AI | DigiTech
55.7K subscribers
2.9K photos
1.53K videos
2.62K links
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.

Reklama: @DigiTech_ads
Download Telegram
🏠 Italiyada uylar 1 yevrodan sotilmoqda

Gap Toskana, Sardiniya va Sitsiliyadagi minglab ko’chmas mulklar haqida ketyapti. Gap shundaki, ularning barchasi eskirgan deb topilgan. Biroq, taklif Avstriya va boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlarni juda qiziqtirmoqda.

Hozir Italiyadagi kichik shaharlarning tarixiy markazlari aholining ko’chib ketishi tufayli tobora ko’proq azob chekmoqda. Yoshlar eski uylarni qoldirib, megapolislarga ko’chib o’tishmoqda.

Shu sababdan rasmiylar ularni barcha xohlovchilarga kam to’lov evaziga sotishyapti, ammo majburiy tiklash va doimiy parvarish talablari bilan.

Italiyaga ko’chish vaqti keldi :)

📟 DigiTech
👍143🤯21🔥975👏4😇4💯3🤓3😁2👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Photoshopni unuting, Aalabdagilar uning kengaytirilgan versiyasini chiqarishdi

Unda ko’plab sun’iy intellekt vositalari mavjud: shov-shuvli Generative Fill, tasvirni uslublash va boshqalar.

Dastlabki uch kun bepul, keyin yangi pochta yaratib ishlatishda davom etishingiz mumkin :)

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
🔥48👍18😁9🤓65🤯5💯3👏21🎉1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Xitoyda qariyalarga qarovchilar yetarli emas. Ularning o’rnini odamsimon robotlar egallaydi

Aholining qarishi fonida, 2035 yilga borib, Xitoyda 60 yoshdan oshgan odamlarning 280 milliondan 400 milliongacha ko'payishi kutilmoqda.

GR-1 kompaniyasi yolg’iz qolgan qariyalar uchun qarovchi bo’lib ishlovchi odamsimon robotlar ishlab chiqarishni boshladi. Ular uy ishlarida yordam berishadi va hatto tibbiy muolajalarni ham amalga oshiradilar.

📟 DigiTech
👍54🔥11😁42👏2👨‍💻21🤔1🤯1💯1
▪️Professor global isishni to’xtatish uchun Yer yuzasining 1-2 foizini oq bo’yoq bilan bo’yashni taklif qildi

Uning ta’kidlashicha, maxsus "super oq" bo’yoq quyosh nurining 98 foizini qaytaradi, bu esa havoni keskin isishini oldini oladi va konditsionerga bo’lgan ehtiyojni kamaytiradi.

Gap shundaki, sayyoramizning 2 foizi Kanada maydonidan bir oz ko’proq. Buncha joyni bo’yash uchun juda ko’p bo’yoq va resurslar kerak bo’ladi.

📟 DigiTech
🔥116😁38👍31👏104👨‍💻4💯32🥰1
🏍️ BMW bir necha yil oldin kontseptsiya sifatida ko’rsatgan CE 02 elektr mototsiklini seriyali sotuvini boshladi. Uning og’irligi 130 kg bo’lib, bir zaryadda 90 km masofani bosib o’ta oladi.

BMW kompaniyasining o’zi bu mototsikl emas, balki "yoshlar uchun elektr transport vositasi" deydi, shuning uchun maksimal tezlik 95 km/soat bilan cheklangan. Dvigatel quvvati - 11 kVt yoki 15 ot kuchiga teng.

Qiziqarli funksiyalardan, BMW CE 02 ni kalitsiz ishga tushirish mumkin, shuningdek USB-C yordamida smartfon yoki har xil elektr qurilmalarni zaryadlash mumkin. Narxi esa 8000 dollar.

📟 DigiTech
👍46😁12🤯6🔥53😡3🤔2🤩2💯2👨‍💻21
📲 Telegramda stories

Ilovaga tunda yangilanish keldi, uni Google Play va App Store-da yangilashingiz mumkin. Hozircha faqat premium obunasi bo'lganlargina stories qo’ya oladi, lekin ularni hamma ko'rishi mumkin. Vaqt o’tib funksiya barcha foydalanuvchilar uchun mavjud bo’ladi.

Storiesni kimlar ko’rishini sozlash mumkin: barcha, kontaktlar, yaqin do'stlar va tanlangan kontaktlar. Shuningdek, stories saqlanish vaqtini 6 soatdan 48 soatgacha belgilash mumkin.

Afsuski hozircha kanallar stories qo’ya olishmaydi :(

📟 DigiTech
🤯73👍424🤓3👨‍💻21👏1🤔1🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Twitter foydalanuvchilari buni robotlar bilan almashtirilishi kerak bo’lgan birinchi kasb deb hisoblashyapti.

Siz nima deb o’ylaysiz?

📟 DigiTech
👍169😡132😁44💯15🤓6🔥42👏2👨‍💻21
▪️Tadqiqot: Odamlarning uyqu davomiyligi yashash mamlakatiga bog’liq

Janubiy Koreya olimlari qurilmalar yordamida 11 mamlakatdan 30 082 kishining uyqu davomiyligini o’rganishdi. Mamlakat qanchalik boy bo’lsa, odamlar shunchalik kech uyquga ketishadi.

Yaponiyada odamlar eng kam vaqt uxlashadi - 7 soat, Finlyandiyada esa ko’proq - 8 soat. O’zbekistonda o’rtacha 7 soatdan sal ko’proq uxlashadi.

Siz o’rtacha necha soat uxlaysiz?

📟 DigiTech
👍82😁28🤯104🔥4👏4🤩2💯2🤓2
▪️Apple o’z sun’iy intellektini sinovdan o’tkazmoqda

Kompaniya allaqachon Apple Ajax nomini olgan til modellarini o’rganish tizimini ishlab chiqqan va uning asosida norasmiy ravishda Apple GPT deb ataladigan test chat-botini yaratgan. Aytishlaricha, u ChatGPT'ga juda o’xshash. Hozircha kompaniya ushbu sun’iy intellektni ommaga taqdim etishni rejalashtirmayapti.

Chatbot ilovasi o’tgan yil oxirida kichik muhandislar jamoasi tomonidan tajriba tariqasida yaratilgan. Lekin yaqingacha uni takomillashtirish jarayoni to’xtatilgan edi. U matnni umumlashtiradi va o’rgatilgan ma’lumotlar asosida savollarga javob beradi.

Apple sun’iy intellektlar poygasida qolib ketgan, boshqalarga yetib olishi uchun ancha harakat qilishi kerak.

📟 DigiTech
👍73🔥198👏4😇3🤝2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Sizning dasturlash bo’yicha shaxsiy o’qituvchingiz: Code-Mentor neyrotarmog’i sizga har qanday kodni tahlil qilib beradi

Neyrotarmoq yangi dasturchi, tajribali koder va hatto 5 yoshli bolaga ham tushuntirib beroladi, lekin ingliz tilida. Sun’iy intellekt har bir kod qanday vazifani bajarishi va boshqa qanday holatlarda ishlatilishi mumkinligi haqida tushuntirish beradi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

📟 DigiTech
👍634🔥4👨‍💻4👏3🤓31🎉1
🚀 NASA 10 kvintillion dollarlik oltinga to’la asteroidga kosmik kema yuboradi

Psyche-16 asteroidi taxminan oltin, temir, nikel va boshqa metallardan tashkil topgan. AQSh qonunchiligiga ko’ra, kompaniyalar samoviy jismlardan materiallar olish huquqiga ega, biroq ushbu NASA missiyasi ulardan foyda ko’rish maqsadida emas, balki o’rganishga qaratilgan.

Kosmik kema 5 oktyabr kuni asteroidga uchadi, u deyarli 180 million km masofani bosib o’tadi.

📟 DigiTech
👍127😇21🤯15🔥65👨‍💻5🤩4🎉21😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ilon Mask Twitterni X ga o’zgartiradi

Mask ijtimoiy tarmoq rebrendingini e’lon qildi va "bizni noyob qiladigan barcha kamchiliklarimizni o’zida mujassam etgan" deya yangi logotipning qisqa tizerini taqdim etdi. Shuningdek, tadbirkor ijtimoiy tarmoqning asosiy rangini ko’kdan qora rangga o’zgartirishni rejalashtirgan.

X Corp. — Ilon Mask shu yil tashkil etgan kompaniyadir.

📟 DigiTech
😇60👍46🤯13😡12👨‍💻54🔥4😁2💯2😨2👏1
🛼 Amerikaning RollWalk kompaniyasi har qanday krossovkaga oson o’rnatsa bo’ladigan elektr roliklarni chiqardi

Alyuminiylik og’irligi 2.1 kg bo’lgan moslamaga 300 vattlik motor va bir zaryadda 22 km yurishni ta’minlaydigan batareya o’rnatilgan, unda 32 km/soat tezlikkacha chiqish mumkin. IPX4 standartiga muvofiq namlikdan himoya mavjud va boshqaruv simsiz pult yordamida amalga oshiriladi.

AQSh'dagi narxi 569 dollar.

📟 DigiTech
👍74🔥19🤯87👏3😇3👨‍💻21😡1