilan boshqarish mumkin bo’ladi.

Bu qurilmani 5 yil avval yasashgan, juda zo’r g’oya, lekin u afsuski konseptligicha qolib ketgan.

📟 DigiTech
😨73👍4410🔥6😡3👏2👨‍💻21
⚡️Xitoyda eng yirik ko’p funksiyali quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

1800 ta futbol maydonidek joyda o’rnatilgan qurilmalar nafaqat energiya ishlab chiqaradi, balki tuz va qisqichbaqalar fermasi sifatida ham foydalaniladi.

Quyosh panellari yiliga 1,5 milliard kilovatt-soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqaradi, bu esa 1,5 million xonadonni quvvatlantirish uchun yetarli.

Mana buni bir o’q bilan uchta quyonni urish desa bo’ladi.

📟 DigiTech
🔥86👍50🤯10👏8🤓432👨‍💻2😇2😡2
🚘 Hyundai yangi Santa Fe 2024 ni namoyish etdi - krossover yanada kattaroq va kvadratroq bo’ldi. Dizayn 2018 yildan beri birinchi marta o’zgartirildi.

277 ot kuchiga ega 2,5 litrli turbo motor, shuningdek, gibrid dvigatelli versiyasi ham chiqishi kutilmoqda, ammo hozircha aniq ma’lumotlar yo’q. To’liq taqdimot avgust oyida bo’lib o’tadi.

Dizaynni har xil mashinalardan birozdan olishganga o’xshaydi, siz qanday fikrdasiz?

📟 DigiTech
👍64🔥154🤔4🤩43💯3😡3👏2😁2👨‍💻2
✍️ Mashhur Stable Diffusion neyron tarmog’ini ishlab chiqqanlar, eskizlaringizni suratga aylantiradigan yangi Stable Doodle xizmatini ishga tushirishdi.

Ishlatish oson: eskizdan so’ng, matnli tavsifni kiritishingiz va 14 ta uslubdan birini tanlashingiz kerak. Xizmat bepul.

Sinab ko’ring, izohlarda natijalar bilan bo’lishing.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍70🔥11😨5👏3👨‍💻32😁21
🔭 Nyu-Yorkda startap smartfonni teleskopga aylantiruvchi va uni qaysi tomonga burish kerakligini ko’rsatuvchi Hestia shtativini ishlab chiqdi.

Bu oddiy ishlaydi: smartfon kamerasini qurilmaga pastga qaratib qo’yish kerak va linzali maxsus obyektiv tizimi yulduz turkumlari, Oy va hatto quyosh dog’larini yaqindan suratga olish uchun yetarlicha ko’rinishni ta’minlaydi.

Osmon xaritasini smartfon ekranida interaktiv ko’rish uchun maxsus ilovani ishga tushirishingiz mumkin. Kickstarter platformasida olindan buyurtma narxi 149 dollar.

📟 DigiTech
👏41👍20🔥11🤯542💯2😨2😡2👨‍💻1
🚲 Avtomobillardagi avtopilot bilan hechkimni ajablantirib bo’lmaydi, odamlarsiz harakatlanadigan elektr velosipedlar bilanchi?

AQShdagi Weel startapi shunday velosipedlarni ishlab chiqmoqda. Velosiped qoldirilgan joyidan yoningizga o’zi keladi, shuningdek, qo’lsiz haydashga va to’siqlarni aylanib o’tishga yordam beradi. Sun’iy intellekt asosida ishlaydi.

Velosipedning rulida smartfon uchun simsiz zaryadlash ham mavjud. Prototiplar allaqachon tayyor, ammo ular ommaviy ishlab chiqarishni boshlash sanalarini hali aytishmadi.

📟 DigiTech
🔥46👍31😁7👏311🤝1